Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   131
O\'zbek folklori P

– 100 –
– 101 –
– Eranlarning qahramonga hamkor qilib o‘z sheriklari-
dan birini qo‘yishi ham «alplik tizimi»ning tayanch nuqtalari-
dan hisoblanadi. «Go‘ro‘g‘li» dostonlarida Soqibulbul, 
«Alpomish» dostonida Qultoy shunday obraz hisoblanadi. 
Dostonda Qultoy quyidagicha sifatlanadi: «Qultoy aytdi:
– Alpomishning belgisi shul edi, o‘ng egnida Shohimar-
don pirning besh panjasining dog‘i bor edi, chap egnida 
o‘zimning besh panjamning belgisi bor edi». Qultoy shunday 
qudratli chol ediki: «Qultoy ham zahar chol edi. Yotgan yerida 
bir qur hayt tortdi, to‘qson to‘qaydagi yilqi yig‘ilib qoshiga 
yetdi, hamma yilqilar jam bo‘lib turdi». Eng muhim jihat 
Qultoy Alpomishning oti – Boychiborni boqib, tarbiyalagan 
kishi. «Go‘ro‘g‘li» dostonida Soqibulbul G‘irko‘kning sayisi, 
Go‘ro‘g‘liga maslahatchi, davrasiga soqiylik qildi.
– Qahramonning alp sifatida o‘z kuch-qudratini amalda 
namoyish etishi va xalq tomonidan alp sifatida tan olinishi. 
Jangovor otning alp bosib o‘tgan sinov va toblanishlar 
jarayonidan o‘tishi ham alplik mezonlari qatorida turadi. 
Umuman olganda «alplik tizimi» qahramonlik dostonlarining 
umurtqasi hisoblanadi.
Xalqning alp haqidagi bu yaxlit tushunchalar tizimining 
mohiyatidan nimalar anglashiladi? Javob shunday:
Yer yuzida o‘z izidan chiqqan tartibni o‘zaniga qaytarish 
oddiy xom sut emgan bandaning qo‘lidan kelmaydi. Yerdagi 
tartibning buzilishi esa, o‘z navbatida, kosmos va yer osti 
dunyosi mutanosibligini izdan chiqaradi. Shu sababli kosmos 
vakillari – homiy eranlar bu jarayonga aralashadilar. Ular ayni 
vazifani bajaruvchi xos vakil tanlashadi. Ushbu vakil butun 
borliq (kosmos, xaos, yer) kuchlarining quvvati payvand 
bo‘lgan joydan unib chiqadi. Chunki uning kosmos, xaos, yer 
dunyolarida tobga kelgan ruhi va tani butun olam tartibiga 
xalal beruvchi kuchlarning har birini o‘z joyida (ko‘kdagisini 


– 101 –
ko‘kda, yerdagisini yerda, suvdagisini suvda) o‘rniga qo‘yish 
imkonini beradi. Shuning uchun ham alp oddiy odamlar orasida 
tug‘ilgan xos – tanlangan kishi hisoblanadi. Lekin u tug‘ilib 
chinakam alp sifatida kamolga yetguniga qadar ketgan vaqtda 
lozim bo‘lgan toblanishlar, sinovlar bosqichidan o‘tadi.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin