– 80 –
– 81 –
«bag‘sha» so‘zlaridan olingan bo‘lib, «ustod», «ma’rifatchi»
ma’nolarida qo‘llangan. Baxshi keng ma’noda xalq
dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan naslga
o‘tkazuvchi san’atkor. Doston
ijrochilarini Surxondaryo
va Qashqadaryoning ayrim hududlarida yuzboshi, Janubiy
Tojikiston o‘zbeklari orasida soqi, ba’zi joylarda sozanda,
Farg‘ona vodiysida sannovchi, ba’zi joylarda jirov, jirchi,
oqin, oxun deb ham atashagan. Yetuk baxshilar, badihago‘y,
epik an’ana doirasida o‘zlarining yangi-yangi variantlarini,
hatto yangi dostonlarni yarata bilgan ijodkorlarga nisbatan
shoir nisbati ham qo‘shib aytilgan. Masalan Ergash shoir,
Fozil shoir, Islom shoir, Po‘lkan shoir, Abdulla shoir kabi.
Baxshilar o‘z dostonlarini do‘mbira, ayrimlari qo‘biz
yoki dutor jo‘rligida, ichki ovozda ijro qilishgan.
Xorazm
baxshilari o‘z dostonlarini, asosan, dutorda ijro qilishgan,
ularga ijro jarayonida g‘ijjak va bulomonda sozandalar
jo‘r bo‘lishgan. XX asrning 30-yillaridan boshlab Xorazm
baxshilari dostonlarni tor va rubob jo‘rligida ham kuylay
boshlashdi. Ayrim baxshilar o‘z to‘piga doirachi va o‘yinchini
ham olib kirishdi. Xususan Bola baxshi to‘pi bunga misol
bo‘la oladi. Xorazm baxshilari epik asarlar yoki
ularning
parchalarini garmon sozi bilan ijro qilishga o‘tishdi. Bunday
hollarda ular sozchi deb yuritildi. Masalan: Qurbon sozchi,
Qodir sozchi va boshqalar. Sozchilar epik asarlarni to‘liq ijro
qilishdan ko‘ra undan parchalar, termalar, o‘zlari yaratgan
asarlarni kuylashga alohida e’tibor berishgan
1
.
Xalq dostonlarini kuylash jarayonida, asosan,
yakka
ijrochilik yetakchilik qilsa-da, Xorazmda jamoaviy ijro
birinchi o‘ringa chiqqanligini kuzatamiz.
Xorazm hududida xalq dostonlari va ulardan saralangan
1
Qarang: Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. – T.: Fan, 1981.
– B. 21-37 .
– 81 –
parchalarni, termalarni kuylovchi ijrochilikning yana bir
turi bu – xalfachilikdir. Xalfachilik, asosan, ayollar orasida
keng urf bo‘lib, ijrochilar ham ayollar hisoblanadi. Xalfa
san’atining ikki turi mavjud bo‘lib,
jamoaviy xalfalar va
yakka xalfalarga bo‘lingan. Jamoaviy xalfalar uch kishidan
iborat guruhni tashqil qilib – ustoz xalfa (garmon chalib,
ashula aytgan), doirachi (ashulaga jo‘r bo‘lgan, ba’zan raqsga
tushgan) va o‘yinchi (raqsga tushgan, qayroq chalgan, yalla
va
lapar aytgan, ba’zan doira chalgan)dan tashkil topgan.
Bibi shoira, Xonimjon xalfa, Ojiza, Onajon Safarova, Nazira
Sobirova kabilar shunday xalfalardir.
Yakka xalfalar doston va qo‘shiqlarni sozsiz ijro etadi.
Ular dostonlarni yoddan yoki qo‘lyozmalardan ma’lum bir
ohangda o‘qish, «Yor-yor», «Kelin salom», «Muborak» kabi
to‘y qo‘shiqlarini ijro etish bilan shuhrat qozonishgan. Roziya
Matniyozova, Saodat Xudoyberganova, Poshsho Saidmamat
qizi, Ambarjon Ro‘zimetova, Anorjon Razzoqova kabilar
yakka holda xalfachilik qilganlar.
Xalfalar ko‘proq «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Oshiq
oydin», «Aslxon», «Hurliqo va Hamro», «Qumri», «Qissayi
Zebo», «Tulimbiy», «Bozirgon», «Xirmon Dali» kabi
dostonlarni, Maxtumquli she’rlarini, turli marosim qo‘shiqlari
va o‘zlari yaratgan asarlarni ijro etadilar. Ular xalqning
barcha to‘y-hashamlarida, turli marosimlarda, ayollarning
yig‘inlari va bayramlarda qatnashadilar, to‘y
va marosimlarni
boshqaradilar. Xalfachilik ayollar san’ati sifatida Xorazm
vohasida shu kunlarda ham keng davom etmoqda
1
.
O‘tmishda epik asarlarni xalqqa yetkazuvchilar
qatorida qissaxonlar ham faoliyat yuritishgan. Qissaxonlar
xalq dostonlarining qayta ishlangan nusxalarini, qiziqarli
1
Qarang: Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. – T.: Fan, 1981.
–B.24-38.