– 140 –
– 141 –
10. Seyidov M. Azerbajchan xalqinin sojkokunu
dushunereken – Baki: Jezichi, 1989. – S.320.
11. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 1-kitob. T., 2006.
12. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 2-kitob. T., 2010.
13. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 3-kitob. T., 2010.
14. Turdimov Sh. «Go‘ro‘g‘li» dostonlarining genezisi va
tadrijiy bosqichlar. – Toshkent: Fan, 2011.
15. Turdimov Sh. Etnos va epos. –Toshkent: O‘zbekiston,
2012. 112 b.
16. Eshonqul J. Epik tafakkur tadriji. – Toshkent: Fan,
2006. 120 b.
17. Eshonqul J. O‘zbek folklorida tush va uning badiiy
talqini. – Toshkent: Fan, 2011.
18. Fuzuli Bayat. Köroğlu destanı. Istanbul: Ötüken,
2009;
19. Introduction to Folklore. London, 2008. Page7
– 141 –
8-MAVZU. XALQ ERTAKLARI
Reja:
1. Ertak termini va unga muqobil atamalar.
2. O‘zbek ertakchilari va ularning ijrochilik an’analari.
3. Hayvonlar haqidagi ertaklar.
4. Sehrlifantastik ertaklar.
5. Hayotiymaishiy ertaklar.
1. Ertak termini va unga muqobil atamalar.
Ertak epik
turga mansub qadimiy janrlardan biri bo‘lib, xalq orasida
g‘oyat keng tarqalganligi, asrlar davomida shakllangan milliy
qadriyatlar, xalq turmush tarzi, an’analari va urf-odatlarini
o‘ziga xos tarzda epik talqin qiladigan, asosan, professional
ijrochilar – ertakchilar tomonidan nasriy usulda og‘zaki
tarzda hikoya etish orqali ommalashishi, yaxlit poetik tizim
sifatida shakllanganligi, o‘ziga xos badiiy struktura va
motivlar tarkibiga egaligi, hayotiy voqelikni xayoliy uydirma,
fantastik talqin orqali ifoda etishi bilan xarakterlanadi. Ertak
folklorning afsona, rivoyat, naql, latifa singari janrlariga
yaqin turganligi sababli folklorshunoslikda bu tip xalq ijodi
namunalari «xalq nasri janrlari» silsilasida ham tasniflanadi.
Ertak o‘zbek xalq nasrining asosiy janrlaridan biri
hisoblanadi. Tarixiy asoslari qadimgi mifologiya va arxaik
marosimlarning epik diffuziyasiga aloqador bo‘lgan
ertak janrida o‘zbek xalqining ezgu g‘oyalari, o‘ziga xos
dunyoqarashi, ma’naviy qadriyatlari, ruhiy-emotsional
kechinmalari, oilaviy-maishiy, diniy-axloqiy qarashlari
hamda badiiy-estetik tamoyillari o‘z aksini topgan. Ertak
tinglovchiga badiiy-estetik zavq berish bilan bir qatorda unga
muayyan axloqiy-didaktik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya berish
vositasi ham hisoblanadi.
|