19
ma’lumotlarni to‘g‘irlab tahlil qilib boradi. Yoki
“Zanjir”
metodini qo‘llash
mumkin. Bunda o‘quvchilar xuddi shunday ma’lumotlarni ketma-ket tarzda uzluksiz
berib o‘tadilar.
Darsning keying qismida kichik guruhlar shakllantiriladi.
Kichik guruhlarni
shakllantirishda har bir o‘quvchining individual imkoniyatlari hisobga olinishi,
qolaversa, guruhlarda o‘quvchilarning soni teng miqdorda bo‘lishiga alohida e’tibor
berilishi kerak. Kichik guruhdagi o‘quvchilar soni 3-4 tadan oshmasligi maqsadga
muvofiqdir. Shundagina, ko‘zlangan natijaga erishish va baholashda samaradorlik
ko‘zga tashlanadi. Adabiyot o‘qitishda tashkil qilingan
kichik guruhlarga aynan
mavzuga mos nom tanlashga ham alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, Erkin
Vohidov she’riyatiga moslab kichik guruhlarga quyidagicha nom berilishi mumkin:
1-guruh “O‘zbegim”
2-guruh “Nido”
3-guruh “O‘zbekiston”
va yana shu kabi nomlash mumkin. Yoki hayoti va faoliyatidan kelib chiqib:
1-guruh “Shoir”
2-guruh “Dostonnavis”
3- guruh “Dramaturg”
tarzida ham nomlash mumkin. Guruhlarga nom berilgandan so‘ng
ular bilan
shunday kichik guruhda ishlashga mo‘ljallangan mashg‘ulotlarni o‘tkazish mumkin:
-
uch pog‘onali intervyu;
- davra suhbati;
- ro‘yхat tuzish;
- muammolar
yeshishni tashkil qilish;
- bir daqiqalik ishlar;
- juftlik izohlari;
- muammoni jo‘natish;
- baholash chizig‘i;
- kam uchraydigan birlik;
- jamoa kutuvi;
20
- ikki tomonlama kundalik;
- o‘zaro savol yo‘llash.
Shulardan biri “Ikki tomonlama kundalik” mashg‘ulotini aynan Erkin Vohidovning
“O‘zbegim” hamda “Inson” qasidasini tahlil qilishda quyidagicha qo‘llash mumkin:
1-guruhga savol:
Dostları ilə paylaş: