– 67 –
Oftobi anvarim, xush keldingiz,
Ikki diydam, sarvarim, xush keldingiz,
Siz uchun oy-u kun mushtoqdir,
Jon bolamning qallig‘i, xush keldingiz.
Oyim kelin o‘tirsin!
Yana kelin o‘tirmasa, uylarni berdim,
Poygakni qo‘yib, to‘rlarni berdim,
Bor-u yo‘q davlatimni berdim,
Jamiki savlatimni berdim.
Oyim kelin o‘tirsin!
Kelin oyim yashasinlar,
Taglariga baxmal to‘shasinlar.
Kelin oyim bilan o‘g‘limdan bo‘lgan bolalar
Ota-onalariga o‘xshasinlar.
Oyim kelin o‘tirsin!
Xalqimiz an’anasiga ko‘ra, nikoh to‘yining ertasi va
undan keyingi kunlarda o‘tkazilgan bir necha marosimlar
ham mavjud bo‘lib, ular o‘ziga xos qo‘shiqlari, ya’ni
verbal
komponenti bilan alohida ajralib turgan. To‘yning ertasi kuni
kelinchakning yuzini ochishga bag‘ishlab o‘tkaziladigan
marosim «bet ochar» deyilgan. Surxon vohasi aholisi
udumiga ko‘ra, «bet ochar» rasmi nikoh to‘yining ertasi kuni
bajariladi Bunda kayvonilar bir yosh o‘g‘il bolaning qo‘liga
o‘qlov yoki mevali daraxt shoxidan
sindirib olingan novdani
tutqazadilar. Ana shu o‘qlovning uchiga oq paxta o‘raladi.
Yosh bola qo‘lidagi o‘qlov bilan kelinning boshiga solingan
maxsus yoping‘ich-ro‘molni ko‘tarib, yuzini ochadi. Shundan
keyin o‘sha o‘qlov kelin betini ochgan o‘g‘il bolaning o‘ziga
beriladi. Ba’zi joylarda kichkina o‘g‘il bolaning qo‘liga