Alisher navoiy nomidagi


Kurs ishining metodologik asosi



Yüklə 65,03 Kb.
səhifə4/14
tarix31.12.2021
ölçüsü65,03 Kb.
#113196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O‘quvchi yozma nutqini shakllantirishn (2)

Kurs ishining metodologik asosi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlari, “Davlat ta’lim standartlari”, oliy ta’limi to‘g‘risidagi Nizomlar va me’yoriy hujjatlar, sharq muta-fakkirlarining fikrlari, prezident I.A.Karimov asarlari, darsliklar, o‘quv qo‘llan-malar, ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha ilmiy-uslubiy ishlar va metodikalar tashkil etadi.

I BOB.

Ona tili ta'limida samaradorlikka erishishning zamonaviy usullari

1.1. Hozirgi o'zbek adabiy tili darslarida interfaol usullardan foydalanish

Ma’lumki, ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi2.

Ona tili - nutq: o‘qish va yozish sohasidagi ko‘nikma va malakalar o‘quvchilar o‘quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o‘qish ko‘nikmalarini egallash bilan, birinchi navbatda o‘z ona tilini o‘rganishi zarur.

Chunki ona tili bilimdonlikning, aql -idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlarni vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o‘rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg‘otishda ham alohida rol o‘ynaydi. Maktabda o‘quv predmeti sifatida tilni o‘rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, yani fonetikasi, leksikasi, so‘z yaslishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o‘zaro ichki borlanishlariga asoslanadi. Maktablarda ona tili o‘rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo‘ygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar ko‘pqirrali bo‘lib, ularni bajarish o‘quvchilar ongini o‘stirishga, ularga g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berishga yo‘naltirilgan. Ona tilini o‘rgatish natijasida o‘quvchilarda o‘z fikrini grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to‘g‘ri yoza olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o‘quv predmeti sifatida o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, o‘quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yo‘naltirilgan umumta’lim vazifalari bilan bog‘liq, holda amalga oshiriladi. Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); so‘zlarning o‘zgarishi gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi (grammatik, ya’ni morfologik va sintaktik); so‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalish usullari haqidagi (so‘z yasalishiga doir); so‘zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi (leksikologik); o‘zbek tili to‘g‘ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarning ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuatsion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonetik, so‘z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuastion qoidalarda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zbek tili kursi fonetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa ko‘nikma va malakalarni ham o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, dars o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Shunday ekan, ona tili o‘qitishning samaraliligi darsning sifatiga bevosita bog‘liq.

Darsga qo‘yilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabiyotlarda keng yoritilgan. Ularni ona tili o‘rgatishga tatbiq qilib, metodik aniqliklar kiritilsa, ona tili darslariga qo‘yilgan talablar quyidagicha bo‘ladi:

I. Yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va o‘quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til materialining g‘oyaviy-siyosiy, estetik va badiiy qimmatli bulishiga, tilni o‘rganish jarayonida bolalarda dunyoqarash elementlarini shakllantirishga alohida ahamiyat berish zarur. Ijodiy izlanish muhiti yaratilgan darslarigina zarur axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Ona tili darslarida o‘zbek tiliga muhabbat va so‘zga ehtiyotlik bilan munosabatni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Buning uchun matn puxta tanlanadi. Tilni o‘rganish jarayonida leksik-stilistik ishlarga katta, o‘rin beriladi. Darsda she’r, soddalashtirilgan matnlar bilan birga, yuksak badiiy matnlardan ham foydalaniladi.

Ona tili o‘qitish jarayoni o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari har bir kishi uchun zarur bo‘lgan saranjom-sarishtalik, mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini ham tarbiyalaydi.

II. Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga yo‘naltirilganligi. Yangi material o‘rgatiladigan darsnipg logikasi o‘rganiladigan til xodisasi va uning lingvistik mohiyatining bir-biriga ta’sir qilishiga ma’lum dara-jada sabab bo‘ldi. O‘qituvchi bu o‘zaro bog‘lanishni bilishi va uni o‘quvchilar bi-lan birga topshiriqlarni bajarish davomida asta ocha borishi muhimdir. Agar dars grammatik bilimlarni mustahkamlash, orfografik ko‘nikmalarni shakllantirish maq-sadini o‘z oldiga qo‘ysa, darsning mantiqiy shartlari asta murakkablashtirib boril-gan mashqlar tizimini aks ettiradi. Bolalar biror imlo qoidasini yaxshilab bilib, o‘r-ganib olishlari uchun bir-ikki mashq jamoaviy ravishda bajariladi. O‘quvchilar mustaqilligi oshgach, mashqni mustaqil ishlaydilar. Darsda bajarilgan mashqlar o‘rtasidagi bog‘lanishni shakllantiradigan ko‘nikmaning xususiyati ham sabab bo‘-ladi. O‘quv materialining mavzuga va darsning maqsadiga mos bo‘lishi uning maqsadga yo‘naltirilishini ta’minlaydi. Darsda foydalaniladigan barcha o‘quv ma-teriallari (shu jumladan, til faktlarini kuzatish, imlo va nutqqa oid mashqlarni baja-rish uchun tanlanadigan materiallar ham) darsning maqsadiga juda mos bulishi zarur.

III. Ona tili darsi, avvalo, o‘quvchilar nutq va tafakkurini o‘stirish darsidir. Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bulishi uchun o‘quvchilarda o‘z fikrini grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini ko‘ra olish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o‘stirish ko‘rsatmasi grammatik matsrialni o‘rgatishda o‘quvchilar tilimizdagi har bir so‘z turkumi yoki so‘z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qo‘llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya grammatik turi va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o‘stirishga amalda tatbiq etish uchun o‘rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o‘stirish darsning mazmunida va darsda qullannilgan vazifalar turlarida o‘z aksini topadi. Grammatik, so‘z yasalishiga oid, orfografik materiallarni o‘rganishni nutq o‘stirish bilan bog‘lash o‘quvchilar aqliy faoliyatini boshqarish hisoblanadi. Bolalar nutqini o‘stirish jarayoni ularning tafakkurini o‘stirish bilan bog‘liq. Ona tili darsi o‘quvchilar taffakurini o‘stirish ustida ishlash maqsadiga yo‘naltirilganligiga qarab baholanadi. Bunda muayyan grammatik va orfografik materialni o‘rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o‘zlashtirishni taminlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o‘tkazish tushuniladi. Masalan, «o‘zakdosh so‘zlar» tushunchasini shakllantirish uchun so‘zlarning leksik ma’nosi va morfemik tarkibini taqqoslashni (ularning ma’nolarida umumiylikni va ularda bir xil o‘zakning mavjudligini) bilish lozim. O‘quvchilar tafakkurini o‘stirish uchun o‘qituvchi darsga tayyorlanganda, vazifa turlarini tanlaydi, darsning materialini va unn o‘zlashtirishda bolalar bajaradigan aqliy faoliyat mashqlarini ham belgilab oladi3.

O‘quvchilarga beriladigan nazariy bilim tildan ongli foydalanish imkonini beradi. Nazariyaga ahamiyat berish, elementar tarzda bo‘lsa ham, o‘quvchilarning til hodisalari o‘rtasidagi bog‘lanishni bilib olishiga e’tibor berish demakdir. So‘rog‘iga javob topa oladilar. Masalan, nima uchun paxtakor so‘zi kslishik va egalik qo‘shimchalari bilan turlanadn, yetishtirdik so‘zi esa shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi. Ona tili darslarining foydali bo‘lishiga darsda og‘zaki va yozma ishlarni maqsadga muvofiq o‘tkazish (darsning taxminan to‘rtdan uch qismini yozma ishlar tashkil qilishi lozim), o‘quvchilarning o‘quv ishlarini tekshirib, nazorat qilib borish, o‘z vaqtida xatolarning oldini olish va to‘g‘rilash, texnika vositalaridan foydalanish kabi omillar katta ta’sir ko‘rsatadi. 1979-yilda AQShning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: «Pedagogik texnologiya bilimlarni o'zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, ta'minlash, muammoning yechimini baholash va boshqarish uchun odamlar, g'oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o'z tarkibiga oladigan kompleks, integrativ jarayondan iborat..». 80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta'limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. Pedagogik texnologiyaning har turli ta'riflari mavjud bo'lib, har bir ta'rif ma'lum nuqtai nazardan yonda-shishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta'riflar va ularning sharhlarini ko'rib chiqamiz: Texnologiya - biror ishda, mahoratda, san'atda qo'llaniladigan usullar, yo'llar yig‘indisi. Texnologiya-ishlov berish, ahvolni o'zgartirish san'ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig’indisi (V. M. Shepel).

Pedagogik texnologiya-o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo'llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy - uslubiy vositalaridan iborat (B.T. Lixachev).

Pedagogik texnologiya o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir. (V.P. Bespalko).

Pedagogik texnologiya-ta‘limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I. P. Volkov).

Ta'lim texnologiyasi-didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi (M. Choshanov).

Pedagogik texnologiya-o‘quv jarayonining o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha hamma detallari o‘ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V. M. Monaxov). Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi (YUNESKO).

Pedagogik texnologiya pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, instrumentli va metodologik vositalarning tizimli yig‘indisini va amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin). Pedagogik texnologiya bu-so‘zsiz rioya qilish eng yuqori natijani kafolatlaydigan ko‘rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo‘lib, ularning amaliy ahamiyatidan iborat (V.Yu. Pityukov).

Pedagogik texnologiya — bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir (Sakomoto).


Yüklə 65,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin