– 106 –
– 107 –
har bir lavha ishtirokchilarining tashqi qiyofasini, ichki
dunyosini, atrofdagi tabiat manzaralarini, voqea-hodisalarni
izchil ta’riflaydi. Tinglovchi ko‘z oldida jonli voqea tasvirini
namoyon qiladi. Asardagi qahramon xatti-harakatlarini
dalillashga e’tibor beradi, shuning uchun ham doston mazmuni
bilan bog‘liq yechilmagan jumboq qolmaydi.
4. Qahramonlik dostonida etnos va epos muammosi.
Qahramonlik eposi etnoslar taqdirining badiiy in’ikosi
hisoblanadi. Har bir etnosni eposi orqali tanib, bilish mumkin.
Etnos hayotida ro‘y bergan olamshumul voqealar epos
mazmunini tashkil qiladi. Epos etnosni tanitadi. Etnosning
hayotiy tajribalari, o‘tmish tarixidan uqqan saboqlari,
tajribalarining quyma xulosalari eposda kuylanadi.
Dostondagi har bir obraz etnosning ma’lum ijtimoiy tabaqa
yoki biror guruhining ramzi sifatida qad rostlab, ularning
intilishlari, fikr-o‘ylari, taqdirini ham ifodalaydi. «Alpomish»
va «Go‘ro‘g‘li» dostonlarida Alpomish va Go‘ro‘g‘li –
buzilgan yurtni tuzuvchi shaxs timsollaridir. Bu xil tuzuvchi-
bunyodkor shaxslarda butun xalq(bo‘g‘im) quvvati jamlanadi.
Xalqning a’moli yurtning tuzilishiga asos bo‘lsa, Alpomish va
Go‘ro‘g‘li kabi shaxslar tug‘iladi. Bu holatga qarama-qarshi
o‘laroq, etnos manglayiga tanazzul tamg‘asi tushsa, xalqning
bunyodkorlik quvvati bo‘linadi. «Alpomish» dostondagi
ayni ko‘rinish axborotini bo‘g‘in(uchlik) misolida dastlab
Boybo‘ri – Boysari taqdirida, so‘ngra bo‘g‘im – Boybo‘ri –
Boysari, Alpomish – Barchin, Yodgor (yettilik) ko‘lamida –
Kashal podshosi Toychixon va to‘qson alp timsolida badiiy
tasvirini ko‘ramiz.
Boysun-Qo‘ng‘irot tanazzulga yuz tutganida, Kashal
gullab yashnardi. Boysarining akasidan arazlab, o‘n ming
uyli el bilan Kashalga ko‘chib kelishi Boysun-Qo‘ng‘irot
tanazzulining eng quyi, Kashal etnosi rivojining esa eng yuqori
– 107 –
ko‘rsatkichi edi. Shu nuqtadan boshlab charxning Boysun-
Qo‘ng‘irot qismi tepaga ko‘tariladi. Kashal bo‘lagi quyiga
inadi. Alpomish Barchin talabida Kashalga borgan vaqti esa
Toychixon mamlakatida tanazzul buhroni avj nuqtasiga yaqin
kelgan edi.
Har doim etnos tanazzulga kelgan davrda hokimiyat
boshida turgan shaxs yetovda qoladi. Mamlakat jilovi bir
necha kishi qo‘liga o‘tadi. Podsholikda rasmiy va norasmiy
kuchning so‘zi barobar yuradi. Ko‘p hollarda norasmiy
kuchning so‘zi bosim keladi. Toychixon mamlakatning rasman
hukmdori bo‘lsa-da, amaldagi kuch to‘qson alp tomonida.
To‘qson alpning o‘dag‘asi yetti aka-uka alp va ularni orqa
qilib «qonundan tashqari» turgan Surxayil kampirning ham
so‘zi – o‘ktam. Tanazzulni tutib bo‘lmaydi. Uni bir kishi, bir
avlod hosil qilmaydi. Aksincha, bir necha avlodlar a’moli
tug‘diradi(sust-faol-sust. Bo‘g‘in bo‘g‘imlarining davriy
almashinuvi) – etnosning gunoh-u savobiga, karmasiga qarab
yuzaga chiqadi.
Qalmoq mamlakatida kuchlarning bo‘lingani Barchin
uchun bo‘lgan kurash – to‘rt shartning bajarilish jarayonida
ro‘y-rost yuz ko‘rsatdi. Poygada Boysun-Qo‘ng‘irot bilan
Kashalning quvvati sinovdan o‘tadi. Avvalo, poygada
Qorajon Alpomish taraf, qolgan alplar o‘z boshiga, Toychixon
nomidan uch ot qatnashadi. Sirtdan qaralsa, qalmoqlar o‘z-
o‘zlari bilan talashib-tortishayotganday taassurot qoladi.
Ayni shu nuqtada tanazzulni boshidan kechirayotgan
etnos va bu etnosning tanazzul chekiga tushgan avlodi taqdiri,
ularning turli toifa va sotsial guruhlarning ruhiy-siyosiy
holatlari, missiya, vazifalari aniqlashadi.
Eposda bu jarayon Kashal etnosining quyidagi tiplari
orqali berilgan. I guruh: a) Toychixon; b) Surxayil kampir; d)
Ko‘kal dosh; e) To‘qson alp. II guruh: a) Qorajon. b) Tovka
|