Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131
O\'zbek folklori P

– 178 –
– 179 –
Mashhur baxshilar yurtda sodir bo‘layotgan adolat-
sizliklarga beparvo qarab turolmaganlar. Ayrim termalar 
matnida O‘zbekiston hududidagi tarixiy voqealar ham aks 
etgan. Xususan, Hodi Zarifov qayd qilishicha, 1898–1908- 
yillarda O‘rta Osiyoni chigirtka bosgan ekan. O‘tgan asrda
qariyalarning xotirasiga qaraganda, ayrim hududlardagi 
chigirtkani kuraklarda qopga solib ulgurishmagan ekan. Ana 
endi ofatni ekin maydonlarida tasavvur qiling. 1908-yilda 
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li «Chigirtka» nomi bilan terma yaratadi:
Bozorchidan shayton qaytib, 
Biriga uch baho aytib, 
O‘ttiz olib, to‘qson sotib, 
Davlatmandlar qabon bo‘ldi.
Kambag‘alning aqli shoshib, 
O‘g‘il-qizman kengashib, 
Kecha-kunduz zor yig‘lashib, 
Do‘stlar qaddi kamon bo‘ldi.
Bu qo‘shiq-termada yurtimiz boshidan kechgan musibatli 
kunlar badiiy aksini topgan.
Baxshilar tomonidan kuylab kelingan «Do‘mbiram», 
«Kunlarim», «Nima aytay?», «Go‘ro‘g‘li», «Bormi 
jahonda?..» kabi termalarning hammasida ham ma’lum 
darajada real tarixiy voqealar, xalqning kechinmalari 
ifodalangan. Ularni yaratishda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash 
Jumanbulbul o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Islom shoir, Umir Safarov, 
Bola baxshi (Qurbonnazar Abdullayev), Rahmatilla Yusuf 
o‘g‘li, Qodir baxshi, Qahhor baxshi ijodi muhim ahamiyatga 
ega.


– 179 –
Professional ijodkorlik xalqimiz dunyoqarashida Xudo 
bergan salohiyat hisoblanadi. Shu sababli baxshi-shoir-
larning ijodi haqida ko‘plab rivoyatlar, u bilan bog‘liq irim va 
marosimlar borki, ular an’anada ijodkorlikning ruhlar dunyosi 
bilan bog‘liqligini yana bir karra tasdiqlaydi. 
Xalq baxshilarining repertuari, asosan, termalar va 
dostonlardan tashkil topgan. Shu sababli xalq termalarini 
epik poeziya bilan lirik poeziya o‘rtasidagi bir bosqich 
deyish mumkin. Folklorshunos B.Sarimsoqov o‘zbek xalq 
termalarini og‘zaki ijodning epik turiga kiritadi.
Bizning kuzatishlarimiz termalarning katta qismida lirizm 
yetakchiligini ko‘rsatadi. Shunga asosan lirik xarakterdagi 
termalarni xalq lirikasi tarkibiga kiritamiz.
Shunday qilib, termalarni xalqimiz og‘zaki ijodidagi 
mustaqil janr sifatida baholash mumkin. Ular xalq hayotining 
badiiy ifodasi sanaladi. Termalarning xalq dostonlari va 
haqqoniy hayot o‘rtasidagi aloqa bog‘lovchi vositachilik 
ahamiyati g‘oyatda muhimdir.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin