Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   131
O\'zbek folklori P

– 96 –
– 97 –
5-MAVZU. QAHRAMONLIK DOSTONLARINING 
G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Qahramonlik dostonlarining belgilari.
2. Alplik tizimi qahramonlik dostonlari uchun mezon.
3. «Alpomish» – qahramonlik dostonining mumtoz 
namunasi.
4. Qahramonlik dostonida etnos va epos muammosi.
1. Qahramonlik dostonlarining belgilari.
O‘zbek xalq 
dostonchiligi taraqqiyotida alohida e’tiborga loyiq ikki qatlam 
davomiy ikki bosqich – qahramonlik va romanik dostonlar 
bosqichi olimlar tomonidan belgilangan. Qahramonlik 
dostonlari o‘zbek baxshilar epik repertuarida muhim 
o‘rin tutadi. Qahramonlik dostonlari voqeligi urug‘chilik 
munosabatlari, ko‘chmanchilik va yarim ko‘chmanchilik 
hayoti, etnosning shakllanishi va uning tarixiy taqdiri bilan 
bog‘lab talqin etiladi. Bunday dostonlar bir qator urug‘ va 
qabilalarning muayyan etnos sifatida tashkil topa borishi, ilk 
davlatchilik kurtaklarining paydo bo‘lishi va shu munosabat 
bilan xalq va elatlarning o‘z mustaqilliklari uchun chet el 
bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashlari qahramonlik 
dostonlari uchun boy material bo‘ldi. Mana shu kurashlar
tarkib topishlar, birlashishlar va ajralishlar jarayonida o‘z-
o‘zini anglashning buyuk ifodasi sifatida qahramonlik eposi 
yuzaga keldi. 
Epik mazmunning qahramonlik xarakteriga ega bo‘lishi 
qahramonlik dostonlarining bosh xususiyatidir
1
. Ana shu 
xususiyat uning butun mohiyati va asosiy yo‘nalishini belgilab, 
o‘ziga xos tasvir usullarini tayin etadi. Ushbu xususiyatlarni 
1
Пропп В. Я. Русский героический эпос. М., 1958, с. 5–6.


– 97 –
«Alpomish» dostonida to‘la ravishda ko‘rish mumkin.
Ko‘chmanchi qo‘ng‘irot qabilasida urug‘chilik munosa-
batlari yemirila boshlagan zamonlarda yaratilgan bu 
monumental asar o‘zbeklar o‘rtasida ikki versiya va ko‘plab 
variantlarda juda keng tarqalgan. Bu paytgacha dostonning 
yigirma sakkiz varianti o‘ttiz uch marta (to‘la teksti, parcha, 
mazmuni) yozib olindi
1
. Epos turkiy xalqlar o‘rtasida juda 
keng tarqalgan. Uning o‘zbek
2
, qozoq
3
, qoraqalpoq
4
versiyalari 
epik poema holida, tojik
5
, uyrot
6
, tatar
7
, boshqird
8
, O‘rta Osiyo 
arablari
9
versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida mashhurdir. 
O‘rta asr o‘g‘iz eposining muhim yodgorligi «Kitobi Dada 
Qo‘rqut» tarkibidagi «Bomsi Bayrak» asari o‘zining syujeti va 
kompozitsion qurilishi jihatidan «Alpomish» dostoniga juda 
ham yaqin turadi
10
. Turkiy xalqlarning «o‘rtoq bir dostoni» 
(Hamid Olimjon) bo‘lgan «Alpomish»ning bunchalik keng 
tarqalishi shu xalqlarning bir xil ijtimoiy-tarixiy sharoitda 
hayot kechirganliklari, o‘zaro yaqin madaniy munosabatda 
bo‘lganliklari, yaratish va ijodda hamkor, hamfikr ekanliklarini 
ko‘rsatadi. Ammo «Alpomish»ning yaratuvchisi bo‘lgan har 
bir xalq unda o‘z tarixini, etnik va an’anaviy xususiyatlarini, 
ozodlik va tenglik haqidagi o‘z ideallarini aks ettiradi. 
1
Mirzayev T. «Alpomish» dostonining o‘zbek variantlari. Toshkent, 1968.
2
Uch variant nashr etilgan: Alpomish. Aytuvchi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li. Toshkent, 
1958; Alpomish. Berdi baxshi variant. Toshkent, 1969; Saidmurod Panoh o‘g‘li vari
-
anti. «Odilxon» kitobida. Toshkent, 1972, 48–115-betlar.
3
Алпамис-батыр. Под ред. М. Ауэзова и И. Смирновой. Алма-Ата, 1961.
4
Сагтов И. Т. Каракалпакский героический эпос. Тошкент, 1962.
5
Алпамыш. Таджикские варианты текстов. Сталинабад, 1959.
6
Суразаков С. С. Об алтайском сказании «Алып-Манаш». Сб. «Об эпосе 
«Алпамыш». Ташкент, 1959, с. 197–202.
7
Валитова А. А. Татарская версия эпоса «Алпамыш». Сб. «Тюрко- 
монгольское языкознание и фольклористика». М., 1960, с. 173–209.
8
Киреев А.Н. О башкирском эпосе «Алпамыш». Сб. «Вопросы башкирской 
филологии». М., 1959, с. 52–59.
9
Жирмунский В. М. Сказание об Алпамыше и богатырская сказка. М., I960.
10
Книга моего Деде Коркута. М.–Л., 1962.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin