– 87 –
Majnun», «Bahrom va Gulandom», «Ra’no bilan Suxangul»,
«Zevarxon» kabi dostonlar yozib olingan. XVIII–XX
asrlarda yashagan Amin baxshi, Muhammad shoir, Chini
shoir, Tovbo‘zar shoir,
Qurbonbek shoir, Sultonmurod,
Yo‘ldoshbulbul, Yo‘ldosh Mulla Murod o‘g‘li, Yo‘ldosh
Mulla Murod o‘g‘li, Suyar Mulla Murod o‘g‘li, Rahimbulbul,
Jo‘ra shoir, Do‘styor Ho‘jayor o‘g‘li, Xo‘janazar baxshi,
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Yorlaqab Beknazar o‘g‘li kabi o‘nlab
dostonchilarni birlashtirgan bu maktab vakillari Bulung‘ur,
Jomboy, Poyariq, G‘allaorol, Zomin,
Jizzax atroflarida
dostonchilik qilib yurganlar.
Epik san’atning ikkinchi bir muhim markazi Qo‘rg‘on
dostonchilik maktabi bo‘lib, bu dostonchilik maktabining
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li
Po‘lkan, Egamberdi Allamurot o‘g‘li, Rahmatulla Yusuf
o‘g‘li kabi vakillaridan «Alpomish», «Yakka Ahmad»,
«Oysuluv», «Kuntug‘mish», «Qironxon», «Yusuf bilan
Ahmad», «Alibek bilan Bolibek». «Ernazar», «Go‘ro‘g‘lining
tug‘ilishi», «Yunus pari», «Misqol pari», «Gulnor pari»,
«Xushkeldi», «Hasanxon», «Chambil qamali», «Dalli»,
«Ravshan», «Avazxon», «Qunduz bilan Yulduz»,
«Bo‘tako‘z», «Xoldorxon», «Xilomon», «Berdiyor otaliq»,
«Zamonbek», «Xidirali elbegi» kabi ko‘plab dostonlar
yozib olindi. Mangishtovdan Nurotaga qadar cho‘zilgan
silsila tog‘larning, ayniqsa, Oqtovning
shimoliy va janubiy
etaklarida, hatto Miyonkolga qadar cho‘zilgan keng masofada
yashagan xalq shoirlari Qo‘rg‘on dostonchilik maktabiga
mansubdirlar. Bu yerlarda yetishgan baxshilarning ko‘pchiligi
Qo‘rg‘on qishlog‘ida tarbiya topgan va haqli ravishda o‘z
ustozlarini shu ajoyib shoirlar qishlog‘i bilan bog‘laydilar.
XIX asrning o‘rtalarida Qo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan
yetti oilada yigirmadan ortiq baxshi bo‘lgan.
Ergash shoir