Alisher navoiy nomidagi


SHE’R TUZILISHI VA SHE’R TIZIMLARI



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/20
tarix17.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#125460
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
8ab863ae1a6ded557ace6cf704d198b9 Adabiyotshunoslik nazariyasi.

SHE’R TUZILISHI VA SHE’R TIZIMLARI
Borliqdagi barcha moddiy va nomoddiy narsa-hodisalar 
muayyan tuzilishga ega bo‘ladi. Ular bir qancha qism-uzvlar-
dan tarkib topadi. Narsa-hodisalarning mazmun-mohiyati be-
vosita ularning tarkibiga bog‘liqdir. Shuning uchun hodisalar 
mohiyatini bilish ularning tarkibiy qismlarini o‘rganishdan 
bosh 
lanadi. Adabiyot ham, adabiyotshunoslik ham tarkibiy 
qism larga bo‘lingani singari she’r ham ma’lum uzvlardan tarkib 
topgan bo‘ladi. She’rning tarkibiy qismlari to‘g‘risida ma’lum 
tushunchaga ega bo‘lish so‘z san’atining o‘zak masalalarini 
bilishdir. 
Ulug‘ adib Jeyms Joys “Navqiron san’atkorning siyrati” 
romanida qahramonlari tilidan adabiyot va san’atning xususiyat-
lari to‘g‘risida so‘z yuritib: “Lirik tur – bu, mohiyatan ehtirosli 
lahzaning oddiy so‘zlarga o‘rab berilgan ko‘rinishi, ming yillar 
burun, qadim zamonda odam mashaqqat chekib, eshkak eshib 
yoki tog‘da tosh tashib, o‘ziga o‘zi dalda berib bexosdan aytib 
yuborgan ritmik xirgoyisi. Bunday xirgoyi ehtirosli lahzanigina 
anglatadi. Ehtirosni yuragidan kechirayotgan odamni emas. 
Oddiy epik shakl lirik adabiyotdan tug‘iladi, bunda epik ijodkor 
hodisaning markazi sifatida diqqat-e’tiborni o‘ziga qaratadi. 
Ehtirosning og‘irlik markazi o‘zgarmaguncha va ijodkor o‘zi-
dan hamda boshqalardan uzoqlashmaguncha bu shakl rivoj-
lanadi, takomillashadi. Endi bu holda hikoya tarzi shaxsiy 
bo‘lishdan to‘xtaydi, ijodkor shaxsi hikoya tarziga ko‘chadi, 
rivojlanadi, harakatda bo‘ladi, xuddi tiriklik manbayi bo‘lmish 


170
171
dengizday to‘lg‘anadi, kishilar atrofida aylanadi. Dramatik shakl 
shu lojuvard dengiz to‘lqinlanganda, ya’ni sahnada harakat 
qilayotgan har bir odamni o‘ziga tortib, barchasini hayotiy kuch 
bilan quvvatlantirganda paydo bo‘ladi. Bundan ularning har 
biri o‘z shaxsiy mavjudliklarini kasb etadi. Ijodkor shaxsi – bu, 
avvalo, xirgoyi ritmik nido yoki tovushlar uyg‘unligi, keyin u 
bir maromda oquvchi, o‘zgaruvchan ohanglardagi dostonga 
aylanadi; oxir-oqibatda, san’atkor asarda o‘zining ishtirokini 
nihoyatda nozik, sezilmaydigan darajaga olib keladi, boshqacha 
aytganda, shaxsiy xususiyati, qiyofasini yo‘qotadi... San’at – 
insonning predmetni estetik butunlikda aqlga muvofiq yoki sezgi 
idroki orqali qabul qilish qobiliyati... Bizga xush yoqqan narsa 
go‘zaldir... San’at go‘zallikning timsollardagi aksi.... Haqiqat 
aql bilan anglanadi, go‘zallik tasavvur orqali qabul qilinadi...” 
deydi. (Jeyms Joys. “Navqiron san’atkorning siyrati”. Roman. – 
“Jahon adabiyoti” jurnali, 2007-yil, 4-son, 63– 68-betlar).
She’r ohang jihatdan ma’lum bir tartibga solingan his-tuyg‘u 
ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli, ritmik nutqdir. Biroq 
bu she’rning eng mukammal, har jihatdan yetuk ta’rifi emas. 
Mutribiy Samarqandiy (1556–1630/1650)ning “Tazkirat ush 
shuaro” (1605) sida: “She’r” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “topmoq 
va bilmoq” dir. Shu jihatdan shoirni “biluvchi va topuvchi” deb 
ataydilar. Chunki shoir boshqalar topa olmaydigan sara so‘zlarni 
topadi va ular tizimiga o‘zgalar eplay olmaydigan darajadagi 
shaklni beradi. Istiloh sifatida “she’r” so‘zi ma’no, vazn va 
qofiyaning hamohang kelishini anglatadi. Chunki yaratuvchisi 
ularni ana shu bir-biriga bog‘liqlik holatida shakllantiradi”, 
deyiladi (Samarqandiy M. Tazkirat ush shuaro. – T.: “Mumtoz 
so’z”, 2013. – 21-bet). She’rning bundan boshqa sifat, xusu-
siyatlari ham juda ko‘p. Shu bois Abdulla Qahhor: “She’r – bir 
mo‘jiza. Uning mo‘jizalik sirlaridan xabardor bo‘lish, bu 
sirlarni jilovlash har kimga ham muyassar bo‘lavermaydi. 
Bunga erishish uchun zehn, sabr va mehnatdan boshqa yana 
nimadir kerak”, deydi. “Yana nimadir kerak” bo‘lgani bois ham 
hamma she’r yozolmaydi. Abdulla Oripov she’r inson aqliy-
ruhiy faoliyati bilan g‘aroyib jumboq ekanligini ta’kidlab: 
“She’r inson ruhining birmuncha g‘ayritabiiy, ayricha holatidan 
tug‘iladi”, deydi (Ehtiyoj farzandi – T.: Yosh gvardiya, 1988.19-
bet). She’rning “mo‘jizalik sirlari” har kimga har xil ta’sir 
qiladi. Ya’ni uni hamma har xil tushunadi. Chunki she’r – aql 
bilan anglash qiyin bo‘lgan holatlarning so‘zdagi aksi. U ko‘ngil 
olamining tovush, harf – so‘zlardagi manzarasi. She’r ko‘ngil 
mulki mevasi bo‘lgani bois ham unda ohanglar mavji, musiqa 
tarovati mujassamashadi. Shu tufayli u qalbni zabt etadi – kishini 
bir zumda mahzun qiladi, bir lahzada quvonchga ko‘madi. Shu 
bois ingliz shoiri Persi Bishi Shelli (1792–1822): “Poeziya... 
ritmik nutq bo‘lib, u insonning ichki tabiatidagi hukmron 
eh tiyoj – qalb amridan tug‘iladi... u inson ongini uyg‘otib, 
hozirgacha ma’lum bo‘lmagan minglab fikrlar uchun makon 
yaratadi, yanada boyitadi. Poeziya olam go‘zalligini yopib turgan 
pardani ko‘taradi va bexabarlarga yangiliklarni namoyon etadi...
Poeziya insonning axloqiy qobiliyatini rivojlantirib, jismoniy 
mashqlar odam tanasini chiniqtirgani kabi qalbini chiniqtiradi” 
deydi, (Shelli Pishi Persi. G‘arb shamoli. – T.: “O‘zbekiston”, 
2014. – 97–109-betlar). 
Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarining o‘n oltinchi 
bobida shoirlarni bir necha toifaga bo‘lib, “haqiqiy (ilohiy) 
ishqni kuylovchilar”, ham haqiqiy, ham majoziy (jismoniy) 
ishqni madh etuvchilar”, “faqat majoziy ishqni kuylovchilar” deb 
uchta toifaga ajratgan. Navoiy birinchi toifa vakillarini “ishlari 
ma’nilar xazinasidan javhar termoq va u javharni el yaxshiligi 
uchun nazm ipiga tortmoq” deya ta’riflagan va bu toifaga Shayx 
Farididdin Attor va Mavlono Jaloliddin Rumiyni kiritgan. Ular 
o‘z asarlarida zohiran yorning yuzi, ko‘zi, qoshlari, qomatini 
vasf etsa-da, ramzlar vositasida Ollohning sifatlarini madh 
etadi, deb ta’kidlagan. Tasavvuf she’riyatida sohibjamolning 
chehrasini ta’riflash orqali ilohiy go‘zallik madh etilib, uning 
og‘zi, qoshi, ko‘zi, xoli, burni, labi, tishi kabilarni tavsiflash 


172
173
orqali muayyan tasavvufiy g‘oya ifodalanadi. Chunonchi og‘izga 
e’tibor qaratilganda ilohiy kalom va uning chiqish o‘rni, “ko‘z” 
deganda komil inson, “qomat” deganda esa pirning haybati, 
ilohiylik salobati bor odam nazarda tutiladi. Chunki tasavvuf 
she’riyati ramz va majozga asoslangan bo‘lib, unda shoir o‘z 
holi, kayfiyatini bayon qilganda ham, ayol jamolini tavsiflaganda 
ham, quyosh, oy, yulduz, bulut, yomg‘ir, shamol, daryo, irmoq, 
dengiz, ummon haqida so‘z ketganida ham, tabiat manzaralari, 
tarixiy shaxslar, afsonaviy siymolar eslatilganida ham Ollohning 
qudrati, uning yaratuvchanligi madh etiladi.
Ingliz adabiyotshunosi Terri Iglton adabiyot va dinning 
jamiyatdagi o‘rni, ularning kishilar ongiga ta’siri xususida 
so‘z yuritar ekan, adabiyot ham, din ham avvalo odamlarning 
hissiyotlariga ta’sir etishi va ular shu asosda mafkura vositasiga 
aylanishini qayd etadi. Haqiqatan, she’r va musiqa hech kimga 
biror narsani o‘rgatmaydi, hech bir narsaning foydali yoki zararli 
ekanini isbotlab bermaydi. She’r va musiqa hech kimga yo‘l-
yo‘riq ham ko‘rsatmaydi. Ammo she’r hamda musiqa san’ati 
hissiyotlarni qo‘zg‘ash orqali odamlarning faoliyatini yo‘lga 
soladi. She’r muayyan fikrni ohangga solib, ongga yetkazadi. 
Faylasuf, tarixchi, siyosatchi eng muhim fikrini ham shoirchalik 
ta’sirchan ifodalay olmaydi. Viktorian davrida va undan keyingi 
zamonlarda Angliyada adabiyot, jumladan, she’riyat xuddi din 
singari mafkuraga aylandi. Aniqrog‘i, adabiyot mafkura oldiga 
qo‘ygan vazifalarni bajardi. (Иглтон Терри. Теория литерату-
ры. Введение. – M.: Территория будущего, 2010. – 47­bet.)
Ulug‘ adib Ch. Aytmatov she’r kishilarning kayfiyati, ruhiy 
holati, faoliyatiga ta’sir etishini ta’kidlab: “Haqiqiy she’riyatning 
o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u ajoyib tuyg‘ular, fikr­
mulohazalar rishtasi bilan zamonlarni, qalblarni bir-biriga 
bog‘lab qo‘yadi”, deydi. (Aytmatov Ch., Shoxonov M. Cho‘qqida 
qolgan ovchining ohi-zori. – T.: “Sharq”, 1998. – 373-b.)
Sharqda so‘zlar nasriy asardagidan ko‘ra bo‘lakcha ko‘ri-
nishda – muayyan o‘lchovga solnigan va u “misra” deyiladi. 
“Misra” arabcha so‘z bo‘lib, “eshikning bir tabaqasi” degan 
ma’noni bildiradi. She’rning alohida belgilaridan dastlabkisi 
ritmdir. Qofiyasiz, misralarida bo‘g‘inlar miqdori har xil she’rlar 
ham bo‘lishi mumkin. Biroq ritmsiz she’r yo‘q. Ritm – she’rning 
asosi. U muayyan vazndagi nutq bo‘laklarining misralar, 
bandlarda ma’lum bir tartibda takrorlanishidan hosil bo‘ladi. 
She’r misralaridagi ohangdorlik inson sezgilariga ta’sir qiladi. 
Ritm yunoncha “teng o‘lchovlilik” degan ma’noni bildiradi. 
Ritm, keng ma’noda muayyan bo‘laklarning ma’lum vaqt 
oralig‘ida tartibli takrorlanib turishidir. Badiiy nutqning nasriy 
va she’riy shakllari ritm jihatidan farq qiladi. Nasrdagidan farqli 
holda she’riy nutq ritmi maxsus hosil qilinadi, muayyan o‘lchov 
(bo‘g‘in, turoq, vazn, misra, band, qofiya) asosida tartibga 
solinadi. Ritm she’riy nutqning emotsionalligi, musiqiyligi, 
jarangdorligining asosidir.
Har bir til o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, u muayyan 
grammatik me’yorlarga asoslanadi. She’r ritmi esa misralardagi 
bo‘g‘in, turoq, ritmik pauza, vaznning o‘zaro muvofiqligidan 
hosil bo‘ladi. 
Bir nafas bilan aytiladigan so‘z va so‘zning bo‘lagi bo‘g‘in 
deyiladi. Bo‘g‘in nutq tovushlaridan tarkib topadi. Bo‘g‘in 
ohangdorlik – ritm hosil qilishi uchun u ma’lum tartibda 
guruhlanishi, ya’ni misralarda muayyan tartibda izchillik bilan 
takrorlanishi lozim. Bo‘g‘inlarning misralarda qat’iy tartibda 
guruhlanishi turoq deyiladi.
Odam zoti / dunyodaki bor,
Uning bilan / muhabbatdir yor.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin