– 158 –
– 159 –
9-MAVZU. QO‘SHIQ VA LIRIKA ATAMALARI
HAQIDA. MEHNAT QO‘SHIQLARI VA TERMALAR
Reja:
1. Qo‘shiq va lirika atamalari haqida ma’lumot.
2. Mehnat qo‘shiqlari, ularning turlari.
3. Termalar va ularning o‘ziga xos xususiyati.
1. Qo‘shiq va lirika atamalari haqida ma’lumot.
Qo‘shiq xalq og‘zaki ijodining lirik turiga kiruvchi eng
ommaviy,
keng tarqalgan, faol turi hisoblanadi. Xalq lirikasi
janrlari uchun ham folklorga xos yetakchi xususiyatlar:
og‘zakilik, ommaviylik, an’anaviylik, variantlilik, anonimlik
birdek tegishlidir. O‘zbek xalq lirikasi namunalari marosimlar
tarkibida va mustaqil ijro etiladigan qo‘shiqlardan
iborat
bo‘lib, janriy jihatdan: to‘y va motam qo‘shiqlari, mehnat
qo‘shiqlari, allalar, termalar, ishqiy-maishiy lirik qo‘shiqlar,
bolalar folkloriga ajraladi.
Lirik asarlarda inson hayoti uning turmush lahzalari
ta’sirida ko‘nglidan o‘tgan kechinmalari qo‘shiqlarda o‘ziga
xos tarzda ifodalanadi. Ana shu xususiyati bilan lirika eposdan
farqlanadi.
Xalq
lirikasi spetsifikasi, poetikasini va ularning xalq
marosimlari, urf-odatlarni va alohida ijro jarayonlaridagi
o‘rnini, har bir qo‘shiq tarkibidagi badiiy ifoda vositalari: ramz
hamda obrazlar tizimi xususida to‘xtalishdan, avval,
Dostları ilə paylaş: