3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
O‘zbekiston Respublikasida
amalga oshirilayotgan
ijtimoiy islohotlar jamiyat taraqqiyotini ta’minlash bilan birga mustaqil fikr egasi,
erkin va ijodkor shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Xususan, ta’limiy islohotlarning ikkinchi - sifat bosqichi kechayotgan mavjud
sharoitda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni
1
hamda
“Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” da
2
belgilangan
vazifalar hamda shunday
islohotlarning uzviy davomi sifatida e’tirof etilayotgan 2017 yil Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyev tomonidan taqdim etilgan “2017-2021-yillar Harakatlar
strategiyasi”da belgilangan tamoyillardan biri ham aynan “Ijtimoiy
sohani
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlanib, uning to‘rtinchi bandi ya’ni
“Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish”ga qaratilgan besh yillik chora tadbirlar
qatorida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim
xizmatlari
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori
malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish,
3
kabi rejalarni amalga oshirish
bugungi kunning dolzarb masalalaridir desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Ma’lumki,
yosh avlod
tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan.
Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot – mamot
masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa xalq shuncha
yashaydi”, - deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi
uchun esa bu
masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”.
4
1
O'zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni /
/
Баркамол
авлод
–
Ўзбекистон
тараққиётининг
пойдевори
.
–
Т
.:
Шарқ,
1998.
–Б
. 20-29.
2
O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy Дasturi”
//
Баркамол
авлод
–
Ўзбекистон
тараққиётининг
пойдевори
.
–
Т
.:
Шарқ нашриёт матбаа концерни, 1997.
–Б
. 31-61
3
Mirziyoyev Sh.
”2017
-2021-
yillar Harakatlar strategiyasi” –
T., 2017.
4
Mirziyoyev Sh.
Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,yangi
bosqichga ko‘taramiz.
1-kitob.
–
T.:O
‘zbekiston,2017. –
B. 504-505
4
Ma’lumki, Kadrlar tayyorlash milliy modelining bosh g‘oyasi – komil inson
va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Bu xususda
birinchi prezidentimiz I.A.Karimov: “Biz komil
inson tarbiyasini davlat
siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo,
ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”
5
deb, ta’kidlagan edi. Ana shunday Komil insonni tarbiyalashda adabiyot fanining
o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Adabiyot fani o‘qituvchisi bugun ta’lim va tarbiya
jarayonida nafaqat milliy qadriyatlarimizga, balki yangi pedagogik texnalogiyalarni
qo‘llash borasidagi nazariy-metodik bilim va malakalarga ham tayanadi. Bugun
adabiy ta’limda bu borada hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p.
Chunki
bugun adabiyot fanining nazariy jihatlari anchayin chuqur o‘rganilib, ularni
o‘quvchiga qanday yetkazish borasidagi aniq amaliy ishlar va ularda belgilangan
natijalar nisbatan kamdir. Bugungi intelektual salohiyatli
yoshlarni tarbiyalash
uchun esa adabiyot o‘qituvchisi tinimsiz izlanishi, ijod qilishi va metodik
yangiliklardan yetarli darajada xabardor bo‘lishi lozim. Lekin bugun ta’lim
jarayonida hali hanuz adabiyot darslarini an’anaviy tarzda tashkil etilayotganligini
ko‘ramiz. Bunga sabab aynan bugungi adabiyot o‘qituvchisi
yangi pegogik
texnalogiyalarni qo‘llay bilmasligi va bu borada yetarli malakaga ega emasligidadir.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz o‘z bitiruv malakaviy ishimizda “adabiyot
ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qanday tatbiq etish mumkin?”, “qaysi
texnologik yondashuv aynan adabiyot ta’limiga mos keladi?” degan savollarga
javob izlashga harakat qildik. Bu esa ushbu mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: