Alisher Navoiy tavalludiga tadbirlar ssenariysi



Yüklə 61,75 Kb.
səhifə5/23
tarix14.12.2023
ölçüsü61,75 Kb.
#140663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Malika Budur: Oloviddin, ul Mir Alisher haqida ko’p bilmoqchiman.Menga hiko-
ya qilib bersinlar. Tezroq.
Oloviddin: (Chiroqni ishqalaydi,jin hozir bo’ladi va xojasining amrini kutadi)
Jin, malika Budurga hikoyalar biladiganlarni ko’rsat. Kim haqida bilmoqchiligini anglagandirsan.
Jin: Amringiz bajariladi, xojam.
Boshlovchilar chiqib keladilar.
1-boshlovchi: Turk dunyosi adabiyotining eng mashhur va buyuk shoiri Alisher
Navoiy 1441-yil 9 fevralda Amir Temurning o’g’li Shohrux Mirzo shohligi davrida Hirotda tug’ildi.Uning otasi G’iyosiddin Muhammad temuriylar saroyining amaldorlaridan, onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan,ismi ma’lum emas.Alsherning Bobosi Temurning o’g’li Umarshayx bilan ko’kaldosh bo’lgan.
2-boshlovchi: Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazo-
ratda o’sdi.Kichiklik chog’idan she’r va musiqaga ishqi tushgan. Olimu fozillar davrasida bo’ldi. Uch-to’rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning she’rini yoddan aytib mehmonlarni hayrtga soldi. Besh yoshida maktabga berdilar.U bo’lajak sulton
Husayin Boyqaro bilan birga o’qidi.7-8 yoshidan she’r yozgani ma’lum. 12 yoshida zamonasining mashhur tarixchisi Mirshohiy bilan xat yozishgan.15 yoshida keksa shoir Lutfiyning lutfiga sazovor bo’lgan.Shoirlar sultoni 1469-yilgacha Hirot,Mashhad va Samarqandda tahsil oldi.
3-boshlovchi: 1469-1472 yillarda muhrdor, 1472-1476 yillarda vazir bo’lib ishladi,
1487-1488 yillarda Astobodda hokimlik qildi.Tabiatdan ijod kishisi bo’lgan Alisher Navoiy turk tili va adabiyotining ravnaqi uchun Bobur tabiri aytganda unga qadar bu tilda bunchalik “ko’b va xob” yozmagan edi.1465-1466 yillarda muxlislari 25 yoshgacha yozgan she’rlarini to’plab “Ilk devon” nomi bilan mashhur bo’lgan “Devon” ni tuzadilar. 1472-1476 yillarda “Badoe ul-bidoya”,1476-1483 yillarda “Navodir un-nihoya”, 1481-1482 yillarda “Vaqfiya”,1483-1485 yillarda “Xamsa”,1488 yilda “Tarixi mulki ajam”,1490 yilda “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Xamsat ul-mutahayirin”, “Holoti
Pahlavon Muhammad” asarlarini yozgan. 1490-yilda “Hazoyin ul-maoniy” 4 devondan iborat asarni yozadi, 1491-yilda “Risolayi muammo”, “Arbain”, “Nazm ul-javohir” asarlarini 1495-1496 yillarda “Nasoim ul-muhabbat” asarini,1498-yilda “Majolis un-nafois” asarini 1499-yilda “Lison ut-tayr”,1500-yilda “Mahbub ul-qulub” asarini
va yana ko’plab asarlar yaratgan.

Yüklə 61,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin