Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G’ofur G’ulomning yumori, Abdulla Qahhorning ihcham va teran fikrlash fazilatlarini o’zida mujassamlashtirgan adib kim?
452. Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G’ofur G’ulomning yumori, Abdulla Qahhorning ihcham va teran fikrlash fazilatlarini o’zida mujassamlashtirgan adib kim? * Said Ahmad
453. Ona tili fani 5-sinfda haftasiga necha soat o‘qitiladi? * 6 soat
454. Ona tili fanidan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun belgilangan yondosh dastur qanday nomlanadi? * Nutq madaniyati o‘quv dasturi
455. Obrazlilik va estetik ta'sir etish qaysi uslubning muhim belgisidir?* badiiy uslub
456. Optimallashtirish so‘zining lug‘aviy ma'nosi nima?*eng yaxshi, eng qulay
457. Ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb mavzularga doir xabar va ma'lumotlarni tushuna olish talabi qaysi kompetensiya elementlari hisoblanadi. * Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi elementi
458. Ona tili fanini chuqur o`rganishga ixtisoslashgan maktablarning 5-9-sinflarida jami necha soat o`qitiladi?*986 soat
459. Ona tili fanini chuqur o`rganishga ixtisoslashgan maktablarning 5-9-sinflarida haftasiga jami necha soat o`qitiladi? * 29 soat
460. Ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg‘u ifodasi sifatida vujudga kelgan, o‘lchovli, ta’sirchan ritmik nutq nima? * she’r
461. Ogahiyning "Ta’viz ul-oshiqin" devonida necha xil janrdagi lirik merosi jamlangan?*20 xil
462.Ona tili mashg`ulotlari taxminan qanday bosqichlarni o`z ichiga oladi? * Takrorlash, berilgan materiallarning o’quvchilar tomonidan tahlili, berilgan materiallarni o’qituvchi yordamida umumlashtirish va xulosa chiqarish, hosil qilingan umumiylikni amalda qo’llash va sinash
463. Оgʻzаki nutqiy san’atlar: * vоizlik, notiqlik, suхаndоnlik, qissagoʻylik, rоviylik.
464.Ommalashtirish uchun tavsiya etilgan tajribaga qo`yiladigan talablar qaysilar? * tajribaning ijtimoiy ahamiyati va dolzarbligi, ishning natijaviyligi, tajribaning yangiligi, isbotlanganligi, barqarorligi, optimalligi, yaxlitligi