5
N.Sayidahmedov, J.Tolipova, A.G‘ofurov, O.Q.Tolipov, U.Usmonboyeva va
boshqalar yangi pedagogik texnologiyalardan ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlarni
o‘qitish jarayonida foydalanish faoliyatiga yo‘naltirish, mavzular bo‘yicha loyihalar
asosida dars jarayonini tashkil etish, interfaol metodlardan foydalanish to‘g‘risidagi
qarashlarni ilgari surganlar.
Mustaqillik yillarida adabiy ta’lim va uni tashkil etishda samaradorlikka
erishish muammosi yuzasidan bir qator tatqiqotlar olib borildi. Xususan,
S.Matchonov ning doktorlik dissertatsiyasida pedagogik texnologiyalarning muhim
ko‘rinishlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan mustaqil ta’limni
tashkil etish
asosida o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni o‘stirish xususida so‘z yuritilgan bo‘lsa,
M.Mirqosimovaning doktorlik tadqiqot ishi adabiy ta’lim samaradorligini
belgilovchi muhim omil – o‘quvchilarda adabiy tahlil
malakasini shakllantirish
muammosini tadqiq etishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot darslarida noan’anaviy ta’lim
shakllaridan biri bo‘lgan - ssenariyli o‘qitish, uning mohiyati va yo‘llari borasidagi
qarashlar S.Yaminova tomonidan o‘rganilgan.
Adabiy ta’limda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning asoslari
Q.Xusanboyeva tomonidan tadqiq etilgan bo‘lib, ushbu
tadqiqot ishida adabiy
ta’limni yangicha yondashuv asosida tashkil etish, har bir mashg‘ulot (dars) ning
ijodiy yondashuv mahsuli sifatida namoyon bo‘lishiga erishish masalalari ochib
beriladi.
Bundan tashqari, keyingi yillarda B.To‘qliyev va R.Niyozmetova
K.Uzmonova, A.Xayitov va boshqalar til va adabiyot ta’limida qo‘llaniluvchi
zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bir qator darslik va qo‘llanmalar
yaratishdi. Ayniqsa, metodist olima R.Niyozmetovaning bu boradagi ishlarini
alohida tilga olish joiz.
Dostları ilə paylaş: