– 138 –
– 139 –
«Kuntug‘mish» dostonida yoridan ayrilib: bir o‘g‘lini
bo‘riga, ikkinchisini baliqqa oldirgan qahramon tilidan
olti bandli badiiy go‘zal, ajoyib bir muxammas beriladi.
Kuntug‘mishning san’atkorona yaratilgan bu monologini
to‘lqinlanmasdan o‘qish mumkin emas:
Xonumonim bo‘ldi chun barbod dastingdan, falak,
Bo‘lmadi g‘amgin bu ko‘nglim shod dastingdan, falak,
Qilmading aslo dilim obod dastingdan, falak,
To qiyomat dod etarman, dod dastingdan, falak,
Dod dastingdan, falak, bedod dastingdan, falak!..
Deydi Kuntug‘mish otimni, men No‘g‘ayning xoniman,
Dilbaridan ayrilib, men bir ajab sarsoniman,
Oldirib ikki ko‘zimni diydayi giryoniman,
Onadin baxti qaro tug‘dim, shuning hayroniman,
Dod dastingdan, falak, bedod dastingdan, falak!
Bu badiiy parchani o‘qir ekanmiz, beixtiyor klassik
shoir Boborahim Mashrabning mashhur «Dastingdan» degan
muxammasini eslaymiz. Chindan ham lirik qahramonning
kayfiyatini berishda bu muxammasning ruhi va formasi juda
mos tushgan. Shuning uchun ham atoqli folklorshunos Hodi
Zarif Ergash ota haqida gapirganda, uning ba’zan mashrabona
satrlar ham yaratganligini qayd qilgan edi. Bunday parchalar
doston qahramonlarining muayyan holatdagi ruhiy dramalarini
atroflicha ochishda muhim bir vosita rolini o‘ynagan.
Demak, yozma adabiyotning o‘zbek xalq dostonchiligiga
ta’siri turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, u xilma-xil aspektlarda
zohir bo‘lgan.
– 139 –
Savol va topshiriqlar:
1. Kitobiy dostonlarning yuzaga kelishida yozma
adabiyotning ta’siri haqida gapiring.
2. Bunday turga mansub dostonlarning paydo bo‘lishi
uchun zarur shart va omillar nimalardan iborat?
3. Kitobiy va an’anaviy dostonlar o‘rtasidagi munosabatlar
haqida to‘xtaling.
4. “Layli va Majnun” kitobiy dostonini o‘qing va tahlil
qiling.
5. “Kuntug‘mish” dostonidagi “Falak” radifli monologi
va Boborahim Mashrabning “Dastingdan” muxammasini
o‘zaro qiyoslang.
Adabiyotlar:
1. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T., «Musiqa»,
2010.
2. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz
so‘z», 2010.
3. Madayev O., Sobitova T. O‘zbek xalq og‘zaki poetik
ijodi. – T., 2005.
4. Жирмунский В. М., Зарифов Х. Т. Узбекский
народный героический эпос. М., с. 303.
5. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. – T., 2009.
6. Metin Ekiçi. Türk dünyasinda Köroğlu. – Ankara:
Akçağ, 2004.
7. Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari.
- T.: Fan, 1981.
8. Bahrom va Gulandom. Nashr tayyorlovchi R.Aliyev.–
Toshkent,1960 .
9. Saidov M.S. O‘zbek xalq dostonchiligida badiiy
mahorat masalalari. Toshkent, 1969.
|