– 144 –
– 145 –
qadimga borib taqaladigan majoziy va sehrli-fantastik
ertaklarni yaxshi
ijro etishi, ertaklarning an’anaviy syujeti
va motivlar tarkibini to‘la saqlagan holda aytishi, ijrochilik
va ijodkorlik iqtidorini uyg‘unlashtira olganligi, yuksak
badiiy salohiyat va ijrochilik mahoratiga egaligi bilan
ajralib turadi. Marg‘ilonlik
Husanboy Rasulov, toshkentlik
Afifa Ahadova, namanganlik Husanboy Xudoyberdi o‘g‘li,
Bibisora Xudoybergan qizi, pskentlik Tilla Dadasardor qizi,
turkistonlik Ali Usmon, samarqandlik Zebo, xorazmlik
Sobir Sherniyozov, qashqadaryolik Abdug‘afur
Shukurov
kabi ijrochilar ana shunday klassik ertakchilar hisoblangan.
Masalan, 1945-yilda vafot etgan qamaylik ertakchi Xadicha
buvi Mo‘minova ertak aytayotganida jonivorlar ovozi, uchib
kelayotgan ajdar shamoliga dov-daraxtlarning qisirlashi,
qahramonlarning holati va qiyofalarini tinglovchilarga
nafaqat so‘z bilan, balki xatti-harakatlar, yuz ifodalari va
mimika bilan namoyish etib bergan.
Juda yaxshi ovoz
sohibasi bo‘lgan bu ertakchi «Tohir va Zuhra», «Yoriltosh»
singari ertaklarni aytayotganda matndagi ashulalarni shirali
ovoz bilan kuylab, tinglovchilarni lol qoldirgan. Qisqa qilib
aytganda, professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan klassik
ertakchilar ijro etgan ertak o‘zining xarakter-xususiyatiga
ko‘ra «bir aktyor teatri» tarzida namoyish etilgan sahna asari
tipida bo‘lgan.
Hajvchi ertakchilar.
O‘zbek ertakchiligining ko‘p asrlik
tarixiy taraqqiyoti davomida ertaklarning muayyan turi ‒ hajviy
ertaklarni aytishga ixtisoslashgan alohida ijrochi tipi ajralib
chiqqan. Ana shunday ertakchilardan biri toshkentlik Nurali
Nurmat o‘g‘lidir. U serqirra qobiliyat sohibi bo‘lib,
shahar
guzarlari va mahallalarida o‘tkazilgan sayillarda an’anaviy
xalq sirki tomoshalarini ham ko‘rsatishda ishtirok etgan.
So‘zga g‘oyat chechan bo‘lgan bu ijrochi hazil-mutoyiba,
– 145 –
yumor va yengil kulgiga boy bo‘lgan xalq ertaklarini sevib
ijro etgan.
Qissaxon-ertakchi. Professional ertakchilikning bu tipi
ham nisbatan keyinroq, XVII-XVIII asrlardan e’tiboran
folklor asarlarining yozma namunalari yoki an’anaviy
epik syujetlarning «qissa» tarzida qayta ishlangan «xalq
kitoblari» yuzaga kelishi natijasida paydo bo‘lgan. Bunday
ertakchilar ko‘proq xalq qissalari asosida
yaratilgan
ertaklarni ijro etishgan. Ana shunday qissaxon-ertakchilardan
biri Samarqand viloyatining Nurota tumanidagi Qorakisa
qishlog‘ida istiqomat qilgan Rahmatulla Yusuf o‘g‘lidir.
Baxshi-ertakchi. O‘zbek xalq ertaklarining ajoyib
namunalari nafaqat ertak aytishgagina ixtisoslashgan
ijrochilar, balki doston aytuvchi ba’zi bir chechan baxshilar
repertuarining ham salmoqli qismini tashkil etadi.
Qashqadaryo viloyatining Qamashi
tumanidagi Qamay
qishlog‘ida yashagan Hazratqul baxshi Xudoyberdi o‘g‘li,
shahrisabzlik Zohir shoir Qo‘chqor o‘g‘li, chiroqchilik To‘qli
shoir Qo‘ziyev, namanganlik Haydar baxshi Boychayev,
Qozoqboy Razzoq o‘g‘li singari baxshilar repertuarida
an’anaviy xalq ertaklarining ko‘plab namunalari mavjud
bo‘lib, ularning asosiy qismi folklorshunoslar tomonidan
yozib olingan.
Buyuk Karimiy o‘zbek folklorshunosligida ilk bor
ertaklarni muayyan guruhlarga bo‘lib tasnifladi. Uning
tasnifiga ko‘ra, o‘zbek xalq ertaklari quyidagi tiplarga
bo‘linadi: 1) hayvonlar haqidagi ertaklar; 2) sehrli-fantastik
ertaklar; 3)
maishiy-novellistik ertaklar; 4) anekdot ertaklar.
1
Ertakshunos olim M.Afzalov esa o‘zbek xalq ertaklarini
quyidagi ikki turga bo‘lib tasniflagan: 1) Fantastik ertaklar:
1
Buyuk Karimiy. O‘zbek xalq ertaklarining ba’zi bir xususiyatlari // O‘zbek folk-
lorshunosligi masalalari. 3-kitob. – Toshkent: Fan, 2010. – B.37-48.