Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   131
O\'zbek folklori P

– 98 –
– 99 –
Qahramonlik dostonlarining boshqa guruh dostonlardan 
alohida ajralib turadigan jihati unda xalqning alp haqidagi 
turg‘un tasavvurlarini namoyon etuvchi alplik tizimining 
badiiy aks etishida ham ko‘rinadi.
2. Alplik tizimi qahramonlik dostonlari uchun mezon.
Alplik tizimi – epik ijodda qahramonlik eposiga xos bo‘lgan 
tasavvurlar birligining badiiy ifodasi. Faqat qahramonlik 
eposiga xos, bu tur dostonlarning o‘zak mezonlaridan bo‘lmish 
xalqning «alplik tizimi» bilan bog‘liq tasavvurlarining qat’iy 
o‘lchamlari mavjud.
– avvalo, qahramonning tug‘ilmasdanoq homiy eranlar 
nazarida turganligi – nazarkarda ekanligi (eposning qadimiy 
shaklida alp to‘g‘ridan to‘g‘ri ilohlar farzandi, deb talqin 
etiladi).
– baxtli yulduz oyida tug‘iluvchi, bo‘lajak qahramonning 
paydo bo‘lishi haqida dushman yurt kohinlarining karomatlar 
aytishi. Ularning bolani yo‘q qilishga urinishlari. 
– qahramonning dushmanlarni dog‘da qoldirib ulg‘aya 
borishi davomida «alplik dardi»ga yo‘liqishi. Masalan: 
«Go‘ro‘g‘li»dostonida qahramon qabiladoshlariga «ozor» 
yetkazadi. Lekin bu «ozor» shunchaki bezovta etish emas. 
Odatda qahramon – alp xalqning quvvati mudrayotgan
omma inert (sust) holatga tushgan bir davrda uni kuchga 
endiruvchi o‘ziga xos «uyg‘otuvchi» sifatida paydo bo‘ladi. 
Bu davrda sust avlod ichida passionar (bunyodkor) avlod 
tug‘iladi. Alp passionar avlod vakiligina emas, darg‘asi – 
yo‘lboshchisi hisoblanadi. Hamisha passionar(faol) avlod 
inert(sust) ommaning «halovati»ni buzadi. Bu jarayonsiz etnos 
quvvatga kirmaydi. Ya’ni, yangi sifat bosqichiga chiqmaydi. 
«Alpomish»dagi «zakot» masalasining kun tartibiga chiqishi 
va elning bu yangilikdan bezovta bo‘lib ko‘chishi, ana shu 
ikki avlod o‘rtasidagi kurashning ifodasidir. Dostondagi 


– 99 –
«zakot» motivi asosida «alplik dardi» badiiy kodlari turibdi. 
Dostonning boshqa variantlarida bu motiv turlicha talqinlarda 
keladi. Ammo mohiyat o‘zgarmaydi. Dostondagi «alplik 
dardi»ni ifodalovchi voqealar tafsiloti, passionar avlodning 
kuchga kirish davrida uni inert omma qabul qilolmasligini aks 
ettiradi. Ba’zan inert(sust) ommaning soyasi alpning xatti-
harakatlariga ham ta’sir o‘tkazadi. Alp esa bu davrda yo‘l 
qo‘ygan xatolari badalini ulg‘ayganda to‘laydi. Etnosning 
savob-u gunohi alpning taqdirida, Alpning savob-u gunohi 
etnosning taqdirida namoyon bo‘ladi. «Alplik dardi» nafaqat 
alpning, balki «etnosning yangilanish bo‘sag‘asidagi «dardi», 
uyg‘onish, harakatga kelish «og‘riqlari» hamdir.
– «Alplik dardi»ning «tanlangan» (alp) va «tanlov»chi lar – 
homiy eranlar o‘rtasida bevosita muloqotning boshlanganligini 
bildirishi. Yanada aniq aytilsa, «alplik dardi» qahramonning 
yerda tug‘ilib, ma’lum muddatga «yovvoyilashgan» 
(etnosning ushbu davrdagi zamon va makon ta’siriga qisman 
tobe turgan) ruh va tanini eranlar iqlimiga moslashtirish 
muddatidagi qarshiliklari va uyg‘unlashuv jarayoni ekanligi.
– Eranlarning o‘z makonida qahramonning jismi va 
ruhini ilohiy nur hamda sharob bilan toblab, emlab (bamisli 
asov tulporni jilovlab) darddan xalos etishi. Unga alplik sir-u 
sinoatlarini o‘rgatishlari. Qahramonning alp sifatida qayta 
yaralishi. Alpning initsatsiya jarayonidan o‘tishi.
– Qahramonning alplik kuch-qudratiga, bilimiga, sehrli 
xususiyatlariga, belgilariga ega bo‘lishi.
– Qahramonning eranlardan alplik qurol-aslahalarini 
olishi.
– Qahramonning eranlardan alp sifatida bajaradigan 
vazifasi – yerdagi missiyasi va taqdirini (ibtido va intiho) 
bilishi. Ayni talablar Alpomishning Alpinbiy yoyiga ega 
bo‘lishi, chiltonlar huzurida Barchin va Alpomish ruhining 
uchrashuvi hamda boshqa tafsilotlarda aks etgan.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin