ALMASHLAB EKISH. Reja. 1. Almashlab ekish tizimi. 2. Almashlab ekishva uning axamiyati. 3. Kishloq xo‘jaligi ekinlarni almashlab ekishning ilmiy asoslari. 4. Almashlab ekish klassifikatsiyasi va uni tuzish. 5. Almashlab ekishni uzlashtirish va amalga oshirish. Almashlab ekish tizimi. Almashlab ekish yerdan samarali foydalanish, tuproqning unumdorligini oshirish, yerlarning xolatini yaxshilash, begona о‘tlarga, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash olib borishni ta’minlaydigan eng muxim tashkiliy-agrotexnika tadbirlaridan xisoblanadi. Ekinlarni dalalar va yillar bo‘yicha ilmiy asosda navbatlab ekish almashlab ekish deb ataladi. Xo‘jalikda ekinlarning ratsional navbatlanishi, almashlab ekish sistemasini tashkil etadi va ishlab chikilgan maydonlari strukturasi asosida olib boriladi. Ekinlarni tartib bilan, belgilangan sxemada xar bir dlaga ekish uchun ketgan vakt almashlab ekish rotatsiyasi yoki rotatsiya davri deyiladi. Ekinlarni rotatsiya davrida yillar va dalalar buyicha joylashtirish rejasi (plani) rotatsiya jadvali deyiladi.
Rotatsiya dalalar soniga teng buladi.
Dexkonchilik sistemasini va uni asoslashga birinchi bulib xarakat kilganlar ()18 asr oxirida rus agronomlar A.T.Bolotov va CH.M.Komovlar xisoblanadi. Ular tuprok unumdorligini kayta tiklanishiga karab bita dexkonchilik sistemasini ajratganlar, xamda ekinlar nisbatini don yetishtirish va chorvachilikni ozuka Bilan ta’minlashga asoslanganlar.
D.N.Pryanishnikov dexkonchilik sistemasini xujalikni kaysi soxaga muljallaganligiga karab yuritishni taklif kilgan.
Sugoriladigan yerlarga propashnoy xaydaladigan dexkonchilik sistemasi keng tarkalgan. Ushbu sistemada yerning unumdorligi yerga ishlov beri shva ugitlash Bilan tuprok unumdorligini bir meyorda ushlab turiladi. Yer asosiy ekinlardan (paxta) bushagan kezlarda takroriy va oralik ekinlar ekiladi vash u tarika almashlab ekishda usimliklar maxsuloti kupaytiriladi.
Barcha dexkonchilik sistemalarida xam ikkita kism: Yerdan unumli foydalanish va tuprok unumdorligini oshirish usuli.
Dexkonchilik sistemasining umumiy (asosiy) elementlariga:
1. Xujalikning yerlarini tugri tashkil etish, ekinlarni tugri joylashtirish va almashlab ekish.
2. Yerga ishlov berish sistemasi.
3. Ugitlash sistemasi.
4. Begona о‘tlarga, kasallik va xasharotlarga karshi kurashish sistemasi.
5. Uruglik sistemasi.
6. Meliorativ va tuprokni erroziyadan saklash sistemasi.
7. Agrotexnika sistemsi.
Birok, barcha agrotexnik sistemalar xar bir zonaning anik ob-xavo sharoitiga asoslangan bulishi kerak. Dexkonchilikda bir tekis usulni yaramasligi Fan va ishlab chikarishda isbotlangan.