– 84 –
– 85 –
chiqib ketadi. Bu payt davradagilardan biri baxshi belbog‘ini
o‘rtaga yoyadi. Bu odat «ro‘mol yozmoq» deyilgan. Unga har
kim o‘z imkoniyatiga yarasha pul yoki biror narsa tashlagan.
Baxshi qaytib xonaga kirguncha, yig‘ilgan pul va narsalar
belboqqa tugib qo‘yiladi. So‘ng dostonning qolgan qismini
kuylash davom ettirilgan.
Yetakchi xalq shoirlari bo‘lajak baxshini yetishtirishga,
shogird tayyorlashga alohida e’tibor berganlar, chunki og‘zaki
yaratilib, og‘zaki kuylanib kelingan dostonlarni avloddan-
avlodga faqat shu yo‘l bilangina yetkazish mumkin edi. Biroq
o‘tmishda baxshilar orasida dostonchilik san’atini «sirli»
hodisa sifatida tushuntirish, muayyan ustozdan o‘tganligini
yashirish, professional ta’lim usullarini inkor etish hollari keng
tarqalgan ediki, ular o‘zlaridagi ijodiy qudratni g‘ayritabiiy
kuchlarning da’vati bilan birdaniga, to‘satdan paydo bo‘lgan
qobiliyat, ilgaridan tayyorgarligi, shoirlik salohiyati bo‘lmagan
kishilarda muayyan sharoit larda «g‘oyibdan chaqiriq» tufayli
bexosdan yuzaga kelgan ehson tarzida izohlash holatlariga
tez-tez duch kelinadi. O‘zbek baxshilari orasida Ko‘r G‘oyib,
Oshiq Oydin, Ovul patta kabi baxshilikning pirlari tilga
olinadi va ularning ba’zilari haqida maxsus dostonlar ham
mavjud. Baxshilar afsonaviy Murodbaxsh g‘orini baxshilik
san’atini o‘rganuvchi ilohiy makon sifatida talqin etishadi.
Murodbaxsh g‘ori turli hududlarda turli manzillarda deb
ko‘rsatiladi. Masalan, Shahrisabzliklar Kenggo‘zar, Nurota
hududida Kanda, Chashmai Zirak kabi tog‘ qishloqlarida,
deydilar. Bu holat xalq orasida so‘z san’ati va baxshilikni
ilohiy ne’mat sifatida anglash natijasidir.
Baxshilikni o‘rganish og‘zaki ravishda amalga
oshadi. Xalq dostonlarini eshitish va kuylashga kirishish
ta’limning eng birinchi va asosiy shartidir. Dastlab termalar,
dostonlardagi an’anaviy misralar («Xazon urmay bog‘da
– 85 –
gullar so‘ldimi, So‘lgan gulga bulbul kelib qo‘ndimi»,
«Yana bahor bo‘lsa ochilar gullar, Gulni ko‘rsa mast bo‘p
sayrar bulbullar», «Ot chopsa gumburlar tog‘ning darasi,
Botirni ingratar nayza yarasi» kabi), umumiy o‘rinlar (epik
klishelar), ya’ni ba’zi bir juz’iy o‘zgarishlar bilan ko‘pchilik
dostonlarda takrorlanadigan parchalar (qahramonga nasihat,
uni kuzatuv, qahramonlarning uchrashuvlaridagi savol-
javoblari, qahramonlarning portretlari, otni egarlash, ot ta’rifi,
otda safar, jang tasviri, boshlanma, tugallanma, voqealarni
bir-biriga bog‘lovchi tasvirlar kabi) yodlatilgan. So‘ng
ayrim olingan bir doston, keyinroq esa, ustoz repertuaridagi
barcha asarlar o‘rgatilgan. Ustoz shogirdning badihago‘ylik
qobiliyatini, ya’ni yodlab olingan an’anaviy misralar, epik
klishelar asosida yangilarini to‘qiy olish salohiyatini, ularni
tasvir vaziyatiga qarab turli xil stilistik o‘zgarishlar bilan
qo‘llay bilish san’atini o‘stirishga alohida e’tibor beradi.
O‘rgatishning keyingi bosqichlarida ustoz shogirdni o‘zi
bilan birga dostonchilik yig‘inlariga, to‘y-hashamlarga olib
yuradi. Bunday paytlarda shogird ko‘pchilik oldida termalar,
dostonlardan parchalar kuylaydi. Shogird ancha «pishib»
qolgach, ustoz o‘zi kuylayotgan dostonning davomini
unga ayttiradi yoki bir dostonni ustoz va shogird galma-gal
kuylaydilar. Bunday hollarda ustoz tomoshabinlar reaksiyasini
hisobga olib, uni shogirdiga uqtira boradi. Shu tariqa o‘rgatish
va o‘rganish ishlari bir necha yil davom etadi. Ustoz shogirdi
yetilganligini bilib unga el orasida fotiha bergan va shogird
baxshi sifatida mustaqil kuylash huquqiga ega bo‘lgan.
O‘zbek dostonchligida doston kuylash an’anasi qadimda
uch yo‘nalishda rivojlangan. Birinchidan, Bulung‘ur,
Qo‘rg‘on, Shahrisabz, Qamay, Narpay, Sherobod, Janubiy
Tojikistonda yashovchi o‘zbek-laqay dostonchilik maktab-
larida do‘mbira chertib yakka holda, bo‘g‘iz ovoz bilan ijro
|