Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix17.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#125460
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
8ab863ae1a6ded557ace6cf704d198b9 Adabiyotshunoslik nazariyasi.

(Abdulla Oripov)
Grammatik me’yorga amal qilinadigan bo‘lsa, bu misralar 
“Bu dunyo ko‘p jahongir ko‘rgan...” tarzida yozilishi kerak edi. 
Antiteza ham fikr ta’sirchanligini oshirish maqsadida 
qo‘llanadigan ifoda usullaridandir. U qarama­qarshi fikrlarni 
ifodalash uchun ishlatiladi. 
Menga nomehribon yor o‘zgalarga mehribon ermish,
Mening jonim olib, ag‘yorga oromijon ermish.
(Alisher Navoiy)
Menga nomehribon – o‘zgalarga mehribon. Bu zid tushuncha-
lardir. 
Ritorik murojaat tantanavorlik, ko‘tarinkilik yoki kesatish, 
kuchli g‘azab, nafratni ifodalash uchun qo‘llanadigan xitob 
shaklidagi ifoda usulidir. 
Ritorik so‘roq esa fikrni so‘roq shaklida ifodalashdir. Biroq u 
odatdagi savol singari emas. Unga javob qaytarmaslik mumkin. 
Ritorik so‘roq his-hayajonni kuchaytirish uchun beriladi. 
Vazn, qofiya, turoq singari unsurlarga ega she’riy nutqdan 
farq qiladigan nasriy asardagi nutq asar matniga turli tomondan 
kirib keladigan, fe’l-atvori, maqsadi va intilishi har xil personaj-
larning dialog, monologi, muallif tomonidan ularning ichki 
kechin malari, harakat, holati bayon etilishi, makon va zamonning 
tasvirlanishi qo‘shilishidan paydo bo‘ladi. Ana shunday turli 
ovozlar qo‘shilishi natijasida asar matni maydonida bahslar, 
keskin munozaralar, teran mushohadalar, turlicha talqinlar, 
muammoga har xil yondashuvlar, kutilmagan kinoya, kesatiqlar, 
o‘tkir qochiriqlar yuzaga keladi. Oddiy xabar, ma’lumot, izohga 
ham birovning so‘zi suqilib kirsa, jumla, gapda boshqacha ruh, 
yangicha ma’no, ta’sirchan quvvat hosil bo‘lib, qalbda turli 
his-tuyg‘ular, kechinmalar uyg‘onadi. So‘z qalb hodisasiga 
aylanganida ko‘ngilda ayni xildagi holat kechadi.
Badiiy asar ta’sirchanligini ta’minlaydigan eng muhim omil-
lardan yana biri badiiy psixologizmdir. Badiiy psixologizm 
barcha badiiy tasvir va ifoda vositalarining jumuljami sifatida 
namoyon bo‘lib, u inson ichki dunyosini ochib ko‘rsatadi. Badiiy
psixologizm adabiyotning insonshunoslik mohiyatini ifoda 
etadi. Badiiy psixologizm to‘g‘risida avval ko‘chirma olganimiz 
“Adabiyotshunoslik lug‘ati”da shunday ma’lumot beriladi: 
“Badiiy psixologizm – badiiy asarda to‘laqonli inson obrazini 
yaratishning muhim vositalaridan biri; personaj ruhiyatining 
ochib berilishi, xatti-harakatlari va gap-so‘zlarining psixologik 
jihatdan asoslanishi, shu maqsadlarga xizmat qiluvchi usul va 
vositalarning jami. Yozuvchi personaj ruhiyatini bevosita yoki 
bilvosita tasvirlab berishi mumkin. Personaj o‘y-kechinmalari, 
his-tuyg‘ularining “ichki monolog”, “ong oqimi” tarzida yoki 
muallif tilidan (o‘ziniki bo‘lmagan muallif gapi) bayon qilinishi 
psixologik tasvirning bevosita shakli hisoblanadi. Asardagi 
personaj ruhiyatining uning xatti-harakatlari, gap-so‘zlari, 
yuz­ko‘z ifodalari (mimikasi), undagi fiziologik o‘zgarishlarni 
ko‘rsatish orqali ochib berilishi esa bilvosita psixologik tasvirdir. 
Ruhiy tasvirning bu ikki ko‘rinishi bir-birini to‘ldiradi, shu bois 
ham muayyan personaj ruhiyatini tasvirlashda yozuvchi bularning 
ikkisidan ham o‘rni bilan foydalanadi. Shuningdek, personaj 


260
261
ruhiyatini ochishda yozuvchi tabiat tasviridan yoki boshqa biror 
narsa obrazidan foydalanishi mumkin bo‘ladiki, bu ham bilvosita 
psixologizmning ko‘rinishidir. Masalan, “O‘tkan kunlar” 
romanida A.Qodiriy Kumushning turmushga berilish xabarini 
eshitgan Otabek ruhiyatini “Xo‘ja Ma’oz” qabristoni manzarasi 
orqali aks ettirsa, uning Kumush hijronida yashagan paytlardagi 
ruhiy holatini “Navo” kuyining sharhida umumlashtirib ifoda-
laydi. Adabiy asarda xarakter ruhiyatini ochish, umuman, 
inson obrazini yaratishning muhim vositalaridan yana biri 
personaj nutqidir. Zamonaviy nasrda dialog salmog‘ining 
ortishi barobarida personaj nutqining obraz yaratishdagi mav-
qei ham kuchaydi. Personaj nutqini individuallashtirish orqali 
uning shaxsiyati, dunyoqarashi, muayyan hayotiy holatdagi 
ruhiyati haqida o‘quvchiga ko‘p narsalarni yetkazish mumkin. 
Dialoglarda personaj nutqi muallifning qisqa, lo‘nda sharhlari 
bilan ta’minlanadi. Personajning yuz-ko‘z ifodasi, mimikasi, 
undagi fiziologik o‘zgarishlar haqida ma’lumot beruvchi 
bu sharhlar juda katta ahamiyat kasb etadi. Ular o‘quvchiga 
personaj nutqini “eshitish”, xatti-harakatlarini “ko‘rib turish” 
va shu asosda uning ayni paytdagi ruhiyatini his qilish imko-
nini yaratadi. Adabiyotshunoslikka oid manbalarda badiiy psi-
xo logizmning dinamik, tipologik va analitik prinsiplari farq-
lab ko‘rsatiladi. Dinamik prinsipda personaj ruhiyati uning 
muayyan hayotiy situatsiyalarda o‘zini tutishi, xatti-harakatlari 
va gap-so‘zlari orqali ochiladi, mohiyatan bu dramatik asar 
personajlari ruhiyatini ochish usuliga o‘xshash, shu bois dina-
mik prinsip ba’zan psixologik tahlilning dramaturgik usuli deb 
ham ta’riflanadi. Badiiy psixologizmning tipologik prinsipi 
personaj ruhiyatini u shakllangan va harakatlanayotgan muhit 
shart-sharoitlari bilan bog‘lagan, shulardan kelib chiqqan 
holda tasvirlashni nazarda tutadi. Analitik prinsip esa personaj 
dilidagi his­tuyg‘ular, ongidagi o‘y­fikrlarning ildizlari, tadrijini 
jarayon tarzida izchil va atroflicha tasvirlashni taqozo etadi. 
Bunda bir hisdan ikkinchi his, bir o‘ydan boshqa bir fikr o‘sib 
chiqadi, ular bir-birini to‘ldiradi, sifat jihatidan o‘zgartiradi 
va hokazo. Bu esa personaj taqdiri, qarashlari va amallaridagi 
keskin burilishlarni tayyorlash va ko‘rsatishga imkon beradiki, 
u ba’zan badiiy psixologizmning “qalb dialektikasi” shakli 
deb ham yuritiladi. Aytish kerakki, muayyan personaj ruhiyati 
tasvirida bu uchala prinsip ham qorishiq holda namoyon bo‘ladi, 
ulardan biri yetakchilik qilgani holda, boshqalari uni to‘ldirish, 
konkretlashtirishga xizmat qiladi”.
Badiiy asar tilida bu kabi tasviriy vositalar, ifoda shakllari 
ko‘p. Ularning barchasi mazmunning ta’sirchanligini oshirishga 
xizmat qiladi. Omonim, sinonim, antonim, ko‘chim, istiora, 
metonimiya, allegoriya, sinekdoxa, anafora, antiteza, inversiya 
kabilar badiiy asar matnida aralash holda, bir-biriga bog‘liq 
tarzda yoki alohida-alohida shaklda namoyon bo‘ladi. Ular 
mazmunni ta’sirchan qilishga, qahramonlar ruhiy olamini yorqin 
gavdalantirishga yordam beradi.
Izoh: Mazkur mavzuni yoritishda mavjud darslik, qo‘llanma, 
lug‘atlardan foydalanildi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin