– 168 –
– 169 –
Tog‘lar boshi o‘rama,
Kiyik shoxi burama.
Boy qizini bermasa,
Boyni Xudo urama.
Yaqu-yaqu yaqu yaq. Yaqu-yaqu yaqu yaq.
O‘lanlarda ham voqeabandlik kuzatilmaydi.
Voqeaband bo‘lmagan qo‘shiqlarning o‘zi
kompozitsion
jihatdan yana uchga bo‘linadi.
1.
Holat qo‘shiqlar.
Hamma qo‘shiqlarda kechinma,
holat aks etsa-da holat qo‘shiqlarida qahramon hech
kimga
murojaat qilmaydi, balki o‘z holatini anglatishga harakat
qiladi:
Yor yurgan ko‘chalarni,
Supuray sochim bilan.
Chang chiqsa suv sepay,
Ko‘zdagi yoshim bilan.
2.
Murojaat qo‘shiqlar.
Bunday qo‘shiqlarda qahra-
monning so‘zlari kimgadir – sevgilisi, yaqinlari yoki
boshqa
bir kimsaga murojaat tarzda bo‘ladi:
Otma meni toshlar bilan,
Uchib ketay qushlar bilan.
Qushlar qaytsa, men qaytmasam,
Ko‘zing to‘lsin yoshlar bilan.
3.
Aytishuv qo‘shiqlari
ning eng go‘zal namunasi o‘lan
va laparlardir. Ularda qiz va yigit juft bo‘lib yoxud tarafma-
taraf bo‘lib, aytishuvda o‘zaro musobaqalashadilar.