– 89 –
belgilaridir. Bu hol uning vakillari kuylagan asarlarda yozma
va og‘zaki adabiyot an’analari o‘ziga xos ravishda omuxta
bo‘lib ketganligini ko‘rsatadi. Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi
vakillari poetik formalar va ifodalar taraqqiyotida ancha olg‘a
ketishganligini folklorshunoslar alohida ta’kidlashadi.
Doston
ijrosida Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo,
Farg‘ona vodiysidagi dostonchilik maktablari ham o‘z
repertuariga, mashhur baxshi shoirlariga ega bo‘lishgan.
Bugungi kunga kelib faqat Qashqadaryo, Surxondaryo va
Xorazm viloyatlaridagi bir qator dostonchilik maktablari o‘z
an’analarini davom ettirmoqda hamda o‘zbek
eposining jonli
ijroda yashash holatini saqlab kelishmoqda.
Dostları ilə paylaş: