Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


– 205 – 12-MAVZU. XALQ MAQOLLARI, TOPISHMOQLAR



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   131
O\'zbek folklori P

– 205 –
12-MAVZU. XALQ MAQOLLARI, TOPISHMOQLAR 
VA CHALDIRMOQ JANRI
Reja: 
1. Maqol – og‘zaki ijodning eng faol janri.
2. Maqollarda o‘z va ko‘chma ma’no. 
3. Topishmoq parimik janr sifatida.
4. Chaldirmoq janrining o‘ziga xos xususiyatlari.
1. Maqol – og‘zaki ijodning eng faol janri.
Maqol 
deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi 
umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat 
hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol o‘zbek tilida maqol, 
tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli 
so‘zlashuvda) naql, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. 
Maqol atamasi arabcha – «qavlun» – «gapirmoq, aytmoq» 
so‘zidan olingan. 
Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o‘rganuvchi 
sohani paremiologiya deb atashadi. Paremiya – yunoncha 
chuqur ma’noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal 
ma’nosini beradi.
Maqollarning janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) maqollarning hajmi qisqa va cheklangan;
2) maqollar mazmunan serko‘lam va chuqur ma’noni 
ifodalaydi;
3) xalq maqollari shaklan she’riy va nasriy bo‘ladi; Ammo 
nasriy maqollar ham she’riy misralarni eslatadi. Masalan: 
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi; 
4) maqollarda hayotiy voqea-hodisa haqida qat’iy hukm 
ifolanadi. Bu hukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi;
5) maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, 
hayot nuqtai nazardan umumlashtiradi;


– 206 –
– 207 –
6) maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap 
hisoblanadi.
Xalq maqollari tarixi o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. 
O‘rxun-Enasoy bitiklarida «Oriq va semiz buqani (birov) 
tezagidan bilsa, birov oriq va semiz buqani ajrata olmaydi», 
«Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, 
ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish» kabi 
maqolni eslatuvchi parchalarni o‘qiymiz. 
Maqol – og‘zaki ijodning eng faol janri. Xalq maqollarining 
mazmun ko‘lami inson hayotining turli sohalarini qamraydi. 
Inson hayotidagi voqea-hodisalarning cheki yo‘q ekan, 
maqollar mazmuni chegarasini ham o‘lchab bo‘lmaydi. 
Maishiy hayotdagi kichik bir e’tiborga arzimaydigandek 
ko‘rinuvchi lavhadan tortib chuqur falsafiy mushohada 
ifodasigacha maqollar mazmunida o‘z aksini topgan. Agar 
«Uyga palos yarashur, xotinga libos» maqoli maishiy hayotga 
taalluqli bo‘lsa, «Yozda miyang qaynasa, qishda qozoning 
qaynar» maqolida vaqtni bekor o‘tkazmaslik, aql bilan 
ish ko‘rish insonga hayot imkonini yaratishi qayd etiladi, 
«Vaqting ketdi – baxting ketdi» maqolida esa falsafiy mazmun 
ifodalangan bo‘lib, inson taqdirida Vaqt tushunchasining 
qanchalar muhim ekanligi ta’kidlangan.
Maqollarni tasnif qilishning bir turida mazmun yetakchi 
hisoblanadi. Unga ko‘ra Vatan, mehnat, xalq, ilm-hunar, 
mardlik, mehmon, tadbirkorlik, muhabbat va vafo, yaxshi 
so‘z – jami 30 ga yaqin mavzular qayd etilgan. Ammo bu 
mavzularni yana ko‘paytirish ham, kamaytirish ham mumkin. 
Muhimi, mazmun yetakchi bo‘lgan tasnifda masalani har 
tomonlama ifodalashga urinish aniq seziladi. 
Xalq og‘zaki ijodidagi maqollar janri tarixiy hayot 
davomida son va mazmun jihatdan boyish xususiyatiga ega. 
Ya’ni maqollar zamon o‘tishi bilan iste’moldan chiqishi va 


– 207 –
ayni paytda yangi-yangi namunalari vujudga kelishi mumkin.
2. Maqollarda o‘z va ko‘chma ma’no. Maqollar o‘z va 
ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lishi bilan yana ham diqqatga 
sazovordir. «Yomon xotin olguncha, bo‘ydoq yurgan 
yaxshiroq», «Qizi borning nozi bor», «Quda bo‘lguncha, 
ko‘p sinash, quda bo‘lgach, ko‘p siylash» kabi maqollar o‘z 
ma’nosida qo‘llanadi. Ayrim maqollar faqat ko‘chma ma’noda 
qo‘llanadi. «Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamas», 
«Egrining omochi yerga botmas», «O‘tin ayirgan bolta 
maydonda qolar» kabi maqollar bilan tanishganimizda 
ko‘chma ma’no yashiringanini his qilamiz.
«Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang yuz 
hayda» maqolini Xorazm viloyatida o‘z ma’nosida qo‘llab 
bo‘lmaydi. Sababi, Xorazmda «yer osti suvlari yer sathiga 
yaqin bo‘lgani uchun, kuzda haydalsa, yer qatqaloq bo‘ladi 
va hosildorlik pasayadi.
Xalq maqollarining badiiy jihatdan mukammalligi taniqli 
olimlar va shoir, yozuvchilar tomonidan tan olingan. Bu 
jihatdan maqollar so‘z san’atining oliy namunasi sifatida 
baholanishga loyiq. Hajm jihatdan kichikligi, mazmunan 
serma’noligi, mavzu jihatdan hayotiyligi maqollarning asrlar 
davomida og‘izdan og‘izga o‘tib yashashini ta’minlagan 
omillardir. 
Ayni chog‘da badiiy go‘zallikning bevosita so‘z tanlash, 
tasvir vositalaridan unumli foydalanish jihatlari ham bor. 
Ularning ayrimlarini esga olib o‘tamiz:
1. Qarshilantirish (tazod).
«Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘».
Bu maqolda «yaxshi», «yomon»; «bog‘», «dog‘» so‘zlari 
qarama-qarshi ma’nolarni bildiradi va shu bilan birga «bog‘» 
– «dog‘» so‘zlari chiroyli qofiyani ta’minlaydi.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin