3.2. Mobil aloqa, raqamli televideniye va sun’iy yoldosh aloqa tizimlarida
raqamli modulyatsiya turlari.
Har qanday aloqa tizimida, shu jumladan raqamli aloqa tizimlarida
modulyatsiya turini tanlashda quyidagi ikki bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan
talabni e’tiborga olish kerak. Birinchisi, ajratilgan chastotalar diapazonidan
samarali foydalanish va ikkinchisi talab darajasidagi xalaqitbardoshlikni
ta’minlashdir. Ma’lumki, bir xil sharoitda signal uzatish sifati uning spektrining
kengligiga bog‘liq, ammo ajratilgan chastotalar diapazonida abonentlar sonini
oshirish elektromagnit moslashuvchanlikni va polosa birligiga to‘g‘ri keluvchi
signal uzatish tezligini oshirish ajratilgan chastotalar diapazonidan samarali
foydalanishni taqazo qiladi.
BPSK SIGNALNING VAQT DIAGRAMMASI
BPSK
(
Binary Phase Sift Keying
) – diskret Ikkilik faza modulyatsiyasi
Ushbu faza sakrashlari (180º) radiokanalda BPSK signalning quvvat spektr
zichligi juda keng chastotalar polosasini egallaydi va shakli bo‘yicha to‘g‘ri
to‘rtburchakli impulslar ketma-ketligining spektriga mos keladi.
Shunday qilib BPSK signalning chastotalar resursidan foydalanish
samaradorligi juda past hisoblanadi. Shu sababli BPSK signal raqamli mobil aloqa
tizimlarida qo‘llanilmaydi.
Raqamli (masalan CDMA 2000) mobil aloqa tizimlarida BPSK signal
o‘rniga QPSK (
Quadrature Phase Sift Keying -
kvadraturali faza modulyasiyasi)
signaldan foydalaniladi. Uning chastotalar resursidan foydalanish samaradorligi
BPSK signalga nisbatan 2 marta katta (spektr kengligi 2 marta tor).
Analog eshittirish ancha vaqtdan beri amplituda (AM) va chastota (СhM)
modulyatsiyalarini qo'llab ishlamoqda. Foydalanuvchiga signalni u yoki bu
parametrini o'zgartirib uzatish jarayoni modulyatsiya deyiladi. Raqamli
ma'lumotlarni uzatishda ma'lumotlar vaqt yoki amplituda bo'yicha surilish
texnologiyasi qo'llanilib kelingan. Masalan 10Mbit/s tezlikdagi oqimni amplituda
monipulyatsiyasi orqali jo'natishda (ASK) texnologiyasi yordamida amalga
oshirilgan. Kotel'nikov teoremasiga asosan o'tkazish polosasining yarmi NRZ
asosiy polosa chatotasi uchun zarur bo'ladi.
Bizga modulyatsiyaning quyidagi turlari ma'lum:
• Amplituda modulyatsiyasi
• Сhastota modulyatsiyasi
• Faza modulyatsiyasi
• Amplitudali manipulyatsiyasi (ASK)
• Сhastotali manipulyatsiya (FSK)
• Faza surilishi manipulyatsiyasi (PSK)
• Amplituda va faza manipulyatsiyasi (QAM)
2-rasm. So‘ndirilgan tashuvchili “normal” amplitudali modulyatsiya
Biz oldimizga qo'ygan maqsad-o'tkazish polosasi kengligini qisqartirib
ma'lumot o'tkazish qobiliyatini oshirish. Bu maqsadga faqatgina zamonaviy
modulyatsiya turlarini qo'llash orqaligina erishish mumkin.
3-rasm. Sinusoidal signalning vektor ko‘rinishi
Albatta texnologiya tashqi xalaqitlar va shovqinlar ta'sirida ba'zi bir
xatoliklarga yo'l qo'yadi. Lekin bizning maqsad texnologiyada sinusoidal
kattaliklar joriy qilinishiga erishishdir. Zamonaviy raqamli televidenieda raqamli
signallarning xalaqitbardoshligini ta'minlash uchun tashuvchi modulyatsiyasini
xalaqitbardoshli kodlash bilan birga amalga oshirish mumkin. Bunda
modulyatsiyadan so'ng mumkin bo'lgan tashuvchining holati uzatiladigan
simvollar sonidan ortiq bo'ladi, ya'ni xalaqitbardoshlikni oshirishga xizmat
qiladigan qo'shimcha ortiqchalik kiritiladi. Bunday kodlash bilan birlashgan
modulyatsiya
kodlangan
modulyatsiya
deyiladi.
(Coded
Modulation).
Xalaqitbardosh kodlanishni OFDM bilan birlashtirilishi esa COFDM (Coded
Orthogonal Frequency Division Multiplex) deb ataladi.
3-rasm. Himoya intervallarining shakllantirilishi
Shunday
qilib,
raqamli
televidenie
signallarini
aloqa
kanallari
radiochastotalari orqali uzatilganda ikki pog'onali xalaqitbardoshli kodlash
ishlatiladi. Tashqi deb nom olgan birinchi pog'onada Rid – Solomon kodlash usuli
orqali raqamli ma'lumot kodlanadi va ichki deb nom olgan ikkinchi pog'onada esa
modulyatsiya bilan birlashtirilgan kanalli kodlash qo'llaniladi. Natijada talab
qilingan xalaqitbardoshlikka erishiladi. Uzatilayotgan kodlash kombinatsiyasini
joylashtirish uchun Grey manipulyatsiyasidan foydalaniladi, bunda qo'shni
pozitsiyalar bitta bitga farq qilishi belgilangan. Shu sabab, xalaqitlar ta'sirida
fazaning to'g'ri qiymati o'zgarib, o'rniga qo'shnisi aniqlansa, demodulyatsiya
chiqishidagi ikkilik simvollari ketma ketligida faqat bitta xatolik mavjud bo'ladi,
bu o'z navbatida dekoderdagi korrektorda to'g'rilanadi.
4-rasm. To‘rt pozitsiyali (a) va sakkiz pozitsiyali (b) fazali manipulyatisya
Faza manipulyatsiyasi DvB – S standartida, sun'iy yo'ldoshlardan raqamli
televidenieni uzatishda qo'llaniladi. Yana bir modulyatsiya, raqamli televizion
signallarni uzatishda keng qo'llanuvchi tur - ko'p pozitsiyali kvadraturaviy
amplituda
manipulyatsiya
(KAMn).
Ma'lumki,
kvadraturaviy
amplituda
manipulyatsiyasi bir vaqtda ikki signallar U
i
(inphase) va U
q
(quadrature) bilan
tashuvchi signal chastotasida ω0, ikkita kvadratli tarkibiy tashkil etuvchilar bilan
modulyatsiyalash va ularning yig'indisiga teng signalni olishdir.
u(t) = u
i
(t) cos ω
0
t + u
q
(t) sin ω
0
t (3.1)
Demodulyatsiyalashda sinxron detektorlash qo'llaniladi, ya'ni Ui(t) signalni
cos ω0t va uq ni sin ω
0
t ga ko'paytirish hamda yuqori chastotali signallarni past
chastotali fil'trda kamaytirish (yo'qotish) natijadasi U
i
(t) va U
q
(t) signallar
ajratiladi. Hozirgi vaqtda raqamli televidenie tizimida 64 yoki 256 pozitsiyali
KAMnlar ham qo'llanmoqdalar, ular qo'llanilgan bir vaqtda 6 yoki 8 bitlar
uzatiladi.
5-rasm. 4 pozitsiyali, 16 pozitsiyali va 64 pozitsiyali kvadraturaning
manipulyatsiya KAMn (QAM)
Amplituda emas, balki ikki kvadraturaviy tashkil etuvchilar fazalari diskret
modulyatsiyalanganda kvadraturaviy faza manipulyatsiyasi (KFMn) hosil bo'ladi.
Unda olingan signal quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
сos (ω
0
t + θ
i
) + sin(ω
0
t + θ
Q
) = A0cos (ω
0
t + θ
0
), (3.2)
bu yerda θ
I
, θq kvadraturaviy tashkil etuvchilarning fazalari.
A
0
, θ
0
- natijaviy signal amplitudasi va fazasi.
Ifodalangan operatsiyalar odatda raqamli ko'rinishda bajariladi, shu sabab
KAB blokidan so'ng RAO' bo'lishi lozim. Zamonaviy raqamli signallarni radio
kanallardan uzatish usuli ortogonal chastotali mul'tipleksirlashdir. Bu ingliz tilidagi
texnik adabiyotlarda OFDM (Orthogonal Frequency Division Multiplex) deyiladi.
Haqiqatda ko'p ortogonal tashuvchilik modulyatsiyadir. OFDM qo'llanilganda
uzatish kanali juda ko'p(yuzlab yoki minglab) kanalchalarga (kanal ostilarga)
bo'linadi va bu esa asosiy kanalning chastota spektridan to'liq foydalanish imkonini
beradi. Bundan tashqari asosiy kanal spektrining ma'lum qismining yo'qotilishi
uzatilayotgan ma'lumotni yo'qolishiga xalaqit qilmaydi. OFDM modeli sifatida bir
xil qadamli,o'zaro karrali (f, 2f, 3f, 4f va h.k.) generatorlar majmuasi xizmat qilishi
mumkin. Bu usulning mohiyati 5.7- rasmda izohlangan.
6-rasm. OFDM usulining mohiyati
7-rasm. OFDM signalini hosil qilish printsipi
8-rasm. COFDM modulyatorining nazariy blok diagrammasi
Bitli simvollar oqimi Xn,k,ketma-ket-parallel o'zgartirgich siljitish registrida,
modulyatsiya qilinganda, ular parallel N-razryadli kodga (X
0
,X
1
,....X
N-1
)
aylantiriladi hamda ular Fur'ening teskari almashtirish blokiga tushadilar. Fur'ening
teskari almashtirish blokida chastotali komponentalardan signalning vaqt bo'yicha
sath qiymatlari X
0
,X
1
....X
N-1
shakllantiriladilar va raqam-analog o'zgartirishdan
so'ng kvazianalog signal bo'ladi. So'ngra olingan signal radiouzatish qurilmasi
modulyatori yordamida televideniening ishchi diapazoniga ko'tariladi va
kuchaytirilib efirga uzatiladi.
9-rasm. OFDM da ko‘pnurli qabul qilish
OFDM signalni demodulyatsiya qilishda qabul qilgichda teskari amal
bajariladi. Qabul qilgich qabul qilgan OFDM kvazianalog signal dastlab oraliq
chastotaga keltiriladi, so'ngra ARO' yordamida N-razryadli parallel kodga
x0,x1....xN-1 aylantiriladi. So'ngra Fur'ening tezkor to'g'ri almashtirish bloki orqali
kvazianalog signal sanoqlari qiymatlaridan modulyatsion simvollarning spektrial
koeffitsientlari shakllantiriladi hamda ular ketma-ket kodga o'zgartirilgach,
dekodlashning kanal traktiga tushadi.
Dostları ilə paylaş: |