Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Rasmiy ish uslubining umumiy belgilari



Yüklə 30,34 Kb.
səhifə5/7
tarix06.12.2022
ölçüsü30,34 Kb.
#120494
1   2   3   4   5   6   7
rasmiy uslub 1

2.2.Rasmiy ish uslubining umumiy belgilari.


Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar:


Rasmiy, idoraviy va kasbiy terminlar.
Betaraf so‘zlar.
Harakat nom iva majhul shakllarning keng qo‘llanishi.
Tayyor qolip va birikmalarning ustunligi.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
1.Ish qog‘ozlari va hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish muammosi haqida qanday yangi fikrlaringiz bor?.
2.Bayonning rasmiyligi, kitobiyligi, jiddiyligi, vazminligi, qoliplanganligi qaysi xolatlarda buziladi?
3.Rasmiy uslub leksikasi asosini umumuslubiy (betaraf) so‘z va iboralar tashkil etadimi yoki qanday qo‘shimcha fikrlaringiz bor?
1-savol bo‘yicha dars maqsadi:
• Talabalarga rasmiy uslub haqida tushuncha berish.
• Ish qog‘ozlari va boshqa hujjatlarni aniq va ixcham rasimylashtirishlariga erishish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
• Rasmiy uslubni tasavvur qiladi va tushuntirib bera oladi.
• Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyor andozalar bo‘yicha tuza oladi.
• Misollar orqali izohlay oladi.
1-asosiy savolning bayoni:
Rasmiy uslub asosan xuquqiy –maʼmuriy munosabatlar soxasi uchun xizmat qiladi.U idoralar kishilar davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.Farmon berish,daʼvat etish va majburiylik ohangi kuchli bo‘ladi.
Rasmiy-idoraviy hujjatlarning tayyor andozalari ishlab chiqilgan bo‘ladi.Mazmuni aniq va ayon bo‘lib,yozma nutq shaklida amal qilinadi.Ortiqcha izoh va takrorlar bo‘lmaydi.Tasviriylik va majoziylikdan mahrum bo‘ladi.Bu uslubda xolis baholash, qatʼiy undash,buyurish ohangi ustuvor bo‘ladi.
Rasmiy yozishma va xujjatlar uslubi iqtisodiy, yuridik va diplomatik munosabatlarda, davlat idoralari, sudlar, savdoga doir o‘zaro muamolarda aloqa qilish uchun ishlatiladi. Shunga kura, bu usulda yuridik qonun moddalari, diplomatik murojaatnomalar- notalar, hukumat idoralarining qarorlari, instruksiyalar, buyruqlar, shartnomalar rasmiy eʼlon va xabarlar, yozishmalar va shu kabi xujjatlar yoziladi.
Rasmiy va yozishma va hujjatlar usulining qo‘llanishi doirasi keng va xilma- xil bo‘lganligidan uning tarkibi ham turlichadir. Ular leksik-frazeologik hamda grammatik vositalarni tanlash va ishlatish jihatidan bir-biridan ozmi-ko‘pmi farq qiladi. Bayon qilingan fikrlarning izchillik bilan uzviy boglangan bo‘lishiga alohida eʼtibor qilinadi.
Idoraviy yozishmalarga oid qogozlar, chunonchi, spravka, tilxat, chaqiriq xati, tushuntirish xati, taklifnomalar qisqa va aniqligi bilan ajralib turadi. Tildagi muayyan nutqiy shtaplar, qatʼiy odat tusiga kirib yozishmalarga xos xususiyatlar sanaladi6.
Shartnomaning leksik-frazeologik va grammatik xususiyatlarini rasmiy hujjatlar usulining barcha namunalari bilan umumiy belgilarga, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Harbiy hujjatlar tili ham, asosan, rasmiy uslubning qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Harbiy hujjatlargatartib belgilovchi qoidalar majmui bo‘lmish ustavlar, qurol aslahalarga oid qo‘llanmalar, buyruq, farmoyishlar kabi hujjatlar kiradi. Maxfiy maʼlumotlar berishda turli xil qisqartmalarning ishlatilishi harbiy hujjatlarning eng muhim belgilaridandir. Harbiy hujjatlarda bevosita harbiy ishlarda hamda harbiy texnikada ishlatiladigan maxsus terminlar juda ko‘p uchraydi.Rasmiy uslubning boshqa turlaridagi singari harbiy hujjatlarda ham so‘zlar, asosan, o‘zining aniq to‘g‘ri maʼnosida ishlatiladi. Bundan faqat ko‘pincha urush maydonidagi obʼektlarning nomlarini shartli belgi-alomatlar bilan belgilab qo‘yilishigina mustasnodir.
Muhokama uchun savollar:

    • Rasmiy ish uslubi qaysi holatlarda qo‘llaniladi?

    • Rasmiy ish qog‘ozlari qaysilar?

    • Rasmiy ish uslubida laxjaga oid so‘zlar ishlatiladimi yo‘qmi?

    • Rasmiy uslubda avval qo‘llanilgan so‘zlarga misollar keltiring.




Yüklə 30,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin