2. Mehnat qo‘shiqlari, ularning turlari.
O‘zbek xalqi
tarixini shartli ravishda mehnat qilish tarixidan iborat deyish
mumkin. O‘zbeklar to‘y marosimlarini, gap-gashtaklarni,
sayillarni, turli bayramlarni o‘tkazishda o‘ta tashkilotchi
va ijodkor xalq sifatida shuhrat topgan. Dam olish, hordiq
chiqarishni o‘rniga qo‘ygan xalq, odatda, mehnat qilishni
ham biladi.
1
Fuad Köprülü. Edebiyat araştı
rmalar
ı
. – Istanbul
: Ö
t
ü
ken, 1989. – S. 113.
– 174 –
– 175 –
Mehnat qo‘shiqlari o‘z tarkibida bir necha janrlardan
iborat bo‘ladi. Har bir janrni bevosita mehnatning qaysi turi
bilan band bo‘lish belgilaydi. Xususan, o‘rmak qo‘shig‘i gilam
to‘qishda aytilar ekan, aynan shu namuna kashta tikuvchi,
qo‘sh haydovchi shaxs tomonidan ijro etilmaydi. Ya’ni har
bir mehnat sohasi o‘zining maxsus qo‘shig‘iga egaligi bilan
ajraladi. Shuningdek, ko‘p qo‘shiqlarda ish qurollariga
murojaat qilish odati bor. Bug‘doy yanchayotgan dehqon
ho‘kizi bilan tillashadi, un chiqarayotgan ayol yorg‘ichoqqa
murojaat qilishi mumkin. Binobarin, mehnat qo‘shiqlarining
ichki turlarini matnda esga olingan ish quroli vositasida ham
aniqlash imkoni bor. Yana bir xususiyatni eslab o‘tish joiz.
Mehnat qo‘shiqlari uzoq muddat davomidagi ishni bajarishda
o‘ziga xos vosita bo‘lgani sababli ularda qayta-qayta bir
matnni takrorlash, ish qilayotgan odamning sergakligini
oshirish maqsadida turli xitoblarga murojaat qilish ham
an’ana hisoblanadi.
Folklorshunos Bahodir Sarimsoqov mehnat qo‘shiqlarini
o‘rganish, tahlil qilishning qulayroq yo‘lini belgilash
maqsadida ularni quyidagi turlarga bo‘lishni ma’qul topgan:
1.
Dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar.
1.
Chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar.
2.
Hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar
1
.
Keltirib o‘tilgan tasnif mehnat turlariga ko‘ra amalga
oshirilgan. O‘z navbatida ularning har biri ma’lum ichki
bo‘linmalardan tashkil topdi.
Xalqning dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlarining
yorqin misoli sifatida Qo‘sh qo‘shig‘ni keltirish mumkin,
Qo‘sh qo‘shiqlarida dehqonning mashaqqatli mehnati va bu
mehnatni oz bo‘lsa-da oson qilgan ho‘kizidan minnatdorligi,
1
Sarimsoqov B. Qo‘shiqlar / O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. – T.: O‘qituvchi,
1990. – B. 144.
– 175 –
ana shu ho‘kizini olqishlab, maqtash davomida o‘z ishidan
mamnuniyat sezish ham ifoda etilgan:
Enib kelding ekishdan,
To‘rt oyog‘ing kumishdan.
Yoki
Tarlon tayog‘im hayda,
Temir tuyog‘im hayda.
Ishni tamom qilmasang,
Jonimga orom qayda.
Qo‘sh ishlarini yakunlab yerga baraka urug‘lari
qadalgach, bu orada bahor ham ancha amalga kirib, gul-u
lolalar ochilib Navro‘z bayrami, Lola sayli, Gul bayramlariga
ulanib ketadi. Lola sayli va Qizil gul bayramlarida aytiluvchi
qo‘shiqlarni ham, ko‘klam paytidagi sog‘in qo‘shiqlarini
ham keng ma’noda Navro‘z qo‘shiqlari turkumiga kiritish
mumkin. Chunki bu qo‘shiqlarning barchasi bahor qo‘shiqlari
hisoblanadi. Xuddi shu kabi chorvachilik bilan bog‘liq
qo‘shiqlar va hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlarni ham
ko‘rib chiqish mumkin.
Mehnat qo‘shiqlaridagi ba’zi irimlarning poetik ifodasi
jonivorlarga ongli mavjudot sifatida murojaat qilish,
mayda, Odam Ota, Xo‘jayi Xizir, Bobo Dehqon, Zangi
ota kabi obrazlarning qayta-qayta tilga olinishi, o‘tmishda
magik qudratli deb tushunilgan naqarotlarning juft-juft
takrorlanishlari ham ularning tarixiy asoslari qadimiy davrlar,
hosildorlik kultlari bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bora-bora
bu obrazlar kishilarning to‘kin turmush, baxtli sevgi va
serfarzand oila istaklarini badiiy ifodalashga xizmat qilgan.
Shuningdek, mehnat qo‘shiqlaridagi o‘simliklarning jonli deb
tasavvur qilinishi faqat ongli ko‘chimlar natijasi bo‘lmay,
qadimgi animistik tasavvurlar rudimentlari hamdir.
|