Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Lirik qo‘shiqlarining badiiy xususiyatlari



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   131
O\'zbek folklori P

2. Lirik qo‘shiqlarining badiiy xususiyatlari. 
Lirik 
qo‘shiq hajmining kichikligi matndagi har bir so‘z zimmasiga 
boshqa janrlarga nisbatan ortiqroq badiiy «yuk» beradi. Poetik 


– 196 –
– 197 –
san’atlar orasida ramz birgina so‘z orqali keng mazmun 
ifodalash imkoniyatiga ega. Bu esa aynan qo‘shiq janrining 
talablariga mos keladi. Lirik qo‘shiqlarda ramzning boshqa 
poetik san’atlarga nisbatan keng qo‘llanilishini shu sabab 
bilan ham izohlash mumkin.
Poetik ramz qo‘shiqlardagi mavhum tushunchalarni, 
anglatish qiyin bo‘lgan nozik tuyg‘ularni, turli ruhiy holatlarni 
bir yoki bir necha so‘z orqali ifodalash imkoniyatini beradi. 
Qo‘shiqning ohangdorligini ta’minlaydi, badiiy qimmatini 
oshiradi.
Lirik qo‘shiqlarda qo‘llaniluvchi poetik ramzning ikki 
muhim tipini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. 
O‘zak ramzlar. 
2. 
Vaziyat ramzlar.
O‘zak ramzlar.
Ramziy obrazlarning bu ikki tipini 
qarama-qarshi qutblar sifatida qaramaslik lozim. Ular 
qo‘shiqning jonli ijro jarayoni davomida bir-birini to‘ldiradi, 
biri ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq yuradi.
Ramziy obrazning barcha qo‘shiqlar uchun umumiy 
bo‘lgan an’anaviy tub poetik ma’noli shakli o‘zak ramz 
hisoblanadi. «O‘zak» atamasi tilshunoslikdan olingan. 
Ma’lumki, aglyutinativ tillar (jumladan, o‘zbek tili)da so‘z 
asosini o‘zak tashkil etadi. O‘zakka turli so‘z yasovchi 
qo‘shimchalar birikib yangi ma’noli so‘zlar hosil bo‘ladi. 
Sintaktik munosabatni bildiruvchi qo‘shimchalar esa so‘zlarni 
bir-biriga bog‘lovchi vosita vazifasini bajaradi. Tildagi 
o‘zak so‘z kabi o‘zak ramz ham muayyan matnda turli sifat, 
belgilar bilan kelib o‘z poetik ma’nosini u yoki bu bu tarzda 
kengaytiradi, oydinlashtiradi. Masalan: ro‘mol obrazining 
barcha qo‘shiqlar uchun tub ramziy ma’nosi «oila». Ammo 
ro‘mol u yoki bu qo‘shiq tarkibida turli sifat, holatlarda 
tasvirlanadi. Misol uchun ushbu to‘rtlikni olib ko‘raylik:


– 197 –
Ro‘molini yuvdirdim, omon yor, 
Qora tolga ildirdim, omon yor.
Qora toli qurisin, omon yor, 
Qaroqchiga oldirdim, omon yor. 
Qo‘shiq tarkibida o‘zak ramzlar: «ro‘mol» – oila, «tol» – 
oshiq yigit tub ramziy ma’noga ega. «Ro‘molimni yuvdirdim» 
misrasida «yuvdirdim», «qora tolga ildirdim» misrasidagi 
«ildirdim» o‘zak ramz «qo‘shimcha»lari hisoblanib, 
bu so‘zlar ramziy obrazning ushbu qo‘shiqdagi badiiy 
mazmunini yanada aniqlashuviga yordam bermoqda. Matnda 
«qo‘shimcha»lar o‘zak ramz ma’nosi bilan bog‘liq ramziy 
mazmun olmoqda. Ya’ni: «yuvilgan ro‘mol tolga ilindi», 
lirik qahramon – ma’shuqa «oshiq yigitga ishonib, unga o‘z 
qalbini bag‘ishladi. Shirin oila, baxtli turmush quramiz, deb 
o‘yladi. Lekin ma’shuq bevafolik qildi. Ma’shuqa: «Qora 
toli qurisin, qaroqchiga oldirdim» deb «ro‘molidan» – «oila 
haqidagi shirin orzu-istaklaridan ayrilganligini» kuylamoqda. 
Qo‘shiqda «ro‘mol» tub o‘zak ma’nosini «qo‘shimcha»lar 
yordamida kengaytirib, «oila haqidagi o‘y, sevgi» poetik 
ma’noga ega bo‘lmoqda. «Tol» an’anaviy «oshiq» ma’nosida 
kelmoqda.
O‘zak ramz lirik qo‘shiqlarda qo‘llaniluvchi asosiy ramz 
bo‘lib, uning yetakchi xossalari sifatida quyidagilarni sanash 
mumkin: a) o‘zak ramz asrlar davomida shakllanib, tarixan 
xalqning qadimiy mif, turli e’tiqodiy dunyoqarashlariga borib 
bog‘lanadi. Chunki «Har qanday mif ramz, lekin hamma 
ramzlar mif emas» (A.F.Losev); b) o‘zak ramz barqaror 
shakl va mazmunga ega; d) o‘zak ramz poetik ma’nosi obraz 
ichida yashirin keladi. Muayyan matnda bu yashirin poetik 
ma’no xalqning ushbu obraz haqidagi tasavvur, tushunchalari 
asosida anglashiladi; e) ramz obrazning poetik va lug‘aviy 
ma’nosi o‘rtasida bilvosita bog‘lanish mavjud. Obraz bilan 



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin