– 156 –
– 157 –
bo‘lsin), uning imkoniyati darajasidagi jismoniy kuchi, ilmi,
aqliga voqealar zaminida tavsif beriladi. Aksariyat hollarda
asar qahramonlarining ismlari ham qayd etilmaydi. Chol,
kampir, bir odam, o‘g‘il, qiz, kambag‘al kabi
nomli insonlar
mazkur ertaklarning qahramonlari bo‘lib kelaveradi. Bu bilan
dono xalq ertakda bevosita tinglovchi aholining har biri asar
qahramoni ekanini ta’kidlagan bo‘lishi mumkin.
Hayotiy ertaklarda to‘g‘rilik va egrilik, mehnatsevarlik va
dangasalik, poklik
va nopoklik, mardlik va xiyonat doimiy
ravishda qarama-qarshi qo‘yiladi. Xalq ertak davomida kichik,
e’tiborga arzimaydigan unsurlardan ustalik bilan foydalanadi,
vaziyat yechimini ular orqali hal qiladi.
Xalq ertaklari badiiy so‘z san’atining go‘zal
namunasi
sifatida alohida ahamiyatga ega. «Bir bor ekan, bir yo‘q
ekan, bir och ekan, bir to‘q ekan...» jumlasidan boshlanar
ekan, ertak «murod-maqsadiga yetibdi» degan yakungacha
tinglovchi diqqati voqealarga to‘liq ravishda jalb etiladi.
Undan keyin nima bo‘ladi,
bu hodisa qanday tugaydi, degan
savollar tinglovchi xayolini band etib turadi. Ertaklarning
yashovchanligiga sabab ham ularning badiiy mukammalligi
bilan belgilanadi. Mazmun jihatdan hayotning
turli masalalari
ertaklar mavzutik diapazonini ta’minlaydi. Ertaklarda xalq
milliy tiliga mansub so‘zlardan o‘rnida foydalanish seziladi.
Aytuvchi o‘z hikoyasini sodda gaplardan tuzilgan aniq fikrlar
vositasida davom ettiradi. Bu janrga mansub asarlarda,
albatta, qizlar o‘n to‘rt kunlik oydan go‘zal, yigitlar mard,
qilichlar keskir, dasturxonlar ochiluvchan, xumlar qaynama
xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Ertaklarda juda boy
va turli-
turli o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘alar majmuasiga duch
kelamiz. Shuning uchun ham og‘zaki ijodimiz tarkibidagi
bu asarlar haqiqiy ma’noda qadriyatlar namunasi, madaniy
merosimizning noyob gavhar – injulari darajasida e’zozlanadi.