Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131
O\'zbek folklori P

– 212 –
– 213 –
Qardosh xalq og‘zaki ijodida ham topishmoqlarning 
go‘zal namunalariga duch kelamiz: «Neseli Bilmeceler – 
Quvnoq topishmoqlar». (Toshkent: «Yurist-media markazi», 
2010) to‘plamidan olingan quyidagi topishmoqlarga e’tibor 
bering:
Osti marmar, usti marmar,
Ichida bir kelin o‘ynar.
(Tish, 
til)
Ketdi – kelmaydi,
Keldi – ketmaydi.
(Yoshlik, 
qarilik)
Kelar Laylo, ketar Laylo,
Bir oyoqda turar Laylo
(Eshik)
Yetti tuynukli to‘qmoq,
Buni bilmagan ahmoq.
(Bosh)
4. Chaldirmoq janrining o‘ziga xos xususiyatlari. 
Yaqin vaqtlargacha chaldirmoqlar topishmoq janri tarkibida 
qaralib, baholanib keldi. Qadimda chaldirmoq o‘yin shaklida 
amal qilgan. Chaldirmoqni ko‘pchilik, ikki kishi o‘ynasa ham 
bo‘ladi. O‘yin avvalida shart belgilab olinadi. Masalan, kim 
yengilsa, ma’lum joygacha yelkasida ko‘tarib borib kelish 
yoki boshqa biror shart aytiladi. Shundan keyin kelishuv bilan 
harflardan biri chaldirmoq quyuvchi, boshqasi yechuvchi 
bo‘ladi. Masalan, shunday chaldirmoq aytiladi:
– Bir yigit otiga bir qizni mingashtirib ketayotgan ekan. 
Oldidan bir to‘p lakak(chillak) o‘ynayotgan bolalar chiqibdi. 


– 213 –
Shunda bolalardan biri sheriklariga: «Qaranglar, hov yigit 
birovning qizini olib qochib ketyapti», – debdi. Bu gapni 
eshitib otga mingashgan qiz o‘sha bolaga javob qilibdi:
– Jonimning jononasi, 
Boshimning parvonasi, 
Bu yigitning onasi, 
Mening onam qaynonasi.
Raqib ma’lum muddat ichida javobni aytishi kerak. 
Deylik, raqib tomon u yigit qizga og‘a ekanligini topdi. 
Shundan keyin shart bajariladi. Keyingi chaldirmoq aytish 
navbati yechgan bolaga keladi va o‘yin ushbu tartibda davom 
qiladi.
Yuzaki qaraganda biror bir fikr, narsa, hodisa va ma’lum 
raqam, miqdorning chalg‘itib aytilishi, raqibdan uning 
yechimini topish talab etilishi chaldirmoqlarni topishmoqqa 
yaqinlashtiradi. Lekin chaldirmoqning aytilish jarayoni, 
yetakchi xususiyatlari, poetik qurilishi topishmoqdan farq 
qiladi. Farq, avvalo, chaldirmoqning o‘yin tarkibida kelishida 
ko‘rinadi. Topishmoqlarning bugungi holati bevosita harakatli 
o‘yin bilan bog‘liq emas.
Topishmoqlar ixcham, lo‘nda she’riy shaklga ega. Ularda 
vaziyat, holat batafsil izohlanmaydi. Personajlarning o‘zaro 
savol-javoblari batafsil berilmaydi. Chaldirmoqda vaziyat 
to‘liq tushuntiriladi. Ishtirokchi personajlar savol-javoblari 
aytiladi va shu savol-javobda chalg‘itib berilgan mazmunni 
yechish talab qilinadi. Topishmoqda bu tartibdagi talab yo‘q.
Chaldirmoqning ijro o‘rni va poetik qurilishini quyidagi 
tartibda bayon etish mumkin: 
1. Ma’lum vaziyatning bayon etilishi. Savol-javobning 
berilishi. Yechimning talab qilinishi. 
2. Yechim. 



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin