Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   131
O\'zbek folklori P

– 138 –
– 139 –
«Kuntug‘mish» dostonida yoridan ayrilib: bir o‘g‘lini 
bo‘riga, ikkinchisini baliqqa oldirgan qahramon tilidan 
olti bandli badiiy go‘zal, ajoyib bir muxammas beriladi. 
Kuntug‘mishning san’atkorona yaratilgan bu monologini 
to‘lqinlanmasdan o‘qish mumkin emas:
Xonumonim bo‘ldi chun barbod dastingdan, falak, 
Bo‘lmadi g‘amgin bu ko‘nglim shod dastingdan, falak, 
Qilmading aslo dilim obod dastingdan, falak, 
To qiyomat dod etarman, dod dastingdan, falak, 
Dod dastingdan, falak, bedod dastingdan, falak!..
Deydi Kuntug‘mish otimni, men No‘g‘ayning xoniman, 
Dilbaridan ayrilib, men bir ajab sarsoniman, 
Oldirib ikki ko‘zimni diydayi giryoniman, 
Onadin baxti qaro tug‘dim, shuning hayroniman, 
Dod dastingdan, falak, bedod dastingdan, falak!
Bu badiiy parchani o‘qir ekanmiz, beixtiyor klassik 
shoir Boborahim Mashrabning mashhur «Dastingdan» degan 
muxammasini eslaymiz. Chindan ham lirik qahramonning 
kayfiyatini berishda bu muxammasning ruhi va formasi juda 
mos tushgan. Shuning uchun ham atoqli folklorshunos Hodi 
Zarif Ergash ota haqida gapirganda, uning ba’zan mashrabona 
satrlar ham yaratganligini qayd qilgan edi. Bunday parchalar 
doston qahramonlarining muayyan holatdagi ruhiy dramalarini 
atroflicha ochishda muhim bir vosita rolini o‘ynagan.
Demak, yozma adabiyotning o‘zbek xalq dostonchiligiga 
ta’siri turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, u xilma-xil aspektlarda 
zohir bo‘lgan.


– 139 –
Savol va topshiriqlar:
1. Kitobiy dostonlarning yuzaga kelishida yozma 
adabiyotning ta’siri haqida gapiring.
2. Bunday turga mansub dostonlarning paydo bo‘lishi 
uchun zarur shart va omillar nimalardan iborat?
3. Kitobiy va an’anaviy dostonlar o‘rtasidagi munosabatlar 
haqida to‘xtaling.
4. “Layli va Majnun” kitobiy dostonini o‘qing va tahlil 
qiling.
5. “Kuntug‘mish” dostonidagi “Falak” radifli monologi 
va Boborahim Mashrabning “Dastingdan” muxammasini 
o‘zaro qiyoslang. 
Adabiyotlar:
1. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T., «Musiqa», 
2010. 
2. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz 
so‘z», 2010. 
3. Madayev O., Sobitova T. O‘zbek xalq og‘zaki poetik 
ijodi. – T., 2005.
4. Жирмунский В. М., Зарифов Х. Т. Узбекский 
народный героический эпос. М., с. 303.
5. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. – T., 2009. 
6. Metin Ekiçi. Türk dünyasinda Köroğlu. – Ankara: 
Akçağ, 2004. 
7. Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. 
- T.: Fan, 1981.
8. Bahrom va Gulandom. Nashr tayyorlovchi R.Aliyev.–
Toshkent,1960 .
9. Saidov M.S. O‘zbek xalq dostonchiligida badiiy 
mahorat masalalari. Toshkent, 1969.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin