Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix17.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#125460
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
8ab863ae1a6ded557ace6cf704d198b9 Adabiyotshunoslik nazariyasi.

(Maqsud Shayxzoda)
Metafora Sharq adabiyotida istiora deb yuritiladi. 
Metonimiya ikki tushuncha o‘rtasidagi yaqinlikka asoslangan 
o‘xshashsiz ko‘chimdir. Metonimiya yunoncha “qayta nomlash” 
demakdir. Metafora (istiora)da bir-biriga o‘xshash narsa-buyum 
va ularning belgilari ko‘chiriladi. Metonimiyada esa tashqi 
ko‘rinishi yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga aloqador, biroq 
bir-biriga o‘xshamagan narsa-buyumlar belgilari chog‘ishtiriladi. 
Metonimiya bir necha xil bo‘ladi:
Muallif nomi uning asari o‘rnida qo‘llanadi:
Fuzuliyni oldim qo‘limga, 
Majnun bo‘lib yig‘lab, qichqirdi.
(Hamid Olimjon)
Bu o‘rinda Fuzuliy asarlarini deyilmoqchi.
Biror narsa u yasalgan material bilan almashtirib ataladi:
Po‘lat qush ham qanotin rostlab,
Bulutlarni etar tumtaroq.
(Hamid Olimjon)
Po‘lat qush deyilganda samolyot nazarda tutilgan.
Sinekdoxa ham metonimiyaning bir shaklidir. Sinekdoxa 
yunoncha synekdoche, unda bir qism yoki bo‘lak orqali yaxlit, 
butun narsa bildiriladi va aksincha. Ya’ni bir butun hodisa orqali 
uning ayrim bo‘lagi haqida mulohaza yuritiladi. 
Halol, pokizadir yegan oshimiz,
Ming karra tashakkur peshona terga.
(G‘afur G‘ulom)
Peshona ter mehnatning bir bo‘lagidir. 
Mahallangda oyoqlar tentirab qoldi,
Qovjirab dilda ishqim armoni qoldi.
(Oybek)
Oyoqlar kishilar vujudining bir a’zosidir.
Allegoriya (majoz) ko‘chim turlaridan biridir. U ertak va 
masallarda, ayniqsa, keng qo‘llanadi. Masalan, tulki obrazida 
ayyor kishilar nazarda tutiladi. Chumoli esa mehnatkash, 
zahmatkash odamlar timsolidir. Allegoriya fikrni pardalab, sal 
yashirib ifoda qilishning eng o‘ng‘ay shaklidir. 
Allegoriya yunoncha allos – boshqa, o‘zga va agoreuo – 
gapiraman, demakdir. Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Hamzaning 
“Toshbaqa va chayon”, A.Krilovning “Bo‘ri bilan qo‘zichoq” 
kabi masallari allegorik, ya’ni majoziy asarlardir. 
Jonlantirish ham badiiy asarlarda keng qo‘llanadigan badiiy 
tasvir vositalari sirasiga kiradi. Jonlantirish kishilarga xos 
xususiyatlarni jonsiz va mavhum narsa-hodisalarga ko‘chirishdir. 
Masalan, xo‘mraygan bulutlar deyiladi. Bunda kishilarga xos 
xo‘mrayish jonsiz bulutga ko‘chirilgan. Asarlarda tog‘-tosh, 
shamol, daraxt, mevalar xuddi odamlarga o‘xshatib gapirtiriladi. 
Sifatlash jonlantirishdan birmuncha farq qiladigan badiiy 
tasvir vositasidir. Sifatlash narsa-hodisaning biror belgi, xusu-
siyatini aniq-ravshan ajratib ko‘rsatishdir. Sifatlash ikki xil 
bo‘ladi. Birinchisi oddiy sifatlash bo‘lib, unda narsa-hodisa-


254
255
larning o‘tkinchi belgilari ta’kidlanadi. Ikkinchisi, doimiy sifat-
lash bo‘lib, bunda narsa-hodisalarning doimiy xususiyatlari 
aytiladi. Po‘lat nayza, olmos qilich, uchqur ot kabilar doimiy 
sifatlashdir. Har ikkala sifatlash turi voqea-hodisani ta’sirchan 
ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan, oppoq tong, ona zamin.
Narsa-hodisalar orasidagi yaqinlik, o‘xshashlikni ko‘ra 
olish ijodkorning obrazli tafakkur etish iqtidorini namoyon 
etadi. Ijodkorning ana shu qobiliyati boshqalarning ongida ham 
narsa-hodisalar to‘g‘risida bo‘lakcha tasavvur – obraz hosil 
qiladi. Shoir, adib topadigan obrazlar so‘zning ma’no qamrovini 
kengaytiradi. So‘zdagi obrazlilik xususiyati o‘z-o‘zicha emas, 
balki unga yuklanadigan ma’no orqali yangilanib boradi. Ada-
biyotdagi narsa-hodisalarni bir-biriga qiyoslash, o‘xshatish 
fikrni chiroyli taqdim etish usuli, yo‘li bo‘lishi barobarida, badiiy 
tafakkurning o‘ziga xos shakli, ko‘rinishi hamdir.
O‘xshatish badiiy adabiyotdagi barcha tasvir vositalari 
orasida eng ko‘p qo‘llanadi. O‘xshatish narsa-buyumning ma’-
lum bir belgisini boshqa narsa-buyumga solishtirishdir. Arastu 
poeziya, ya’ni adabiyotning paydo bo‘lishi xususida so‘z yuri-
tib, “poeziya – o‘xshatish san’ati” ekanligini ta’kidlaydi va: 
“Poetik san’atning kelib chiqishiga ochiq-oydin ikkita sabab 
bo‘lib, ikkalasi ham tabiiydir. Birinchidan, taqlid, o‘xshatish 
insonga bolalikdan xos bo‘lgan xususiyatdir. Inson boshqa 
jonli mavjudotlardan o‘xshatish qobiliyatiga ega ekanligi bilan 
ham farq qiladi, xatto, dastlabki bilimlarni u o‘xshatishdan 
oladi va bu jarayon samaralari barchaga huzur bag‘ishlaydi” 
deydi (Arastu. Ahloqi kabir. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2016. – 
25­bet). O‘xshatish fikrni ta’sirchan ifodalash, ko‘pchilikka 
tanish, hammaga ma’lum narsa-hodisa orqali hali uncha yaxshi 
ma’lum bo‘lmagan narsa-hodisani bilish, uning mohiyatiga 
yaqinlashishga imkon beradi. O‘xshatish narsalarning bevosita 
o‘xshash tomonlarini ko‘rsatish yoki -dek (-day) qo‘shimchasi, 
xuddi, o‘xshash, go‘yo, misli, misoli, singari, yanglig‘, bamisoli, 
kabi ko‘makchilari yordamida hosil qilinadi.
Badiiy asarlarda tasvir vositalari ayrim holda ham, bir nech-
tasi birgalikda, o‘zaro bog‘liq holda ham ishlatiladi. Masalan, 
ayrim she’rlarning bir bandida o‘xshatish ham, sifatlash ham, 
mubolag‘a, jonlantirish ham qo‘llanishi mumkin. Ular ta’sirchan 
obraz va manzara yaratish barobarida ijodkorning voqelikka 
munosabatini ham ayon etadi.
Mubolag‘a narsa-hodisalarning xususiyat, belgilarini kuchay-
tirib, orttirib tasvirlashdir. Mubolag‘a muayyan narsa-hodisalarni 
boshqalaridan alohida ajratib ko‘rsatish maqsadida qo‘llanadi. 
Mubolag‘a badiiy asarda aksariyat hollarda o‘xshatish, jonlan-
tirish, sifatlash, metafora kabi tasviriy vositalar bilan birgalikda 
qo‘llanadi. Mubolag‘a, ayniqsa, folklor asarlarida, xususan, er-
tak, dostonlarda ko‘p qo‘llanadi.
Ma’naviy san’atlar nutqning ma’no jihati bilan bog‘liq bo‘lib, 
uning ma’no go‘zalligini ta’minlovchi she’riy san’atlardir. Iyhom, 
tavhij, tajohuli orif, talmeh, irsoli masal, husni ta’lil, laffu nashr, 
mubolag‘a, tashbeh, tamsil, istiora kabi badiiy san’atlar ma’naviy 
san’atlar sirasiga kiradi. She’rning shakl jihatiga e’tibor qaratgan 
holda, uning uslubiga bezak beruvchi badiiy san’atlar lafziy 
san’at deyiladi. Tarse’, tajnis, saj’, qalb, tajziya, zulqofiyatayn 
kabi badiiy san’atlar lafziy san’atlardir. Ayrim badiiy san’atlar 
ham ma’noga, ham shaklga aloqador bo‘lgani bois lafzi-yu 
ma’ naviy san’atlar yoki mushtarak san’atlar deyiladi. Tazmin, 
husni matla’, husni maqta’, taqobul, muqobala, ta’dil, tansiq us-
sifot, iqtibos, husni ibtido, husni taxallus kabi badiiy san’atlar 
mushtarak san’atlardir.
Aruzshunoslikda nutqni go‘zal qiluvchi badiiy vositalar 
“sanoyi’” deyiladi. Ushbu vositalar ikkiga ajratiladi: zotiy go‘ -
zal liklar va oraziy go‘zalliklar. Nutqning ataylab, maxsus ish-
lov berilmagan, kundalik muloqotda keng qo‘llanadigan ta-
biiy go‘zalligi zotiy go‘zalliklar, nutqqa bezak berish, uning 
ta’sirchanligini kuchaytirish uchun ataylab yaratiladigan go‘zal-
ligi oraziy go‘zalliklar deyiladi. Lekin badiiy san’atlarni bu 
tarzda guruhlarga ajratish shartlidir. Chunki shaklni ma’nodan, 
ma’noni shakldan ajratib, san’at hosil qilib bo‘lmaydi.


256
257
Ingliz adabiyotshunosi Terri Igltonning yozishicha, XX asr 
20-yillaridan keyin ingliz adabiyoti o‘rganishga munosib obyekt 
emas, balki tarbiya uchun zarur vositaga aylandi. U bunday 
e’tiborga voqelikni badiiy aks ettirishi, tilining ta’sirchanligi 
tufayli erishib, jamiyatning ma’naviy­ma’rifiy hayotida muhim 
o‘rin egalladi. Badiiy asarlarning tilida ingliz so‘z san’atiga 
xos avvalgi an’analar jonli so‘zlashuv tili bilan uyg‘unlashdi. 
Ingliz adabiyotida inson kim, shaxs kim, boshqalar bilan o‘zaro 
munosabatda bo‘lishning ahamiyati nimada, kabi muhim mu-
am molar asosiy mavzuga aylandi. Ushbu mavzularning mu-
hokama turi nuqtayi nazaridan muhokama qilinishi va badiiy 
so‘z vositasida ta’sirchan ifodalanishi ko‘pchilikni qiziqtirib 
qo‘ydi. Agar 20-yillardan avval ingliz adabiyotini o‘rganish 
shartmi, deb kelingan, bu ish bilan shug‘ullanish vaqtni bekorga 
ketkazish deyilgan bo‘lsa, keyinchalik badiiy asarlar to‘g‘risida 
fikr bildirish, turli janrdagi asarlarni tahlil qilish, baho berishni 
jiddiy ish sanaydigan, unga mas’uliyat bilan qaraydigan kishilar 
maydonga chiqdi. Badiiy so‘z kishilarning hissiyoti, ong-ta-
fak kuriga qaysidir darajada o‘z ta’sirini o‘tkazishi xususida 
mulohazalar “Skrutini” (“Sinchkov nigoh”) adabiy-tanqidiy 
jurnalining asosiy mavzusiga aylandi. Bu paytda adabiyot dol-
zarb mavzularga e’tibor qaratishi emas, balki hayot voqeligini 
ta’ sirchan badiiy til orqali yoritishi bois jamiyatning diqqatini 
o‘ziga tortdi. (Иглтон T. Теория литературы. Введение. 
52–53-betlar).
Badiiy asar tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri 
uning o‘ziga xos qurilishidir. U gap tuzilishiga ko‘ra oddiy 
so‘zlashuvdagi nutqdan jiddiy farq qiladi. Badiiy asar tili ba’zi 
o‘rinlarda, hatto, grammatika qoidalariga ham mos kelmaydi. 
Ilmiy asarlar tilida esa grammatika qoidalariga to‘liq rioya 
qilinadi. Badiiy asar tilida fikrning ta’sirchan bo‘lishi asosiy 
maqsad qilib qo‘yilsa, ilmiy asarlarda fikrning mantiqan 
ishonarli bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. She’riy, nasriy asarlarda 
fikrning hissiy ta’sirchan bo‘lishiga erishish uchun gap 
qurilishining intonatsiya, parallelizm, takror, anafora, inversiya, 
antiteza, ritorik murojaat, ritorik so‘roq kabi ifoda usullaridan 
foydalaniladi.
Intonatsiya lotincha “intonare”, “qattiq talaffuz etish” degan 
ma’noni bildiradi. U so‘zlovchining, asar muallifining hodisaga 
munosabatini anglatuvchi ifoda vositasidir. Badiiy asarda tinish 
belgilari, misralarning joylashish tarzi intonatsiyani bildiradi. 
Parallelizm ikki yoki undan ortiq narsa-hodisani yonma-
yon qo‘yish orqali mazmunni yorqinlashtirish uslulidir. Un da 
narsa-hodisalar bir-biri bilan muqoyasa qilinadi yoki zidlash-
tiriladi. Ushbu yo‘l bilan fikr aniqlashtirilib, uning ta’sirchanligi 
kuchaytiriladi. Parallelizm yunoncha parallellos so‘zidan hosil 
qilingan bo‘lib, “yonma-yon boruvchi” degan ma’noni bildiradi. 
Parallelizmlar mazmunan teng yoki ularda bir-biriga yaqin ho-
disalar qiyoslanishi, o‘xshatilishi, qarama-qarshi qo‘yilishi, ta-
laf fuzda bir xil ohangdorlikka asoslanishi (intonatsion paral-
lelizmlar) va boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Radiflar ham 
parallelizmning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Albatta, bunda misra-
larda fikr mazmuni o‘xshash yoki bir­biriga yaqin hodisalarni 
ifoda qilishi lozim. 
Takror parallelizmga yaqin tasvir usulidir. Matnda u aniq 
ko‘rinib turadi. Chunki takror ayrim so‘z, iboralarning ma’lum 
bir tartib asosida qayta-qayta qo‘llanishidir. Takror muayyan 
maqsadga muvofiq qo‘llanadi. Takrorning anafora, epifora, mis­
ralar takrori singari ko‘rinishlari bor.
Anafora yunoncha “anaphor”, “yuqoriga ko‘tarilish” degan 
ma’noni bildiradi. Bunda bir xil so‘z yoki so‘z birikmasi she’r 
misralari boshida aynan bir xil tarzda takrorlanib keladi.
Qaysi bir ozorin aytay jononima ag‘yorning,
Qaysi bir og‘ritganin ko‘nglimni dey dildorning.
(Bobur)


258
259
Takrorning ham barcha ko‘rinishlari mazmunni kuchaytirish, 
fikrni ta’sirchan qilishga qaratilgan bo‘ladi. Anafora, inversiya 
uning ana shunday ifoda usullaridir. 
Inversiya lotincha “inversi”, “o‘rin almashtirish” degan ma’-
noni bildiradi. Bunda gap bo‘laklari grammatika me’yorlari 
tartibidan farqliroq tarzda qo‘llanadi. Inversiya ta’kidlanmoqchi 
bo‘lgan fikrga mantiqiy urg‘u berish, uni kuchaytirish, ta’sir­
chanligini oshirish maqsadida qo‘llanadi.
Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh yer osti.
Lekin, do‘stlar, she’r ahli aro
Jahongiri kam bo‘lar, rosti.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin