– 70 –
– 71 –
odatda, bir martalik ijroga moslashgan. Sababi, yig‘ilar
mavjud holatdan kelib chiqib, badihatan kuylanadi. Yig‘ilarga
xos situativlik va improvizatsion sajiya ular ijrosiga yetarli
ta’sir ko‘rsatadi. Yig‘ichi an’anaviy yig‘ilarni ijro etar ekan,
uning qaysidir misrasini yoki so‘zlarini tushirib qoldirishi,
o‘zgartirishi yoki an’anaviy misralar yordamida yangi
yig‘i matnlarini yaratishi mumkin. Shu tariqa yig‘ilarda
variantlashish hodisasi ham kuzatiladi.
Yig‘ilar
tarkibida, albatta, yig‘ini ifoda etuvchi «voy-voy-
ey», «voy-dod-ey» kabi undov so‘zlar hamda yig‘ining kimga
kim tomonidan qaratilganligini bildirib turuvchi undalmalar
mavjud bo‘ladi va ular yorqin ko‘zga tashlanib turadi.
Yig‘ilar kimga qaratilganiga, ya’ni marhum bilan
yig‘ichining qarindoshlik darajasiga qarab,
mavzu jihatidan
farqlanadi va ularning har biri alohida turkumni tashkil
qiladi. Masalan, otaga, onaga, boboga, buviga, akaga,
opaga, ukaga, singilga, farzandga, erga, xotinga, ammaga,
xolaga, amakiga, tog‘aga va
boshqa har bir qarindoshlik
rishtasi bilan bog‘langan kishilarga bag‘ishlangan yig‘ilar
murojaat obyekti, badiiy vositalari jihatidan o‘zaro farq
qilinadi. Ularning har biri yakka, mustaqil yashaydi va
kimning o‘limiga bag‘ishlanganligiga qarab o‘zaro birlashib,
kattakon yig‘i turkumini hosil qiladi. Jumladan, otaga yig‘i,
onaga yig‘i, boboga yig‘i, farzandga yig‘i va hokazo kabi
poetik turkumlar shular sirasini tashkil etadi. Bu turkumlarga
kiruvchi barcha yig‘ilar ma’lum bir nisbiy mustaqillikka
ega bo‘lib, jonli an’anada yakka-yakka ijro etiladi. Chunki
ular
bosh qahramonga berilgan baho, hajmi, kim tomonidan
kuylanishi jihatidan bir-biridan farq qilib turadi. Aytaylik,
ota yig‘isi turkumiga kiruvchi yuzlab yig‘ilar yaratilganligi
ma’lum va ular alohida-alohida ijro etilishi kuzatiladi.
Biroq
ular qancha ko‘p bo‘lsa-da, ota o‘limiga bag‘ishlanganligi,
– 71 –
marhum ota obrazini talqin etishi, unga xos ramziy belgilarni
tashib kelishiga ko‘ra o‘zaro mantiqan birlashib turadi.
Lekin ota yig‘ilari otaning oiladagi o‘rniga
berilgan bahoga
va o‘g‘il yoki qiz farzand tilidan kuylanganligiga qarab bir-
biridan farq qiladi. Binobarin, otaga bag‘ishlangan yig‘ilarda
ota-quyoshga, ustunga o‘xshatilsa, ona-oyga, buloqqa
o‘xshatiladi. Bobo eski bog‘ning kundasiga,
amma eshikning
tambasiga, xola gul-u lolaga, farzand gulga yoki bulbulga
tashbeh qilinadi. Shuningdek, ularga nisbatan qo‘llaniladigan
sifatlashlar ham o‘zaro farq qiladi. Masalan, ona – «sutli
ko‘lim», ota – «suyangan tog‘im», uka – «sho‘x bulbulim»,
opa – «sirdoshim», buvi – «uyimning farishtasi» deya
sifatlanadi.
Yig‘ilarning mavzu doirasi keng. Yig‘ichining hayotiy
tajribasi va ruhiy dunyosi bilan shartlangan yig‘ilarda
o‘limga munosabat maishiy-falsafiy ruhda ifodalanib keladi.
Yig‘ilarning mavzu doirasi
marhumning shaxsiyati, oiladagi
tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. Xuddi shu o‘rinda ta’kidlash
joizki, mavzu leksik-grammatik takrordan ma’lum bo‘ladi.
Er o‘lsa – «vo, to‘ram», xotin o‘lsa – «vo, gulim» yoki «vo,
uyim» deb, qarindoshlarga «jigarim» deya yig‘i beriladi.
Ota o‘limida otaga bag‘ishlab ijro etiladigan yig‘ilar
motam folklori na’munalari orasida alohida turkumni tashkil
etadi.
Orqamdagi yuksak tog‘im,
Otajonim, qaydasiz-a?
Bog‘imdagi gul chamanim,
Qiblagohim qaydasiz-a?
Otaga bag‘ishlab ijro etilayotgan bunday yig‘ilarda
otaning oiladagi mavqeyi, uning xonadon boshlig‘i sifatida