Alpomish 4x108 32. indd



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix10.02.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#123264
  1   2
1. Alpomish dostoni (Yoshlar kutubxonasi)



Yoshlar nashriyot uyi
Toshkent – 2018


ISBN 978-9943-5529-0-6
UO‘K 821.512.133-1
KBK 84(5O‘)6
 A 54
UO‘K 
812.512.133-1
KBK 
84(5O‘)6
Alpomish dostoni [Matn]: doston. – Toshkent: Yoshlar nashriyot 
uyi, 2018. – 240 b.
© Yoshlar nashriyot uyi
2018
“Alpomish” – o‘zbek xalq qahramonlik dostonlaridan biridir. 
Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan ushbu dostonning qoraqal­
poq, qozoq, oltoy, tatar va boshqird versiyalari bizgacha yetib 
kelgan. 1999­yilda qadimiy turkiy tilda bitilgan ushbu doston­
ning 1000 yilligi mamlakatimizda keng nishonlangan. Dostonda 
o‘zbekning fe’l­atvori mahorat bilan tasvirlangan.


3
* * *
Qirq ming uyli Qo‘ng‘irotda Qulqorabek degan o‘tdi, un­
dan Jo‘lqora o‘tdi, Jo‘lqoraning o‘g‘li Boynazarbekka navbat 
keldi, Qo‘ng‘irotga bek bo‘ldi. Boynazar o‘ldi­da, yurt beega 
bo‘lib qoldi. O‘n to‘rt quda keldi, sakkiz chorhokim keldi, 
ikki yonboshida o‘tiradigan vazirlari keldi, chap otaliq, o‘ng 
otaliq beklar keldi, hazrati Xizr keldi, yurtni qidirib yetti 
qalandar keldi, Xudodan amr bo‘ldi, Boybo‘riga yurtning 
shohligi qoldi. Boybo‘ri ko‘ktoshga mindi. Jarchilar har taraf­
ga – bozorga, qishloqqa “Zamon­zamon, Boybo‘rining zamo­
ni”, – deb ma’lum qildi. El yig‘ilib podshoga qulluq bo‘lsinga 
keldi. Behisob so‘qimlardan so‘ydi, o‘choqlarni o‘ydi, amal­
dorlarni yig‘ib, hammasiga erta bilan choy berdi, oqshom – 
palov; rang­barang sarpolarni egniga yopib tayladi. Ziyofat 
ustiga ziyofat, har qaysiga kiygizib yubordi sarponi qavat­
qavat. Har qaysining oldiga durumsari kallaqand qo‘ydi. 
Shuytib amaldorlarning amallarini bir­bir ziyod qildi. Gu­
nohkorlarni, qamalib yotganlarni ozod qilib, uyiga jo‘natdi. 
Boybo‘rining Boysari degan ukasi bor edi. Qirq ming uylik­
dan Boysariga o‘n bir ming enchi berdi. “Shuning xiroji, boji, 
zakoti – hammasi o‘zingniki”. Boysari shuytib boy bo‘ldi. 
Bir kunlari qarib, qirqqa yetdi. Ana endi akasi bilan ukasi 
qidirib ovga chiqib, bir to‘yga keldi, hech kim otini ushla­
madi. Bir Nazar degan qarindoshi: – O‘zing o‘lsang, moling 
besohib qoladi, akang bo‘lmasa, ukang bo‘lmasa, – dedi. Ana 
endi Boysari bilan Boybo‘riga farzandning qadri o‘tdi, bada­
ni qop­qora taloqqa o‘xshab chuykab ketdi, arkon­u dav­
lat, shon­u shavkat ko‘ziga ko‘rinmay ketdi. O‘n ming uylik 


4
Qo‘ng‘irotda Xoldorbek degan bek bor edi. Shuni Boysari bi­
lan Boybo‘ri uyiga aytib keldi. Ana endi uchovi maslahat qil­
di. Boybo‘ri aytdi: – Hazrati Shohimardon ketamiz davlatni 
tark qilib. Hazrati Shohimardonni ziyorat qilib farzand tilay­
miz, – dedi. Shundan so‘ngra ellik tuyaga to‘n, un, bug‘doy, 
ovqat ortdi. “Ko‘rlar, shollar, gadoylar, devonalarga beramiz. 
Hazrati Shohimardonga borib, qirq kun chilla o‘tiramiz, zi­
yorat qilamiz, borib farzand tilaymiz, Xudoy bermasa, tarki 
dunyo qilib haj ketamiz”, – dedi. Qirq kun yo‘l yurib, Shohi­
mardonga bordi. Qo‘l qovushtirib, ta’zim qilib, jon­u dil bi­
lan bir so‘z dedi:
Kuyganimdan gapni gapga ulayman,
Shul buzrukda peshonamni silayman. 
Avvali Xudoni o‘rtaga solib,
Murtazodan bir farzandni tilayman.
Sevdik yorim qoldi sochini yoyib, 
Qarindoshlar qoldi bari mung‘ayib, 
Arkon­u davlatim qoldi besoyib, 
Yo, Murtazo, sizdan farzand tilayman.
Hay darig‘o, rangim gulday so‘lmasin, 
O‘zim o‘lib, molim sabil qolmasin, 
Yo, Murtazo, sizdan farzand tilayman, 
Arkon­u davlatim sabil qolmasin.
Kuyganidan gapni gapga uladi, 
Borib turib Murtazoda tunadi, 
Dod, deb yig‘lab, Boybo‘ri ingranib, 
Buzruklardan bir farzandni tiladi.
Yo‘l yurib kelaman dalayi dalaga,
Sig‘indim men o‘zim qodir Xudoga.
Bo‘zlab keldim sizning ostonangizga, 
Bir farzandga tushing Ali oraga.


5
Oh dedim, tanamda qolmadi darmon, 
Hech ish bo‘lmas yaratgandan befarmon, 
Yig‘lab keldim sizning ostonangizga,
Bir farzand bering siz, Shohimardon.
Endi qirq kun zor­zor yig‘lab chilla o‘tirdi. Har tunlari ux­
lamay, qirq kun – chillasi bitdi. Ana endi erta bilan tong otdi, 
subhi sodiqdan o‘tib, namoz vaqtida tushiga bir buzruk kirib, 
Boybo‘riga bir so‘zni aytyapti:
Eshitgin, Boybo‘ri, farzandim, so‘zni,
Ovladim ko‘llardan turnaman g‘ozni.
Bo‘zlab kelding mening dargohimga, 
Boysari ukangga berdim farzand – qizni.
Eshitgin, Aliman, o‘zimdan tilni, 
Bog‘ingda sen sayratgin bulbulni. 
Yig‘lab kelding mening davlatxonamga,
Bor, o‘zingga berdim bir yaxshi ulni.
Ochilar bog‘ingda gul bilan g‘uncha, 
Davlatingda taqsirlaydi bir necha. 
Bor, o‘zingga berdim bir yaxshi ulni.
Qo‘ng‘irot elingga bo‘ldi boybacha...
Eshitgin, farzandim, o‘zimdan so‘zni, 
G‘am sarg‘aytib keldi oq yuzni. 
Quruq ketma mening davlatxonamdan, 
Yana senga berdim bir yaxshi qizni.
Karim­a, qulingni qilmagin qalloj, 
Bir mardni nomardga qilmagin muhtoj. 
Qizingning otini qo‘ydim Qaldirg‘och.
G‘o‘ladin paydo bo‘lar otning to‘g‘asi, 


6
Ko‘p bo‘ladi yaxshi odamning havasi, 
Ul bilan berdim senga bir qizni, 
Endi bo‘ldi davlatingning egasi.
Bandasining siri haqqa ayondi(r), 
Boybo‘ri biy och buyrini suyandi. 
Xudoga shukr qilib endi Boybo‘ri, 
Uyqusidan xushnud bo‘lib uyandi.
Har kim ko‘ngli: mard biladi o‘zini,
Po‘lkan shoir oldi qo‘lga sozini,
Xudoga shukr qib endi Boybo‘ri, 
O‘qidi Xudoning sunnat­farzini.
Ko‘rar bo‘ldi endi Qo‘ng‘irot yurtini,
Suyganday bo‘b ikki farzandini. 
Xudodan amr bo‘p, pirdan karomat,
Suyganday bo‘p ikki farzandini.
Omin deb fotiha tortdi betiga.
Talab qildi Boysin­Qo‘ng‘irot yurtiga...
Borgandan keyin beklar jonin sotar, 
Bir nechalar xunobalarni yutar. 
Sarchashma degan bir elda joyi bor.
Bir chinor shu yerdan ko‘karib ketar.
Otingdan aylanay, ey sheri Xudo 
Davlatimga bo‘lib kelding mubtalo. 
Shu chinor ostidan usta obborib
Bolam, hargiz qilg‘il to‘qson madrasa.
Ko‘p piyolaga ko‘k choylarni quydirgin,
Mullalarni madrasalarga jiydirgin. 
Xudo senga ul farzandni berganda, 


7
Mullalarga otginasini qo‘ydirgin.
Zog‘u boyqush yotadikan qiyoda, 
Ne ko‘rib, kechirib yolg‘on dunyoda.
Mullalarga otginasin qo‘ydirsang,
Davlati bundan ham bo‘lar ziyoda.
Eshitgin, Boybo‘ri, o‘zimdan doddi. 
Ohu nolishing osmondan o‘tdi, 
Bor, senga berdim yaxshi farzanddi.
Boybo‘ri ham, Boysari ham, Xoldorbek ham xushvaqt 
bo‘lib, Hazrati Shohimardondan murodlari hosil bo‘lib, eliga 
qaytmoqchi bo‘lib, Hazrati Shohimardonga bir so‘z aytdi:
Boybo‘ri oh tortib yoshini to‘kar, 
Musulmonni do‘stim degan choryor, 
Otingdan aylanay jam’i payg‘ambar, 
Alhamdillo keldim, yetdim murodga.
Bobo Qambar, Shohimardon, alla yor.
Dali ko‘ngil qaynab­qaynab jo‘sh endi,
Har doim baloga qolgan bosh endi. 
Endi ketdim Boysin­Qo‘ng‘irot eliga, 
Pirim Shohimardon, endi xo‘sh endi.
Hoy pirim, eshit Boybo‘rining o‘yini, 
Obod qilsa borib Boysin joyini,
Xudo farzand berganidan keyin 
Kokilini oldirib ostonangizda. 
Kelib qilay o‘g‘limning to‘yini.
Tog‘larning boshini chalgan tumanlar, 
Ayroliq solmasin mardga gumonlar, 
Boybo‘rining atrofiga yig‘ilib, 
Omin deydi satta shayxi zamonlar.


8
Har bandaga Xudo berar davlatdi, 
Shayxi zamon, avliyolar yig‘ilib 
Omin, deb fotiha betiga tortdi.
Murodiga yetib buzrukxonadan 
Xushvaqt bo‘lib qaytdi eliga, 
Shohimardon rahm qildi holiga, 
Bulbul oshna bo‘lar bog‘ning guliga, 
Murodu maqsadga yetib Boybo‘ri
Sog‘­salomat qaytdi Boysin eliga.
Eliga yaqinlashganda, Xoldorni suyunchiga yubordi. 
Xoldorbek yuragi yorilib, Boysin­Qo‘ng‘irot davlatxonasiga 
suyunchiga bordi. Xoldorbek suyunchi, deb bir so‘z aytdi:
Po‘lat dobil ko‘lmak ko‘lga yetguncha, 
G‘oz o‘rdakka, tuyg‘un qushga yetguncha, 
Alhamdillo, shohim yetdi murodga, 
Qushbegu vazirlar, bergin suyunchi.
Sarg‘aymasin hech bandaning siyog‘i, 
O‘zbek ko‘p yashasin, uyilmasin qovog‘i, 
Xoldorbekdan yaxshi so‘zni eshitib, 
Qulluq, deb joyidan turdi ko‘p begi.
Eshiting shoirdan, yoronlar, huydi, 
Qilar bo‘ldi Boysin elda ko‘p to‘ydi, 
Kuntugal onasi uyidan chiqib, 
Xoldorbekka berdi yaxshi sarpoydi.
Haqqa yetdi alhamdulloh bu zor­a, 
Obod bo‘ldi endi Boysin shahar­a, 
Izillashib, qo‘y­qo‘ziday bo‘zlashib,
Boybo‘ri oldiga chiqdi fuqaro.
Mavj urib daryoday toshdi.
Gala o‘zbek xushvaqt bo‘lib ko‘rishdi.


9
Kengash kerak elning katta biyiga, 
Davlati bor yigit kelar to‘yiga. 
Xushvaqt bo‘lib Boybo‘riman ko‘rishib, 
Eson­omon yetib keldi uyiga.
Ana endi el yig‘ilib, qiz­u juvon yugurib­chopar, 
o‘zbekning hammasining yuragi qinidan chiqib, xushvaqt 
bo‘lib, Boybo‘ri bilan ko‘rishib, shunday hangama qildilar. 
Endi qirq ming Qo‘ng‘irot elining hammasining dimog‘i chog‘ 
bo‘ldi. So‘ngra hamma uy­uyiga tarqalib ketdi. Boysaribek 
ham xotinining oldiga ketdi. Xoldorbek ham ketdi xotinining 
oldiga. Boybo‘ribek ham ketdi o‘rdaga. Ana shu kun har qay­
sisi xotin­xotinini quchoqlab yotdi...
Balx shahridagi hazrati Shohimardonning xonaqosiga 
qirq chilton, hazrati Xizr keldi. Hammasi yig‘ilishib, suhbat­
lashdilar. Hazrati Shohimardon Boysari, Boybo‘ri, Xoldor­
bekka, omin, deb qo‘lini ko‘targanda o‘g‘il, qiz berdi. Boybo‘ri 
ustalarning hammasini yig‘ib keldi. Boybo‘ri ustalarga shu 
so‘zni aytayapti:
Ustalarim, yig‘ilishib kelinglar, 
Anjom­asboblarni endi olinglar. 
Xazinadan hammang tanga­tilla ob, 
Xonaqo, madrasa, machid solinglar, 
Bitgan so‘ng yig‘ilishib kelinglar...
Har kim o‘z joni uchun qilar xayirdi,
Boybo‘ribek ustalarini yig‘dirib –
Xonaqo, madrasa, machid buyurdi.
Nechovlari to‘kib ko‘zin yoshini,
Mergan ovlab keldi ko‘lning qushini,
Ustalarni, xizmatkorlarni yig‘dirib, 
Kunda damlab berdi palov oshini.
Muhammadqul shoirdan eshiting dotdi, 
Qatag‘on der uning o‘sgan elati, 
Gala usta katta­kichik yig‘ilib, 
Tamom qilib bo‘ldi madrasa, maschiddi.


10
Maschid, madrasasi bitdi, G‘oyibdan Boybo‘riga bir far­
zand vujudga keldi, Boysariga ham ul kuni qiz farzand berdi, 
Xoldorbekka ham Xudoy bir farzand berdi. Ana endi tong ot­
guncha suyunchiga ketdi. Qirq kun to‘y, deb qichqirtdi.
Semiz mollar so‘yilibdi, el yig‘ilibdi. Boysaribekka 
Boybo‘ri tomonidan sovchi bordi. Boysaribek sovchiga qarab, 
yo‘l bo‘lsin deb bir so‘z dedi:
– Daryoga yuzganlar kema­sol bo‘lsin,
Xudoy bergan arkon­davlat mo‘l bo‘lsin,
Ertan bilan kelding mening uyimga,
Xoldor mahram, o‘ng otaliq yo‘l bo‘lsin?
– Eshit, shohim, Xoldorbekning so‘zini,
Har kim ko‘ngli: mard biladi o‘zini.
Eshit deyman Xoldoringning ohini,
Yana yig‘aversang Qo‘ng‘irotning biyini,
O‘zim keldim Boybo‘ridan sovchi,
Qirq kun qilsang ikkovining to‘yini. 
Bedovni yugurtar tozyona qamchi, 
Yigitni qo‘llagay polvoni Zamchi, 
Yo‘l bo‘lsin o‘zingdan, Boysari,
Boybo‘ri akangdan men keldim sovchi.
Eshitgin o‘zimdan Boysari dotdi,
Mullalar bitadi ko‘p yaxshi xatdi, 
Boybo‘ri akang o‘zimni yubordi, 
Menga aytgin qalin­qismatdi.
Ko‘ngil suysa yorning labi bol bo‘lsin, 
So‘ylaydigan yer suyaksiz til bo‘lsin.
O‘zim keldim Boybo‘rixondan sovchi, 
Yo‘l bo‘lsin o‘zingdan, yo‘l bo‘lsin!
Boysari Xoldorbekka bir so‘z dedi:
Boybo‘ri bersin qatordagi norini, 
Nor ustiga yuklab bersin zarini, 


11
Bisotidan bersin har na borini,
Shu bo‘ladi yolg‘izimning qalini.
Yana bersin boshidagi tojini,
Qo‘shib bersin zakotiman bojini.
Yana bersin boshidagi tojini. 
Shu bo‘ladi cho‘richog‘im qalini.
Yori o‘lsa ne oyimlar tul bo‘ldi, 
So‘naning qo‘ngani oydin ko‘l bo‘ldi,
Boybo‘ringga borib aytgin Xoldorbek,
Qalin­qismat yolg‘izimga shul bo‘ldi.
Xoldorbek omin allohu akbar, – deb qaytdi.
Hazrati Xizr bobo bachani ko‘tarib oldi, yelkasida besh 
panjaning dog‘i qoldi. Avvali Xudodan, ikkinchisi hazrati 
Shohimardondan, uchinchisi hazrati Xizrdan, bosh nazar kar­
dasi shundan bo‘ldi. Ana shu kuni oq tuya bir qora nor tug‘di. 
Oq tuyaning sutini Boybo‘rining o‘g‘li emdi. Nazarkardaning 
to‘rtinchisi ana shu bo‘ldi. Suyunchi deb Qultoy keldi. Ana 
buni zakotchi qilib cho‘lga yubordi. Oradan uch kun o‘tgandan 
so‘ngra mullalar madrasadan yig‘ilib keddilar. “Qulluq bo‘lsin 
o‘g‘il, qulluq bo‘lsin”, – dedilar. Endi Boybo‘ribek hamma ning 
o‘rtasida ot qo‘yayapti. Og‘ayini nonni, oshni yedi, yaxshi 
to‘nni, yaxshi sarpoyni kiygizdi. “Seni bergan Xudoyimdan ro­
ziman”, – dedi.
O‘zing bo‘lgin davlatimning egasi,
Yomg‘irdan bahra olar cho‘lning giyosi, 
Yov ko‘rsa, qaynaydi mardning miyasi, 
Seni bergan Xudoyimdan roziman, 
O‘lsam bo‘lgin davlatimning egasi.
Shu vaqtgacha qoldim xafa­hasratga, 
Ega bo‘lgin Boysindayin elatga, 


12
Otam deb orqamda qolgin, chirog‘im, 
Olib borib qo‘yib kelgin lahatga.
Obod qildim Boysin­Qo‘ng‘irot yurtini, 
Mulla, xo‘ja, katta­kichik yig‘ilib, 
Mulla Hakim qo‘ydi o‘g‘lim otini. 
Boysari qizining otini qo‘ydi Barchinoy. 
Xoldor mahram o‘g‘lining otin qo‘ydi Do‘ngqora.
Elning katta­kichigini yig‘ib, yaxshi sarpoylar, tilla ka­
marlar, nayza, dastorlar berib, elning duosini oldi. Oxiri 
o‘g‘lingning umri uzun bo‘lsin, deb qo‘lini betiga surtib, ham­
ma tarqadi.
Ana endi Boybo‘rining o‘g‘li Mulla Hakim uch yoshga 
kirdi, Boysaribekning qizi Barchinoy ham uch yoshga kirdi... 
Hakimjon bilan Barchinoyni maktabga qo‘ydi. O‘rtadan olti 
yil o‘tdi. Bular to‘qqiz yoshga yetdi... Ikkovining xat­savodi 
chiqdi.
Boysari bilan Boybo‘ri sherik bo‘lib to‘rt botmon yerga 
qovun ekdi. Qovun ko‘karib, solib, pishdi. Barchinoy qovun­
ning ichiga borib, pishganmi, pishmaganmi, deb yulib tashlay 
berdi. Boybo‘ri Boysariga bir so‘z dedi:
Xo‘p siyladim shu vaqtgacha o‘zingni,
Xushvaqt bo‘lib o‘tkazgansan yozingni, 
Boshlama falokat sen boshima, 
Nega qaytarmaysan yolg‘iz qizingni.
Ob qo‘yayin o‘zim moling, tojingni, 
Bundan buyoqqa borlab gapir gapingni,
Bilmayman yo seni ziyon urdimi, 
Qizing yorib ketdi pishmay qovunni.
Obod qilgin endi qo‘nar joyingni, 
Ollo solg‘ay senga qayg‘u­voyimni


13
Bilmayman Xudoyim aqling oldimi, 
Nasihat qip qaytar Barchinoyingni...
Quloq soldim sening aytgan so‘zingga, 
Bolang yaxshi ko‘rinadi o‘zingga, 
Xotiningga borib aytsang bo‘lmaymi,
Nasihat qilmaymi Barchin qizingga.
Boysariga bu gap turib­turib o‘tdi, juda ham achchig‘i 
kelib ketdi. Badani taloqday chuykam ketdi. – Bolam meniki 
bo‘lsa ham seniki edi­ku, men aynibmanmi, sen aynibsanmi? 
Mening qizim bo‘lsa, sening kelining edi,– deb achchig‘i kelib, 
Boybo‘riga qarab, bir so‘z dedi.
Cho‘llarda o‘ynaydi qorsoqman bo‘ri,
Yo bilmayman ko‘pmi manglayning sho‘ri, 
Endi bilsam sening aqling ketibdi, 
Arvoh urdimi, aka, seni Boybo‘ri.
Obod qildik Boysin­Qo‘ng‘irotday yurtdi,
Mullalarga berdik qantu novvotdi,
Endi o‘ylasam gaping yomon Boybo‘ri, 
Ikkimizga bilgin, birday farzanddi(r).
Xudo degan maqsadiga yetadi, 
Bedov mingan uzoq yo‘ldan o‘tadi.
Endi bilsam, gaping yomon, Boybo‘ri,
Sening so‘zing juda menga botadi.
Barchaga mehribon qudratli mavlon, 
Befarzandlar holi bandaga ayon. 
Boshda bo‘zlab yotar edik ikkimiz, 
Do‘st qilib edi bul Shohimardon.
Aka, sening gaping yomon kuydirdi, 
Ko‘nglima malol keldi, akajon, 


14
Qodir mavlon sening aqling oladi,
Mening qizim bog‘da ochilgan loladi(r), 
Barchin bugun mening bolam bo‘ladi, 
Ikkimizga, bilgin, birday boladi(r).
Ana endi Boysari o‘ylab uyiga qaytdi, kelib­kelib tutuni 
chiqib ketdi. O‘ziga­o‘zi o‘ylab, mahramiga qarab turib aytdi: 
–Kun tegmas qora yo‘rg‘ani olib kel­ey! Olib keldi. Yo‘rg‘ani 
minib, Boybo‘rining uyiga qarab, bir urishib kelayin, deb 
ketdi. Boybo‘rining uyiga yetdi. Ana endi Boybo‘ridan bir 
bemaza so‘zni eshitdi. Boysari kelayotsa, Boybo‘ri bo‘zrayib 
turibdi. Boybo‘ri juyruk­chopon, qutbi zamonlariga aytib 
o‘tiribdi: “Boysarining bir qizi bo‘sa, o‘g‘limga olib berib 
qo‘yibman. O‘zi o‘lgan kuni moli mening o‘g‘limga qola­
di. Buni Mulla Hakim xarajat qiladi”. Boysari bu so‘zni o‘z 
qulog‘i bilan eshitdi. Ana endi Boysari Boybo‘ri bilan gap­
lashmasdan uyiga qaytdi. Boysari uyiga borib to‘qson tuya, 
to‘qson biya so‘ydi, yuzta chori qo‘y so‘ydi. O‘ziga qaragan 
o‘n ming uyli elni yig‘di. Elatiyaga maslahat qildi.­ Yoron­
lar, men ko‘chaman. Sizlar iyarasanmi yo qolasanmi? Gap 
suyakdan o‘tar, tayoq etdan o‘tar. Menga akamdan bir gap 
o‘tdi. Men ketaman. Og‘ayin, menga bu yurt harom bo‘ldi, 
– deb shu maslahatni oraga soldi. Xalq javob berdiki: – Biz 
sening odamingmiz. Biz sendan ayrilib qolib, seni ichimiz­
dan chiqarib yuborib, Boybo‘rining fuqarolaridan, “Sen 
ichingdagi quron bosaringni sig‘dirmay yuborgansan­da”, 
degan ta’na­malomatni biz eshitmaymiz. Sen ko‘chsang, biz 
ham ko‘chamiz, xalq shu maslahatni berdi. Boysari: – “Yax­
shi maslahat berdinglar”, deb elidan dimog‘i choq bo‘lib, 
ko‘chmak taraddudiga tushdi, eliga bir so‘z dedi:
Tayoq ursang badanimdan o‘tadi, 
So‘zi qursin yurak­bovrim yirtadi,
Yo bilmayman rizqim na joyga tortadi. 
Boybo‘rining so‘zi o‘rtab ketadi.


15
Kim yaxshi, kim yomon, olloh biladi, 
Esga tushsa, rangim gulday so‘ladi, 
Girdimda tengqurim, qavm­qarindosh, 
Qarindosh, maslahat qanday bo‘ladi.
Yo bilmayman vaqtim yaqin yetdimi,
Yo nasibam bir shaharga tortdimi, 
Boybo‘rining so‘zi yuragimdan o‘tib, 
Osha yurtga yo tuprog‘im tortdimi?
Kuyganimdan gap chiqadi tilimdan, 
Men fuqaro, nima ish kelar qo‘limdan, 
Tevarakda turgan qavmi­qarindosh,
Ayrilar o‘xshayman Qo‘ng‘irot elimdan.
Yoronlar, maslahat qanday bo‘ladi, 
Yurt kengashin ulug‘ beklar qiladi, 
Har so‘z bilan ketsam Qo‘ng‘irot elimdan
Oqillar ko‘p bilan har ish qiladi.
So‘zni aytgan biylarning bittasi ekan, balki barisining kat­
tasi ekan. Joyidan turib, To‘raboy degan qo‘lini qovushtirib, 
Boysariga qarab, bir so‘z dedi:
Davlating bor, ishonamiz so‘zingga,
Boybo‘ri dushman bo‘libdi o‘zingga, 
Nima desang aytganingni qilamiz, 
Vallomat, ixtiyor mayli o‘zingga.
Semiz mollar bu majlisda so‘yildi, 
O‘n bir ming uy qarindoshlar jiyildi. 
Ko‘p piyolalarga choylar quyildi, 
Taqsirim, ixtiyor mayli o‘zingga.
Arosat maydonda otni jelamiz, 
Ajal yetsa, sizning bilan o‘lamiz, 
Nima bo‘lsa, yaratganga solamiz, 
Ixtiyor o‘zingga, taqsir Boysari.


16
Nima desang, sen aytganday qilamiz... 
Ixtiyor o‘zingda, taqsir, o‘zing bek.
Yo bilmayman, bu gap manglayning sho‘ri, 
To‘qsonda ketmaydi tog‘larning qori, 
Xudoyo, ketgay­da yurakning cheri, 
Bu gaplarda hikmat bor, o‘zing bek, 
Ixtiyor o‘zingda, mayli Boysari.
Boysaribek zor­zor, chun abri navbahor yig‘lab, bir so‘z 
dedi:
Xudoning ishiga bizlar netamiz, 
Cho‘llarda yo‘l yurib qonlar yutamiz 
Boysin shahrim xarob bo‘ldi, ha, darig‘, 
Chin­Mochin yo Kashalga ketamiz.
Keling, beklar, baring jonni sotinglar,
Ot­baytalga ayil­pushtan tortinglar. 
Hay, attang­a, elatimdan ayrildim, 
Yuring, beklar, osha yurtga ketamiz.
Mening yuzim qizil gulning naxshidi(r), 
Buni aytgan Po‘lkan shoir baxshidi(r). 
Boybo‘riga buytib xo‘r bo‘b yurgandan, 
G‘ayri yurtda o‘lganginam yaxshidi(r).
Men yo‘liqdim Boybo‘rining qahriga,
Ot chidamas achchiq qamchi zahriga,
Yoronlar, ortinglar anjom­asbobni, 
Yuringlar, ketamiz qalmoq shahriga.
Ana endi so‘zlar shurishib ketdi, tayoq etdan o‘tdi. 
Jo‘loblari anjomlarini bezatib, Barchinoyning yuhjobini, 
gilam larini, anjom­asbobni o‘n ming tuyaga ortdi. Yakka­
zan, jikkazan, zarrin dum­dum qo‘ng‘iroqlarni tuyaga taq­
di. Bu gaplarni elatiyasidan yomon ig‘vogarlar bildi. “Ket­
ganini Boybo‘riga aytmaymiz, yurtning kattaligi o‘zimizga 


17
qoladi. Boybo‘riga aytmanglar, bildirmanglar”, – deb masla­
hat qildi.
Endigi so‘zni Barchinoyning enasi bilan Barchinoydan 
eshiting. Boysarini o‘rdaga chaqirib olib, xotini bir so‘z dedi:
Ochuv bilan elatingdan ketarsan,
Qulocho‘lda doim qonni yutarsan, 
Bir shaharga musofir bo‘b borganda, 
Askarlari, jonsizlari kelganda
O‘zginangga katta soliq solganda,
Sen ularga ne deb javob etarsan.
Dushman bo‘lib bir kun bosar izingni, 
Sarg‘aytirar sening oyday yuzingni, 
Daqqiyonus jonsizlari chiqib, 
Ko‘rib ketar Barchinoyday qizingni.
Shu el podshosiga ta’riflar etar, 
Undan keyin o‘zingga sovchi kelar.
So‘ngi pushmon mardga dushman, Boysari, 
Undan keyin bir joningga zo‘r kelar.
U kunlarda elga yetmas xabaring. 
Yurakda ko‘p bo‘lar qayg‘uman chering, 
Ajal yetsa, g‘arib bo‘lar mozoring, 
So‘ngi pushmon mardga dushman, Boysari.
Sarboz kelib qimsab bosar o‘zingni, 
Tumon qilar musulmonga yuzingni, 
Zo‘rlik bilan olar yolg‘iz qizingni, 
Hali ham rayingdan qaytgin, Boysari.
O‘lgandankay quzg‘un qo‘nar loshingga, 
Elingga, sen qavm­qarindoshingga, 
Yolg‘izliging asar qilar boshingga, 
Arazlab elingda yursang na bo‘ldi?
Musofirlik hili bizlarga yomon, 
Sen savdo ko‘rarsan beshaku gumon, 
Hali ham rayingdan qaytgin, Boysari, 
Bu ketishing, o‘ylab tursam, ko‘p yomon.


18
Buni eshitib, yuragi toshib, otasiga nasihat qilib, Barchi­
noy bir so‘z dedi:
Xol yarashar chin suluvning yuziga, 
Mo‘min iqror haqning sunnat­farziga, 
Enam, otam, sizga aytar arzim bor, 
Quloq solgin menday sho‘rning so‘ziga, 
Davlat qaytgan Boybo‘riga ne bo‘ldi?
May ichganda yuzginangni moyirar, 
Uyqu kelsa qush bo‘ynini qayirar, 
Falak sitam qilar, ota, bizlarga, 
Ham qizingdan, ham elingdan ayirar,
Achchiqlanib bobomizga ne bo‘ldi?
Jovdiratar mening shahlo ko‘zimdi,
Bundan ketsam o‘lganginam lozimdi, 
Zo‘rlik bilan qalmoq olar o‘zimdi, 
Hali ham uyingda yotsam ne bo‘ldi?
Buni eshitib o‘zbeklarga zil ketar, 
Hammalari shirin jonini sotar. 
Qalmoqning eliga lashkar qip yetar. 
Mening uchun ko‘p savashni qilmaymi,
Tarafidan o‘zbek o‘chin olmaymi, 
Ko‘p odamlar shu maydonda o‘lmaymi? 
Bu sirni hech kimga aytma, otajon, 
Sayil qilsang esonlikda chorboqqa,
Iloho, dunyosi qursin bebaqo, 
Bir kun borsak, ota, qalmoq yurtiga, 
Zo‘rlik bilan olib qo‘ysa taraflar, 
O‘zim tugil, lanqam qolar o‘zbakka.
Hargiz elingdan ketma, otajon.
Ana endi Boysarining qizi edi, 
Ham o‘g‘li edi, yolg‘iz farzandi o‘zi edi.


19
Ana endi Boysaribek qiziga qarab, bir so‘z dedi:
Zog‘u boyqush, qush yotadi qiyoda,
Ne ko‘rib kechirdim yolg‘on dunyoda,
Alamim bu elda bo‘lar ziyoda,
Xudoyo, taraflar bo‘lsin piyoda.
Ham o‘g‘limsan, ham qizimsan, Barchinoy,
Ko‘ribman seni o‘g‘ildan ham ziyoda,
Meni desang, otga mingin, farzandim.
Otangning to‘kilar ko‘zidan yoshi, 
Illolloh, der xonaqoning darvishi, 
Bul ishlar, chirog‘im, Xudoning ishi, 
Xudoning ishiga ko‘nmaymi kishi, 
Shayton degan bir taraf bor ko‘kayda, 
Meni desang, yur, otga min, farzandim.
Kim yaxshi, kim yomon, olloh biladi, 
Davlatli qul juyruk silab minadi, 
Jo‘naringda hech gapni olma ko‘kayga, 
U yog‘ini dono egam biladi.
Azalda bedovning dumi cho‘zildi, 
Yig‘lamagin, yurak­bag‘rim ezildi, 
Bu ishlar Xudodan bo‘lgan, chirog‘im, 
Tuz­nasibam elatimdan uzildi.
Chirog‘im, bu dunyo befoydadi, 
Bu gapingga yurak oshday qaynadi. 
Ko‘nglingga hech gapni olma, chirog‘im,
Non­nasibam qay shaharga haydadi.
Qoyil bo‘lay, chirog‘im, himmatingga,
Sherik bo‘ldik yuragingning dardiga.
Mol bitganning beli toldi, chirog‘im, 
Farzandginam, darrov mingin otingga.
Ana endi har bir taraflardan har birlari chalama-chatti 
so‘zlarni aytdi:


20
Ochilar bog‘larda gul bilan g‘uncha, 
Yurakda g‘am ko‘p, dard bilan ancha.
Barchinoyga ob keb yo‘rg‘ani tortdi, 
Dod deb yig‘laydi bo‘zlab boybicha.
G‘am sarg‘aytib Barchinoyning yuzini, 
Xo‘rsinibdi, aytolmaydi so‘zini, 
Ham sherigi mulla Hakimdan ayrilib,
To‘xtatolmay Barchin bebaxt o‘zini.
Bulbul oshna bo‘lar bog‘ning guliga, 
Xudo rahm qilsin o‘zbek holiga, 
Ko‘ngil bergan mulla Hakimdan ayrilib,
Barchin mindi yo‘rg‘asining beliga.
Olov tushsa o‘rtanmaymi tanasi, 
Sut bilan siporish qilgan siynasi, 
Ayol bo‘lsa ham esli ekan ikkovi, 
Bu qayg‘u kulfatni anglab boybicha,
Dod deb yig‘ladi bebaxt enasi.
Har bandaga Xudo berar davlatdi, 
Ayroliq xanjari bovrini yiratdi. 
Bari minib bedovlarning beliga,
Qo‘y­qo‘ziday zor yig‘lashib yo‘l tortdi.
Ana endi shuni aytib jo‘nab keta berdilar. Qo‘ylarini hay­
dashib keta berdi. Boysari ko‘nglida umid qildiki: “Mening 
orqamdan el oqsoqoli kelar, meni qaytarib olar” – deb bir tosh, 
bir yarim tosh yurib, yotib ketib bora yotibdi. Boybo‘ribekka 
qarashli fuqarolarining ichidan biror kishi ham Boyburiga ayt­
may: “Ketsa, keta bersin, yurt o‘zimizga qoladi, yurt tor bo‘lmay, 
kengroq bo‘ladi”,– dedi. Boybo‘ri bundan bexabar qoldi.
Boysaribek uch oy yo‘l yurib, olti ming uyli Qozog‘istonga 
borib tushdi. Endi eldan umid uzdi. Qozoqlarga ot, mol berib 
biylik qildi. Qozoqlarning Erali, Sherali degan beklari bor edi. 


21
Eralining uch ming uyli fuqarosi bor edi, o‘zlari kambag‘al 
edi. Sherali boyning uch ming uyli fuqarosi bor edi, hammasi 
boy, qo‘yi ko‘p edi. Dehqon edi. Bu joyida qoldi. Eralining uch 
ming uyli fuqarosi Boysariga navkar bo‘lib, ergashib ketdi. 
Shu orada yo‘l yurib, uch oy o‘tdi. Toychixon shahriga bordi.
Endi so‘zni Toychixonning shahri Kashal odamlaridan 
eshiting. Boysarining kelayotganini eshitib, bizlarning yur­
timizga dushman kelar ekan, deb hamma darvozalarini 
berkitdi. Darvozalariga tuproqdan qir to‘kdi.
Ana endi Boysari bekdan eshiting. Tuyasi, biyasi, qo‘y­
ko‘samlari qirq kecha­kunduzda Qora tog‘dan yulduzday 
bo‘lib o‘tdi. Lekin shu mollar haydov ko‘rmagani uchun 
barisi xomlab, qichima bo‘lib ketdi. Kashalning daraxt, 
devorla rini suykana­suykana tep­tekis qilib o‘tdi. Faro­
sat bilan karomat, odob bilan ilm og‘ayni bo‘lar ekan. Mol 
Korson ko‘lga borib yoyilib, bulk etmay o‘tlab qoldi. Uymali 
chotir uylarni tika berdi. Oq o‘tov tikilib qoldi. Molni yoyib, 
qimizini ichib, ko‘nglini choqlab, moldan­holdan dimog‘ini 
choqlab, vaqtini xushlab, o‘n bir ming uyli o‘zining fuqarosi, 
uch ming uyli qozoq navkar bilan yota berdi. Hammasi o‘n 
to‘rt ming uyli Boysaribekning qavm­qarindosh, xizmatkor, 
navkarlarini yotmoqda qo‘ying, ana endi gapni Kashalda 
Toychixondan eshiting.
Toychixon Boysaribekdan qo‘rqib, tashqariga chiqa ol­
masdan shaharning ichida qamalib yotib edi. So‘ngra o‘zining 
musulmon til biladigan bir odamini jonsiz qilib, musulmon 
kiyimi kiygizib, musulmonning sallasini o‘ratib, fulg‘a ma­
yakchi qilib: “Boysarining ishi qanday, yurishi qanday, turi­
shi qanday, bilib kelgin”,– deb jo‘natib yubordi. Haligi jonsiz 
Boysarining hamma odamlarini, beklarini, hamma xizmat­
korlarini, jami mol, tuya, biyalarini ko‘rib­bilib, ko‘ngli tinib, 
Toychixon podshoning oldiga qaytib keldi. Podshoga aytdi: –
U dushman emas ekan, bir eliboy, moldor, chorvador boy 
ekan. Siz bilan ishi yo‘q, hech kim bilan ishi yo‘q. Yurtin­
gizga qidirib kelgan mehmon ekan. Buni eshitib, Toychixon­
ning dimog‘i choq, vaqti xush bo‘lib, nog‘ora, surnay, karnay 


22
chaldirib, bir necha kun vaqti xushlik qildi. Ana endi boyagi 
fulg‘a mayakchi Boysari boyning qizi Barchinoyni ko‘rib 
ketgan edi, toza suluvligini podshosiga aytgan edi. Shunda 
Toychixon Barchinoyni eshitib, olmoqchi bo‘lib, to‘qson 
polvonni Boysariga sovchi qilib yubordi. Sovchi polvonlar 
Boysarining o‘tovini o‘rab qamab oldi. Boysaribek o‘z kuni 
uchun gul tashlab, haligi kelgan odamlarning otini ushlab, 
mehmon qilib, ziyofatlar qildi. Polvonlar Barchinoyni ko‘rib 
oldi. Haligi polvonlarning ichidan To‘qson to‘ri degan pol­
von bir so‘z dedi:
Eshitgin, Boysari bobo, so‘zimni, 
Ko‘llarda ovlarman turna­g‘ozingni, 
Yo‘l bo‘lsin deb hech biring aytmading,
Rostin aytsam, bizga bergin qizingni.
Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagin, 
Bizning elda uzoq yasha, o‘lmagin.
Bizing bilan bo‘lgin tomir­qarindosh, 
Tag‘in­a ko‘nglingga og‘ir olmagin.
Eshitgin, Boysari o‘zimdan dotdi, 
Kosa davron er yigitga navbatdi, 
O‘z elingning rasimini bildirsang,
Bizga aytgin darrov qalin­qismatdi.
Eshit deyman menday polvon ohini, 
Ko‘rib qo‘ydim qizginangning bo‘yini,
Musofir deb senga malol kelmasin, 
Menga aytgin xotinimning to‘yini.
Boysarining uvuz eti uv bo‘ldi, 
To‘la badanlari balqib suv bo‘ldi, 
Bu so‘zni eshitib badbaxt dushmandan,
Behush bo‘lib, turgan joyda yiqildi,


23
Esli edi Boysarining oyimi, 
Qo‘ng‘irotda aytgani dalvoy keldi.
Ana endi Boysarining hamma fuqarolari va jami bek, xon­
zodalari, hamma o‘tirgan boy bolalari ko‘rib, ko‘p xafa bo‘lib 
qoldi. Ana endi bu gap yomon bo‘ldi. Buni qo‘yib, Boysarining 
xotini bilan qizi Barchinoydan so‘z eshiting:
Egam rahm qilgay mo‘min quliga, 
Chidamadi bu kulfatning hiliga, 
Barchin bebaxt bo‘zlab turib joyidan, 
Darrov qog‘oz­qalam oldi qo‘liga.
Mo‘minlarni, qalmoq qursin, bo‘zlatdi,
Barchinoy darrov arzani bitdi, 
Olib kelib otasining mahramin, 
Hakimga darrov ariza jo‘natdi.
Bedovni yugurtar tozyona qamchi, 
Qo‘llagay yigitni Ahmadi Zamchi.
Bundan ortiq zulm bormi mo‘minga, 
Ishtaraflab arzachini jo‘natdi.
Chiday olmay bu kulfatning zahriga, 
Bulbullar sayraydi gulning bahriga,
O‘pkasini bosolmaydi Oybarchin, 
Arzachi jo‘natdi Qo‘ng‘irot shahriga.
Muhammadqul aytsa, so‘zga chebardi, 
Ustalar uradi g‘o‘la­tabardi, 
Ko‘kayidan Oybarchinni qo‘shiq qip, 
Hakimbekka arzachini yubordi.
Arzachi endi mehnatni tortdi, 
Bundan ortiq emas dushman kulfati, 
Jabr qilib yo‘rg‘asining joniga,
Besh oy yo‘l yurib yo‘lda arzachi, 
Boybo‘rining uyiga kechasi yetdi.


24
Ana endi yakka mixning oldiga tushib, uyqu olib, yo‘l 
azobi – go‘r azobi, deganday ikki ko‘zini uqalab qoldi. Buni 
uqalamoqda qo‘yib, so‘zni boyagi To‘qson to‘ridan eshiting. 
Bularning so‘ziga Boysari:– “Menga uch yil muhlat beringlar”, 
– dedi. “Bu o‘zi ko‘chmanchi bo‘lsa, men olmay kim oladi”, – 
deb muhlat berib, sovchi ketiga qarab qaytdi. Ana endi bu­
larni maslahatda qo‘yib, mulla Hakimdan so‘zni eshiting.
Qo‘ng‘irot elida Hizor degan kampir bor edi. Bir qulog‘i 
to‘qson echkining terisidan bo‘lgan ko‘rpaday edi. Bir qulog‘i 
sakson qo‘yning terisidan bo‘lgan supraday edi. O‘zi bir mar­
qaday, g‘im etkazib so‘zgani besh chorak kelar edi. Mulla Ha­
kim olchi­xiz o‘ynab yurib edi. Alpomishning qaddi­qomati 
Hazrati Aliga o‘xshar, simbati Yusuf payg‘ambarga o‘xshar, 
kelbati o‘ttiz ikki gaz, sipohikorlik, nayzadastlik, qalqonboz­
likni mashq qilib, bahodirlikda bir o‘zi bekamu­ko‘st bahodir 
bo‘ldi. Pir ustalardan ta’lim­tarbiya olib, bahodirlikda hech 
kami­ko‘sti bo‘lmadi. Olti botmon oshiqdan oltin soqasi bor 
edi. Shuni shunday otdi, haligi Hizor kampirning charxining 
parasini tars tirqiratib, bo‘lak­bo‘lak qilib ketdi. “Meni ziyon 
urdimi, yo dev urdimi? Loiloho, valaquvvato, illoh, billohi, ali­
ul azim, suf­kuf”,– deb o‘ziga rom urdi. Shunda qarasa, mulla 
Hakim polvon kelayotibdi. Ana endi kampir bulg‘ovuchni 
do‘mbira qilib, polvonga bir so‘z aytayotibdi:
Maydonda otingni jelsang bo‘lmaymi, 
Xanjaringni belga cholsang bo‘lmaymi,
Kampirlarga tegishgancha juvonmarg, 
Barchinoy yoringni olsang bo‘lmaymi?!
Eshit bolam, menday momang so‘zini, 
Yo‘qchilikdan g‘am sarg‘aytdi yuzini, 
Kampirlarga hazil­mazah qilguncha, 
Olib kelgin Boysarining qizini.
Yor ketkizar yuragingda cheringni, 
Sarf aylagin esonlikda boringni, 


25
Tegishganing bizga uyat emasmi, 
Olib kelgin Barchinoyday yoringni.
Qayinotangman, qallig‘ingni bo‘zlatdi,
Bilib turib momong bir gapni aytdi, 
Boysariman Boybo‘ribek urushib, 
Araz urib Kashal eliga ketdi. 
Olib kelgin Barchinoyday bulbulingni, 
Yoring bilan o‘ynab­kulsang ne bo‘ldi?!
Hizor kampir Alpomishga bo‘lgan­o‘tgan gaplarni ay­
tayotir: Ana endi Boysari bobongning qizi, sherik bo‘lib o‘qib 
yurgan Barchinoyning o‘zi sening qalliqqinang bo‘lar edi. 
Alpomish buni eshitib, bu gap jonidan o‘tdi. O‘rnidan turib, 
hech yoqqa bormay, Hovdak ko‘liga ketdi. Qultoy bobosining 
oldiga yetdi. Qultoycholni katta ota, der edi. Boybo‘rini kichik 
ota der edi. Boybo‘ri tuqqan otasi, Qultoy tutingan otasi edi. 
Qultoy otasiga qarab, Alpomish bir so‘z dedi:
Eshiting, otajon, o‘zimdan doddi, 
Hizor kampir ulginangni bo‘zlatdi, 
Tura­tura yurak­bag‘rimni yirtdi, 
Rostmi­yolg‘onmi, bir gap so‘rayman, 
Barchinoy sening qallig‘ing deb aytdi.
G‘am sarg‘aytib menday uling yuzini,
Ovlarman ko‘llarning o‘rdak­g‘ozini. 
Agar shu gap rost bo‘lsa, otajon,
Men izlayman Boysarining qizini, 
Ot deganing mard yigitning qanoti, 
Ushlab bergin menga asbi tozini.
Sarg‘aymasin menday o‘g‘ling siyog‘i, 
Piyodaning o‘yiladi qabog‘i, 
Piyoda odam qora yerning kindigi,
Ot deganing mard yigitning qanoti,


26
Ot minganning baland bo‘lar himmati, 
Bir yaxshi ot ushlab bering, otajon.
Dushmanlarga yo‘q savdoni solguday, 
O‘tkir olmoslarni qo‘lga olguday, 
Minib borsam Toychixonning shahriga,
Barchinoy yorimni mindirib olsam, 
Sog‘­salomat uzoq yo‘ldan kelguday, 
Bir yaxshi ot ushlab bergin, otajon.
Dushmanlarning aqilini shoshirsin,
Mo‘min banda avliyoga bosh ursin. 
Barchinoy yorimni mindirib olsam,
Ol, ushla, deb Toychi qalmoq quvganda, 
Chuv­ha, chuv­ha, achchi qamchi urganda,
Xalos qilsin necha tog‘dan oshirib,
Shunday otdan ushlab bering, otajon.
Ot bo‘lmasa g‘ajir tortar go‘shimni, 
Haq o‘ng‘argay, ota, mening ishimni. 
Minib borsam taraflarning ustiga, 
Barchinoy yorimni mindirib olsam,
Falokatdan xalos qilsin boshimni. 
Bir yaxshi ot ushlab bering, otajon.
Ana endi Qultoy bobo aytdi: – Bobo Qambardan meros 
qolgan bir qo‘riq bor, shuni olib borsang, do‘ngga chiqib, 
shovqinni solsang, shunda yilqining bari yig‘ilsa, qaysisi 
qo‘riqqa ilinsa, shuni mingaysan. Shunda Alpomish qo‘riqni 
olib borib, bir do‘ngga chiqib, shovqinni soldi. Tovushiga 
o‘n bir tog‘ tebrandi. To‘qson olti ming yilqi shu yerda to‘p 
bo‘ldi, qo‘riqni shu yilqilarning ustiga: “Yo, pirim, Shohi­
mardon”,– deb tashladi. Qo‘riq bilan bir chovkar otni ush­
ladi. Chovkar otning enasi bolasidan yetti marta aylanib, is­
kalashib, ko‘rinmay ketganicha Chibordan ayrilib qolganicha 
qarab qoldi. Tikka Qaldirg‘och oyimning oldiga keldi. Shun­


27
day Qaldirg‘och oyim qarasa, o‘sha yurtga talab qilibdi. Akasi­
ning chechasiga borishini bilib, eling qulli bo‘lsin, yo‘ling qulli 
bo‘lsin,– deb akasiga qarab, Qaldirg‘och oyim bir so‘z dedi:
Mening checham – ketgan Barchin yoringiz, 
Xudoyo, ketgay yurakdan cheringiz,
Barchin checham qulli bo‘lsin, akajon, 
Qulli bo‘lsin nazari Chiboringiz.
Aka, boqsang sag‘rilarin toshirib, 
Dushmanlarning aqilini shoshirib, 
Barchinoy chechamni mindirsang,
Qutqaradi necha chinkadan oshirib, 
Qulli bo‘lsin sharofatli Chiboring.
Ko‘rmaysizmi jonivorning tonggini, 
Merganlar ovlaydi cho‘lning angini,
Barchinoy yoringni mindirib olsang, 
Sog‘u so‘lni dushman qamsab olganda, 
Hech bir bedov ko‘rolmaydi changini, 
Qulli bo‘lsin sharofatli Chiboring.
Tuproq otsang, sag‘risidan kazlaydi, 
Jeldirganda qulon o‘tin izlaydi,
Ko‘rmaymisan Baychiborning tonggini,
Halittan tog‘larning boshin ko‘zlaydi, 
Qulli bo‘lsin nazarkarda Chiboring.
Barchaga mehribon qudratli mavlon, 
Egningda sildirar kark teri qalqon.
Alhamdulilloh, olib kelgin chechamni,
Safaring bexatar bo‘lsin, akajon, 
Qulli bo‘lsin nazarkarda Chiboring.
Ana endi Qaddirg‘ochoyim akam otlanar bo‘lsa, ke­
rak bo‘ladi deb otga kerakli asbob­anjomlarni tikib yurar
edi.


28
O‘tar dunyo, qiyomatni o‘yladi, 
Davlati bor odam cho‘qday jaynadi,
yetaklashib kelib, jonvor Chiborni,
Olib kelib gul tablaga boyladi,
Mana aka, otingizga soling, deb 
Bir quchoq abzalni ob keb tayladi.
Kuygan odam shart uradi soniga,
Shahid o‘lgan bo‘yaladi qoniga,
Guldan jo‘rob, tilla qashov qo‘liga,
Qashov urdi Boychibor badaniga.
Ikkovlari otning vaqtin xushladi, 
Boshin chayqab barmog‘ini tishladi.
Ro‘molin boshidan olib Qaldirg‘och, 
Chiborning badanin shipirib tashladi.
Osha yurtga oshgan ko‘rar xo‘rlikni, 
Bedov mingan yigit qilar zo‘rlikni. 
Bismillo, deb olib qo‘ydi beliga,
Ichi mayin, tashi baxmal terlikni.
Olis borgan olib kelar belgini, 
Ustalar qo‘liga olar qirg‘ini, 
Bobo Qambar deydi, soldi beliga, 
Ichi ipak, tashi banot chirgini.
Boz ustiga yana qo‘ydi bellikni, 
Chirgi ustidan qo‘ydi jahaldirikni, 
Xizmatkor katta qilar qullikni,
Yod aylab yig‘ladik yaratgan haqqa, 
Astagina olib qo‘ydi beliga, 
Bulg‘ordan takilgan yaxshi bellikni.
Nahalgar ishlatar po‘lat tabarni, 
Mullalar o‘qiydi zeru zabarni,


29
Astagina olib bosdi beliga 
Tilladan choptirgan sirpoy egarni.
Chuv, desa o‘tadi ko‘kdagi qushdan
Hech kami yo‘q edi yo‘rg‘a yurishdan. 
Mard qilgan ishiga eli qoyildi, 
Eson odam ko‘radi ekan sayildi. 
Bismillo, deb tortdi otning beliga 
To‘g‘asi tilladan ipak ayildi.
Aytmay sirni g‘animlardan yashirdi, 
Boychiborning tuyog‘iga tosh urdi,
Ikkovi ham tilladan uzangini 
Jarqillatib ikki yoqqa tushirdi.
Bir necha suluvning tishlari durdi, 
Iymonli qul quchadikan suluvdi, 
Sildiratib otga yelpib tashladi, 
Qimmatbaho zar sachoqli davirdi.
Parilar so‘lqillar Iram bog‘iga,
Kuysin o‘lim, kim chidaydi dog‘iga 
Sildirab tushibdi solgan daviri, 
Tushibdi bedovning baqalog‘iga.
Beklarning abzali ola qayishdan, 
Yaxshi odam chiqadi ekan bardoshdan. 
Jangg‘illatib tortdi otning beliga,
Poyto‘shab tashlagan chig‘atoy pushtan.
Qirq qubbali yugan soldi boshiga, 
Po‘lat dobil urdi egar qoshiga. 
Qizday bezab Boychiborni shayladi, 
Qatag‘on peshbandni urdi to‘shiga.


30
Qulog‘ini qaychiladi, o‘ynadi, 
Olqorday o‘ynatib jonvor Chiborni 
Olib kelib yakka mixga boyladi. 
Mana kiying, aka, chirog‘im, dedi,
Qo‘ltiq­qo‘ltiq sarpoy op kep tayladi.
Kokilini sildiratib taradi,
Ko‘rgan tushni yaxshilikka jo‘radi.
Bismillo deb, olib, yaxshi dastorni 
Sallabasta qilib boshga o‘radi.
Ko‘k piyolaga maylar quydirdi, 
Singlisining yurak to‘rin kuydirdi, 
Xush surat solgan yaxshi to‘nlarni 
Silab­siypab akasiga kiydirdi.
Davlati bor misli cho‘qsay jaynadi, 
Yig‘lama, deb akasiga so‘yladi, 
Ilon tilli, o‘tkir yaxshi olmosni.
Jingg‘illatib xipcha belga boyladi.
Erta bilan beklar ichar bo‘zani, 
Xudo dedi, yod etib Imom Rizoni. 
Bismillo deb kiyimlar kiydi, oyog‘iga 
Qimmatbaho yaxshi kovush muzani.
Temirchining piri hazrat Dovutdi, 
Xudo berar har bandaga davlatdi, 
Choroyna boshiga kiydi bekbachcha,
Chirqillatib kiydi po‘lat sovutdi.
Unda Boybo‘ribekning odamlari: – Vo, hasrat­o, nadomat­
o, ukangdan ayrilgan eding, o‘g‘lingdan ham ayrilding, dedi. 
Unda Boybo‘ri bir yolg‘iz farzandini chaqirtirib edi, yolg‘iz 
bolasi oldiga salom berib turdi. Shu vaqtda katta­kichik, 
o‘zbek, qozoq – hammasi yopirilib kelgan edi. Unda Boybo‘ri 
nasihatlar qilib, bir so‘z aytayapti:


31
Bedov mingan o‘rdan do‘ngga chopinar, 
Nur ko‘rganlar avliyoga topinar, 
Yolg‘izim, bormagin qalmoq shahriga, 
Qo‘ng‘irot eldan yaxshi qizlar topilar.
Olis yo‘lga chin yugruklar chopilar,
Urush kuni botir qalqon jomilar. 
Chirog‘im, bormagin qalmoq shahriga, 
Undan suluv elatimdan topilar.
Qirg‘iy degan qush turadi qiyoda, 
Xudoyo, dushmanlar bo‘lsin piyoda, 
Meni desang, borma qalmoq shahriga, 
Qiz topilar Barchin oydan ziyoda.
Dam shu damdir, o‘tgan damni dam dema, 
Rostin aytsam, shu davlatni kam dema. 
Meni desang, borma qalmoq eliga, 
Eson qolding moli tugal farzandim,
Bir xotin deb, chiroqqinam, g‘am yema.
Unda polvon o‘n to‘rt yoshida, yaxshi salla boshida, gala 
o‘zbek qoshida, otasiga qo‘l qovushtirib, bir so‘z dedi:
Qo‘ng‘irotning eliga, ota, to‘raman,
O‘lmasam, dunyoda davron suraman, 
Rad bermang, talabga kirgan kishiga, 
Boysari qizini olib kelaman.
O‘zim pastda, baland yerni ko‘zlayman, 
Dushmanning bag‘rini o‘tga tuzlayman.
Qaytarma talabga kirgan kishini,
To o‘lguncha Barchinoyni izlayman.
Uyilibdi musulmonning qobog‘i, 
Oda bo‘lmas aytsam boshdan adog‘i, 


32
Otajon, izlayman Barchin yorimni, 
Qop ketmasin senday bekning suyagi.
Anda Boybo‘ri bildi, bolasi qaytmaydi.
O‘pkasi to‘lib, rangi gulday so‘lib, dod deb, bolasiga qarab, 
bir so‘z dedi:
Bir nechaga yorning labi asaldi, 
Bir nechalar yor ishqida kasaldi,
Aylanayin, ketsang mening qo‘limdan, 
Qalmoq elda shikast bo‘lsang uvoldi(r).
Ko‘i chopilsa, Chiboringdan ter kelar, 
Oh tortarsan, yuragingdan cher kelar, 
G‘ayri yurtdan obro‘ topmoq qiyindi(r), 
Yakkasan, yolg‘iz boshingga zo‘r kelar.
Alomatlar kirmadimi tushingga, 
Ilingaysan o‘zing qarindoshingga, 
Musofir bo‘p qalmoq elga borganda, 
Yolg‘izliging ta’sir qilar boshingga.
Unda Alpomish otasiga qarab, odob bilan bir yaxshi so‘z 
aytayotibdi:
Xudoning ishiga o‘zim qaytaman, 
G‘ayrat bilan necha tog‘dan o‘taman, 
Rozi bo‘ling, ota, bergan tuzingga,
Javob bering, ota, yorga ketaman.
Do‘stu dushman rangging so‘lgan demaymi,
Dushmani girdini olgan demaymi, 
Bir bemaza odam bilan urishsam, 
Xotiningni qalmoq olgan demaymi?!
Ol­ha, dunyosi qursin bebaqo, 
Bulbul kelib sayramaydi yantoqqa,
Toychi qalmoq olib qo‘ysa yorimni, 
O‘zim o‘lsam, lanqam qolar o‘zbekka.


33
Qo‘llagay yigit mo‘minni qodir Xudoy, 
Do‘zaxdir aytib bersa dushman joy.
Otajon, ketaman qalmoq eliga, 
Qora kallam bir yor uchun Xudoyi.
Unda Alpomish Boybo‘ri harchand so‘zlar aytsa ham, 
qayt madi. Bu so‘zlar aslo qulog‘iga kirmadi. Shunda Boybo‘ri 
bechora zor­zor yig‘lab, farzandiga qarab, bir so‘z aytayo­
tibdi:
Oydan toza, guldan suluv yuzim bor,
Karashmam bor, davlatimda nozim bor,
Otang aylansin qaddi bo‘yingdan, 
Yolg‘iz bolam, senga aytar arzim bor.
Bedovingga achchiq qamchini chotma, 
Zinhor erta bilan uyquda yotma. 
Bir mo‘minni ko‘rsang, salomsiz o‘tma, 
Manmanliqda shayton bo‘lar azozil.
Bir joyda, bolam, o‘zingdan ketma.
Bir yor deb jo‘nading Qo‘ng‘irot elingdan, 
O‘rdakni ovlamay chalqin ko‘lingdan, 
Avval Xudo, duyum pirlar yor bo‘lsin, 
Xudoni har yerda qo‘yma tilingdan.
Ulug‘ dedim, avliyoga bosh urdim, 
Yolg‘iz ulsan, aqilimni shoshirdim, 
Bir yor deb jo‘nading Qo‘ng‘irot elingdan,
Avval Xudo, duyum pirga topshirdim.
Sensan mening yolg‘onchida quvvatim, 
Sen ketgan so‘ng ketar mening holatim,
Eson­omon kelgin dushman elidan, 
Safaring xatarsiz bo‘lsin, farzandim.
Karim­a, qo‘limda yo‘qdir ixtiyor,
Duo qilib yig‘layman haqqa zor­zor. 
Avval Xudo, komil pirga topshirdim,
Xudoga topshirdim allohu akbar.


34
Ana endi katta­kichik, eli­elati, mulla­xo‘jasi, qavmi 
qarindoshlari, o‘qishib yurishgan sheriklari, mana, biz­
ning sherigimiz ketib qoladiganga o‘xshaydi, deyishib, 
xafa bo‘lishib, qoboqlari uyulishib, dimoqlari pitishibdi. 
Boybo‘rining ko‘ngli uchun yig‘ilishib, qavmi­qarindoshimiz­
ni ko‘rib qolayik, oq fotiha berayik, deb xotinlar ham keldi. 
Hammasi yig‘ilishib keddi. Polvonning enasi Kuntug‘mish 
boybicha: “Ota bilan ena farzandga Hazrati Xizr Ilyosga duo 
qilmoqdan bo‘lak gap yo‘q. Vo darig‘”,– deb yoppasi polvonni 
Boychiborga mindirishib, hamma qora ko‘zlar girdini olib 
turishib, bir­birlariga qarashib turgan vaqtlarida mulla Ha­
kim xalq­xaloyiqqa, qavmi­qarindoshlariga qarab, uzangiga 
oyog‘ini tirab, bir so‘z dedi:
Kimning dardi bo‘lsa yoshini to‘kar, 
Yig‘layman qudratli haqqa zoru zor, 
Omon bo‘ling yana qaytib kelguncha, 
Qiblagohim, otajonim, allayor.
Cho‘llarda sarg‘ayar bu rangi­ro‘yim,
Xudoyim solmagay menga ko‘p voyim, 
To ko‘rguncha, enajonim, xo‘sh endi, 
Omon bo‘ling, enajon, duogo‘yim.
Oy edi, oy kabi anda nigorim, 
Shu ko‘ylarga soldi parvardigorim, 
Omon bo‘lgin yana qaytib ko‘rgancha, 
Duo qilgin, yolg‘izgina jigarim.
Haqqa yetgaymikan oh tortsam zorlar,
Yurakda ko‘p bo‘ldi g‘am­zangarlar, 
Omon bo‘ling yana qaytib ko‘rgancha, 
Otamning oldida dono vazirlar, 
Omin denglar sap gardankash polvonlar.
Daryoda yuzgani kemaman qayiq, 
Cho‘llarda bo‘larman men o‘zim foyiq, 


35
Eson bo‘lsam o‘zim davlatga loyiq, 
Omon bo‘ling yana qaytib ko‘rgancha, 
Yonboshimda turgan barcha xaloyiq.
Eshitinglar menday mardning ohini, 
Ko‘rmaysanmi Boychiborning suyini 
Eson­omon olib kelib Barchinni 
Qirq kun qilsam o‘zinglarga to‘yini.
Kengash chiqar elning katta biyidan, 
Davlati bor yigit qaytmas rayidan, 
Bu so‘zni aytgan so‘ng mulla Hakim, 
Voy bolam, deb otasi turdi joyidan.
Bu gaplarning aslo yo‘qdir xatosi, 
Beklarning belida zarrin po‘tasi,
Darig‘o, deb uvvos tortib bo‘zlaydi,
Yig‘lay berdi Boybo‘ribek otasi.
O‘zbeklarning bo‘g‘inlari bo‘shadi, 
Hay attang, deb cuyaklari shovshadi,
Yig‘ilishib katta­kichik odamlar, 
Hammalari omin­omin, deyshadi.
Yuraklarga tushgan qayg‘u voyimlar,
Kimning esi bo‘lsa so‘zni qoyimlar, 
Panjaradan qarab omin deyishadi, 
Kun ko‘rmagan bodom qovoq oyimlar.
Yulduzdayin yarqillaydi ko‘zlari,
Yigitni kuydirar aytsa so‘zlari, 
Omin­omin deyishib qo‘lni ko‘tarib, 
Pariga o‘xshagan o‘zbeklarning qizlari.


36
Ayriliq xanjari bag‘rini yirtdi, 
Bu damlar bilsanglar g‘animatdir,
Yig‘ilishib o‘zbek elning boylari, 
Omin deb fotiha betiga tortdi.
Quloq solib bir­birining so‘ziga, 
Yigit banda yorning shahlo ko‘ziga. 
Yoppa­yovlik yig‘ilishib Qo‘ng‘irotdan. 
Omin deb fotiha tortdi yuziga.
Bu shoirning dardi dardga ulasha,
Qatag‘ondan keldi qirlardan osha, 
Samarqandning hukumati yig‘ilib,
Bu aytgan so‘zimni qilsin tomosha.
Mulla Hakim mindi Boychibor otdi,
Qarindoshni, o‘zbaklarni bo‘zlatdi. 
Yaxshi odamning ko‘p bo‘ladi qadiri, 
Boybo‘rining yig‘lab olgan yolg‘izi.
Yaxshi odamning elga ko‘pdir xizmati,
Otasini, enasini bo‘zlatdi, 
Boybo‘rining tilab olgan yolg‘izi,
Kashalning eliga otlandi, ketdi.
Ochilar bog‘larda gulu g‘uncha, 
G‘am ko‘pdir, dardman ancha. 
Boychiborni o‘ynatib 
Jo‘nayberdi bekbachcha.
Har bir gapi bamaza, 
Kiyganlari tozadan toza.
Jo‘nay berdi Kashalga, 
Mulla Hakimday bekzoda.


37
Goh sozini sozlaydi,
Bo‘taday bo‘p bo‘zlaydi, 
Qamchi bossa Boychibor, 
Tog‘ning boshin ko‘zlaydi.
Chidamayin g‘ayratiga, 
Qamchi urdi otiga. 
Yurgan yo‘li tengsaladi, 
Mardning siyosatiga.
Kuygan qullar shart uradi soniga,
Shahid o‘lgan bo‘yaladi qoniga.
Qulo cho‘l tebranib larzon beradi,
Pishqirib bedovning irg‘iganiga.
Qator­qator norim deb,
Mening nomus­orim deb, 
Mulla Hakimday bekbachcha 
Jo‘nayberdi yorim deb.
Bulbul oshna bo‘lar bog‘ning guliga
Kuysin o‘lim kim chidaydi hiliga.
To‘qson kun yo‘l yurib yo‘lda bekbachcha 
Borib qoldi Qozog‘iston eliga.
Ana endi Qozog‘iston eliga borib qoldi. U yoq, bu yog‘iga 
qarab qoldi. Uzangiga oyog‘ini tirab qoldi. Qozoqning suluv 
qizlariga qarab qoldi. Shunda Qozog‘iston eliga qarab, bir so‘z 
dedi:
Uzangiga oyog‘imni tirayman, 
Har safar tushimni yaxshi jo‘rayman,
Bunda turgan qozoqlarning beklari,
Bir yo‘g‘im bor, men sizlardan so‘rayman.


38
Xudo degan murodiga yetdimi, 
Bedov mingan baland tog‘dan o‘tdimi, 
Bunda turgan qozoqlarning qizlari,
Anov yilda bir boy shundan o‘tdimi?
Mavj urib misli bir daryoday tosha, 
Kokili tirqirab yelkaga tusha 
Chopib, chopqillab kelib qozoq qizlari, 
Atrofini olib, qildi tomosha.
– Ha, anov yilda bir boy, qo‘yli, tuyali, molli bir boy o‘tib, 
qalmoqning shahriga o‘tib ketdi, – deb Qozog‘iston elining 
barcha katta­kichik, hamma xotin­qizlari aytdi. Buni eshitib, 
polvon Qozog‘istondan o‘tib ketdi, yo‘l bir go‘ristonga yetdi. 
Go‘ristonga qarasa, bir sog‘ona bor. Shuning ustida yotdi. Iy­
monli qullar, shu mozordagi arvohlar: “Shu mehmon bizniki 
bo‘ldi, shuning har nima mushkuli bo‘lsa Xudodan tilaylik”, – 
dedi. Arvohlarni so‘rovinda qo‘ying, polvonning so‘zini eshiting.
Polvon yotdi, uxladi. Oqshom tush ko‘rdi, Balxdan bobo 
Qambar keldi. Hazrati Xizr bobo ham keldi. Yurtni qidirib 
yuradigan Abdol ota, qirq chilton, o‘n ikki imom, Boqi davlat 
keldilar, Oq kiygan kishilar liqqa to‘lib, polvonni o‘rtaga oldi. 
Azizlar: “Bu mehmon quruq ketmasin, bunga tilaganini ber­
moq kerak. Avval bir yaxshi yor berayik”, – deb Barchinoyn­
ing ruhini olib keldi. Barchinni soqi qildi. Bunda Barchinoy 
soqi bo‘lib, qo‘liga piyolani olib, ollo­yor, deb, mulla Hakimga 
qarab, bir so‘z aytdi:
Kosa beray qo‘lim tolib, 
Har kosaga maylar solib, 
Xipcha bellarim buralib, 
Bobomning uli, olloyor­olloyor.
Miltiq kelar alab­yalab, 
G‘arib ko‘ngil istar talab, 
Oltin kosa, gulgun sharob, 
No‘sh qilsang, olloyor­olloyor.


39
Egnimda silkillar tumor, 
Qoshim qora, ko‘zim xumor, 
Ol kosani qo‘lim tolar, 
Oling, olloyor­olloyor.
Maylarni oling qo‘limdan, 
Ingrantirib quch belimdan, 
Sollanib so‘rgin tilimdan,
Bobomning uli, olloyor­olloyor.
Polvonga gaplari yoqib,
Rosi bilan qadsin bukib, 
Polvonga navbat kelganda,
Labni tishlab, qoshni qoqib, 
Quching, olloyor­olloyor.
Ro‘molimni o‘rab yotdim, 
Zulfginamni tarab yotdim,
Kelarmi deb karvonlardan. 
O‘zim sizni so‘rab yotdim, 
Bobomning o‘g‘li, olloyor­olloyor.
Qo‘llab turar Hazrat Muso, 
Yuragimda g‘amu g‘ussa,
Ko‘zim yo‘lda, qo‘lda kosa,
Iching, olloyor­olloyor.
Beklik xalqi maylar ichar, 
Mard kishi yorini quchar,
Kosa berdi menday nochor, 
Oling, olloyor­olloyor.
Ana endi polvon Barchinoyning haybatidan, shonu 
shavkatidan uyalib, qoshi­ko‘zlariga, oyday yuzlariga, shi­
rin so‘zlariga, bulbul navosiga, gul anoriga, ko‘krakdagi ol­


40
masiga ko‘zi tushib, yurak­bag‘ri toshib, aqli shoshib, jon­
dildan yaxshi ko‘rib, Barchinoyga qarab, jondili bilan bir
so‘z dedi.
Bandasiga ayvon makon, mana joy,
Taqdirimni senga qo‘shdi bir Xudoy,
Alhamdilloh, ko‘rdim oyday betingni,
Bizdan o‘tganiga ma’zur, Barchinoy.
Xudoyo, dushman bosmagay ortingni, 
Ko‘rsatarman sening o‘sgan yurtingni.
Ming martaba shukur etay Xudoga, 
Alhamdulloh, ko‘rdim endi betingni.
Dushman bilsa hali hozirgi izingni, 
Dona­dona xol yarashgan yuzingni, 
Endi o‘lsam armonim yo‘q Xudoydan, 
Alhamdilloh, ko‘rdim shahlo ko‘zingni.
Alhamdilloh, ko‘rdim sening bo‘yingni, 
Egam solmagay­da qayg‘u­voyimni, 
Eson­omon olib ketsam o‘zingni, 
Qirq kun qilsam Qo‘ng‘irot elda to‘yingni.
Endi o‘lsam Xudodan yo‘q armonim, 
Seni deb sarg‘aydi oyday siyog‘im, 
Seni ko‘rib ochilibdi qobog‘im, 
Alhamdilloh, ob ketarman, suydugim, 
Ob ketarman eson­omon elima,
Uning uchun g‘amgin bo‘lma, qallig‘im.
Ko‘rganimda maza chiqar so‘zingdan, 
Jonim aylanadi oyday yuzingdan,
Eson­omon obketarman Qo‘ng‘irotga, 
G‘am yemagin, jovtillagan ko‘zingdan.
Ana endi shuytib, qo‘lini uzatdi. 
Chalqortib ko‘zi ochilib ketdi. Shunda mardon g‘oyiblar 
javobi shul bo‘ldi: “Barchin yoring bo‘lsin, Xizr Ilyos pi­
ring bo‘lsin, mardon g‘oyib rahbaring bo‘lsin. Yiq, yiqilma. 


41
O‘lgancha yelkang yerga tegmasin, safaring bexatar bo‘lsin, 
ollohu akbar”, – deb fotihasini yuziga tortdi. Uyg‘onib qarasa, 
oldida hech kim yo‘q. “Lo, iloho, valaquvvata. Illo, billoh ali ul 
azim”, – dedi.
Ana endi bekbachcha, dod, ayladi, 
Gohi yig‘lab, gohi faryod ayladi,
Hazrati yosinni o‘qib mozorda, 
O‘lgan mo‘min arvohlarin shod ayladi.
Nasiba tortdi Toychixonning yurtiga, 
Chiday olmayin Barchinoy hasratiga, 
Qur’on o‘qib, arvohlarni shod qilib, 
Omin deb fotiha tortdi betiga.
Ana endi shundan erta bilan turib, otining jilovini yo‘lga 
burib, uch oylik yo‘lni oldi. Endi gapni Toychixondan eshiting.
Toychixonning bir Eshboy degan mahrami “Mulla Hakim 
degan boy bor emish, kelib sizning yoringiz Barchinoyni olar 
emish”, – deb borib aytdi. Buni eshitib, Toychixonning o‘zi, 
polvonlari, maslahat beruvchilari yig‘ilishib, maslahat qildi­
larki: “Qorli qora tog‘, Sadaf daryosiga qorovul qo‘ymoq dar­
kor”. Shunda Xolmon polvon, Olmon polvon, To‘g‘ay polvon, 
To‘ra polvon, endi gapni kalta qilayik, to‘qson polvon jam 
bo‘ldi. Eng kichkinasi Qorajon polvon. Podsho Qorajonni, shu 
polvonlarni buyurib, bir so‘z dedi:
Ochilar bog‘larda gul bilan g‘uncha,
Toqatim yo‘q gullar ochilguncha, 
Uch yuz to‘nlik bo‘z bo‘lmaydi kaltacha, 
Shundayin polvondan bitta buyurdi.
Ayta bersam, ado bo‘lmas qissasi, 
Yuragida ko‘pdir g‘amman g‘ussasi. 
Qirq besh to‘nlik bo‘zdan bo‘lmas kissasi, 
Shundayin polvondan bitga buyurdi.


42
Soqoli idrayib sho‘raday bitgan,
Ostida tulkilar panalab yotgan, 
Uni quvgan tozi choshkada yetgan,
Shundayin polvondan bitta buyurdi.
Ayta bersam ado bo‘lmas zangari 
To‘qsonda erimas tog‘larning qori,
Uch yuz ko‘sam terisidan cholvari,
Bir moyagi sig‘may qoldi tashqari,
To‘qson olti polvonlarni buyurdi.
To‘qson olti alp polvonlar Qorli qora toqqa kelib, yotar joy, 
turar joy qilib yotdi. Navbat bilan bittasi poylamoqchi bo‘ldi. 
Shunda Qorajonga: – Avval sen bor, – dedi. Shunda Qorajon 
qorovullikka bormoqchi bo‘lib, to‘qson botmon cho‘yan qop­
langan shox kaltakni qo‘liga olib, Qorovultepaga borib, yo‘lni 
olib, ko‘zini tikib, qorovullik qilib yota berdi. Shunda Qorajon 
bir narsaning do‘biridan qo‘rqib qarasa, budoq­budoq tutun 
osmonga chiqib kelayotibdi. Qorajon buni ko‘rib, qo‘rqib, pol­
vonlarga qarab qochdi. Polvonlarning oldiga borib, korson­
ni yerga to‘nkarib, boshi bilan qulog‘ini qo‘yib, quloq soldi. 
– Keldi, keldi­yey,– dedi. Polvonlar aytdi: – Qo‘rqma, bizlar­
ning yuragimizni yorma, o‘lgandan qo‘rqqan yomon. Shunda 
Qorajon polvonlarga qarab, bir so‘z dedi:
Barchin desam, yurak­bag‘rim ezadi,
Tong shamoli yakporadir, mazadi,
Qirq ming lashkar kelayotir Kashalga, 
Yotay desam qoq miyamni buzadi.
Ko‘p bo‘ldi, polvonlar, yurakda cheri,
Yo bilmayman, bu gap manglayning sho‘ri, 
Kaltagingni qo‘lga olgin, polvonlar,
Kelayotir qirq ming otning dubiri.


43
Dubur ko‘rib bandi­buvinim bo‘shadi, 
Joningni aylasin, qilgin juyqonsiz. 
Qirq ming lashkar elga kelgan o‘xshaydi.
Dam urganda baland tog‘lar past bo‘ldi,
O‘ylab tursam, el bizlarga qasd bo‘ldi.
Yo qochayin, yo borayin qo‘rg‘onga, 
Ming dushman bunda kelgan o‘xshaydi.
Ana endi Qorajon bu so‘zni aytgandan so‘ng polvonlar: –
Gap degan bunday bo‘lmaydi, navbat degan gap bor. Sen 
nima bo‘lsa bir navbatingni o‘tkazib kelasan. Yo o‘ldirasan, 
yo o‘lasan. Bizlarga navbat kelsa, bizlar ham boramiz. “Hazil­
lashma ko‘pga, ovnatarlar jubga” degan masalday, bizlar bilan 
hazillashma,­ dedi. Unda Qorajon qo‘rqqanidan o‘rnidan turib, 
Qorovul tepaga borib, qorovulliq qilib, yo‘lni to‘sib yota berdi. 
Shunda Qorajon yotib uxladi. Uyqusida tush ko‘rdi, bir ajoyib 
ish ko‘rdi, qirq kishini o‘ziga yo‘ldosh ko‘rdi. Bir yosh bachcha 
bilan do‘st bo‘ldi. Haligi do‘st bo‘lgan odam qaychi bilan mur­
tini oldi. Kalimai shahodatni aytib, musulmon qildi. Shunday 
ko‘zini ochib qarasa, bir bekbachcha qibla tarafdan ko‘rindi. 
Qarasa, haligi tushida ko‘rgan bachcha, bir ajoyib bekbachcha. 
Oppoq dastor boshida, o‘zi o‘n to‘rt yoshida. Sari yoy, sadoqni 
taqqan, ot teriga qotgan, otning teriga tuproqlar mushtday­
mushtday bo‘lib qotgan. Kiyimlari yarashgan, yuzi sabzai 
anorday pishgan. Oyday tinjirab bir bek bachcha Sadaf daryo­
sidan o‘tdi. Buni ko‘rib, Qorajon qalmoqning bo‘z bolaligi tutib, 
to‘sha to‘sh bo‘lib olayin, deb buning oldiga peshvoz chiqdi. 
Ana endi Qorajon qalmoq polvon bachchaga qarab, bir so‘z ay­
tayotir.
Abzalingning bari g‘o‘la tillodan, 
Qachon chiqding, mehmon, mazgilxonadan.
Senday yigit kam­kam bo‘lar enadan.
Martabangiz ortiq kelgan Xudodan. 
Qaytib bino bo‘lding gavhar dondan,


44
Xudoyim saqlasin ming bir balodan,
Kokili sunbulim, kimning o‘g‘lisan?
Olqorga suv berar yomg‘irning qoqi: 
Bandani qutqarmas ajalning o‘qi, 
Aftingga odam desam, behisht peshtoqi, 
Yolg‘on aytmasman, Xudoning haqi, 
Ey, Rustam sifatli, kimning o‘g‘lisan?
Gaplashmay, bilmadim nomard­mardingni, 
Manga aytgin yuragingda dardingni, 
Bayon bergin avlodu ajdodingni, 
O‘zbek elda qanday bekning o‘g‘lisan?
Ayo, mehmon, diyoring qaysidi,
Qilib yurgan kasb­koring qaysidi, 
O‘z elingda katakoning, nomdoring,
Xabar bergin, tojdoring qaysidi?
Eshitay, mehmonjon, sening tilingni,
Sen bandasan, olloh bilar holingni, 
Bayon bergil katta bo‘lgan elingni,
Qanday elda, qanday bekning o‘g‘lisan?
Ana endi uzangiga oyog‘ini tirab, telpakli Qorajonga qa­
rab, o‘zi yomon bo‘lsa ham gapi yaxshi ekan, deb Qorajonning 
so‘ziga javob berib, Alpomish polvon bir so‘z dedi:
Eshitgin, telpakli, mening tilimdi,
Bog‘lardan terganman toza gulimdi, 
Qo‘ng‘irot deydi unib­o‘sgan elimdi, 
Qo‘ng‘irot elda Boybo‘rining uliman.
Men otamning tar ochilgan guliman, 
Qafasda sayrovchi bulbuliman, 
Laqabim Alpomish, otim mulla Hakim. 
Qo‘ng‘irot eldan Boybo‘rining uliman.


45
Haqqa yetgay mo‘min bandaning zori, 
Xumsaga tushmasin bir mardning ori, 
Aslim so‘rsang, bir yakdona gavharman, 
Otam so‘rsang, o‘zbeklarning tojdori, 
Qo‘ng‘irot elda Boybo‘rining uliman.
Quloq soldim sening aytgan tilingga,
Rahm qildim, ey yo‘lovchi, holingga,
Bir gapim bor, aytay senga, yo‘lovchi, 
Jo‘qchi bo‘lib keldim sening elingga.
G‘ofil qolib karvonimni ko‘chirdim, 
Nechovlarga ajal sharbatin ichirdim, 
Jo‘qchi bo‘lib keldim sening shahringga,
Bog‘imdagi bulbulimni uchirdim.
Uzangiga oyog‘imni tirayman,
Davlatim bor, nayli dastor o‘rayman,
Jo‘qchi bo‘lib keldim sening shahringga, 
Uchib kelgan bulbulimni so‘rayman.
Qutulmadik bu dunyoning hilidan, 
Gap chiqadi kuygan sho‘rning tilidan, 
Shu bulbuldan xabar bergin, telpakli,
O‘zim keldim Qo‘ng‘irot degan elidan.
Men o‘qidim alif bilan zabardi, 
Aytsa shoir bu gaplarga chebardi,
Boysin elda Boybo‘rining uliman, 
Shu bulbul yorimdan bergan xabardi.
Ana endi Qorajon aytdi: “Men buni besoqol, ko‘ylagini 
ko‘tarib, bo‘yniga yig‘ib, quchoqlab olay desam, bu biz bilan 
taraf ekan. Qip­qizil tarafning ustidan chiqib qoldik. Mening 
izlab yurganim shul”. Qobog‘i uyilib, Alpomishga qarab, bir 
so‘z dedi.


46
O‘z joningga o‘zing jabr qilmagin, 
Toza gulsan, ruxsoringdan so‘lmagin, 
Toychixon eshitsa, gaping ko‘p yomon, 
Yo osilib, yo otilib o‘lmagin.
Podsholikning bejayin ko‘p zo‘ri bor, 
Dushmanlining yuragida cheri bor,
Shaharida odam tortar dori bor, 
Toychixon eshitsa, gaping ko‘p qiyin, 
Endi o‘ylasam, manglayingda sho‘ring bor.
Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagan, 
O‘z joningga o‘zing zulm qilmagin,
Katta xalqi kechirimli, mehmonjon, 
Shul bulbulni hargiz o‘zing olmagin,
Shoh eshitib, mehmon jo‘ra, o‘lmagin, 
Ota­enangga qayg‘u­kulfat solmagin.
Yorini ko‘rganda ko‘ngil o‘silar, 
Falokat bosganda yo‘li to‘silar, 
Toychixon eshitsa, gaping ko‘p qattiq, 
Registonda tandan boshing kesilar.
Ana endi bu so‘zni Alpomish eshitib, har tuki choponla­
rini teshib o‘tdi. Qahri kelib, ilonga o‘xshab zahri kelib, Qora­
jonga qarab, bir so‘z dedi:
Arosat maydonda otni jeldimi, 
Dushmanlarga yo‘q savdoni soldimi, 
Biyasi, tuyasi bejoydan ko‘p,
Shundayin bir boy elingga keldimi? 
Davlatlining qishlog‘ida go‘yi bor,
Shaharida sho‘r odamning siyi bor.
Bir belgisi banot yopgan uyi bor, 


47
Nishonasi jez qamishdan chiyi bor,
Shundayin bir boy elingga keldimi?
Shoir aytgan bir majlisda so‘zi bor, 
Daryolarda qishning kuni muzi bor, 
Bir belgisi Barchinoyday qizi bor, 
Hurga o‘xshash Oybarchinning o‘zi bor,
Shundayin bir boy elingga keldimi?
Qalmoq elda Chuborimni yelgani, 
Toychixonga yo‘q savdoni solgani. 
Qirq kecha, qirq kunduz to‘yini qilib, 
Izlab keldim Barchinoyni olgani.
Eshitgin, telpakli, mening zorimdi,
Qo‘ng‘irot deydi unib­o‘sgan yerimdi, 
Toychixonni ko‘p maqtading, zanag‘ar, 
Izlab keldim Barchinoyday yorimdi.
Qorajonning bejoy keldi g‘ayrati, 
Rahmi kelmay Alpomishning holiga, 
Bog‘onag‘i kaltakni oldi qo‘liga, 
Chopib chiqdi bekbachchaning yo‘liga. 
Mavj urib Alpomish daryoday toshdi.
O‘zbak bekning, ko‘ring, yuragi ishdi. 
Qorajondan nobob gapni eshitib, 
Jamshiti chobik otdan tushdi.
Bo‘sh­bo‘shgina olar belni boyladi,
Bir­biriga polvon talab ayladi. 
Kim yaxshi, kim yomon, ollo biladi, 
Bilmayman kurashda qaysi o‘ladi,
Kel­ha, kel­ha deb qo‘llarini to‘lg‘ashib, 
Bir­biriga haybat­hasham qiladi.


48
Beklarda bo‘mayma, yoronlar havo, 
Xudoyo, topilgay bu dardga davo. 
Hez qilishib Alpomish Qorajon, 
Qirpillashib bo‘ldi yoqama­yoqa.
Mavj urib ikkovi daryoday toshdi, 
Ikkovlarining o‘pkasi pishdi, 
Qorajon ham cho‘rtta­purtta uraykan, 
Alpomishman chin so‘qaday olishdi.
Goh unisi, goh bunisi suradi, 
Bir­birovin itarishib ketganda,
Oyog‘i omochday yerni yoradi, 
Bir­birovin langar tashlab turganda,
Tizzasidan pasti yerga kiradi.
Tomosha aylang polvonlarning ishiga, 
Ko‘p olishdi qalmoq elning dashtiga, 
Qorajonni o‘mganga ob Alpomish, 
Firib bilan tepsib tortdi to‘shiga.
O‘lganlarning sabil bo‘lar vatani. 
Bu gaplarning aslo yo‘qdir butani. 
Qorajonni shunday qisdi Alpomish. 
Quymichidan chiqayozdi ko‘tani.
Og‘rimas maslahatman kesgan barmoq, 
Sayyodning qo‘lida po‘latdan qarmoq, 
yelkasidan shunday ushlab bekbachcha, 
Ikki yoqdan solib oldi to‘g‘anoq. 
Endi keldi bekbachchaning g‘ayrati, 
Oydinxo‘ja eshonini yod etdi, 
Yaratganni ko‘ngliga olib bekbachcha,
Qorajonni yonboshga ob yiqitdi.


49
Oqizar bo‘p Qorajonning yoshini.
Quzg‘unlarga berar bo‘ldi loshini, 
Xanjarini qo‘lga olib bekbachcha, 
Kesar bo‘ldi Qorajonning boshini.
Qorajon aytdi: – Ey polvon, bu ishing firib bo‘ldi. Bul aytdi: –
Nimaga firib bo‘ldi? Aytdi: – Esa, nima ish bo‘ldi? 
Chiq, tag‘i oli shamiz. Qorajon: – Endi itdan pishakka 
o‘xshab, o‘zbak xalqi bir xil farosatni bilmaydi. Men 
seni keladi deb eshitar edim. Otam otang bilan do‘st 
ekan, men ham sen bilan do‘st bo‘ldim, deb shuytib 
yo‘lingga chiqib yurar edim. Hay, attang, hay, attang: 
Boybo‘ridan farzand yo‘q ekan,– dedi. Alpomish aytdi: –
Bu gapingning ma’nisi nima? Qorajon aytdi: – Otangning 
qo‘lini mening otam qirq quloch arqon bilan boylaydi ekan. 
Sening otang uzib qo‘yar ekan. Men ham Alpomish otasiday 
zo‘r bo‘lsa, do‘st bo‘laman, deb yurar edim. Alpomish aytdi: 
– Otam uzsa, men ham uzaman. Qo‘limni boylab qo‘yaqol.
Shunda Qorajon Alpomishning qo‘lini tirsagidan qirq 
quloch kandir arqon bilan chandib, mahkam bog‘lab qo‘ydi. 
Lekin bu so‘z Qorajonning Alpomish polvonga qilgan nayrang­
hiylasi edi. Endi Qorajon polvonni o‘ldirmoqchi bo‘lib, qo‘liga 
shol kaltakni oldi. Endi Qorajonning ko‘ngli yumshab ketdi, 
o‘ziga­o‘zi aytdi: “Ey, Qorajon, tong otgancha arqonni uzsa, 
uzgani, uzmasa, Alpomishning o‘lgani. Agarda uzsa, men ham 
Xudoga banda bo‘laman. Alpomishning etagiga bosh uraman. 
Etagiga kallamni solaman, o‘lganimcha xizmatini qilaman. 
Bu sirlarni tong otgancha hech kimga aytmayman. Alpomish 
dush mani ko‘p odam­da”.
Shunda Qorajon qarasa, Alpomishning oti Qorajon oti ning 
bissariday go‘shtini yulib olib qo‘yibdi. Borib otlarini ayi rib 
oldi. Chiborni jiydarlab, ajriqqa boylab qo‘ydi. Oti o‘tlab qoldi.
Ana endi Qorajon o‘zining elidagi bo‘zaxonaga ketdi. “Bir 
bo‘za ichib, mast bo‘lib, jonimni haqlab, murtimni yog‘lab ke­
layin”,– dedi. Qorajon borib, bo‘zasini ichib, dimoqchoqligini 
qilar edi, endigi gapni Alpomishdan eshiting.


50
Alpomish arqonni bir tortdi. Bir tortgandan qo‘lini qirqib, 
terisini yirtib, go‘shtiga yetdi. Lekin arqonni uzolmadi. Shun­
da Alpomish Xudoga munojot qilib, bir so‘z dedi:
Sabil bo‘lmag‘ayda Qo‘ng‘irotday joyim. 
Egam soldi menga qayg‘uman voyim,
O‘z qo‘limni zolimlarga boylatdim, 
Yakkaman, rahm qil, qodir Xudoyim.
G‘oyib deydi men o‘lsam mozorimni,
O‘lja qildi mening Boychiborimni,
Toychi qalmoq olar mening yorimni, 
Sendan o‘zga kimga aytay sirimni, 
Egamsan, rahm qil, qodir Xudoyim.
Qavmim yo‘q, bu yerda qarindoshim yo‘q, 
Dardim aytar ichki hech sirdoshim yo‘q. 
Ajal yetsa, o‘lsam qalmoq elinda, 
Voy, akamlar menda qarindoshim yo‘q, 
Yakkaman, rahm qil, qodir Xudoyim.
Oy edi, oy kabi mening nigorim, 
Shu ko‘ylarga soldi parvardigorim, 
Ajal yetib, o‘lsam qalmoq elinda, 
Voy akam, deb yig‘larga yo‘q jigarim,
Yakkaman, rahm qil, parvardigorim.
Endi ko‘rmay o‘ldim Qo‘ng‘irot yurtimni, 
Dushmanlarim o‘lja qildi otimni, 
Toychi qalmoq oldi parizotimni,
Hay, attang, ko‘rmadim parizotimni, 
Holimga rahm qil, qodir Xudoyim.
Yorimni olib Qo‘ng‘irotga ketmadim, 
Elga borib murodimga yetmadim, 
Elga borib katta to‘ylar qilmadim, 


51
Xaloyiqning duosini olmadim.
Bu dunyoning orzu­havasin bilmadim, 
Elatimdan pir duosin olmadim, 
Qo‘lim bo‘sh bo‘p bir chobishib o‘lmadim, 
Murodimga yetmay o‘ldim, Xudoyo.
Bog‘ oralab lola guldan termadim, 
Talab qilib qallig‘imni ko‘rmadim, 
Yorim bilan o‘ynab­kulib yurmadim,
Dunyoda sitamli o‘ldim, Xudoyo.
Bu kundan qay qarg‘a qo‘nar loshima, 
Qorajon hamzamon kelar qoshima,
Kaltak qo‘yar zor yig‘latib boshima,
Dunyodan armonli o‘ldim, Xudoyo.
Bu dunyoning huzurini ko‘rmadim, 
Yorim bilan o‘ynab davr surmadim, 
Murodimga yetib o‘zim o‘lmadim, 
Hay, attang juvonmarg o‘ldim, Xudoyo.
Arvoh urgan vatan bo‘lar qarriyat, 
Ota­enamga endi bo‘ldi qiyomat. 
Elimga bormadim o‘zim salomat,
Bo‘tadayin bo‘zlab o‘ldim, Xudoyo.
Bir oti Rahimdir, bir oti Qodir, 
Makkani qilgandi Ibrohim Xalil, 
Chaqaloqda quchoqlagan Er Xizr, 
Qo‘limni ol, mavlayim, yo rab Jalil, 
Yakkaman, rahm qil, qodir olloyim.
Elidan ayrilgan bo‘lar bevatan, 
Bu gaplar qadimdan bo‘lgandi butan,
Mozorotda omin degan qirq chilton,
Holimga rahm qil, qodir Xudoyim.


52
G‘angg‘illab uchadi ko‘llarning g‘ozi,
Xudoyo, sarg‘aysin dushmanning yuzi,
Polvonbachcha shunday na’ra tortganda, 
Na’ra tortib bir buzrukning ovozi, 
O‘zbakbekning yurak­bovri ezildi. 
Xudodan amirdir, pirdan karomat, 
Bilagidan shunday arqon uzildi.
Maslahat chiqar ko‘nglidagi o‘yidan,
Chiqqan ekan Yangiqo‘rg‘on joyidan,
Ernazar o‘g‘lidir Muhammad Iso,
Shu doston yozilgan aning qo‘lidan.
Barakalla, otang bilan enangga,
Balli, rahmat otang bilan enangga.
Samarqandga kep doston aytgan.
Alpomishni yozib oldi qo‘lidan, 
Rahmat yog‘sin otang bilan enangga.
Ayta bersak ado bo‘lmas qissasi, 
Yurakda qolmasin qayg‘u­g‘ussasi, 
Rahmat yog‘sin otang bilan enangga.
Jonmurod o‘g‘li Muhammadqul toshadi, 
Dardli ko‘ngli qaynab­qaynab jo‘shadi. 
Muhammad Isa qo‘lga qalamni olsa,
Muhammadqul bir necha so‘z qo‘shadi,
Rahmat yog‘sin otang bilan enangga.
Ana endi Alpomishbekning qo‘lidan arqonlar uzilib, vaqti 
xush bo‘lib, dimog‘i choq bo‘lib, Xudoy taologa shukur qildi. 
Tong otdi, namoz vaqti tahorat qildi, namoz sunnat farzni 
o‘qidi, namozdan foriq bo‘ldi, tong otib yorug‘ bo‘ldi. Polvon 
chor tarafga yo‘lbarsday ingranib qarab edi. 
Qarasa, Qorajon chopa­yo‘rta kelayotibdi. Shunday bir 
katga toshni olib, Qorajonga otmoqchi bo‘lganda, Qorajon ot­
dan tushib, qo‘lini alif­lom qilib, bo‘ynini xam qilib, zor­zor, 


53
chun abri navbahor yig‘lab, Alpomish polvonga qarab, bir 
so‘z dedi:
Qorajonning so‘ylar tanglayda tili. 
Ilohi, buzilsin dushmanning eli, 
Xudoga qul bo‘ldim, Hazratga ummat.
Endi ketsin yurakning dardi,
Vayron bo‘lsin Toychixonning elati, 
Loilolloh, bo‘ldim o‘zim musulmon.
Endi bo‘ldim Onhazratning ummati.
Ichkilik mayini ichib mast bo‘ldim, 
Qay yerda dushmanni ko‘rsam qasd bo‘ldim,
Endi ko‘ndim olloning taqdiriga,
Sening bilan jon ayamas do‘st bo‘ldim.
Shu vaqtgacha dushman edim o‘zingga,
Sen yotibsan, joning to‘ldi yuzingga,
Qora kallam endi sendan aylansin, 
Ixtiyor, jo‘rajon, endi o‘zingga.
Nima desang, aytganingda bo‘layin, 
Bul kallamni etagingga solayin,
To o‘lguncha xizmatingni qilayin. 
Har na desang aytganingni qilayin. 
Ixtiyor o‘zingda endi, jon do‘stim.
Ana endi Alpomish polvon Qorajon polvonga qarab, ba­
hodirligi jo‘sh qilib, pandiyot­nasihatlar aytib, yaratgan Xu­
doyimning hurmati, sening gunohingdan o‘tdim, deb bir so‘z 
dedi:
G‘ofil qolib karvonimni ko‘chirdim,
Dushmanlarga ajal sharobin ichirdim, 
Loiloho, ilolloh degin, Qorajon, 
Qilgan gunohingni kechirdim.


54
Urush kuni otga jabduq shayladim,
O‘tkir olmosimni belga boyladim,
Olloh deding, menda toqat qolmadi, 
Qilgan gunohingdan ozod ayladim.
Yig‘layman qudratli haqqa zor­u zor, 
Ne qilsa, qudratli haqqa ixtiyor. 
Qaychi bilan murtingni olayin. 
Keng jannatga endi bo‘lding daxldor.
Men esonda hech bosmasin izingdi,
Menga aytding chin sidqidil so‘zingdi. 
yeb­icha ber, mening davlatim katta.
Ziyorat qilayin endi o‘zingdi.
Maslahat chiqadi elning boyidan, 
Hech kim ayrilmasin o‘sgan joyidan, 
Yomonlarni qaytaringlar rayidan, 
Assalomu alaykum polvon do‘stim, deb, 
Quloch yoyib turdi do‘sti joyidan.
Egam rahm qilgay ikki bolaga, 
Qorajon boshini soldi banogoh, 
Chin sidqidil so‘zlab turib Qorajon, 
Sig‘indi Qorajon qodir Xudoga.
Qorajonning endi aqili shoshdi, 
Ko‘ngiliga olib sakkiz behishdi, 
Lo iloho illollo deb Qorajon, 
Do‘sti bilan quchoqlashib ko‘rishdi.
Teng bo‘lmay, do‘st bo‘ldi, qalmoqlar bilan g‘ash bo‘ldi. 
Ikkovi bir­biriga hamkengash bo‘lib, unda Qorajon aytdi: – 
Ikkovimiz do‘st bo‘ldik. Qalmoq edim, siz bilan teng bo‘ldik. 
Kallasini Alpomish polvonning etagiga solib:


55
– O‘lganimcha sening xizmatkoringman, – dedi. Unda Al­
pomish aytdi: – Elingda bir katta odamga o‘xshab ketding.
Barchinoy degan mening yorimdan xabaring bor, xabar 
bergin! Anda Qorajon aytdi: – Barchinoy yoring, alhamdulloh, 
sihat­salomat. Men seni o‘ldiruvchi degan qorovul edim, ham 
Barchinoyga sovchi edim, Toychixonga olib bermoqchi edim. 
Hali yoring eson­omon turibdi, g‘am yema,– dedi.
Ana endi Qorajon do‘stini iyartib, o‘zining uyiga olib 
ketdi. Uyiga borib, palosni tashlab, vaqtini xushlab, mur­
tini moylab, dimoqni choqlab, har tarafga qarab, xizmat­
korlariga qa rab: – To‘qson tuya, to‘qson biya, bir yuz qo‘y 
olib so‘yinglar, – dedi. Xizmatkor olib kelib, mollarni so‘yib, 
o‘choqni bir do‘ng yerdan o‘yib, go‘shtlarni qozonga solib: 
– Mehmon keldi, – deb Qorajon o‘z yurtidagi hamma atoqli, 
nomdor polvonlarni aytdi. Yo‘ldagi to‘qson polvonni ham 
ziyofatga aytdi. Ana endi elining polvonlari kelishib, Qora­
jonning uyi ning orqasida to‘planishib, Qorajonning uyini 
o‘rtaga olishib, japsarni ochib qarashib: “Qorajonning meh­
moni yosh­besoqol bola ekan, buni muchchilab, quchoq­
lashib to‘shma­to‘sh bo‘lib, joy­joyimizda ancha bo‘lishib 
qolamiz”,– deb eshikdan birin­birin quloch yozib kira berdi. 
Alpomish polvon o‘rnidan turib, ko‘rishmoqchi bo‘lib, pol­
vonlarni quchoqlab, qobirg‘asini bunday qilib siqib­siqib 
yubordi. Polvonlarning qobirg‘asidan bir­ikkitasi sinib ketdi, 
bezi cholvorining ichiga tushib ketdi. “Inging”, deb bir­birin 
o‘tirdi. Ko‘zi bo‘zrayib, nima deyarini bilmay, bir­biriga ayta 
olmay o‘tirdi. Ulardan keyin kelganlar, “Omonsanmi, eson­
sanmi?”– deyishib, qo‘lini asta­astagina berdilar. Alpomish: 
“Qalaysan, yaxshimisan?”– deb qo‘llarining uchini qisib­qisib 
qo‘ydi. Qo‘llari boymoq soymoq bo‘lib, har qaysi qo‘llaridan 
ayrilib, ertak­tartak, tersak­ersak bo‘lib ketdi. Bular voy­voy, 
deb o‘tira ketdi. Qiyomat bo‘lganday bo‘ldi. Birovi voy­voy, 
deb chinqirib yuborib dovdiradi. Ko‘zi yashil, goho qizil, sari 
toblanib, rangi bo‘zarib, bir­biriga qaray olmay o‘tirdilar. Av­
valgi polvonlar bir ish qildi, qo‘lini qisib sindirdi deb, ayta 
olmay, qobirg‘asi singan uchun damini ololmay, o‘layin, deb 


56
o‘tirdilar. Endi go‘sht pishdi. Qorajon go‘shtni dasturxonning 
ustiga olib kelib qo‘ydi. Qorajon kulcha olib kelaman, deb uyi­
ga kirib ketdi. Kelgancha Alpomish go‘shtni yeb qo‘ydi. Qora­
jon: – Go‘shtni kim yedi? – dedi. Qalmoqlar: – Mehmoning yeb 
qo‘ydi, – dedi. Lekin Alpomish go‘shtni yeb bo‘lib, suyaklarini 
ham qasir­qusur qilib chaynab turib edi, Qorajon uyalib, Al­
pomish do‘stiga qarab, bir so‘z dedi:
O‘z elingda ingrangan bir ermiding, 
Nima desang, aytganingni dermiding. 
Yana norin bilan bo‘lsa kulchatoy, 
Rostin ayt, mehmonjon, bo‘lsa yermiding?
Tortib kepsan suvsiz cho‘ldan ohu voy, 
Urushli kun tortilmasmi mis karnay.
To‘ymay qolsang darrov aytgin, jo‘rajon, 
Qayta boshdan qilayinmi kulchatoy. 
Quloq solgin, mehmonginam, so‘zima, 
Do‘stim bor, hech kim tushmas izima,
Pishirayin ko‘p sho‘rvaman go‘shtini,
Rostin aytgin, to‘ymay qolsang, o‘zima.
Kelibsan Qo‘ng‘irot eliga mehmon,
Bu tanaga musofir-da gartak jon,
Ob kelaymi kulchatoyman norinni, 
To‘ymay qolsang, menga aytgin, jo‘rajon.
Alpomish polvon bu so‘zlarni eshitib, sherday ayqirib, 
qop londay guldirab, yo‘lbarsday gurkirab, filday joyidan 
qimillab, Qorajonga qarab, bir so‘z dedi:
To‘yg‘izmasang, araz urib ketaman, 
G‘ayrat qilib mana qirdan o‘taman, 
Qorajon to‘ydirmadi meni, deb
Tarafingga seni men kamsitaman.
O‘z elimda ingrangan bir er edim,
Kimni polvon desang, shuncha bor edim, 


57
To‘qson tuya har kuniga so‘yardim, 
Ta’tilima shuni o‘zim yer edim.
Xurjinimdan boltamni darrov olaman,
Yo‘q savdoni boshginangga solaman, 
Ob kelmasang sho‘rva bilan go‘shtingni, 
Mana qalmoqlarni ta’til qilaman.
Ana endi haligi alqar polvonlar bir­biroviga chalqaytib 
qarab, hammasi birdan eshikka qarab o‘zlarini to‘plab urdi, 
eshik sinib qoldi. Ha, deb qocha berdi. Qorajon xush kel­
dinglar, dedi. Qorajonga qarab bittasi aytdi:
– Bizga nima berding, birovni to‘yg‘izmay. Otang ning 
arvohi xo‘roz bo‘lib cho‘qigur, Qorajon, quvib yubor bu 
mehmoningni. Bir­ikki kunda bor topganingni yeb qo‘yadi. 
Yana meni to‘yg‘izmaydi, deb aytar. Bir nechasi “Bel ketdi”, 
bir nechasi, “Qo‘l ketdi”, deb dodlashib, voyvoylashib, joyi­
dan turib, eshikka chiqib ketdi. Bir­birovini siyrama qilib, 
zambilga solganday qilib, ko‘tarishib ketdi. Ana endi Qora­
jon bilan Alpomish qoldi. Lekin Qorajonning ham kechagi 
olishganida ikki qobirg‘asi sinib ketgan ekan, polvonlikdan 
bildirmagan ekan. So‘yilgan tuyalarning qornini boylab, 
Qorajon ichiga qo‘yib yubordi. Qorajon ichiga tushdi. 
Qobirg‘asi joyiga tushdi. Alpomishning tabibligi ham bor 
edi. O‘zi hakim bo‘lsin, deb aziz pirlari otini mulla Hakim 
qo‘yib edi. Shuning uchun Qorajonga bu Alpomish hakim­
likni qildi. Alpomish Qorajonning uyidan chiqib Boysari ning 
yurtiga, elatiga qarab keta berdi. Buni ketmoqda qo‘yib, endi 
gapni Qorajondan eshiting.
Qorajon: “Bizning elga yov keldi”, – deb qorovul bo‘lib tur­
gan odamlarning ichidan ajralib o‘ta berdi. Qalmoqlar qataloq 
bo‘lgan ho‘kizday bo‘lib qocha berdi. Qalmoqdarning bittasi 
aytdi: – Qorajon, yov qancha bor? Qorajon aytdi: – Bir odam, 
bir odam bo‘lsa ham o‘r odam. Qalmoqlar aytdi:– Yomonga 
xabar desang, yov yetdi qiladi, degani rost ekan. Bir odam 
ham shuncha dabr qiladimi? Ey, senga marg. Ana endi Qora­


58
jon ul yerdan qaytib, do‘stining oldiga keldi. Alpomish aytdi: 
– Dushmanlar qanday ekan? Qorajon aytdi: – Dushmanlar­
ning qurbi yo‘q ekan, bilib keldim. – Unda sen bu yoqni qo‘yib, 
Barchinoyga mendan sovchi bo‘lib bor, – dedi.
Qorajon o‘rnidan turib ketdi, Barchinoyning o‘rdasiga yet­
di. Boysaribek Barchinoyga bir o‘tovni yopgan, bo‘sag‘asini 
oltin g‘o‘ladan chopgan, keragalari tillodan, uvuqlari birinj­
dan, chang‘arog‘i gavhar toshdan, eshigi kumushdan. Anda 
borib, Barchinoyga suyunchi ber, deb bir so‘z dedi:
Qora zulfingni tuygin-chi,
Gulgun ko‘ylagang kiygin­chi, 
O‘ynab­kular yoring keldi, 
Barchinoy, bergin suyunchi.
Sening nomus­oring keldi,
Savdo­xaridoring keldi, 
Barchinoy, bergin suyunchi, 
Bek Alpomish yoring keldi.
Sening jonu diling keldi,
Ochilganda guling keldi, 
Oy Barchin, bergin suyunchi, 
Bobongning o‘g‘li – yoring keldi.
Oldimda yo‘q ungalari,
Xurjinda ko‘p tangalari, 
Bek Alpomish kelib qoldi, 
Suyunchi ber, yangalari.
Jovtillab jodu ko‘zlari, 
Tinjirab oydek yuzlari, 
Bekbachcha keldi Qo‘ng‘irotdan, 
Suyunchi ber, kanizlari.
Alqissa, bu so‘zni eshitgandan musulmonlar uydan 
yugurib chiqib, yuragi yorilguday bo‘lib, Alpomishbekni 


59
sog‘inib yurgan bechoralar yugurishib, Alpomishbek bilan 
ko‘rishmakka chopqilashib qoldilar. Barchinoy: – Sizlar in­
damanglar. Uy ortida kishi bor, o‘zim javob beraman, jim 
bo‘linglar,– dedi. Shunda Barchinoy Qorajon polvonga qarab, 
bir so‘z dedi:
Qoshim kerib, qobog‘imni uydirma, 
Qora ko‘ylak Barchinoyga kiydirma,
Jodi bo‘lib kelar eding qalmoqdan, 
Yoring keldi deyib meni o‘ldirma.
Otga yo‘l bermaydi soyning o‘rasi, 
Har kimning kuni bor besh kun ko‘rasi.
Yoring keldi, deyib meni o‘rtama, 
Kelmagani peshonamning qorasi.
Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagin, 
Uzoq yasha, elatingda qolmagin, 
Yoring keldi deyib meni kuydirma, 
Yuragima qayg‘u­voyim solmagan.
Kelmaganning dardi o‘zima yomon,
Yuraklarim bo‘lib ketdi to‘la qon.
Yorim kelgan bo‘lsa, bunda o‘lgandir,
Ilohi, peshonam qursin, Qorajon.
Men o‘qidim alif bilan zabardi, 
Mo‘minlarni qirq ovulga yubordi,
Bobom o‘g‘li kelgan bo‘lsa o‘lgandir, 
Sen dushmansan, nega bunda yubordi.
Shunda Qorajon qalmoqdan haqiqat so‘zni eshiting. 
Barchinoyga qarab, bir so‘z dedi:
Ichkilik mayini ichib, mast bo‘ldim, 
Qay yerda tarafni ko‘rsam, g‘ash bo‘ldim,


60
Ishongandan qildi o‘zimni sovchi,
Mulla Hakimman jon ayamas do‘st bo‘ldim.
Chibor otni bir tarafga jeldirdim,
Qalmoqlarning rangin gulday so‘ldirdim, 
Ishongandan qildi o‘zimni sovchi 
Manakay, murutimni oldirdim.
Otingdan aylanay Hannonu Mannon,
Arvoh urgan bo‘ldi yer bilan yakson,
Ishongandan qildi o‘zimni sovchi, 
Lo iloho illolloh, o‘zim bo‘ldim musulmon.
Polvon bachcha bilmaganim bildirdi, 
Avval kelib qobirg‘amni sindirdi, 
Bo‘lib edim o‘zim endi musulmon,
Ishongandan menga otin mindirdi.
Qora zulfing oq yuzingga taragin,
Davlating bor, balki ro‘mol o‘ragin, 
Minib keldim bekbachchangning otini,
Ishonmasang, mana tiklab qaragin.
Unda Barchinoy uyning japsarini yorib, tiklab qaradi. 
Ko‘rsa, otning abzalining hammasi musulmonning abzali. 
Endi otdan tanidi. Lekin Qorajon qalmoqni sinamoqchi bo‘lib, 
Qorajonga qarab, Barchinoy bir so‘z dedi:
Eshitgin, Qorajon, mening so‘zimni, 
Sen bilmaysan g‘am sarg‘aytdi yuzimni, 
Sovchi qo‘y, Qorajon, senga tegaman, 
Rostin aytsam olaqo‘ygin o‘zimni.
Mosho bossa, zinglab chiqqan o‘q edi, 
Alpomishning iki ko‘zi ko‘k edi.
Sovchi qo‘y, Qorajon, senga tegaman, 
Ilgaridan ko‘nglim aslo yo‘q edi.


61
Uyat bo‘lar, bundan buyoqqa kelmagin, 
Bu gapimni aslo hazil bilmagin, 
Sovchi qo‘y, Qorajon, senga tegaman, 
Alpomishga hargiz sovchi bo‘lmagin.
Unda Qorajon Barchinoyning bu gapiga ishonib, hech 
nima demay, yuragi yorilib keta berdi. Vaqti xush bo‘lib, 
dimog‘i choq bo‘ldi. Ko‘ngli ko‘tarilib, ichida aytdi: “Bir ke­
cha majlis qilaman, buni mast qilaman. Jo‘ralarim bilan Al­
pomishni kapa bosti qilaman. Shuytib, Alpomishni bu yerdan 
quvib yuboraman. O‘zimga tekkan ishni birovga bergancha, 
o‘lganim yaxshi”. Ana endi Qorajon kelayotsa, do‘sti oyday 
tinjirab yotibdi. Buni ko‘rib, Qorajon o‘ziga­o‘zi: “Ey, Qorajon, 
o‘l­a. Boysarining sora qizi bo‘lmasa, boshqa odamning qora 
qizi quridimi? Bir xotinga ikki dunyolikni alishganning foyda­
si bo‘lmas”,– dedi. Qorajon Alpomishdan uyalib, yana qaytdi. 
Barchinoyning oldiga kelib, bir so‘z aytayotibdi:
Barakalla, Barchin, sening so‘zingga,
Do‘stim bandasiz shaharlaringga
Iyusi qoshim to‘kisdan sizni olmayman, 
Hur bo‘lsang ham qaramayman yuzingga.
Eyningga buralib qo‘lim solmayman, 
O‘zing bilan aslo suhbat qilmayman, 
Tegaringni ayta qo‘ygin polvonga, 
Juvonmark o‘layin, seni olmayman.
O‘zbakbekning sendan ko‘ngli qolmaymi, 
Ustingga tag‘in­a xotin olmaymi,
Juvonmarg, avvaldan seni olmaymi, 
Bu ishing, Barchinoy, uyat bo‘lmaymi?
Buni eshitsa, uning achchig‘i kelar, 
Alomat savdoni boshingga solar, 
Qo‘ng‘irot elda polvonlarning botiri,
O‘ylagin, bu ishing ko‘p uyat bo‘lar.


62
Xotinim uch taloq, seni olmayman,
Do‘stimning ko‘ngliga sho‘r ish solmayman.
Shunday do‘stim uchun seni so‘rayman, 
Volloh­billoh, Barchin, seni olmayman.
Ana endi Barchinoyning Qorajondan ko‘ngli to‘lib, musul­
mon bo‘lganini bilib, tag‘i toza rostini bilayin deb, hilla bilan 
Qorajonga qarab, bir so‘z dedi:
Kashal elga bir kun jarchi qo‘yaman, 
Oq badanga loydan ko‘ylak kiyaman, 
Zag‘cha ko‘zli bedovini jiyaman, 
Qirq kunchilik yerga poyga qo‘yaman. 
Kimning oti o‘zsa, shunga teyaman.
Goh­goh ranglarim gulday so‘laman,
Men ayolman, ko‘p gaplarni bilaman, 
Botir, nomdor polvonlarni jiyaman, 
Tekislik yerda uch kun kurash qilaman, 
Polvonning yelkasi yerga tegmasa, 
Kim nazari polvon bo‘lsa teyaman.
Kashal elga yana jarchi qo‘yaman, 
Qalmoq elning sari yoyin jiyaman, 
Sari yoyi bul qo‘lida sinmasa, 
Sari yoyi sinmaganga teyaman.
Hazil bilma, mard Qorajon so‘zimni,
Uch shartimni yutgan olar o‘zimni.
Barchinoyning bu so‘zni aytgani shu edi: dushmanlarni 
anjomsiz qilib, otlarini charchatib, bellarini bo‘shatib, suyak­
larini qaqshatib qo‘yaman degani edi. Ana endi Qorajon bu 
so‘zni eshitib, qobog‘i uyilib, labi qisilib, xafa bo‘lib, do‘stining 
oldiga keldi. Do‘sti Qorajonni ko‘rib: – Ha, do‘stim, nima 
bo‘ldi? – dedi. Qorajon aytdi: – So‘raman, so‘rama, gapning 


63
yirigi chiqdi. Dod, faryod bundan yomon yirigi chiqdi. Bar­
chinoyning senda ko‘ngli yo‘q ekan. Qirq kunchilik yo‘ldan 
poyga qo‘yib, oti o‘zganga tegaman, kurashda yiqilmaganga 
tegaman, sari yoyi sinmaganga tegaman, deydi. Toychi­
xonning sakson tabla bedov oti bor edi. Sen qirg‘izi yomon 
cho‘birni minib kelibsan. Voy­voy Barchin yoringdan ayril­
ding, – dedi. Ana endi Alpomish polvon: – Barakalla, Barchi­
noy qallig‘imga, – deb bir so‘z dedi:
Bu aytgan gapi hiyladi,
Barchinoy ko‘p gapni biladi. 
Qirq kunchilik yo‘lga borsang,
Yuganin bo‘yniga solsang, 
G‘am yema, do‘stim, keladi, 
Chiltan qiygan nikohini, 
O‘zim o‘lmay, kim oladi?
Do‘sting qobog‘in uymaydi,
Sirni hech dushman bilmaydi.
Azroil jonimni olmay, 
Ko‘rolchiga bizni solmay, 
Pichchi chindan do‘stlik qilmay, 
Jovrinim yerga tegmaydi.
Bul aytgan gapi hiyladir, 
Pirlar qiygan nikohini, 
O‘zim o‘lmay, kim oladi?
Qobog‘ini uydira olmas, 
Ajal to‘nin kiydira olmas. 
Sherik bo‘lib o‘qib edik,
Sari yoyni qo‘lga olsa,
Ayrilib ketar, sindirolmas, 
Bul aytgan gapi hiyladir, 
G‘am yema, do‘stim, Qorajon. 
O‘zim o‘lmay, kim oladi?


64
Qorajon: 
– Ov, ko‘tarma, o‘zing bilan do‘st bo‘lgan ekanman, – dedi.
Ana endi bu so‘z bu yerda tursin, qalmoq podshosi Toy­
chixondan eshiting.
Toychixon Alpomish kelibdi, deb eshitib, tug‘u alamla­
rini jilvaga kirgizib, bu ham qo‘rg‘ondan chiqib keldi. Bir 
dalaga kelib, qo‘sh tashlab, sap qalmoqlarni yig‘ib, maslahat 
qildi. Qalmoqlar aytdi: –Bizlarning ming gapimiz, xotinning 
bir gapi. Sovchi yuborayik, nima desa, shuni qilayik. Shunda 
Ko‘ka degan mahrami bor edi. Shu Ko‘ka mahramni sovchi 
qilib Barchinoyga yubordi. Alpomish Qorajon qalmoqni sov­
chi qilib Barchinoyga yubordi, ikki sovchi ham Barchinoy ning 
o‘tovining oldiga borib qoldi. Ana endi Qorajon Alpomish pol­
von uchun Barchinoyga qarab, bir so‘z dedi:
Bedovni yugurtar tozyona qamchi, 
Podshoning oldida bo‘lar shatranji,
Qiyomatlik singlim dedim men seni, 
Ikki yoqdan keldi ikkita sovchi.
Baland tog‘dan bedovlarni endirma,
Bemaza gap o‘zginama do‘ndirma,
Men bo‘laman o‘zbaklarning vakili,
Ko‘p ichida mening sha’nim sindirma. 
Ixtiyor o‘zingda, singlim Barchinoy.
Men Qorajonman, bir yoziqli banda, 
Ayni maloyiklar mahshar kuninda. 
Alpomishdan keldim o‘zim sovchi,
Dushmanlar ichida qilma sharmanda. 
Qiyomatlik singlim dedim o‘zingni.
Bog‘ oralab bog‘chadan gul terasan, 
Bundan ketsang O‘zbekiston borasan, 
Ixtiyor o‘zingga, singlim, Barchinoy, 
Qaysisini desang, o‘zing bilasan.


65
Ichginamni ko‘p voyimga to‘ldirma, 
Uzoq yo‘ldan bedovlarni yeldirma, 
Men bo‘laman Alpomishning sovchisi,
Dushmanlar ichida tirik o‘ldirma.
O‘lganimcha xizmatingni qilaman,
Nima desang, aytganingda bo‘laman.
O‘zbekiston elga seni obborib,
Qirq kecha, qirq kunduz to‘yingni qilib,
Alpomishga nikoh qiyib beraman. 
So‘zi o‘lgani o‘zi o‘lgani yigitning, 
Ixtiyor o‘zingda sening ham Barchinoy.
Ana endi Barchinoy o‘zi bilan o‘zi maslahat qilib: “Bular 
dushman bo‘lsa, men bularga sirimni ayta olmasam, har nima 
bo‘lsa bo‘ldi, Xudo podsho, egam o‘zi biladi, har nima bo‘lsa 
qiladi”, – deb ikki sovchiga qarab, bir so‘z dedi:
Qirq kunchilik yo‘ldan poyga qo‘yaman, 
Kimning oti o‘zsa, shunga teyaman. 
Tekislarda uch kun kurash qilaman,
Kim nazari polvon bo‘lsa teyaman, 
Kimning sari yoyi qo‘lda sinmasa, 
Uch shartimga zo‘r chiqqanga teyaman.
Ana endi buni eshitib, Toychixonning sovchisi dimog‘i 
choq, vaqti xush bo‘lib, Toychixonning oldiga yetdi. Qorajon 
xafa bo‘lib Alpomishning oldiga bordi. – Ha, Qorajon do‘stim, 
nega xafa bo‘lib kelding,– dedi.– Xafa bo‘lmay, nima qilayin. 
Ko‘pning ichida kechagi aytgan uch shartini aytdi,­ dedi. Al­
pomish aytdi: – G‘am yema, Barchinoy o‘zimizda ekan.
Toychixonning odamlari Toychixonga aytdi: – O‘zbak­
larning podshosi bir qirg‘izigina cho‘birni minib kelibdi. O‘zi 
bir besoqol bola ekan, ko‘ngli sizda ekan. Toychixon podsho 
suyunganligidan qalqon­qalqon tillalarni odamlarga bera 
berdi, qancha dimog‘i choqligidan katta­kichik amaldor­


66
larini katta qildi. Yana Toychixon aytdi: – Dushmaning xas 
bo‘lsa ham qo‘rq, degan ekan. O‘zbakning otini sinchilarga bir 
ko‘rsatmoq darkor. O‘zbak sinchi bo‘ladi, tulpor otni minadi. 
Mabodo o‘zbakning oti o‘tib, poygani olib, sharmanda bo‘lib 
qolmayik. Ana endi Toychixon Alpomishning otini ko‘rmoqchi 
bo‘lib, o‘z odamlaridan bir Cho‘ntak degan odamni yubordi. 
Cho‘ntak Alpomishga:­ Sening otingni Toychixon ko‘raman, – 
dedi. Alpomish: – Ey, esa otga bir yomon ish qiladimi, – dedi. 
Yubormayin desa, mardlik qo‘ldan ketadi. Noiloj otga qarab, 
Alpomish bir so‘z dedi:
Musofirman, sarg‘ayganda yuzim bor, 
Karashmam bor, davlatimda nozim bor. 
Yomon kunda sensan mening qanotim, 
Jonivor, Chiborim, aytar arzim bor.
Qaddingni sen tizzangdanam tushirgin, 
Toychixonning aqilini shoshirgin, 
Qorajonman sen poygaga borganda, 
Necha qirdan Qorajonni oshirgin,
So‘zimni quloqqa olgin, Boychibor.
Toychixonlar ildamliging bilmasin, 
Barchinoyni juyqonsizlar olmasin, 
O‘zbaklarga yuzim tuban bo‘lmasin, 
Salomat oldimga kel, jonivor.
Sarg‘aymasin menday mardning siyog‘i,
Ko‘p alamda uyilmasin qobog‘i, 
Piyoda odam qora yerning kindigi,
Salomat oldimga kelgin, Chiborim.
Dushman qursin aqilimni shoshirdi,
Ulug‘ dedim, avliyoga bosh urdim,
Qorajon, omonat senga topshirdim, 
Salomat oldima kelgin, Chiborim.


67
Mo‘minlarga egam qilg‘ay dalolat, 
Chekib keldim olis yo‘ldan riyozat,
Chibor otim, do‘stim, senga omonat, 
Omonatga yana qilma xiyonat, 
Oldimga kelgaysan ikking salomat, 
Bor, ikkovingni haqqa topshirdim.
Ana endi Qorajon Chiborni minib, dushmanlarga qarab 
jo‘nay berdi. “Suluvni suyib, juyrukni minib o‘lganning armoni 
bormi”,­deb Qorajonning dimog‘i choq bo‘lib, qo‘shiq aytib, 
yo‘lga tushib, ketib borayotibdi, qalmoqlarga yetib borayotibdi. 
Qorajon otning ustida bir dovdiradi. Shunday qarasa, Chibor­
ning qorni tizzasidan o‘tibdi, qulog‘i ko‘zidan shobirab tushib 
ketibdi. Qorajon aytdi: “Omonat oti qursin. O‘zimniki bo‘lsa, 
o‘lsa ham mayli edi. Do‘stimning oti kasal bo‘libdi. Endi do‘stim 
mendan gumon qiladi. “Otga do‘stim bir ish qilibdi”,– deb ko‘ngli 
qoladi”. Qorajon otning burnini og‘zi bilan mahkam ushlab qi­
sib turdi. Chibor Qorajonning nodonligini bildi. Siyib­tezakladi. 
Qorajon: “Siyib­tezaklaganiga qaraganda, kasal emas”,– dedi. 
Qalmoqlarning sinchisiga ko‘rsatdi. Xolmamat degan sinchisi 
aytdi: – Ho‘kiz qorinli ot, poygadan sira kelmaydi. Toychixon 
xushvaqt bo‘ldi. Oymamat sinchisi aytdi: – Juda boylangan, o‘rta 
poygadan keladi ekan. To‘liboy sinchisi aytdi: – Ildam otning 
qanoti qo‘yning ko‘ziday bo‘ladi, buniki molning ko‘ziday ekan. 
Dod, deb Toychixon podshoga qarab, bir so‘z dedi:
Ko‘rmaysanmi jonivorning tanggini, 
Merganlar ovlaydi ko‘lning anggini,
Qirq kunchilik yo‘lga poyga qo‘yganda, 
Ola oting ko‘rolmaydi changini.
Shuning bilan o‘zbak shunqor ekandi, 
Cho‘bir emas, toza tulpor ekandi. 
Sadag‘ etsang sag‘risidan kazlaydi,
Dushmanlarning yurak­bag‘rin tuzlaydi.
Ko‘rmaysanmi jayrag‘irning tanggini, 
Halittan tog‘larning boshin ko‘zlaydi.


68
Voy attang, jonini sotdi desang­chi, 
Jayrag‘ir poygadan o‘tdi desang­chi, 
Xaloyiq Qo‘ng‘irotga ketdi desang­chi, 
Shuning bilan o‘zbak shunqor ekandi,
Jobi emas, asl tulpor ekandi.
Ko‘rmaysanmi sherga o‘xshag‘an ko‘zini,
Yo‘lbarsdayin qobog‘ining o‘zini, 
O‘zbak oldi Boysarining qizini, 
Qalmoqlarning sha’ni sindi desang­chi,
Barchinoyni shu o‘zbak oldi desang­chi,
Ko‘rmaysanmi Boychiborning tanggini, 
Barchinni shu o‘zbak oldi desang­chi.
Unda Toychixon: – Emasa, qanday qilamiz? – dedi. Toy­
chixonning avvalgi ikki sinchisi:­ Bizlar yomon desak, sen 
yaxshi deysan,– deb so‘kishib, urishib, ko‘p taloto‘pni solishib, 
vag‘irlashib qoldi. Shunda avvalgi sinchilar: – Uch kunlik 
yo‘ldan yolg‘onaki poyga qo‘yamiz. O‘tib kelsa, To‘liboyning 
sinchiligiga qoyil bo‘lamiz, keyin qolsa, ko‘zini o‘yib olamiz,– 
dedi. Shunda Toychixon shodiyoda urib, karnay­surnay tort­
di. Mirzolar otlarni xatlamoqqa po‘lat qalamlarni qo‘lga oldi. 
O‘n olti ming o‘n sakkiz otni xatga solib, patta berdi.
Ana endi yolg‘on poygaga qarab, hammasi jo‘nab keta ber­
di. Yolg‘on poyganing boshiga yetdi. Unda otlarning boshini 
barobar qilib, fotiha qilib, birdan jo‘nab ketdi. Qalmoqlarning 
oti o‘tdi. Qorajon orqada qoldi. Qamchi bersa, oyog‘ini Boy­
chibor osmonga otadi, tebranay desa, tumshug‘i yerga tegadi. 
Qorajonning moyagi egarga qisilib, qopqora bo‘lib ketdi. Qal­
moqlarning oti poygaga yetdi, chiziqdan­chortoqdan o‘tdi. 
Musulmonlar dimoqsiz bo‘ldi, qalmoqlar dimog‘i choq bo‘ldi. 
Voy, attang, esiz, To‘liboyning ko‘zi o‘yildi. So‘nggi pushaymon 
­ ketga dushman. To‘liboyning ko‘zini o‘yib olgandan so‘ng pu­
shaymon bo‘ldi. Har nima bo‘lsa, bo‘lgan ish bo‘ldi. Qalmoq­
larning dimog‘i choq bo‘lib qoddi. Endi so‘zni o‘zbaklarning 
tarafi Qorajondan eshiting. Qorajon qalmoqlarning oti dam 
olib bo‘lib, yem bergan vaqtda shu yerga yetdi. Qalmoqlar 


69
kalaka qilib, kulib, Qorajonga qarab, chapak chaldi. Bundan 
Qorajon xafa bo‘lib, Alpomish polvonning oldiga keldi. Kal­
lasini choponga o‘rab, Alpomishga qaramasdan xafa bo‘lib, 
dustuman tushib yotdi. Buni yotmoqda qo‘ying, endi Barchi­
noydan eshiting.
Barchinoy otasiga qirq kanizini yubordi: – Bobomning 
o‘g‘li bilmaslikdan bir yomon cho‘birni minib kelibdi. Otam 
o‘z otidan ildam qanotli sari otini bobomning o‘g‘liga bersin, 
– dedi. Boysari kanizlarga qarab aytdi: – Boybo‘rining o‘g‘li 
bo‘lsa, Boysarining kuyovi bo‘lib, qalmoq dushman yurtiga 
bir yomon otni minib kelgan bo‘lsa, unga sari otimni bermay­
man. Ayol mushtipar hech nima demay, kuchi ko‘ziga yetdi. 
Otasiga hech nima deya olmay yig‘lay berdi. Bularni shu 
maqol so‘zda qo‘ying, Qorajondan so‘z eshiting.
Qorajon poygadan kelib, indamasdan yotib qoldi. Oqshom 
bo‘ldi. Erta bilan tong otdi. Ana endi chin poyga, deb podsho 
chaqirta berdi. Otlarning oldi ot boshi Qora toqqa ketdi. Al­
pomish Qorajonga: – Poygaga bor,– dedi. Qorajon non ham ye­
gan yo‘q, namoz ham o‘qigan yo‘q edi. Unda Qorajon do‘stiga 
qarab, bir so‘z aytayotibdi:
Senday xumsa Qorajonman do‘st ekan, 
Dam tortganda baland tog‘lar past ekan,
Chiborday bu jayrag‘ir otingni 
Chibor emas, bu sabiling pes ekan.
Qamchi solsam, ikki oyog‘in otadi,
Tepinsam, tumshug‘i yerga yetadi, 
Buni minsam, kunim qaytib o‘tadi, 
Chovkar emas, bu sag‘anang pes ekan.
Enam qoldi uyginamda soch yoyib, 
Qulo cho‘lda oh tortaman mung‘ayib. 
Qamchi solsam pingkillaydi sag‘anang, 
Inakim qayrilib bo‘p ketdi mayib.


70
Bu talashdan ayirar, Toychixon ko‘p yomon, 
Xudoyo, bo‘lgaymiz dunyoda omon. 
Qorini tizzasidan o‘tadi, 
Ikki qulog‘i ko‘zidan oshib ketadi, 
Yo bilmayman o‘zimni yiqitadi, 
Chovkar emas, bu sag‘anang pes ekan, 
Meni desang, o‘zing borgin, jo‘rajon.
Alpomish irg‘ib joyidan turdi. Qorajonga qarab, bir so‘z 
aytayotibdi:
Nima qilay, bir Xudoning hurmati, 
Umar otli shayx nishonning hurmati.
O‘zbak begi Boybo‘rining hurmati, 
Pes demagin nazarkarda Chiborni.
Ko‘rmaysanmi shol ipakday yoli bor,
Badanida oyga o‘xshash xoli bor,
Yomon kunda jonivorning xoli bor, 
Pes demagin sharofatli Chiborni.
Xafa bo‘lma, sen vaqtingni xushlagin, 
Tizginidan mahkam qilib ushlagin, 
Chini bilan sen poygaga borganda, 
Jilovini bo‘yiniga tashlagin, 
Unday dema sharofatli Chiborni.
Ushbu damni, mard Qorajon, dam dema. 
Ola otdan Boychiborni kam dema, 
Inshoolloh, Chiboring kelar poygadan, 
Mard Qorajon, uning uchun g‘am yema.
Inshoolloh, kelasan qalmoq eliga, 
Quloq solgin menday mardning tiliga. 
Yig‘lama, Chiborim kelar poygadan,
Uning uchun, mard Qorajon, g‘am yema.


71
Unda Qorajon qalmoq irg‘ib joyidan turdi: – Qolsa, sening 
oting qoladi­da, mendan hov bilan vov ketami? – dedi. Lekin 
ikkovi ham o‘r odam, bir­biridan zo‘r odam. Qorajon Boy­
chiborning ikki uzangisidan ushladi, orqasiga ko‘tarib tashladi, 
qirdan oshib, yiqitib, to‘qson olti mushtladi. O‘ldirganday qilib 
Chiborning u yer, bu yeridan tishladi. Ana endi Qorajon aytdi: 
“Sassiq deb burnimni kesmayman. Har nimsa bo‘lsa, otning 
yurganicha minib boraman. Men ham poyganing boshida tura­
man. Poyga qo‘yganda otim o‘ta olmasa, o‘zim piyoda otni tash­
lab o‘taman. Endi yaxshi bo‘lsa ham yaxshi, yomon bo‘lsa ham 
yaxshi. Har nima bo‘lsa, o‘zbaklarning qizini olib, o‘zbaklarning 
yuzini tuban qilmayman. Zo‘rliq bilan, zumlik bilan Barchi­
noyni Alpomishga olib beraman. Nima qilay, bir Xudoning 
hurmati”. Shuytib, o‘rnidan turib, Boychiborni minib, xafag‘ay 
bo‘lib, poyga bo‘ladigan joyga qarab jo‘nay berdi. Shunda Qora­
jon achchiqlanib, Boychiborga besh­olti qamchi tortdi. Unda 
Boychibor bir damda olib uchdi, birdan to‘qqiz qirdan oshib 
tushdi. “Hay, attang, bu tulpor ekan, men bilmagan ekanman. 
Buning joniga jabr qilibman”,– deb ketib borayotibdi. Shunday 
Barchinoy japsarni ochib qarasa, Qorajon Boychiborni minib 
ketib borayotibdi. Unda Barchin: “Hay attang, asli dushman el 
bo‘lmas, etakni kessang yeng bo‘lmas, bul Qorajon dushman­
likni qo‘ymas. Bu ishni bobomning o‘g‘li bekor qilibdi. O‘zi bor­
ganda yaxshi bo‘lar edi”,– deb ko‘p xafa bo‘ldi. “Har nima bo‘lsa, 
bo‘ldi”, – deb Qorajonga qarab, bir nasihat berib, dushmanlar­
ning ichida hushyor bo‘l,– deb bir so‘z dedi:
Dobil qirqqan egaringning qoshini,
Ayil qirqqan Boychiborning to‘shini,
Aka, mening sizga aytar arzim bor, 
Saqlang endi bir faslga boshini.
O‘tib kelgin qalmoqlarning yurtiga, 
Quloq solgin menday singling dodiga, 
Aralashib sen poygaga borganda, 
Xom, deb qaramagin otning betiga.


72
Voy, akajon, shirin jonni sotmagin, 
Barchinoyni ko‘nglingdan unutmagin, 
Qalmoqlaring senga pora bersa, 
Akajon, Chiborning boshin tortmagin.
May ichganday yuragimni moyirma,
Uchqur edim, qanotimdan qayirma, 
Gap berib aynitsa sening o‘zingni, 
O‘z tengimdan, aka, meni ayirma.
Quloq solgin gapning yolg‘on­rostiga,
Zehn qo‘ygin so‘zimning payvastiga. 
Men singilman, sen akasan, Qorajon, 
Ma’lum bo‘lsin Qanglitovning ostiga.
Kelganingcha yuraklarim bo‘lar qon, 
Xudoyim qilgaydi sizlarni omon.
Musulmonni Toychi qalmoq olmasin, 
Ul­ul kuncha yana tongga qolmasin, 
Salomat poygadan kelgin, akajon.
Quloq soldi singlisining dodiga, 
Sherik bo‘lib yuragining dardiga,
Bilqillashgan o‘zbaklarning suluvi, 
Omin, deb fotiha tortdi betiga.
Ana endi Qorajon bu so‘zni eshitib, qirq kun yo‘l yurib, 
ot boshi Ola toqqa – poyga qo‘yayotgan yerga yetdi. Qalmoq­
larning kattalari, oqsoqollari, biylari, o‘n boshi, yuz boshi, 
ming boshi og‘alari yig‘ilishib keldi. – Ey, Qorajon, seni Toy­
chixonning tuzi tutsin. Shuncha o‘zbaklardan Alpomish otini 
minib kelmadi, sen minib kelding, Toychixon podshoni andi­
sha qilmading. Haqing bor, haqing bor sening,– dedi. Qamchi­
siga tuf deyayotgani ham bor. Shu ko‘rgilikda g‘ovg‘a, taloto‘p, 
to‘palang bo‘lib, shul oqshom o‘tdi. Erta bilan tong otdi. Ot­
larning boshini barobar qilib boshidan sim tortdi. Shuning 


73
ichida Beknazar karvon degan bir sinchisi bor ekan. Shun­
day qarasa, Boychibor uyoq­buyoqqa qarayotibdi. Izuv bosib, 
cho‘nqayib turayotibdi, suvliqni tishlabdi, dumini sag‘risiga 
gajak qilib tashlabdi. Beknazar sinchi o‘zining odamlariga qa­
rab, bir so‘z aytdi:
Odamlikdan chiqdi uning o‘zi, 
Tuhmat bilan sarg‘ayib qoldi yuzi, 
Ildam ekan Alpomishning Chibori 
Hay, attang, o‘yildi To‘liboy ko‘zi.
Qorajonning borib vaqtin xushlanglar,
Jo‘natmayin jilovidan ushlanglar,
Oyoq­qo‘lin juft qilib boylab tashlanglar,
Armon bilan o‘yildi To‘liboy ko‘zi.
Yig‘laganning yoqasi ho‘l yoshiga, 
Quzg‘un qo‘nsin Qorajonning loshiga,
Qorajonning otin darrov ushlanglar.
Zo‘r qalmoqlar chopib keldi qoshiga, 
Og‘ayini, qarindoshi bo‘lmasa, 
Yakkaligi asar qildi boshiga.
Qorajonning oqar suvin loyladi, 
Omonatli tanda jonin qiynadi, 
Otining ustidan otib tashladi, 
Bebaxtning oyoq­qo‘lin changallatib boyladi.
Oh tortganda yuragidan cher keldi,
Ko‘p chopilsa, Chibor otdan ter keldi,
Qorajon ingranib cho‘lda yig‘laydi,
Qorajonning bir boshiga zo‘r keldi.
Yoqasi ho‘l Qorajonning yoshiga, 
Quzg‘un qo‘nar bo‘ldi cho‘lda loshiga, 


74
Qorajon xo‘rsinib cho‘lda yig‘ladi, 
Yakkaligi asar qildi boshiga.
O‘tirishib, g‘o‘ldirashib so‘yladi, 
Qorajonning shirin jonin qiynadi, 
Qorajonni darrov o‘ldiringlar deb, 
Boychiborning to‘rt oyog‘in boyladi.
Sassiqdan saksovul qoziqni qoqdi, 
Uning ustidan yana gul mixni qoqdi, 
O‘ldir­o‘ldir deyishib chuvlashib, 
Gala qalmoq Kashal elga yo‘l tortdi. 
To‘zan chiqib otlarning tuyog‘idan, 
Bo‘rqillab chang kunning yuzini tutdi.
Yura bilmay yona maydan tayrildi, 
Attang otning qanotlari qayrildi, 
Yakka kishnab qoldi cho‘lda Boychibor, 
Hay attang­a, suruvidan ayrildi.
Qulundagi dovushiga kishnaydi, 
Qora yerni qartillatib tishlaydi. 
O‘z taniga otlardan ayrilib qolib,
Qulo cho‘lda jonvor bo‘zlab kishnaydi.
Goh tizzalab, goh cho‘kkalab turadi, 
Boychibor cho‘llarda chinqiradi, 
Boychiborning kishnagan tovushiga, 
Ola tog‘ bulkillab larzon beradi.
Yuzcha botmon yerlar kurpak bo‘b ketdi, 
Chiborning nolishi Xudoga yetdi, 
Cho‘ldan kelib Xizr Ilyos bobosi 
Tilidan Chiborning muhrini oldi.
Dod deb Boychibor shovqinni soldi.


75
– Voy, analman Mansurga dormisan, 
Mard Qorajon, yurakkinang chermisan,
Qanikay Barchinning nasihatlari, 
Avval, Qorajon, kelib mingin belima, 
Mard Qorajon, shu yerlarda bormisan.
– Boychiborim, oqar suvim loylovli,
Omonatli tanda jonim qiynovli, 
Kuygan jonim kuydirmagin, jonivor, 
Mening ham sendayin qo‘lim boylovli.
Jazzam qursin, qattiq ekan toleim, 
Tog‘dan og‘ir ekan qilgan gunoyim, 
Barchinoy singilim termilib qoldi,
Qorajonni obro‘li qil, olloyim.
Qalmoq elga saltanatli to‘raman, 
To‘ra bo‘b to‘ralik davrin suraman, 
Barchinoy jigarim oldima chiqsa, 
Chirog‘imga ne deb javob beraman.
Qorajonni oq yuzli qil, olloyim. 
Barchinoyga ikki betim qoraman. 
Omonating olgin endi Xudoyim, 
Polvon bachcha do‘stim oldima chiqsa, 
Hay darig‘o, ikki yuzim qoraman.
Omonating endi olgin Xudoyim, 
O‘zbekiston mamlakatdan kelgandi, 
Men ularga ne deb javob beraman, 
Oq so‘zli, obro‘li qilgin, Xudoyim.
Mard Qorajon qulo cho‘lda o‘lmasin, 
Ajal tig‘i yurak­bag‘rim tilmasin, 
O‘zbaklarning yuzi tuban bo‘lmasin,
Yigitman, pardamni yirtma Xudoyim.


76
Kishnaydi bekbachchaning Chibori,
Zimiston ayrilmas tog‘larning qori, 
Cho‘lda qoldim ikki qo‘lim boylanib,
Qo‘llagin, do‘stimning bor bo‘lsang piri.
Qorajonning yurak­bag‘ri ezildi 
G‘azoda bedovning dumi cho‘zildi, 
Pirlar kelib Qorajonga yor bo‘ldi, 
Oyoq­qo‘ldan ipak arqon uzildi.
Mard Qorajon ikki ko‘zin yoshladi, 
Shukur qilib yangi ko‘nglin xushladi.
Chopib borib Boychiborning oldiga, 
Oyog‘idan arqonni yulib tashladi.
Kengash chiqar elning katta boyidan, 
Chopilsa arg‘umoq qaytmas go‘yidan
Oyoqqa qoziq qoqilgan Chibordir, 
Guldirab jonivor turdi joyidan.
Boylangandi Ola tog‘ning yo‘liga 
Irg‘ib mindi Boychiborning beliga. 
Uch kundan kay Alpomishning jo‘rasi,
Jo‘nab ketdi Toychixonning eliga.
Boychibor odamday ko‘zin yoshladi, 
Qorajon chuv dedi, vaqtin xushladi,
Tuyog‘ini bosolmaydi Boychibor, 
Chachasiman jonvor buklab tashladi.
Yuragimda ko‘pdir qayg‘uman voyim, 
Qora ekan, taqdir qursin, manglayim. 
O‘zbeklarning yuzini to‘ban qilma, 
Yigitman, obro‘li qilgin, olloyim.
Goh­goh Chibor qobog‘ini uyadi, 
Yoli bilan dumginasin yoyadi, 


77
Tuyog‘ini bosolmaydi amallab, 
Gana yerda qorni yerga teyadi.
Qiz xalqining o‘n sakkizda ravishi,
Toshga tegsa chingg‘irlaydi tovushi.
Qorajon shunday tiklab qarasa,
Qur hayt, dedi, parizodning tovushi.
Achchiqlanib achchiq qamchini chotdi, 
Olib kelib Samarqand hukumati, 
Muhammadqul shoir so‘zlarni aytdi,
Muhammad Isa bitib o‘xshatdi xatdi. 
Namozigar, namozigar bo‘lganda, 
Poyganing ortidan quvalab yetdi.
Har junidan Boychiborning ter ketdi. 
Aralashib dushmanlarning ichiga.
O‘tgan otni Qorajon sanab o‘tdi, 
Erta bilan, erta bilan bo‘lganda,
O‘n olti ming otdan ilgari o‘tdi.
May ichganday yuraklari mayrilgan,
Boychiborning tizzalari siyrilgan, 
Shundayin oldiga tiklab qarasa,
O‘n yetti ot ilgaridan ayrilgan.
Xumsaga tushmasin bir mardning ori,
Xudoyo, ketgayda yurakning cheri, 
Shundayin Qorajon tiklab qarasa,
O‘n yettisi Toychixonning tulpori.
Boychiborning yurak­bag‘ri ezildi, 
Yol­quyrug‘i tip­tikka bo‘b cho‘zildi, 
Bir oyoqqa tushgan ekan tizgini, 
Yangigina tizgin oyoqdan uzildi.


78
Chiborning qaytadan keldi g‘ayrati,
Qorajonning ko‘zlaridan yosh ketdi,
Telpaklarin solib olib qo‘yniga, 
Saltanatli sari ot ketidan yetdi.
Payidan bir tishlab o‘tdi oqsoqdi, 
Shundayin oldinga tiklab qarasa,
Borayotir to‘rg‘ay ko‘zli to‘r oti. 
Dumidan bir tishlab, dumin sindirib,
Undan ham o‘tdi­da ketdi.
Yoqasi ho‘l yig‘laganning yoshiga, 
Bedovlar chopildi qalmoq dashiga,
Ikki bedov ilgarida ko‘rindi,
Qorajon birisin yetdi qoshiga.
Qorajon qarasa, Toychixonning bir mahrami ekan. Haligi 
Qorajonni qoldi, deb kulib kelayotib edi. Mahram orqasiga 
qarasa, Qorajon kelayotir. Qorajonga qarab, Toychixonning 
mahrami bir so‘z dedi:
Shuncha otlar bosib qopti izingdi, 
O‘ldi dedim, tiri ko‘rdim o‘zingdi. 
O‘sha o‘zbak sening nimang bo‘ladi, 
Toychixonning tuzi tutsin ko‘zingdi.
Toychixonning hukumati, zo‘ri bor,
O‘tib borsang, sen Qorajon, poygadan,
Registonda odam so‘yar dori bor,
Shul o‘zbak, Qorajon, nimang bo‘ladi?
Toychixonning tuzi ko‘zingni tutar.
Qizlarni ko‘rganda ko‘ngling o‘silar,
Falokat bosibdi, yo‘ling to‘silar, 
Meni desang, to‘xtat o‘zing otdi.
O‘tib borsang, tandan boshing kesilar.


79
Qamchi bosmay, bedov otlar zirlamas, 
Mosha bosmay, miltiq o‘qi zorlamas, 
Lot Xudoyga yo bo‘ldingmi sharmanda, 
Yaxshi odam suyagini xo‘rlamas.
Har birovga torttarar sening go‘shingni, 
Qilib qo‘yayin sening borishingni.
O‘sha o‘zbak sening nimang bo‘ladi. 
Vaqtli saqla otingning boshini, 
Toychixon podsho kesib olar boshingni.
Unda Qorajon Toychixonni andisha qilib, o‘ylab, bir so‘z dedi:
Bu gapingga yuraklarim ezildi, 
Yoli­dumi yomon ekan, so‘zildi,
Qaytay lov­lov ekan o‘zbakning oti,
Torta­torta jilov qo‘ldan uzildi.
Bo yaqin qoldi Kashalning yurti,
Yolg‘izlikdan qo‘pdir yurakning dardi.
Hech bir o‘zbak tevarakda bo‘lmasa, 
Bir Xudoyim judolikni solmasa, 
Olib bergin, mahram bachcha, tizginni,
Torta­torta yugan qo‘ldan uzildi.
Qorajon to‘rt­besh qamchini chotdi,
Mahramga yaqinlab g‘ayrat qib yetdi, 
Mahram bachcha bilagini uzatdi.
Tomosha aylang Qorajonning ishiga, 
Bedovlar chopishdi cho‘lning dashiga, 
Qo‘ltig‘ima ko‘mib olay seni deb,
Qamchi qo‘ydi shu mahramning boshiga.
Yorug‘ dunyo buldiraydi ko‘ziga,
Barakalla, Qorajonning o‘ziga, 


80
Chakillab qon tos to‘badan to‘kildi, 
Lola gulday qon yog‘ildi yuziga.
G‘ayrat qilib chopib do‘stning otini, 
Mardning haqqi hech dushmanda qolmaydi,
Olib ketdi kattasidan lotini.
Anda mahram ushlachi, ushla, deb qola berdi.
Egam rahm qilgay mo‘min quliga,
Kalmasi bor musulmonning tiliga, 
Dushmanlarni bo‘yab qizil qoniga, 
Qamchi urdi Boychibor badaniga.
Gardi bor deb kiymovchi edi banotni, 
Talqi bor deb yemovchi edi novvotni, 
Suyunib Qorajon yaratgan haqqa,
Oldidagi Toychixonning kattasi, 
Ola otni bir tishlab keyniga otdi, 
Shu yerda cho‘kkalab bo‘zarib yotdi.
Lodonlarni qaytaring rayidan, 
So‘z chiqadi shoirlarning go‘yidan.
Bejoy ildam Toychixonning ola oti, 
Guddiradi, kishnab turdi joyidan.
Qorajon yig‘ladi haqqa zor­u zor, 
Yolg‘izlikdan bo‘ldi gapga giriftor. 
Bir­birovin o‘tkargani qo‘ymaydi, 
Ikkovining boshi bo‘pti barobar.
Ikki hayvon yo‘lning tanobin tortdi,
Tuyog‘idan dirak­dirak qon ketdi. 
Tuyog‘idan chiqqan otning to‘zangi,
Burqillab oylarning betini tutdi.
Goh unisi, goh bunisi tishlaydi, 


81
Gana yerda tizarlashib chopishib,
Bir­birisin kallasiga mushtlaydi, 
Poygadan ayrilmay ikki hayvonlar,
O‘mganini qartillatib tishlaydi, 
Otingning jilovini nari tortgin, deb, 
Chiq­chiqa hingqillatib mushtlaydi.
Otga yo‘l bermaydi tog‘ning o‘rasi, 
Har kimning kuni bor besh kun ko‘rasi, 
To‘zang bilan bilmay kelayotir, 
Yaqin qopti Kashal elning orasi.
Qorajoning suyaklari shovshadi, 
Hay attang, deb bandi­buvni bo‘shadi, 
Shundayin Qorajon tiklab qarasa,
Sap qalmoqlar ola ot keldi, deyshadi.
Chiborning tizzadan darmoni ketdi, 
Qoziqning girdidan ko‘p qonlar oqdi, 
Bag‘ri butun Toychixonning tulpori, 
Odamlarning shovqinini olishib,
Jayrag‘ir bir mo‘yin ilgari o‘tdi.
El titraydi odamlarning dovshiga,
Shuncha ham chopiddi cho‘lning dashiga, 
Toychi qolmoq Ola ot keldi, degan so‘ng, 
Alpomishning toqatlari qolmayin. 
Chopib chiqdi Murod tepa boshiga.
Unda Alpomish qarasa, Ola ot ilgari, Boychibor orqada 
tumshug‘ini yerga tirab kelayotibdi. Alpomishning polvonlik 
g‘ayrati kelib, nomus bilan ori kelib, kuyovligi esidan chiqib 
ketdi. Lekin qalmoqlar: “Keyinidagi g‘oz sag‘rili sari otning 
oldiga tushib kelayotgan Ola otimiz”, – deyishib, chuvillashib, 
hangamalashib, karnay­surnay, sibiziq, nog‘oralarni urib: 
“Hadding bo‘lsin, o‘zbak, bizlar bilan barobar bo‘lgani”,– deb 


82
bir­birovlari bilan so‘zlashib, dimog‘i choq bo‘lib kulishib, 
o‘ynashib, turibdi tikilishib. Unda Alpomish Boychiborning 
orqada qolganini bilib, bir Xudoga yolborib, munojot qilib, 
bir so‘z dedi:
Yig‘lamay naylayin, gul rangim so‘ldi,
Dushmanlarim baland bo‘lib, o‘r bo‘ldi. 
Toychixonning Ola otidan kammiding, 
Qurhayt­ha, Boychibor, senga ne bo‘ldi?
Egangning oddida nechov navkardi, 
Beklar oydin ko‘lga chuyar shunqordi,
G‘ayridinning Ola otidan kammiding, 
Nazarkarda chiborliging bekordir.
Niyat bilan egang seni yelgandi, 
Musulmonning rangi gulday so‘lgandi, 
Biror pasil keyin kelsang, jonivor,
Nazarkarda tulporliging yolg‘ondi(r).
Seni minib keldim o‘zbak elimdan,
Men piyoda, nima ish kelar qo‘limdan, 
Ayirma, jonivor, Barchin gulimdan, 
Birar pasil keyin kelsang, jonivor, 
Hay, attang, yigitlik ketar qo‘limdan,
Qur hayt, ha, Boychibor, senga ne bo‘ldi?
Bir ziyoda nechovlarning koyishi, 
Haqqa yetgay mo‘min qulning nolishi, 
Boychibor shunday ilariyib qarasa, 
Qur hayt deydi, egasining dovushi.
Tumshug‘i ho‘l Boychiborning yoshiga, 
Tomosha aylang ildam otning ishiga,
Haqlabdi egasining bergan yemini,
Besh mo‘yin o‘tdi Ola otning qoshiga.


83
Ana endi Alpomish qarasa, Boychibor ola otdan ilgari 
o‘tdi. Shunda Alpomish bo‘ynini uzatib, Toychixonga qarab, 
bir so‘z dedi:
Qo‘ltiqdan parqinni sochib, 
Dushmanning kafanin bichib, 
Karrakdayin og‘zin ochib, 
Qanot boylab ko‘kka uchib, 
Nazarkarda Chibor keladi.
Gohi esnab, dumini so‘zib,
Toychixonning ko‘nglini buzib, 
O‘n olti ming otdan o‘zib, 
Nazari Chibor keladi.
Oltin egar, baxmal ayil, 
Qizlar qilar boqqa sayil,
Toychi qalmoq, bo‘lgin qoyil, 
Nazari otim keladi.
Xudo qo‘shgan Barchin oyim, 
Yurakdan ketdi g‘uborim,
Poygadan o‘tdi Chiborim, 
Xonazod otim keladi.
Ana endi Alpomishning tovushini eshitib, Barchinoy ham 
dalaga tomoshaga chiqdi. Shoirning sozi, Boysarining qizi 
jo‘nay berdi:
Qo‘lda tilla sozi bilan,
Yuz karashma nozi bilan, 
Satta jodu ko‘zi bilan, 
Barchinoy chiqdi tomoshaga.
Tishi oppoq durday bo‘lib,
Badanlari qorday bo‘lib, 


84
Jannatdagi hurday bo‘lib, 
Barchin chiqdi tomoshaga.
Ikki qoshi yoyday bo‘lib, 
O‘n besh kunlik oyday bo‘lib, 
To‘qli sotgan boyday bo‘lib, 
Barchin chiqdi tomoshaga.
Ro‘molini pirillatib, 
Qo‘sh anorni dirillatib, 
Sochbovini sildanglatib, 
Sirg‘alarni jildiratib.
Munchog‘ini shildiratib, 
Barchinoy chiqdi tomoshaga.
Oyimlar kelar orsildab, 
Tobonlari yerga dursildab, 
Og‘zidagi mashati saqich, 
Har chaynaganda qarsildab.
Badanida mushki sasib, 
Ko‘rganning ko‘kayin kesib,
Asta­asta, bir­bir bosib,
Irg‘alib qizlar jo‘nadi.
Balxi ro‘moli boshiga, 
Munchoq dirillab to‘shiga,
Tomoshaga Barchin oyim 
Chiqdi qirning yonboshiga.
Unda Chibor chortoqda chiziqdan aylandi. To‘rt oyog‘ini 
osmonga ko‘tarib yotdi. Musulmonlar xushvaqt bo‘lib, bular 
xushvaqtlik nog‘orasini urib, yerlar simobday titrab qoldi. 
Ko‘rgan odamlar aqlini yo‘qotib, do‘stlar shod bo‘lib, dush­


85
manlar noshod bo‘lib, obro‘ni o‘zbeklar oldi. Qalmoqlar qo­
chib ketib borayotibdi.
Goh bunday, goh unday degan ekan. Ana endi shun­
da Alpomish otiga qarab chopib ketdi. “Nimaga mening 
otim yotadi. Buning yuragini tilgan, yo bir balo bo‘lgan 
ekan, yo oyog‘ini kesgan ekan”, – deb Qorajonga qarab, bir
so‘z dedi:
Buralib egnima qo‘lni solganing, 
Yolg‘on ekan mening bilan do‘st bo‘lganing. 
Yori o‘lsa ne oyimlar tulmidi, 
Shularga yarashgan dona xolmidi, 
Xudoni o‘rtaga solib do‘st bo‘lding,
Sening bilan ahdu poymon shulmidi?
Quloq solgin so‘zning yolg‘on rostiga,
Zehn qo‘ygin so‘zimning payvastiga, 
Do‘st deganing bir Xudoning otida, 
Sharmanda bo‘larsan to‘dang ostiga.
Bunda kelib tilginangman so‘ylagin,
Koyish bo‘ddi ko‘kayingda o‘ylagin, 
Mo‘minlarga bu dunyo deganing bekordi, 
Mo‘min bo‘lsang qiyomatni o‘ylagin.
Sening bilan ahdu paymon shulmidi?
Turg‘ay tinjirlab, tonglar otarmi, 
Surinmay qul murodiga yetarmi,
Shuncha ham cho‘llarda chopib bedovni, 
Do‘sti bilan bir gaplashmay ketarmi?
Unda Qorajon taraflardan ko‘rgan zulmlarni Alpomish­
ga bayon berib, zor­zor, chun abri navbahor yig‘lab, ilonday 
to‘lg‘anib, bulbulday navo qilib, ko‘zidan yoshi suzilib, yurak­
bag‘ri ezilib, bir so‘z dedi:


86
Oldingdan, jo‘rajon, men o‘zim ketdim, 
Qirq kunda Olatog‘iga yetdim. 
Zolim qursin, ko‘p bemaza so‘zladi, 
Ko‘plik qilib yurak­bag‘rim tuzladi, 
Iloho, yakkalik qursin, jon do‘stim.
Guldirlashib jo‘yqonsizlar so‘yladi, 
Qamchi urib jonginamni qiynadi, 
Chibor bilan o‘zginamni boyladi. 
Olib borib bir chuqurga tayladi.
Suyagima olar jondi qaytayin.
Yoqalarim ho‘l bo‘p qoldi yoshima, 
Qarg‘a qo‘nar bo‘ldi mening loshima. 
Hisobsiz qamchilar urdi boshima, 
Badanimni qamchi tildi, naylayin, 
Iloho, yolg‘izlik qursin, jon do‘stim.
Ko‘kayimni kesib, qaddimni bukdi,
Qorajon yig‘laydi, yoshini to‘kdi, 
Chibor oyog‘iga qoziqlar qoqdi, 
Yuragimda kulfat qoldi, qaytayin.
Yig‘lay­yig‘lay yurak­bag‘rim ezildi, 
Ey, jo‘rajon, narkislarim suzildi. 
Ixlos qib yig‘ladim sening piringga, 
Piring keldi, arqonlarim uzildi.
Chopib bordim Chiboringning oldiga, 
Quloq solgin yuragimning dardiga, 
Qozig‘iga qaramayin, jo‘rajon, 
Arqon­tushovini uzib oyoqdan 
Irg‘ib mindim Boychiborning beliga. 
Yo‘lbarslarday ingranib qoddim, qaytayin.


87
Pichagina ketkazganman dardimni,
Cho‘llarda chopganman Chibor otimni,
Kattasidan olib keldim lotimni, 
Alhamdullo, ko‘rdim Kashal yurtimni,
Yakkalik bag‘rimni yirtdi, qaytayin.
Bog‘ oralab toza guldan teraman, 
Betginangni endi qaytib ko‘raman.
O‘zing qilgansan deb do‘stim aytar deb. 
Shuytib qalmoqlarga, do‘stim, boraman.
Unda Alpomish: – O‘tmaganda edi, o‘pkam sendan bo‘lar 
edi. Chiziqdan o‘tdi, mening ko‘nglim topildi. O‘lsa ham mayli, 
– deb Qorajon ikkovi shuncha gulmixni olmoqchi bo‘ldi. Olol­
madi. Ana endi Barchinoydan eshiting.
Barchinoy vaqtini xushlab, ro‘molining uchini tishlab, bir 
betni qochib, bir betni ochib, har ko‘zi qambar yuvduziday 
yarqillab, bir so‘z dedi:
Davlat turmas takabburning boshiga,
Boychibor chopildi qalmoq dashiga, 
Bobomning o‘g‘li, qirdan oshsin Qorajon, 
Boray desam uyalaman qoshiga.
Har na desam Boychiborman bo‘layin,
Tirnog‘imman badanini silayin. 
Bobomning o‘g‘li, qirdan oshsin akajon, 
Gulmixini men sug‘irib olayin.
Quloq soling menday oyim tiliga, 
O‘rdak qo‘nar Qirg‘ovulning ko‘liga, 
Nasihat qiling bobomizning uliga.
Unda Qorajon Alpomishning qo‘lini ushlab, shamiyona 
qo‘rg‘on chotiriga olib ketib qoldi. Barchinoy Boychibor ning 
oldiga borib, ro‘molining uchini gulmixga qo‘yib, tuyoqqa 


88
yozib tashlab, tishlab­tishlab olib tashladi. Ikki qo‘chqorni 
so‘yib, kart quyruqning o‘rtasidan kesib, to‘rt bo‘lib, to‘rt 
tuyog‘iga boylab tashladi. Chiborning oyog‘ining yarasi tu­
zuk bo‘ldi. Endi “ Har kim maydonda kurashsa, Alpomishni 
yiqitsa, Barchinni oladi”, – deb Qalmoqning yurtiga jarchi 
qo‘yaberdi. Qalmoqlar buni eshitib, yig‘ilishib kela berdi.
Urush kuni kelar edi qahari, 
Obod bo‘lgan shu vaqtda shahari,
Har egniga ketar chorak bahori, 
Shundayin bir polvon kirdi o‘rtaga.
Bor edi qalmoqlarning tetigi, 
Manglayida bor sarosima bitigi. 
To‘qson norning terisidan etigi, 
Quray poycha polvon kirdi kurashga.
Lot­manotni ola berdi tiliga, 
Doim yurar Kashal elning cho‘liga,
To‘qson quloch kandir yetmas beliga, 
Qumirsqa bel polvon tushdi o‘rtaga.
To‘qqizida er yetgan, 
Quchoqlab tog‘larni osmonga otgan. 
Yarim botmon ko‘knorini bir tortgan,
Shundayin nashavand tushdi o‘rtaga.
Ay, aytabersam ado bo‘lmas zangari,
Huy deganning ketar yurakdan cheri. 
Uch ko‘sam terisidan cholvari, 
Bir mayagi sig‘may qoldi tashqari, 
To‘qson olti nomdor polvon aynaldi.
Ana endi bu tarafdan Qorajon o‘rtaga tushdi. Qalmoqlar­
dan sakson olti nomdor polvonni Qorajon putini osmonga 
ko‘tarib urdi. Ana endi qalmoqlarning oqsoqollari: – Qorajon 


89
hammamizga sinamali polvon­da, buning zo‘rligi o‘zimizga 
ma’lum. Ana o‘tirgan kunda Barchinoyni tekin oladimi, shu 
tushsin,– dedi. Kunda degani juda o‘tib ketdi. Alpomish ham 
kurashga tushdi. Qalmoqlardan bir katta polvon o‘rtaga tush­
di. Otini Bobo polvon deydi. Jang‘ag‘i katta polvonni yerga bir 
urib, yiqish qildi. Qalmoqlar: “Zo‘r ekan, Qorajonning aytgan­
iday bor ekan”,– deb kubalak chaqqan biyaday, so‘na chaqqan 
tuyaday bo‘lib, qataloq bo‘lgan ho‘kizga o‘xshab, qo‘rg‘onga 
qarab qocha boshladi. Unda Barchinoy tepaning yonboshi­
dan bo‘g‘chani ochib, o‘rtaga qarab otdi. Qorajonning oldiga 
tushdi. Qorajoya o‘rnidan turib, Alpomishga yopdi, loppa 
loyiq keldi. Shunda Barchinoy Toychixon podshoga qarab, bir 
nobob so‘zni aytdi:
Ushlamading, Toychi qalmoq, qo‘limdan, 
Bir odam kelibdi Qo‘ng‘irot elimdan, 
Nima ish kelar, qalmoq, qo‘lingdan, 
Oy, hay, ha qalmoq, do‘sting bo‘lmaymi?!
Yulduzdayin yarqillatmay ko‘zimdi, 
Ololmading, Toychi qalmoq, o‘zimdi, 
O‘ylab tursam senga o‘lim lozimdi(r), 
Ehik­ehik, qalmoq, do‘sting bo‘lmaymi?
Egnimga buralib qo‘ling solmading,
Men kelganman, sen taraddi qilmading,
Bir odamning uddasidan kelmading, 
Yoppa­yovlik, baring do‘sting bo‘lmaymi?
Toychixon aytdi: – Sizlov degan kasal bor, ko‘kcha degan 
bir yara bor, shu chaqsa odamni kasal qiladi. Barchinoy­
ning so‘zi shunday bo‘ldi. Shunda o‘zbeklar: – Barchinoyning 
to‘yini qilamiz, qirq kunlik to‘y,­ deb jarchi qo‘yib shaharlarni, 
qishloq, bozorlarni chaqirtib qo‘ya berdi. Ko‘rgan armonda, 
ko‘rmagan darmonda. O‘choqni o‘yib, semiz mollardan so‘yib, 
sabzini to‘g‘rab, oshni damlab, xaloyiqlarni jamlab, har maj­


90
lisga Eshboy degan sozanda, Bosid degan sozanda, Toshmu­
hammad degan sozandalarni qo‘shiq ayttirib qo‘ya berdi. 
Kelgan odamlar oshni yeb, dimog‘ini choqlab, murtini yog‘lab 
keta berdi. Ana endi kechkisin bo‘ldi. Polvonning yangalari: – 
Polvonni bugun qalliqqa solib, dimog‘ini choq qilamiz,– dedi. 
Shuytib chimildiqlarni tutdi, Barchinni yuvintirib, tarantirib, 
yaxshi kiyimlarga o‘rantirib, Alpomish polvonning oldiga olib 
borib qo‘yib qaytdi. Unda Alpomish Barchinoyning qo‘lidan 
tortdi. Qimirlata olmadi. Barchinoy Alpomishning shunday 
qo‘lidan ushlab, zo‘rlik qilib sudrab kela berdi. Barchinoy 
shunday Alpomishga qarab, bir jumboq aytayotibdi. Aytgan 
jumbog‘i budir:
Uy ichida yop­yorug‘, 
U nimadir, bekbachcha,
O‘n qo‘limda o‘n tuyma,
U nimadir, bekbachcha, 
Jumboq qo‘ydim boybicha.
Guldayin ranggi so‘lgan,
Kun qiyomat bo‘lganda. 
Mo‘minga xizmat qilgan,
U nimadir, bekbachcha.
Piyolaga choy quydim, 
Gulday ko‘ylakni kiydim, 
Sizga jumboqni qo‘ydim,
Shuni toping, bekbachcha.
Ana endi Alpomish Barchinoyga javob berib, bir so‘z ay­
tayotibdi:
Uy ichida yop­yorug‘, 
Davlatingdir, oy Barchin.
O‘n qo‘lingda o‘n tuymang, 
Xollaringdir, boybicha.
Qo‘limda talpinganing,
Xudoy bersa farzanddir,


91
Farzandingdir, qaddingdan,
Eshitgin aytgan so‘zdi,
Xushvaqt bilan o‘tkargaymiz shu yozdi.
Kun qiyomat bo‘lganda
Mo‘minga xizmat qilgan
Ro‘za bilan namozdi.
Boychiborni choptimmi, 
Banot uyni yoptimmi,
Jumbog‘ingni toptimmi?
Shunda Barchinoy: – Mendan ham ziyoda o‘qigan ekan­
siz,– dedi.
Alpomish Barchinoyning egniga qo‘lini tashladi, vaqtini 
xushladi... bir qo‘l qo‘ltiqdan o‘tdi, bir qo‘l bo‘ynidan o‘tdi, 
ikkovi quchoqlashib yotdi, murodiga yetdi. Ana endi qirq 
kun to‘y qildi. Uch kunlik kuyov ko‘rsatar to‘yini qildi. Bu 
ham o‘tdi. Yuvintirib, tarantirib, kimxobga o‘rantirib, salta­
natli sari otni Boysaribek enchi tortdi. Barchinoy Alpomish 
polvonga podsholik shonu shavkati bilan Boychibor otni 
egarlab tutdi. Qorajon polvonga qorovulbeklik amal berib, 
baxmal terliklar bilan, kumush uzangi bilan yasantirib, 
podsholik hukumati bilan bezantirib, bir yaxshi bedov otni 
bunga ham tortdi. Podshohona sarpoylarni kamsiz va hisob­
siz yopdi. Asal yuzli, shirin so‘zli, saraton yulduzli, hur si­
fatli, maloika tal’atli, la’l munchoqli, musht em­chakli, qora 
zulfli, jodu ko‘zli, suluv lik bobida kamsiz, odob bobida mo­
nandsiz, oyog‘ini bir­bir bosgan, qobirg‘asini ushlab, labini 
tishlab turgan pari sifatli, otasi amaldor, enasi amaldor, aka­
si amaldor, ukasi amaddor qizlarni o‘ziga yarasha kiyiman­
jomlar bilan yasantirib, Barchinoyning o‘ziga xosaki kaniz 
uchun berdi. Gul ochilganday qilib, yasantirib, bezantirib, 
turgan joylarni jannatga o‘xshash qilib, podshohlar rasmi 
bilan karnay­surnay chaldirib, hammasiga o‘zlariga yarasha 
birday qora yol, qora dum bedov otlardan tortiq qilib, ham­
masiga gohiga bo‘z, gohiga saman, ganasiga to‘riq otlarni 
mindirib, Qo‘ng‘irot eliga Barchinoyni uzatmoqchi bo‘ldi... 


92
O‘n ming tuyaga Barchinoyning kelinlik anjom­asboblarini 
ortdi. O‘n ming tuyaga sarpoylardan ortib, yana yo‘lga ke­
rak bo‘ladigan gurunch, moy, qandolot, upa­surmalardan 
qo‘shib orttirib, yo‘lda so‘yib ovqat qilmoqlari uchun bir ne­
cha ming qo‘ylarni cho‘ponlardan haydatdi. Unda Toychixon 
podsho ham ayyor, tarror, hamma tilni biladigan bir jonsizni 
qo‘shib yubormoq chi bo‘ddi. Shunda Boysariga qaragan 
hamma qarindoshlari yig‘ilib keldi. Yig‘ilib kelgan Boysa­
rining qarindoshlari Boysaribekka aytdi:– Bizlar ham o‘z 
yurtimiz Qo‘ng‘irotta ketamiz. Qalmoqlarning eliga ko‘chib 
keldik, bular hammasi bizlar bilan dushman bo‘lsa, ketmoq­
dan boshqa chora yo‘q. Unda Boysaribek aytdi: – Ha, xalq, el 
bor yerda gap bor. Biz lar borsak, do‘st bor, dushman bor, o‘zi 
ketib edi, yana o‘zi keldi, deb aytar. Alpomish Barchinoyni 
olib borgandan keyin O‘zbekiston el, Qo‘ng‘irot yurtning 
hammasi qulli bo‘lsinga kelar, shunda to‘y bo‘ladi, bizlarni 
shuytib yurganimizni gap­so‘z qilar. Maslahatlashib, katta 
biy, oqsoqol, juyrukchobonlardan bizlarni olib ketmoqchi 
bo‘lib keyaar. Agar bizlarni odam o‘rnida ko‘rsa, shuytib kel­
sa, boramiz. Agar kelmasa, bormaymiz. Shunda bir nechovi 
aytdi: – Ungacha qalmoqlar bizlarning ustimizga dushman, 
yov bo‘lib kelsa, nima qilamiz? – Har nima ish bo‘lsa, Xudo­
dan ko‘raman, har nima qilganiga shukur qilaman. Ketaman 
deganingga yur, ketmayman deganingni ket, demayman. 
Ixtiyor o‘zlarigda,– dedi. Fuqarolar nochor Boysaribek­
dan o‘tolmay, ketamiz, deb aytolmay qola berdi. Shunda 
otayi g‘amxo‘ri, enayi g‘amguzori, barcha faqir­fuqarolar 
yig‘ilishib, qo‘y­qo‘zi jamrashganday bo‘lib, Barchinoy ota­
enasiga, hamma qora ko‘z turgan xaloyiqqa qarab, bir so‘z 
aytayapti. Barchinoy hur misolning aytgan so‘zi:
Cho‘llarda sarg‘ayar Barchinning yuzi, 
Dovpiratib uchadi ko‘llarning g‘ozi. 
Bobomning yurtiga talab ayladim, 
Otajon, bo‘lingiz o‘zimdan rozi.


93
Mendan boshqa odam yo‘qdir ortingga, 
Sherik bo‘ldim qariganda dardingga. 
Osha yurtga oshib ketib boraman, 
Rozi bo‘l, enajon, bergan sutingga.
Karimsan, rahimsan, yakka­yagona, 
Enam bebaxt bo‘ldi dali­devona. 
Kayin yurtga talab aylab boraman,
Omin denglar, la’l munchoqli dugona.
Daryoda suzadi kemaman qayiq, 
Ming qaz oldim xizmatima ko‘p loyiq,
Rozi bo‘ldim otam bilan enamdan,
Omin denglar, gala turgan xaloyiq.
Shunda lekin enasi Barchinga qarab, o‘zini to‘xtata olmay, 
bir so‘z aytib turibdi. Boybichaning aytgan so‘zi:
Sensan mening bu dunyoda quvvatim, 
Ayrilgandan qolmas mening toqatim,
Eson­omon borgin qayin yurtingga, 
Manglayingni Xudo ochsin, farzandim.
Tortib qoldim qalmoq elda ohu voy, 
Urush kuni tortilmaymi parli yoy, 
Eson­omon borgin qayin yurtingga. 
Bolali­chaqali bo‘lgin, Barchinoy.
Ochilar bog‘larda gul bilan g‘uncha, 
Yuraklarda g‘am ko‘pdir menga ancha, 
Xudoy bersin senga bola­chaqani, 
Qayin yurtga borib bo‘lgin boyvuchcha.
Boybichaning ketib ko‘zidan yoshi,
Ko‘kka yetdi xaloyiqning nolishi, 
Qiz deganing otsang palaxmon toshi. 
Qizi tushsin bir yigitning yo‘ldoshi.


94
Azlardayin oyog‘iga bosh urib, 
Boybichaning aqplarin shoshirib,
Yolg‘iz farzand yomon ekan dunyoda,
Omonatdir, egasiga topshirib.
Bu gaplarning aslo yo‘qdir xatosi, 
Beklarning belida zarli po‘tasi, 
Voy darig‘, deb o‘ksib­o‘ksib yig‘laydi,
Qaytayin, deb Boysaribek otasi.
Yuragiga tushgan qayg‘u­voyimlar,
Kimda aqd bo‘lsa so‘zni poyimlar.
Eson­omon Qo‘ng‘irotga borgin, deyishib, 
Omin, devdi jovdirashib oyimlar.
Sarg‘ayib shu yerda nechaning yuzi, 
Qoshi qora, daryolarning qunduzi.
O‘pkasin bosolmay bo‘zlab yig‘laydi, 
Qo‘ng‘irot elning barcha turgan azizi.
Barchinoyning yuraklari dard bo‘lib, 
Yuradigan eli yaxshi mamlakat bo‘lib, 
Yuraklari to‘lib ketgan dud bo‘lib, 
Enasiga qarab bo‘zlab yig‘laydi,
Ko‘zginasi orqasiga to‘rt bo‘lib.
Har bandaga Xudo berar davlatdi, 
Yakkalik xanjari bag‘rini yirtdi.
Bir gap bilan kelib edi elidan, 
Omin deb fotiha yuziga tortdi.
Yaratgan­da endi yolg‘iz qizini, 
Boysaribek Qo‘ng‘irot elga uzatdi.
Otlanib hur sifatli oyimlar,
Omin deyshib Qo‘ng‘irot elga ketdi.


95
Jovtillashib oyimlarning qo‘zlari,
Yigitni kuydirar aytsa so‘zlari, 
Omin deyshib, o‘pkasini bosolmay, 
Jo‘nay berdi elning jonon qizlari.
Mulla Hakim minib Boychiborning beliga,
Rahm aylamay dushmanlarning holiga, 
Xaloyiqdan duo olib bekbachcha, 
Talab qildi Boysin­Qo‘ng‘irot eliga.
Bu damlar g‘animatdi, 
Minibdi bari otdi, 
Otga mindi oyimlar, 
So‘lqillashib oyimlar, 
Qo‘ng‘irot elga yo‘l tortdi.
Nayzani yarqillatdi, 
Tug‘larni so‘lqillatdi, 
Qorajon bilan mulla Hakim
Qo‘ng‘irot elga yo‘l tortdi.
Muvofiq qilib so‘zini, 
Qaratibdi ko‘zini, 
Kelarida o‘ylay­o‘ylay kelgandi,
Olib ketdi bekbacha 
Boysarining qizini.
Cholbor qildi banotdi, 
Xotinlarni o‘rgatdi, 
Belida bor xanjari, 
Uzangiga tegdirib, 
Cho‘llarda sharqillatdi, 
Xanjarni shirqillatdi.
Oq kirovka, po‘lat sovut 
Cho‘llarda yarqillatdi, 
Nayzasining po‘pagin 
Yo‘llarda silkillatdi. 


96
Boybo‘rining yolg‘izi 
Elatiga yo‘l tortdi.
Mehtaraga suv olib, 
Chaqmog‘iga quv olib, 
Borgan eldan duo olib,
Qo‘ng‘irot elga yo‘l tortdi.
Oradan ikki oy o‘tdi. 
Toychixonning jonsizi, 
Endi xufton bo‘lganda, 
Eliga qarab ketdi.
Oradan to‘rt oy o‘tdi, 
Hamma kelgan xaloyiq,
Shu yerga kelib yotdi.
Ana endi Alpomish polvon bilan Qorajon, Barchinoy, 
hamma xaloyiq shu yerda to‘rt oylik yo‘lni oshib kelib yotib, 
damini olib, dimog‘ini choqlab, murtini yog‘lab tursin. Endi 
boshqa joydan eshiting.
Toychixonning qo‘shib yuborgan jonsizi qalmoq pod­
shosiga yetdi. Podshoga salom berib, duo qilib: “Alpomish 
polvon va barcha xaloyiqlar bilan ikki oylikcha yo‘lga borib, 
qaytib keldim”, – dedi. Toychixon jonsizdan bu gapni eshitib, 
bir yomon ish qilmoqchi bo‘lib, sarbozlarga qarab, maslahat 
qilib, bir so‘z dedi:
Eshitinglar Toychixonning so‘zini, 
O‘yib oling Boysarining ko‘zini,
Bir o‘zbekka mingashtirdi qizini,
O‘ldiringlar Boysarining o‘zini.
Eshitinglar menday shohning zorini,
Olib ketdi Barchindayin yorini, 
Ot qo‘yinglar yoppa­yovlik, xaloyiq,
Boylab keling o‘zbeklarning barini,
O‘ldiringlar kattasini, zo‘rini.


97
Bilmaganin o‘zbeklarning bildiring, 
Chakib xanjar qora bag‘rin tildiring,
Boylab oling katga beklarini,
Boysariman boybichani keltiring.
Oqizing ko‘zidan qonli yoshini, 
G‘ojirga torttiring uning go‘shini,
Kesib obkeling o‘zbeklardi boshini.
Jo‘nanglar, boringlar, talab olinglar,
Qarg‘a­quzg‘un yeb ketsin ular loshini.
Ne savdo kutar bu bandaning boshi,
Ko‘rganda qochadi aqlman hushi, 
Musulmonlar shunday tiklab qarasa, 
Guldiraydi katta to‘pning tovushi.
Ana endi musulmonlar qarasa, dushman kelayotibdi. 
Hadsiz askar, sarbozlar to‘p­to‘pxonasi bilan kelayotibdi. 
Unda o‘zbaklar: “Ish yomon bo‘ldi”, – deb maslahat qilishib­
di. Boysaribek: – Hammang bir bo‘l, ittifoq bitar, nokggafoq 
yitar,– dedi. O‘ttiz ikki sipohkorlik ilmini o‘qigan o‘zbaklar 
nayza, qalqon, sovut, dubilg‘a, choroynani olib, o‘n yoshidan 
past, olmishdan oshgan bola­chaqalarini bir yerga to‘plashib, 
boshqa kattasi, kichigi birdan otlariga minishib, jonini Xu­
doga topshirib, hammasi birdan qalmoqqa qarab ot qo‘ydi. 
Qalmoqlar bilan aralashib, qalmoqlar bilan urushmoq
dushmanlarning jazosini bermoq, ot chopilmoq, kirovka 
so‘tilmoq, ajalli yiqilmoq, osmondan farishtalar tomoshani 
ko‘rmoq, nayzalashib, xanjarlashib, bir xillari tebalashmoq, 
uzunlari kalla­kallasiga mushlashmoq, kaltalari biqinlariga 
solmoq, arosat­qiyomat, ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan 
bir urush­to‘balash bo‘ldi. Nechalar o‘lmoq, mardlari bir­
birovini surishmoq, nomard qo‘rqoqlari qochishni g‘animat 
bilib qochmoq bo‘ldi. Ana endi Toychixonning odamlari bilan 
Boysarining odamlari urishib tura bersin, Boysari bilan boy­
bichadan eshiting.


98
Boysari bidan boybichani Toychixonning odamlari 
bo‘yniga kaman­tuzoq solib, ushlab olib, surib Toychixon­
ning shahriga olib ketdi. Toychixonning oldiga olib bordi. 
Toychixon: – Ha, Boysari, shuncha yil bizning elga kelib tur­
ding. Mehmon deb sendan boj­xiroj olmadim. O‘zing qilding, 
o‘zing qilgan ishingga huzur qilding. O‘zbaklardan bir odam 
keldi, qizingni shunga berib yubording,– deb Boysari bilan 
Boybichani shaharning o‘rtasiga – Registonga olib borib, 
toshparang qilib o‘ldiringlar,– dedi. Turgan mahram­jallodi 
olib borib, toshparang qilib, Boysari bilan boybichani o‘ldirdi. 
Ko‘ngliga tindi. Bularni o‘lmoqda, qo‘shinlarni uruishmoqda 
qo‘ying. Endi so‘zni Alpomishdan eshting.
Alpomish olti oy yo‘l yurib Ola tog‘dan o‘tdi. “Qorajonni 
Qo‘ng‘irot eliga suyunchiga yuboraman. Elga borib Qarajonga 
sardorlik amali beraman”, – deb mollarni yoyib, chodir cha­
manni tikdi. Barchinoyning bo‘yida olti oylik bolasi bor edi. 
Lekin shu kuni Barchinoy xafaroq edi. Xafa bo‘lib o‘tirib qa­
rasa, Barchinoyning orqa tarafidan kelayotgan yo‘li – uzoq­
dan bir chang ko‘rindi. Shu chang ko‘ziga shu yoqqa qarab 
kelayot ganga o‘xshaydi. Tiklab qarab turdi. Shunday qarasa, 
Boysari otasining mahrami yo‘l tortgan, otning har junidan 
ter ketgan, teriga chang mushtday bo‘lib qotgan. Buni ko‘rib, 
Barchinoyning toqati qolmay, o‘rnidan yugurib turib, mah­
ramning otini ushlab, asta qo‘ltig‘idan suyab, otdan yerga 
tushirib: – Nimaga kelding, yaxshilikmi, yomonlikmi, – deb 
mahramga qarab, bir so‘z dedi:
Qaladan qalampir yuklar qalachi, 
Do‘lanadi Anbar tog‘ning og‘ochi, 
Ishtaroblab kelding mening orqamdan, 
Otajonman enajonim omonmi, 
Qalmoq eldan kelgan mahram arzachi?
Tog‘larning boshini chalgan tumanmi,
Yo o‘zimga bo‘lgan oxir zamonmi, 
Xafa bo‘b kelibsan mening orqamdan, 
Jopga­jovlik qarindoshlar omonmi? 


99
Qarag‘ay ro‘molni boshga o‘rayman,
Qora zulfim gardanimga tarayman, 
Otamman enamdan bergin xabarni, 
Joppa­jovlik ko‘z ko‘rganni so‘rayman.
Dod, deydi, mahram ko‘zin yoshladi, 
Boshin chayqab, barmog‘ini tishladi, 
O‘pkasini bosolmadi bechora, 
Chirog‘im, deb otdan otib tashladi:
– Eshitgin, Barchinoy, o‘zimdan doddi, 
Kosa davron odamzodga navbatdi, 
Oradan, chirog‘im, to‘rt oylar o‘tdi, 
Otangman enangni boylab ob ketdi. 
Registonga olib borib tosh otib, 
Otang bilan enang dunyodan o‘tdi.
Toychi qalmoq bilmaganin bildirdi, 
Bir tarafga ko‘p sarbozni yig‘dirdi, 
Zo‘rlik bilan boylab olib ikkovin, 
Zulm bilan ota­enangni o‘ldirdi.
Kengash chiqar elning katta biyidan, 
Chopilsa arg‘umoq, qaytmas go‘yidan. 
Voy otam, deb o‘pkasini bosolmay,
Voy enam, deb Barchin turdi joyidan.
Og‘darilib uchar cho‘lning lochini, 
Mard yigit dushmandan olar o‘chini, 
Voy otam, deb yulib gulday betini,
Barchinoy yozibdi qora sochini.
Bahorda ochilar tog‘ning lolasi, 
Tinmay oqib ikki ko‘zning jolasi, 
Voy ota, deb nayzasini suyanib, 
Ham kuyadi mulla Hakimday bolasi.


100
Mo‘minlarning bandi­bo‘g‘ni bo‘shadi,
Oh ursa g‘amxona ko‘ngli jo‘shadi. 
Yig‘ilishib o‘zbaklarning odami, 
Biri otam, biri bobom deyishadi.
Cho‘llarning egasi Hazrati Xizr,
Otingdan aylanay Ibrohim Xalil. 
Sochin yoyib, belin boylab oyimlar,
Barchinoy tolpinib, yig‘lab o‘rtada, 
O‘rtada Barchinoy tepadi sadir.
Voy otam deb Barchinoy dod ayladi, 
Gohi yig‘lab, gohi faryod ayladi. 
Monandi Boysari yangi o‘lganday, 
Qur’on o‘qib arvohin shod ayladi.
Otasiga qur’on o‘qitib, odamlardan fotiha oddi. Barchi­
noyning unda turib, Alpomish polvonga qarab, bir so‘z
aytgani:
Kuyganimdan gapni gapga ulayman,
Mard­nomardliging, to‘ram, sinayman, 
Men bormasam kim boradi ortidan,
Boychiborman sari yoyni tilayman.
Eshit, to‘ram, menday yoring dodini, 
Olib kelay o‘zbaklarning lotini, 
Men bormasam kim boradi bu ishga, 
Buzib kelay Toychixonning yurtini.
Unda ochilgan gullar bunda so‘lmasin, 
Bir Xudoyim judolikni solmasin,
Men bormasam kim boradi Kashalga,
Otamning dog‘i yurakda qolmasin.


101
Yod aylayman sizday to‘ram pirini,
Piri Shohimardon mehribonini, 
Sari yoyman Chiboringni tilayman, 
Olib kelay musulmonning xunini.
Unda Alpomish polvon Barchinoyga qarab, bir so‘z dedi:
Bek bo‘lmay, ko‘llarga dobil tuymaydi, 
Saralab sari yoyni saylab kiymaydi, 
Uning uchun xafa bo‘lma, qaddingdan, 
Er o‘lmay, haqini dushman yemaydi.
Oqizayin Toychixonning yoshini, 
Itlarga torttirib kelay go‘shini, 
Uning uchun g‘am yemagin, bo‘yingdan, 
Olib kelay Toychixonning boshini.
Oralab maydonda otni yelayin, 
Qalmoqlardan borib lotin olayin.
Masjidu madrasa solib Kashalda, 
Islomobod musulmon qip kelayin.
Yana Alpomish Barchinoyga qarab, bir so‘z dedi:
Eshit, yorim, shoh to‘rangning dodini, 
Dushmanlardan borib olay lotini. 
Aytadigan senga pishiq so‘zim bor, 
Ul tug‘sang Yodgorbek qo‘ygin otini, 
Sakkizda o‘qitgin qur’on xatini.
To‘qqizida dovot bergin qo‘liga, 
O‘n yoshida shunqor chuysin ko‘liga,
O‘n ikkida kabir bo‘lar farzandim, 
Podshoh ko‘tar Boybo‘rining eliga.


102
Bir yilda kelmasam meni o‘ldi de,
Arkon davlati sabil bo‘ldi de,
To ko‘rgancha yorim Barchin, xo‘sh endi.
Unda Qorajon meni ham olib ket, – deb Alpomishga qa­
rab, bir­biriga savol­javob qilib, bir so‘z dedi:
Qorajonning savoli:
Eshitgin, Alpomish do‘stim, so‘zimdi, 
Qalmoq elaning rasimini bil endi, 
Zinhor olib ketgin mening o‘zimdi.
Alpomishning javobi:
Mahmudxo‘ja eshonima bosh urdim,
Aytmay sirni dushmanlardan yashirdim.
Ortimda qolar hech odamim bo‘lmasa,
Qorajon, Qo‘ng‘irotni senga topshirdim.
Tovus degan qush taralar qiyoda, 
Mard yigitlar hech qolmaydi piyoda. 
Manglayimda har na borni topshirdim, 
Xizmatni o‘zimdan qilsang ziyoda.
Qatorda norimni senga topshirdim.
Xaznada zarimni senga topshirdim, 
Qo‘ng‘irotday elimni senga topshirdim, 
Barchinday yorimni senga topshirdim.
Qaldirg‘och singlimni senga topshirdim,
Ota bilan enajonim topshirdim, 
Yoppa­yovlik elatimning barini,
Hamma hukumatni senga topshirdim.


103
Ana endi Alpomish chin niyati g‘azo deb, pirim Imom Rizo 
deb, dushmanlarga jazo, deb Toychixonning yurtiga qarab, 
tez lik bilan jo‘nay berdi. Ol­ol yurdi, ol yurdi, ozgina emas 
mo‘l yurdi, besh oy taxti yo‘l yurdi, Toychixonning yurtiga 
yetdi. Alpomishni yo‘l yurmoqda qo‘yib, Toychixon qalmoq­
dan eshiting.
Maston kampir, pes kampir, qo‘bizlari soz kampir. Tos 
to‘basidan tarlon ochgan, birov bilan urushsa, achchiqlanib 
po‘stagiga chichgan. Ko‘zlari o‘tday, tishlari cho‘tday, kallasi 
gov sifatday, qora molga kelgan o‘latday, quymichi solday, 
o‘zi shunday epchil bir hasharotday. Haligi kampirga: – Alpo­
mishni bandi qilsang, ko‘p in’om beraman, osarga dor bera­
man, tashlarga minor beraman, solarga zindoni obni bera­
man, – dedi. Unda kampir: – Bu xizmat, podshohim, mendan 
bo‘lsin, jon­dilim bilan o‘rin qilaman, – deb Toychixon pod­
shodan bergan qirq qizini olib, shahardan tashqari chiqib, 
Chugurli cho‘lida qora uylarni, oppoq uylarni tikib, zindonni 
qazdirib, yetti­yettitadan yetmish to‘rt xum bo‘za achitib, Al­
pomishning yo‘liga qarab, dimog‘ini choqlab, Alpomish qaysi 
daradan keladi, deb qarab yota berdi.
Xoldorbek Boysaribek o‘lgandan keyin Toychixon boshla­
gan urushni qo‘ydi. Toychixon ham bular bilan urushmoqni 
qo‘ymoqchi bo‘ldi. O‘zbek bilan qalmoq bir­birlari bilan sulh 
qildi. “Har kimning o‘z yurti o‘ziniki”, – dedi. Lekin Xoldor 
vazir Boysari o‘lgandan keyin Toychixonning odamlarini ti­
randozlik, nayzabozlik, yoyandozlik bilan qoyil qildi. Panja­
ma­panja, qo‘lma­qo‘l kurash bo‘lib, oxirilamr o‘z o‘rtalarida 
sulh qildilar. Ana endi shunday ham bo‘lsa, Xoldorbek dush­
manlarga ishonmay, tevaragini o‘r qildi, uch tarafni qir qildi. 
Lekin Boysarining boybicha bilan o‘lganiga ko‘p pushaymon 
bo‘ldi. Lekin o‘zi sabab bo‘ldi. Nimagaki, o‘zi o‘rlik qildi. Toy­
chixonni ko‘zga ilmadi. Boysaribek o‘lgandan keyin Toy­
chixonga kuchini oldirmadi, dushmanlar zo‘rlik qila olmadi. 
Shuning uchun har qaysilari o‘z o‘rinlarida qaror olib o‘tirdi. 
Bularni qaror olib turmoqda qo‘ying, maston kampir Pattig­
uldan eshiting.


104
Maston kampir aytdi: “Ey Xudo, Alpomishni menga 
bandi qilib ber”. Kunda Alpomishning yo‘lini to‘sib, kuni bi­
lan, tuni bilan tiklab qarab, qirq qiz kanizi bilan o‘tirdi. Bir 
kuni maston kampir yo‘lga chiqib o‘tirib edi, ustiga Alpomish 
kelib qoldi. Shunda Alpomish bilan kampir yo‘l so‘rashib, hol 
so‘rashib, qayerdan kelding, qaysi yerga borasan, deb bir­biri 
bilan so‘zlashib, ikkovi bir so‘z dedi:
A l p o m i sh:
Ostimda Boychibor o‘ynar yuz alvon, 
Egnimda sildirar kark teri qalqon, 
Bolam deding, menda toqat qolmadi, 
Nimaga yig‘laysan, kampir, momojon?
K a m p i r:
Har banda olgani bilan qarisin,
Ummon daryo toshib yurisin, 
Qirq o‘g‘lim Boysariga navkar edi, 
Dod­faryod mening jazzam qurisin.
S a v o l:
Ey, enajon, o‘zim senga so‘zladim, 
Dushmanning bag‘rini o‘tga tuzladim, 
Uning uchun yuragingni dog‘lama, 
O‘lgan mo‘minlarning xunin izladim.
J a v o b:
Bilmaganim Toychi qalmoq bildirdi, 
Xanjar chekib qora bag‘rim tildirdi. 
Qirq o‘g‘lim Boysariga navkar edi,
Toychi qalmoq qirq o‘g‘limni o‘ldirdi.


105
S a v o l
Ko‘ldan uchgan turna bilan g‘oziman, 
Elatimning ovozador noziman. 
Kesib ketay Toychixonning boshini,
Qo‘ng‘irot ketgan Alpomishning o‘ziman.
J a v o b:
Yig‘lamay naylayin, gul rangim so‘ldi, 
Xudoyim o‘limni bamahal soldi.
O‘ynab­kulib davron surar chog‘ida, 
Qirq kelinim voy, to‘ram, deb qoldi.
S a v o l
Xudoning ishiga endi netarman, 
O‘liklarin bog‘ bug‘doyday chotarman.
O‘lgan o‘zbeklarning xunini olib,
Sizni olib Qo‘ng‘irot elga ketarman.
J a v o b:
Qaragin, chirog‘im, rangu ro‘yima, 
Seni ko‘rib har gap keldi o‘yima,
Kashal elning bordir yomoni, chirog‘im, 
Borib ketgin, aylanayin, uyima.
S a v o l
Qizil gul ochilar g‘unchadan g‘uncha, 
Toqatim yo‘q u gullar ochilguncha, 
Olib borib sizni Qo‘ng‘irot eliga, 
Qilarman, enajon, sizni boybicha.


106
Firib bilan aqilini shoshirdi,
Aylanay, deb oyog‘iga bosh urdi. 
Yig‘lamay, naylayin, qismatlar qatti, 
Ko‘ngilchanlik yomon ekan, yoronlar, 
Firib bilan bekbachchani obketdi.
Es chiqadi donolarning o‘yidan, 
G‘azo deb kelibdi Qo‘ng‘irot joyidan, 
Voy, to‘ram, deb kampirlarning kelini,
Sochin yoyib yig‘lab chiqdi uyidan.
Zulflarini mochaxarlar silaydi, 
Kuyganidan gapni gapga ulaydi, 
Voh, to‘ram, deb dastor qo‘yib boshiga, 
Kiyankilar voh, to‘ram, deb jilaydi.
Polvon bachcha shu yerda dod ayladi, 
Gohi yig‘lab, gohi faryod ayladi, 
Hazrati yosinni o‘qib shu yerda, 
Mo‘minlarning arvohin shod ayladi.
Alpomish kampirnng uyiga kelib tushdi. Anda kampir ayt­
di: – Mehmon polvon bachchaning dimog‘ini choqlab, yaxshi 
ziyofatlar qilinglar. Kashalning bodi yomon. Polvonga bo‘za 
olib kelinglar. Kashalning bodini bo‘za burundan chiqaradi. 
Unda kelin mochaxarlar bo‘zani olib kelib tog‘oraning ichiga 
bo‘zani solib, qo‘liga toshtoboqni olib, bo‘za to‘ldiribdi. Har 
nozanin qizlar, yarim beldan pasti uch botmon, yarim beldan 
yuqorisi ikki botmon, taroziga solsa, besh botmon. Kindikli, 
dindikli, peshnobli, quyruqli, ko‘shvordan kelgan suluv qiz, 
o‘zi oq, g‘o‘ladan kelgan qoq, beliga qirq quloch arqon yet­
maydi, xipcha bel, yupqa tomoq. Oyog‘i jibir­jibir etgan, kin­
digining pasti korsonday qo‘pshib ketgan kichik qiz qo‘liga 
bo‘zani olib, soqilik qilib, Alpomishga kosa tutib, olloyor, deb 
bir so‘z dedi:


107
Kosa beray qo‘lim tolib, 
Har kosaga bo‘za solib, 
Nozik bellarim buralib, 
Iching, olloyor, olloyor.
Mingan otingiz chip­chubor, 
Egnimda sildirab tumor. 
Qoshim qora, ko‘zim xumor, 
Polvon, olloyor, olloyor.
Miltiq kelar alab­yalab,
G‘arib ko‘ngil istar talab, 
Oltin kosa, gulgun sharob, 
Iching, olloyor, olloyor. 
La’l munchoqli suluv qizni 
Quching, olloyor, olloyor.
Polvonga gaplari yoqib, 
Odob bilan qaddin bukib,
Oling, aka, olloh bor, deb 
Belin tutib, qoshin qoqib.
Quloq sol, akajon, tilga, 
Oralasak bog‘da gulga, 
Sizning bilan bir kunlari
Ketarmiz, qaddingdan, elga. 
No‘sh qiling, olloyor, olloyor.
Qatorga tirkasang lo‘kdi, 
Mosha bossa, chiqqan o‘qsi(r). 
Bu kundan keyin ko‘rmoq yo‘qdi(r)
Iching, olloyor, olloyor.
Anda Alpomishbek mast bo‘lib yiqildi. Chugurli ko‘lning 
cho‘lida kampir yig‘ib qo‘ygan o‘tinlariga olov qo‘ydi. Ma’nisi 


108
shu ediki, kampir bilan Toychixon va’da qilgan edi. “Har vaqt 
Alpomishni mast qilib qo‘lga tushirsam, o‘t yoqaman”, – deb 
ko‘p o‘tinni shu yerga yig‘ib qo‘ygan edi. Toychixon har kuni 
mahramlarini kampirning turgan yo‘liga qaratib, durbin 
qo‘yib, o‘tirar edi. Bir kuni qarasalar, kampir turgan Chu­
gurlining cho‘lidan tutun chiqdi. Durbin bilan qalmoqyaar 
ko‘rdi. Anda Toychixon Alpomishni bandi qilmoq uchun qal­
moqlarga buyurdi. Shunda qalmoqlar kampirga suyunchi, 
qulluq bo‘lsinga kelayotibdi. Bular kela bersin, maston kam­
pirdan eshiting.
Anda kampir Boychiborga ham bang qo‘shib berdi. 
Bo‘zadan ikki xumni suvsab kelgan otning oldiga qo‘ydi. Bu 
ham ichib, mast bo‘ldi. Anda kampir qizlari bilan Boychibor­
ning beliga Alpomishni taqib, Boychiborni yetalab sudratdi. 
Zindonning oldiga olib bordi. Boychiborni zindonga to‘g‘ri 
qildi. Boychibor zindonni bilib, ko‘tarilib osmonga uchdi. 
Boychibor Alpomishni olib, uchib o‘tib ketar edi, kampir bilib, 
po‘lat qaychi bilan arqonni kesib yubordi. Alpomish polvon 
mast, hushidan ketgan, beixtiyor zindonning ichiga tushdi. 
Lekin Alpomish zindonga tushgancha o‘lar edi, piri Hazrati 
Xizr kelib, qo‘li bilan ushlab olib, zindonga asta­sekin qo‘ydi. 
Hazrati Xizr yashil jandasini Alpomishning ustiga tashladi. Al­
pomish mast bo‘lib, uchmoq – jannatda tayron qilib yura ber­
di. Boychibor zindondan qirq gaz uzoqroq yerga borib o‘tdi. 
Shungacha qalmoqlarning polvonlari kelib qoldi. Alpomish­
ning bandi bo‘lganini bilib, dimoqlari choq bo‘lib, “Endi Boy­
chibor otni sarishta qilmoq kerak”, – deb hammasi yig‘ilishib, 
Boychiborni o‘lja qilib olib, po‘latdan bo‘lgan zanjirlar bilan 
band qilib berkitib olib, po‘latdan bo‘lgan kishan zanjirlarni 
solib, Toychixonning podsholik tablasiga mahkam qilib qo‘ya 
berdi. Shunda Boychibor bandda turganini bilib, oldidan kel­
ganni tishlab, ketidan kelganni tepib, ko‘zlari qaynab, yuragi 
o‘ynab, noiloj g‘ul­zanjirband bo‘lib, tepinib­tepsinib, qalmo­
qlarga xez qilib, turib qoldi. Qalmoqlarning ko‘ngli tinib: “Al­
pomish, deb har kim otini aytsa, olti oy zindonda boqaman, 
suyagini toshga chaqaman, boshi o‘limda, moli talovda”,– deb 


109
shaharlar, bozor va mahallalar, qishloqlarga jarchi qo‘yib 
chaqirta berdi. Shuning uchun Alpomishning o‘lgan­tirilgani­
ni musulmonlardan hech kim bilmadi. Lekin nima bo‘lganini 
qalmoqlar bilar edi. O‘zbekistondan hech kim nima bo‘lganini 
bilmadi. Boysarining vaziri Xoldorbekning bul ishlardan aslo 
ham xabari yo‘q. Endigi gapni Qo‘ng‘irot elidan, Barchinoy, 
Boybo‘ri, Qorajondan eshiting.
Kundan­kun o‘tdi, bular Qo‘ng‘irotga yetdi. Lekin bular­
ning to‘yi azaga qaytdi. Kundan­kun o‘tib, Barchinoyning 
oy­kuni to‘ldi, bir o‘g‘il tug‘di. El yig‘ilib qutli bo‘lsinga keldi. 
Otini Yodgorbek qo‘ydi. Ultontoz Boybo‘rining kichkina quli 
edi. Bilgan quli deydi, bilmagan uli deydi. Qultoy degan tag‘i 
bir quli bor edi. Qultoy Boybo‘rining quli edi. Lekin Alpomish 
Qultoy qulning tutindi uli edi. Qultoyni Boybo‘ri zakotchi qilib 
qo‘yib edi. Ana endi bular shu yerda tursin.
Oradan besh yil o‘tdi. Endi juhuddan eshiting. Ho‘y de­
gan tog‘da juhudlarning qishlog‘i bor edi. Shu juhudlardan 
Shakaman degan bir juhud bor edi, o‘zi mergan edi. Kasbi 
tog‘larda qushlar ovlab yurar edi. Bir kuni toqqa borib, bir 
g‘ozni otdi. G‘oz yiqilmay, chappa uchib, boshi aylanib, Al­
pomish yotgan zindonga tushib ketdi. Lekin Alpomish mast 
bo‘lib, besh yil o‘tganini bilmay qoldi. Shunday qarasa, bir 
g‘oz qizil qonga bo‘yalib, o‘z holi bilan ovora bo‘lib yotibdi. 
Alpomishning zindonda yotgani ham ko‘ziga ko‘rinmay, 
g‘ozning ahvoliga qarabdi. Shunda g‘ozga Xudodan amr 
bo‘lib, hazrati Jabroil g‘ozning tilidan muhrni olib, odamday 
so‘zga kirdi. Shunda Alpomish bilan g‘oz bir­biriga qarab 
savol­javob so‘zlashdi.
Savol:
Ho‘y demayin yuragim to‘ldi cherga,
Sherik bo‘ldik muna dunyo bekorga.
Bizningdayin galasidan ayrilgan, 
Tiriklayin tushibsiz qorong‘u yerga.


110
J a v o b:
Bek Alpomish, baland tuting havongdi, 
Izlasang, topmaysan dardga davongdi, 
Otibmiding oqtumshuqli bobongdi, 
Ko‘zing o‘yib yeganda ko‘r tomosha.
S a v o l:
Na qilsa, qudratli haqqa ixtiyor, 
Yig‘layman yaratgan haqqa zoru zor,
Bizningdayin galasidan ayrilgan,
Bu tan tuhmating qilma jonivor.
J a v o b:
Bek Alpomish, shirin jonni sotib eding, 
Bobir ko‘lga sari yoyni olib chiqib 
Oqtumshuq bobomni o‘zing otib eding, 
Burning yulib yeganda ko‘r tomosha.
S a v o l:
Rahm aylagin, jonivor g‘oz, holima, 
Quloq sol, jonivor, aytgan tilima,
Bizdan o‘tgan bo‘lsa, ma’zur, jonivor, 
Xabarimni obbor Qo‘ng‘irot elima.
Javob:
Ajal yetib mendayin g‘oz o‘lmasin, 
Bir Xudoyim judolikni solmasin, 
Qiyomatga bu janjalim qolmasin, 
Burning yulib yeganda ko‘r tomosha.


111
Savol:
Bek Alpomish gapni gapga uladi, 
Ola g‘ozning parlarini siladi, 
Uzr aytib Xudoning hayvoniga, 
Qiyomat savdosi tushib boshiga, 
Uzr aytib, jonvor g‘ozga jiladi.
Javob:
O‘zginamni baland tog‘dan uchirdim,
Pok bo‘lmasa ajal to‘nin bichirdim,
Nima qilay Xudoyimning hurmati,
Bo‘zlab qolgan Boybo‘rining hurmati, 
G‘arib bo‘lgan yolg‘izliging hurmati,
Qilgan gunohingni endi kechirdim.
Anda g‘oz bilan yigirma kun oradan o‘tdi. G‘oz bilan pol­
von Alpomish oshna bo‘lib, g‘oz dalaga chiqib, o‘tlab kelib, 
oqshom yana Alpomishning oldiga kelib yotadigan bo‘lib 
qoldi. Uchib zindondan chiqadi, yana kiradi. Shunda Alpo­
mish kiprigidan yulib, sonidan gartakkina tilib, sonidan qon 
chiqarib, bir yerga tomizib, siyoh qilib, g‘ozning qanotiga 
al tarafiga ariza yozdi. Endi g‘ozga qarab, Alpomish bir so‘z 
dedi:
May ichganda yurakkinang moyrilgan, 
Mendayin sarvar eldan ayrilgan, 
Xabarimni yetkar Boybo‘ribekka.
Xudoyo, qilmasin bandani qalloj, 
Xudo qilgan ishga banda noiloj,
Singlimning otini deydi Qaldirg‘och,
Xabarimni yetkar Qaldirg‘ochoyga.


112
Arzamni olib bor Boysin elima, 
Quloq sol, jonivor, mening zorima,
Qoyil bo‘ldim peshonamda sho‘rima, 
Tong otmayin borgin Qo‘ng‘irot shahrima, 
Arzamni olib bor Barchin yorima.
Xudoyo, tolmagay sening qanoting, 
Yuqori osmonda kuchu quvvating,
Shu arzamni olib borsang Yodgorga,
Qiyomatda tegar sening xizmating.
Yig‘layman qudratli haqqa zoru zor, 
Hech kishi bo‘lmasin dardga giriftor, 
Juhuddan salomat o‘tgin, jonivor.
Arza xatim, jonivor, senga omonat, 
Omonatga qilma, jonvor, xiyonat, 
Ho‘y tog‘ondan o‘tgin sog‘u salomat, 
Ushbu arzim Boybo‘riga omonat, 
Xudoyim o‘zingni qilsin salomat.
Har bandaga Xudo berar davlatdi, 
Yig‘lamay, naylayin, qismatlar qatti(q)
Parvoz qilib jonivor uchib osmonga ketdi.
Sig‘indi yolborib yaratgan haqqa, 
Hay attang­a, munov dunyong bebaqo.
Har yeridan chakillab ter to‘kib, 
Yarim kecha, yarim kecha bo‘lganda, 
Davra olib, o‘zin oldi falakka.
Jonivor g‘oz osmonlarda bo‘zladi. 
Yashinday bo‘p bulutlarni xezladi, 
Xudoni ko‘ngliga olib jonivor, 
Qo‘ng‘irot elini shul g‘oz izladi.


113
Olisdan ko‘rinar bik vodiy bo‘zi, 
Yigitni o‘rtaydi suluvning nozi, 
Shakaman shundayin tiklab qarasa,
G‘angqillaydi mayib g‘ozning ovozi.
Alqissa, Shakaman g‘ozning ovozini eshitib, enasiga qarab, 
bir so‘z dedi:
Eshitgin, ena, ohimdi,
Senga aytayin o‘yimdi, 
Tog‘dan oshib g‘ozim keldi,
Darrov ob kel sari yoyimdi.
Eshit bolang zorini, 
Darrov yulayin parini, 
Senga berayin bovrini, 
Darrov obkel sari yoyimni.
Qulatayin loshlarini, 
Senga berayin to‘shlarini,
Otib qilay darrov kabob, 
Kabobni yemoqlik savob.
Anda enasi yolg‘iz ul dedi, 
O‘g‘liga qarab bir so‘z dedi:
Sari yoyning girishini tortmagin, 
Gapginamni sen o‘zing unutmagin, 
Alpomish ham senday yolg‘iz ekandi,
Meni desang, elchi g‘ozni otmagin.
Otasining ranggi so‘lgan ekandi, 
Enasi bolam, deb qolgan ekandi,
Bek Alpomish zindon bo‘lgan ekandi, 
Meni desang, elchi g‘ozni otmagin.


114
Enang qolmagay qayg‘u hasratga,
Tong otmayin borsin Boysin – Qo‘ng‘irotga.
Elchiga o‘lim yo‘q hech shariatda,
Meni desang, elchi g‘ozni otmagin.
Bedovni yugurtar tozyona qamchi, 
Shohlarning oldida bo‘lar satranji.
Alpomishdan bo‘bdi shu g‘oz arzachi, 
Meni desang, hargiz otma, farzandim.
Shakaman juhudning achchig‘i kelib, enasiga qarab, bir 
so‘z dedi:
Nishonaga kelayozdi enag‘ar,
Yurgan yerim bo‘tako‘zli jo‘nag‘ar,
Vaqtli ob kelgin sari yoyimni 
O‘qim tegsa, badanidan qon oqar.
Shunda enasi: – Shishib o‘l, qavrib o‘l, qaqshab o‘l, cho­
chilmay o‘l, jorimay o‘l, binkillab o‘l, dingkillab o‘l, – debdi. 
Kuchuk otadigan qiyshiq, egri yoyini olib kelib berdi. Shu 
yoyning girishini toblab, g‘ozning tovushidan nishona bildir­
di. Kampir g‘ozga qarab, bir so‘z dedi:
Yig‘layman qudratli haqqa zoru zor,
Mullalar bitadi alifman zabar.
Yashamagur qo‘lga oldi yoyini,
O‘ng aylanib chapga qoch­da, jonivor.
Tong otmayin ko‘rgin Boysin elatdi, 
Og‘zingga tishlagin shul arza xatdi. 
Bir baland uch, pastga tashla, jonivor, 
Yashamagur senga yoyini otdi.
Shunday Shakaman yoyini otdi, 
Bo‘takanini yulib o‘tdi, 


115
G‘oz yuz gaz yerga – pastta ketdi, 
O‘zini o‘ngg‘arib uchdi­da ketdi.
Anda Shakaman yoyning tanobini bo‘yniga soldi. Pastga 
o‘zini tomdan tashladi. Enasi qarasa, bolasi bo‘g‘ilib o‘lib yo­
tibdi. Enasi: “Xudoyga shukur, sening ham o‘lganingni ko‘rar 
ekanman”, – deb ketiga mushtlab yotir. Mushuk, itlariga tish­
latib yotir. Shakaman juhud qushni juda ko‘p ushlagan kuni 
enasiga kabob qildirib, enasiga go‘shtidan berar edi. Ushlay 
olmagan kuni go‘shtim topib ber, deb urar edi. Shuning uchun 
enasining ko‘ngli qolgan edi. Endi g‘ozdan eshiting.
G‘oz uchib borib Qo‘ng‘irotda Bobir ko‘lga tashladi. G‘oz 
ko‘lda yota bersin. Endi gapni bolasi Yodgordan eshiting. 
Boybo‘ribek: “Sipohigarlikning ilmi – avval mashq bo‘ladi. 
O‘ttiz ikki xil sipohigarlik mashqi bor. Avval ilm, odob, katta­
ning aytganini qilmoq, hukumatning amrini qilmoq, shul dav­
latdir. Undan keyin mashq qilmoq lozim”, – deb Yodgorga bir 
joy qilib berdi. Bunda Yodgorbek mashq qilib, o‘zi qatori bola­
lar bilan yura berdi, ham o‘qib ilmdan boxabar bo‘ldi. Bir kuni 
sari yoy bilan nishonga otdi. Hammasining nishonasi tegdi, 
Yodgorniki tegmadi. Yodgor: – Nimaga meniki tegmaydi? 
– dedi. Shunda haligi bachalarning bittasi: – Bizlarning ota­
miz, enamiz bor. Izzatimiz bor. Sening mulla Hakimday g‘arib 
otang qalmoqning yurtida g‘arib o‘ldi. Boybo‘ri bobongning 
esi ketib qoldi. Barchinday enang tul bo‘lib qoldi, sochini 
yoyib qoldi. Sen sari oyoq, – dedi. Bu gap Yodgordan o‘tib 
ketdi. Shunda Yodgor norday ingranib Boybo‘ri bobosining 
oldiga yetdi. Shu gaplarni aytmoqchi bo‘lganda, Qaldirg‘och 
ammasi bir so‘z dedi:
Seni ko‘rib yurak­bag‘rim ezildi, 
G‘azoda bedovning dumi cho‘zildi. 
Yaxshimdan qolgan o‘rinbosarim,
Nimaga vayrona ko‘ngling buzildi.


116
Oyimning boshida bordi o‘tag‘a, 
O‘lim navbat edi shohu gadoga,
Seni ko‘rib menda toqat qolmadi, 
Bo‘yginangdan menday ammang sadag‘a.
Shunda Yodgorbek zor­zor, chun abri navbahor yig‘lab, 
bir so‘z dedi:
So‘zi qursin, yurak­bag‘rim o‘rtadi, 
Tayoq qursin, badanimdan o‘tadi. 
Men yig‘lamay, kim yig‘lasin, ammajon, 
Tarzima sari oyoq deb aytadi.
Qatorda tirkalgan norcha­lo‘kmidi, 
Mosha bossa, zinglab chiqqan o‘qmidi,
Bir bemaza sari oyoq deb aytadi, 
Senda aka, menda ota yo‘qmidi?
Yur, chirog‘im, Bobir ko‘lga borayik, 
Bir parni senga topib kelayik.
Ot chopilar balandli pastiga, 
Biri akam, deb, biri otam, deb 
Borib qoldi ola g‘ozning ustiga.
Kuyganimdan gapni gapga ulayman. 
Avliyo qabrini ko‘rsam tunayman,
Men bo‘laman Alpomishning singlisi, 
Bir paringni tilayman.
G‘arib o‘lgan Alpomishning o‘g‘liga,
Yodgorbekka bir paringai tilayman,
Yodgor yig‘lasa, men ham yig‘layman, 
Kecha­kunduz manglayini silayman,
G‘arib o‘lgan bek akamning o‘g‘liga, 
Yodgorjonga bir paringni tilayman.


117
Eson­omon aqilini shoshirdi,
Qoshlari qoradi, tishlari durdi, 
Bekbachchaning bitgan arza­xatini, 
Qaldirg‘och oyimga jonivor berdi.
Qaldirg‘ochning yuragida dardi bor,
Sabil bo‘lgan Boysinday elati bor, 
O‘sha parga oyim tiklab qarasa, 
O‘ldi degan akasining oti bor.
Kimga aytar yuragida dardini, 
O‘qib ko‘rdi og‘asining oti bor. 
Voy akam, deb yig‘lay berdi Qaldirg‘och, 
Voy akam, deb yuldi gulday betini.
Kengash kelar elning katta biyiga, 
Chopilsa dol bedov kelar to‘yiga,
Voy akam, deb o‘pkasini bosolmay, 
Sochin yoyib bo‘zlab qaytdi uyiga.
Ne savdo ko‘tarmas bandaning boshi, 
Illolloh der masjidlarning darvishi, 
Boybo‘ri shunday tiklab qarasa, 
Voy akam, deb Qaldirg‘ochning tovushi.
Gap chiqadi kuyganlarning tilidan, 
Qutulmadim bu dunyoning hilidan. 
Nimaga yig‘laysan, chirog‘im, dedi, 
Otasi shul parni oldi qo‘lidan.
Sabil bo‘lgan Boysin­Qo‘ng‘irot eli bor, 
Shu shoirning so‘zni aytar tili bor, 
Boybo‘ri shundayin tiklab qarasa,
O‘ldi degan yolg‘izining oti bor.


118
Bu gaplarning aslo yo‘qdir xatosi,
Moya o‘lsa bo‘zlab qolar bo‘tasi,
Xatga qarab, vo bolam, deb yig‘laydi, 
Boybo‘ribek, Alpomishning otasi.
Olov tushsa, o‘rtanmaymi tanasi, 
Sut bilan sipqorish qilgan siynasi,
Voy bolam, deb xatni o‘qib yig‘laydi, 
Bekbachchaning Kuntugalday enasi.
Dolboy kelsa, talpinmaymi qarchig‘ay, 
Urushli kun tortilmaymi mis karnay, 
Voy to‘ram, deb o‘pkasini bosolmay, 
Sochin yoyib, bo‘zlay berdi Barchinoy.
Sarg‘ayibdi Barchinoyning siyog‘i, 
Uyulib bebaqoning bodom qobog‘i. 
Voy to‘ram, deb o‘pkasini bosolmay,
Bekbachchaning ko‘ngil bergan sevdigi.
Ochilar bog‘larning gulu g‘unchasi,
Yuraklarda dard ko‘p, dardmon anchasi, 
Voy qaynim, deb o‘pkasini bosolmay, 
Irg‘oqlidan kelib qoldi chechasi.
Otga yo‘l bermaydi soyning o‘rasi, 
Har kimning kuni bor besh kun ko‘rasi.
Voy do‘stim, deb o‘pkasini bosolmay,
Bekbachchaning Qorajonday jo‘rasi.
O‘lim qursin, suyaklari shovshadi, 
Mo‘minlarning bandi­bo‘g‘ni bo‘shadi,
Yig‘ilishib gala bag‘ri kuyganlar,
Biri bag‘rim, biri bolamlashadi.


119
Hammasining yurak­bag‘ri ezilib, 
Jimma­jimma ko‘zdan yoshi tizilib,
Voy bag‘rimlab, voy bolamlab kuyganlar, 
Hammasining yurak­bag‘ri ezildi.
Qaldirg‘och, akam, dedi, 
Yodgor, otam, dedi.
Xatda ko‘rib bekbachchaning otini, 
Enasi sho‘r yolg‘iz bolam, dedi.
Ana endi bularni bu so‘zda qo‘ying. Ultontoz Boybo‘rining 
kichkina quli. Fuqarolarga hadsiz sanovsiz pora berib: “Men 
Boybo‘rining o‘g‘liman”, – deb Qo‘ng‘irot eliga podsho bo‘lgan 
edi. Asli Ultontozning ilgarigi kasbi Boybo‘rining yilqilarini 
boqar edi. Bu dunyo bebaqo, asli yo‘q badrak qulni podsho 
qildi. Alpomishni o‘lgan, deb yurar edi. Qo‘ng‘irot odamlari, 
elati Alpomishning xati kelganini eshitdi.
Gul ketar bo‘lsa, guliston emranur,
Shahar vayron bo‘lsa, sulton emranur,
Mol borida hamma odam do‘st edi, 
Boshga kun tug‘ganda tuvg‘an emranur.
Ana endi Ultontoz Boybo‘riga yasovul yubordi. “Alpomish­
dan xat kelibdi. Bizga berib yuborsin, agar tirikligi rost bo‘lsa, 
odam yuborib olib kelaman”, – deb Boybo‘riga mahram bordi. 
Boybo‘rini olib keldi. Yoppa­yovlik bari keldi. Qirq ming uyli 
qo‘ng‘irotlardan hammasi yig‘ilishib keldi. Boybo‘ri haligi 
xatni o‘rtaga chiqarib tashladi. O‘rtada xaloyiq, podsholarga 
bir so‘z dedi:
Bahorda ochilgan bog‘da gul bormi,
Meningday Xudoga yozgan qul bormi,
Atrofimda turgan qavmu qarindosh,
Qalmoq elga borib kelar ul bormi?


120
Hay attang, bo‘lmading o‘zimga sirdosh,
Ko‘zimdan to‘kilib qoldi qonli yosh.
Qalmoq elga qaysing borib kelasan, 
Tevarakda turgan qavmu qarindosh.
Bir vaqtlarda siylov to‘nim kiyasan, 
Elatimda endi bekni jiyasan,
Atrofimda turgan qavmu qarindosh, 
Qalmoq elga qaysing borib kelasan?
Bog‘larda ochilgan toza lolamsan, 
Kuyib ketgan mening kulba­xonamsan, 
Borib kelgin qalmoqlarning shahriga,
Bolamning o‘rniga o‘zing bolamsan.
Qatorga tirkalgan norcha­lo‘k ekan, 
Mard yigitga nomus bilan kek ekan,
Sen bormasang, kim boradi, Qorajon, 
Sendan boshqa menda g‘amxo‘r yo‘q ekan.
Endi Qaldirg‘ochoyim bir so‘z dedi:
Eshitgin, Qorajon, mening so‘zimdi,
Qo‘ng‘irot elda o‘lmakligim lozimdi(r), 
Jilovdor qib olib ketgin, akajon,
Jilovdor qib olib ketgin o‘zimdi.
Borib ko‘rib kelay yolg‘izimdi.
Har na bo‘lsa sizman birga bo‘layin, 
Bul kallamni etagingga solayin,
Jilovdor qib olib ketgin, Qorajon, 
Akajonim polvonni ko‘rib kelayin.
Qorajon qalmoq bir so‘z dedi:
Kashal eli olti oylik yo‘l bo‘lar,


121
O‘rtalikda necha katta bel bo‘lar,
Sen ayolsan, qisqa oyoqli mushtipar, 
Bormagin, chirog‘im, isnot tong kelar.
Qorajon olmani otgan demaymi,
Yo‘llarda xunoba yutgan demaymi, 
Sen ayolsan, qisqa oyoqli mushtipar, 
Yo‘llarda Qorajon yotgan demaymi?
Hali hozir ko‘p dushmanlar ortingga, 
Sherik bo‘ldim, chirog‘im, sening dardingga,
Men iyartib ketsam seni yo‘llarga, 
Arimas isnoti bo‘lar betingga.
Ipak arqoqchani xurjinga soldi, 
Yo‘lbarsday ingranib Qorajon, 
Dushman qalmoq yurtiga bormoqchi bo‘ldi.
Odamlarning bandi­bo‘g‘ni bo‘shadi,
Qorajonning suyaklari shovshadi, 
Barakalla, himmatingga, Qorajon,
Bemazalar qalmoq, qalmoq deyishadi. 
Boybo‘ri bilan Qaldirg‘och – hammalari,
Hammalari omin­omin deyishadi.
Jabduq bilan bedovini shayladi, 
Barakalla, himmatingga, Qorajon, 
Olti oylik yo‘lga talab ayladi.
Otga yo‘l bermaydi soyning o‘rasi,
Har kimning kuni bor besh kun ko‘rasi.
Olti oylik yo‘lga talab ayladi. 
Bekbachchaning Qorajonday jo‘rasi.
Tomosha aylang yurganda jasoratiga,
Minib oldi mard Qorajon otiga. 


122
Mard yigit har yerda aslo o‘lmasin, 
Talab qildi Toychixonning yurtiga.
Mard yigitni nomardga muhtoj qilmasin, 
Mard yigitning rangi gulday so‘lmasin, 
Hukumat davlati bo‘lsin ziyoda, 
Dushmanlari bo‘lib qolsin piyoda, 
Omin denglar, amaldorlar o‘lmasin.
Barakalla, bekbachchaning jo‘rasi
Kashalning eliga talab ayladi.
Yosh bachalar o‘qishidan qolmasin,
Dushmanlarning aytganlari bo‘lmasin,
Har kim bilganidan doim qolmasin.
Barakalla, bekbachchaning ishiga, 
Rangi so‘lib, toza gulday so‘lmasin, 
O‘rta yo‘lda oti charchab qolmasin, 
Omin deng, Qorajon qalmoq o‘lmasin.
O‘zbekiston elga ko‘p xizmat qildi, 
Dushman dedi, bedov otini yeldi, 
Alpomish deb toza rangin so‘ldirdi,
Uzoq yo‘lga otni minib jo‘nadi. 
Ana endi shu yerda turgan shoh­gado, barcha fuqarolar 
aytdi: “Galdiragan Boybo‘ri, sandiragan Boybo‘ri, sening qi­
zingni yo‘lga chiqqanini bilgandir, yolg‘onchi, laki, bir sho‘x 
odam shu xatni qilgandir. Ig‘vogarlar, yurtbuziqilar Qorajon­
ni ham aynitibdi. Qorajon “Egri ozar, to‘g‘ri to‘zar” deb ayt­
di. Yomonning so‘zi, singlimning ko‘zi, deb Qorajon qalmoq 
Alpo mish do‘stini izlab, qora boshini boy tikib, shunqorday 
talpinib, dushmanlarning yurtiga jo‘nab ketdi”.
Qorajon polvonlik qilolmay, attorlik suratida bo‘lib, at­
torlik narsalardan xurjinga solib, bozor kelsa, olib, qishloq 
kelsa, sotib, besh yarim oy deganda, Kashalning yurtiga yetdi. 
Lekin Kashalning eli Qorajon qalmoqni butun tanimay ketdi. 


123
Soqol­murti chiqqan yo‘q edi, soqol­murti chiqib, o‘zi musul­
mon bo‘lib edi. Shuning uchun qalmoqlar tanimadi. Dalalarda 
odamlar ko‘p emas. Har yerga borib, Alpomishning daragini 
topamanmi, deb kechayu kunduz qirq kun axtardi. “Hay at­
tang, do‘stim kelgan palla o‘lgan ekan”, – deb Qorajon Alpom­
ishdan darak topolmadi. So‘ngra darak topolmay, Qo‘ng‘irotga 
qaytdi. Yo‘lda kelayotsa, o‘nta bola bir bolani urayotibdi. Kat­
tasi uringlar, deb turibdi. Tayoq yeganning oti Berdiboy ekan. 
Tayoqni yeb turgan Berdiboy o‘zidan­o‘zi bir so‘z deyayotibdi:
Otadan beshni yarat, to‘rtni yarat,
Biri o‘lsa, uchov turar boshiga, 
Yolg‘iz o‘lsa kim yig‘laydi qoshiga,
Yolg‘izni yaratguncha toshni yarat, 
Alpomish ham menday yolg‘iz ekandir.
Qatorga tirkalgan norcha­lo‘k ekan,
Mosha bossa, zinglab chiqqan o‘q ekan, 
Alpomish ham menday yolg‘iz ekandir, 
Bekbachchada aka­ini yo‘q ekan.
Aka­ini bo‘lganda kelar edi,
Kelib turib bir xabar olar edi, 
Alpomish ham menday yolg‘iz ekandir,
Shuning uchun zindon qolgan ekandir.
Hech bir mo‘min bo‘lmasin bizlarday yakka.
Aka­inim bo‘lganida kelar edi. 
Bachalardan meni ayrib olar edi,
Alpomish ham menday yolg‘iz ekandir. 
Yolg‘izni yaratgancha toshni yarat!
Har banda olgani bilan qarisin, 
Ummon daryo to‘lib­toshib yurisin,
Hech mo‘min bo‘lmasin mendayin yakka. 


124
Dod­faryod, yolg‘izlik qurisin, 
Hech musulmon bo‘lmasin bizlarday yakka.
Anda Qorajon qalmoq bu gapni eshitdi. Haligi Berdiboyni 
oldiga chaqirib oldi. – Janag‘i gapingdan ayt, – dedi. Berdi­
boy aytdi: – Toychixon “har kim Alpomishning otini aytsa, 
boshi – o‘limda, moli – talonda”, degan. Meni Toychixon olib 
borib dorga ossin. Buytib tengdan, tengsizdan tayoq yegun­
cha meni o‘ldirgani yaxshi. Xo‘rlik menga o‘tib ketgan. Qora­
jon: – Fa qirga pana menman, bola. G‘am yema, davlat kelsa, 
beklar begi qilaman,– dedi. O‘zi yolg‘iz ekan. Qalmoqlarning 
ichiga borib, o‘tirishib qolgan ekan. Berdiboyning ota­bobosi 
qalmoq larga sig‘indi ekan. Shuytib qalmoqlarning bolasi urib 
yotgan ekan. – Alpomishni Toychixon Chugurli cho‘lidagi 
otasidan qolgan eski zindonga solib qo‘ygan, – dedi. Buni 
Qorajon eshitib Berdiboy bilan omonlashib, zindonga qarab 
ketdi. Otni shuvoq qa haydab yuborib, o‘zi o‘likmi­tirikmi, deb 
zindonning ichiga tikilib qaradi. Alpomishbek odamning kel­
ganini bildi. Unda Alpomish zindonning yuqorisiga qarab, bir 
so‘z dedi:
Belimda sholli po‘tammisan,
Yuragimda motammisan, 
Xatni o‘qib izlab kelgan 
Boybo‘ribek otammisan? 
Otam bo‘lsang tashla tosh, 
Toshing menga bo‘lar yo‘ldosh.
Kuygan kulbaxonammisan, 
O‘rtanganda tanammisan, 
G‘ozdan yubordim arzani,
Xatni o‘qib kelgan 
Kuntugal enammisan?


125
Ko‘zdan oqqan yoshimmisan, 
Aqllarim, hushimmisan,
Tirikligimni bilib, 
Voy akam, deb so‘rab ketgan 
Yolg‘iz emchaksoshimmisan?
Bedovimga to‘qammisan, 
Sovutimman yoqammisan, 
Firoqimda kuyib kelgan 
Xoldor mahram tog‘ammisan?
Bek bo‘lganda havommisan,
Dardginamga davommisan, 
Tiriklikkinamni bilib,
Qultoyqulday bobommisan?
Bir baland­pasimmisan,
Ko‘ngilga havasimmisan, 
Davlatga egalik qilgan 
Qorajonday do‘stimmisan?
Ana endi bu gapni eshitib, Qorajon o‘tday tutashib ketdi. 
“Otangni aytding, xo‘p aytding. Enangni aytding, juft ayt­
ding. Bir baytallik Qultoy quldan meni so‘ng aytding. Men 
seni deb arkon­davlatimdan, shon­shavkatimdan kechib, 
Barchinga jilovdor bo‘lib, Qo‘ng‘irot eliga borib, musofir­
likni ko‘ribman. Qarindoshlaringdan hech bir odam kel­
madi. Men shuncha yo‘ldan do‘stim deb izlab kelibman, bir 
baytallik qul – tengsiz quldan ham so‘ng aytding. Ana endi 
ustadan qolgan cho‘ntoqqinam chiqarib oladi”, – deb araz­
lab, orqasiga o‘n yetti tosh yo‘lga ketdi. “Ore, mening senga 
do‘stlikkinam. Otangdan, enangdan ilgari. Voy­voy, mening 
mehnatim kuyib ketdi”, – deb Qorajon telpagini yerga olib 
qo‘yib, ko‘p yig‘ladi, o‘ziga­o‘zi so‘z aytib, maslahat qildi. 
Aytdi:


126
Olib ketmasam o‘zbek polvon o‘ladi.
Ota­enasi mendan o‘pka qiladi, 
Ob ketaymi, ob ketmaymi do‘stimni, 
Telpakboy, maslahat qanday bo‘ladi?
Tortib keldim qulo cho‘lda ohu voy,
Dolboy kelsa, talpinadi qarchig‘ay,
Obketaymi polvonbacha do‘stimni, 
Maslahat ber Qorajonga, telpakboy?
Sarg‘aydi do‘stim, deb oyday siyog‘im, 
Uyildi cho‘llarda bodom qobog‘im,
Obketaymi, obketmaymi do‘stimni, 
Qorajonga maslahat ber, telpagim.
Shunda Qorajonning xayoli hali ham kirali­chiqali. Shunda 
Qorajonning telpagini quyun uchirib ketdi. Qorajon telpagin qu­
vib ketdi, telpak zindonga tushib ketdi. Ana endi Qorajonning 
esi kirdi: “Qorajon, voh, hasrat­o, voh, nadomat­o. Telpakcha 
esim bo‘lmasa, o‘lganim yaxshi. Bu zindonda yotgan bo‘lsa tup­
roqdan ovqati o‘tgan bo‘lsa, esi ketgan bo‘lsa. Qorajon, se ning 
ishing ayb­ayb”,– dedi. Shunda zindonga qarab, bir so‘z dedi:
Bir balandda bo‘lgan sening pasingman, 
Ko‘nglingda hamisha havasingman, 
Omonsanmi, esonsanmi, jon do‘stim, 
Qalmoq eldan birga ketgan do‘stingman.
Ochilar bog‘larda gul bilan g‘uncha,
Elatingda xushvaqt bo‘lgan bir necha,
Alhamdulloh, o‘lmay ko‘rdim o‘zingni,
Assalom alaykum, yotgan bekbachcha.
O‘ldi, dedim, yuraklarim bo‘ldi qon,
Sipohining piri Shohimardon. 
Alhamdulloh, o‘lmay ko‘rdim o‘zingni, 
Omonsanmi, esonsanmi, bekbachcha.


127
Firoqingda hamisha qonlar yutgani, 
Xatarli yo‘llardan zo‘rman o‘tgani, 
Tunda yo‘lda yurdim, do‘stim mung‘ayib, 
Keldim seni bundan olib ketgani, 
Omonsanmi, esonsanmi, jon do‘stim.
Anda Alpomish polvon buni eshitib, Qorajonga qarab, bir 
so‘z aytdi:
Tog‘larning boshini chalgan tumanmi, 
Bug‘doydan ayrilgan yaxshi somonmi, 
Voh bolam, deb duo qilib mo‘ngkaygan,
Davlat boshi Boybo‘ribek omonmi?
Bulutli kun bo‘zlog‘im, deb suyangan, 
Alla bolam, yolg‘izim, deb tayangan, 
Kechasiman chuchchi uyqudan o‘yangan, 
Tong qorasi tol beshikni tayangan,
Bo‘zlab qolgan enajonim omonmi, 
Yo bo‘lmasa, ko‘rmak uni gumonmi?
Oy edi, oy kabi anda nigorim, 
Shu ko‘ylarga soldi parvardigorim, 
Ey, esonmi Qaldirg‘ochday jigarim, 
Irg‘oqida Xoldor tog‘am omonmi?
Davlat bersa, mayin dastor o‘rayman,
Kokilimni sildiratib tarayman. 
Yoppa­yovlik O‘zbekiston shahrining 
Esonligin, Xudo, sendan tilayman, 
Tubi o‘zbek, tubi bitta, Qrrajon, 
Qarindoshning esonligin so‘rayman.
Senga aytay yuragimda cherimni, 
Yod aylab yig‘layin biruborimni,
Ola tog‘dan, voh to‘ram, deb ayrilgan, 
So‘rayman, jo‘rajon, Barchin yorimni. 
Ichda qolgan Yodgorbek omonmi?


128
Ana endi Alpomish o‘ziga­o‘zi aytdiki: “Yomon bilan yot­
ma, ertan turib aytma”. Shuni aytsang, bir kun boshing kul­
fatga qoladi. Qorajon yangi “Meni Qultoydan so‘ng aytding”, 
deb arazlab ketdi. Bu Qorajon meni zindondan chiqarib olib 
ketar, bir kun Qo‘ng‘irot elimga yetar. Bir katta yig‘in yer­
larda “Seni men olib kelib edim”, deb aytar. Bir o‘lmasman, 
bir kuni shuytib meni o‘ldirar. Qorajon bilan ketganimdan 
zindonda o‘lganim yaxshiroq”. Unda “Qorajon chiqarib ola­
yin”, – deb xurjindagi o‘n chorak ipakdan bo‘lgan arqonni 
zindonga tashladi. Alpomish ushladi, beliga bog‘ladi. Qora­
jon balandga qa rab Alpomipshni tortdi. Qorajonning tizza­
sidan pasti yerga kirib ketdi. Shayton Alpomish polvonning 
ko‘ngliga kirib g‘alaba qildi. Alpomish zindonga oyog‘ini ti­
rab bir tayladi. Ipak arqon pichoq kesganday chirs etib, uzi­
lib ketdi, hiyq etib yerga tushdi. Qorajonga qarab Alpomish: 
– Arqoning chirik ekan, – dedi. Qorajon aytdi: – Arqonim tol 
ipakdan. Se ning ko‘ngling chirik ekan. Bo‘lganda­ku, bo‘lar 
edi. Bo‘lmadi, bo‘lmadi­da. Do‘stim, avvali mendan o‘tdi, 
orqasi sendan o‘tdi. Men arazlab ketdim, shuni bilib sen ar­
qonni o‘zing uz ding. Sen endi ko‘nglingdagi dardingni ayt­
gin. Ana endi Alpomish aytdi: – Barchinga tirik de, undan 
boshqasiga o‘ldi de. Shu gapimni aytmasang, qiyomatda 
sening betingni ko‘rmayman. Qorajon yig‘lay­yig‘lay ketdi. U 
keta bersin, Alpomish zindonda yota bersin. Ana endi gapni 
qalmoq elda Toychixonning cho‘poni – qo‘y boqqich Kayqu­
boddan eshiting.
Kayqubod Toychixonning qo‘yini boqib yurar edi. Toy­
chixonning qizi, oldida besh yuz kanizi, har qaysisi bir amal­
dorning qizi, qoshlari qunduzi, ko‘zlari tongning yulduzi, 
qoshlari yoyday, lablari bolday. Ertan choy, oqshom palov, 
muhrlab qo‘ygan qog‘ozday , suv ichsa, biqinidan, charvi 
yesa, chatanidan ko‘rinadi. Qorong‘i uyda yotadi, yuzining 
munav­varligi uyni yop­yoruq qilib ketadi. Kayqubod har 
kuni qo‘yni boqib kelib yotadi. Bir ko‘sam so‘yadi, terisini 
tulp qilib kiyib, tong qorong‘isi bo‘lgancha Tovkaga qarab 
yotadi. Toychixon qizining otini Tovka oyim der edi. Cho‘pon 


129
xushtor – yaxshi ko‘rar edi. Lekin terini kiyib yotgani uchun 
kanizlar ko‘rsa ham, buni kuchuk, deb hech nima demaydi. 
Kayqubod shu Tovkaga oshiq. “Boz shuni olsam, muftini 
olib kelib nikoh qiysam, ko‘ylakni bo‘yniga jiysam, qorniga 
qornimni qo‘ysam, o‘lsam Xudoydan armonim yo‘q”, – deb 
har kuni, har oqshom ko‘ziga uyqu kelmay, chirim qoqmay 
yotadi. Shuytib tong otar edi. Shunda bir kuni qo‘yni yoyib, 
Chugullining cho‘liga bordi. Ishton­ko‘ylagini yechib, bitini 
qarab yotib edi. Yontoqdan kanora qilib, o‘zi qassob bo‘lib, 
bitlarni so‘yib, oyog‘idan ip bilan bog‘lab, kanoraga ilib yo­
tib edi. Tovkaning yaxshi ko‘radigan bir ola ko‘ssami bor edi. 
Zindonga tushib ketdi. Bo‘ynida qo‘ng‘irog‘i bor edi. Alpo­
mish ko‘ssamni yeb, qo‘ng‘irog‘ini zindondan chiqarib otdi. 
Qo‘ng‘iroq osmon ba landga chiqib ketdi. Qo‘ng‘iroqning 
tovushini Kayqubod kal eshitdi. “Endi qibladan shamol tur­
ganday, meni Xudoy urganday, osmondan jumurt keldi, Kay­
qubod o‘ldi. To‘g‘ri gapni qilmay, qassoblik qilsam, mening 
jazom shul. Oshpichoq, qalampirim bor, piyozim bor, otam­
dan qolgan katta oshpichog‘im bor. Lo havlo va laquvvato, 
illo billohi, aliul azim”, – deb toboni ketiga tegib­tegib, yap­
yalong‘och bo‘lib, cho‘lga qocha berdi. Yap­yalong‘och go‘rga 
borsinmi, qo‘yga qarasa, Tovka oyim ning ola ko‘ssami yo‘q. 
U yoqni, bu yoqni axtardi, ko‘ssam yo‘q. Shunda zindonga 
tushganmikan, deb zindonning boshiga bordi. Zindonga qa­
rab, Kayqubod kal bir so‘z dedi:
Hay, attang, dunyo bebaqoni, 
Orttirgan o‘ziga jabru jafoni,
Hali ham o‘lganing yo‘qmi, Alpomish,
O‘ldirmayin tirik uzat sarkani.
Bedovni yugurtar tozyona qamchi, 
Do‘lanadi qorli tog‘ning og‘ochi, 
O‘ldirmayin tirik uzat takani,
Bu takaning o‘zi Tovkaga enchi.


130
Tovka qursin, mening qaddimni bukar,
Yo‘lbarsday ingranib yoshimni to‘kar.
Uning o‘zi zo‘r odamning ulog‘i, 
O‘ldirmayin, tirik bergin ko‘ssamni, 
Kasofating tegmay ketsin, enag‘ar.
O‘ldirmasang, men vaqtingni xushlarman, 
Zindoningga turli taom tashlarman,
Agar bersang oy Tovkaning ko‘ssamin, 
To o‘lgancha men vaqtingni xushlarman.
O‘lmasang, dunyoda davronni surgin, 
Hamishagiday o‘zing bilan teng ko‘rgin, 
Zinhor aytadigan gapim shul senga, 
O‘ldirmayin ola ko‘ssamni bergin.
Qallig‘im bo‘lgay­da dunyoda omon, 
Sen o‘ddirsang fe’ling qashshoqdan yomon,
Agar o‘lsa, manglayingda sho‘ring ko‘p, 
Gunohing ko‘pdir, taqdiring ko‘p yomon.
Anda Alpomish polvon Kayqubodga qarab bir so‘z dedi. 
Lekin Alpomish Kayqubodning fe’lini bilar edi. Bu xotinboz 
edi, xotinni yaxshi ko‘rar edi. Alpomishning so‘zi:
Eshit, qaynim, bek Alpomish so‘zini, 
Tor zindonda g‘am sarg‘aytdi yuzini,
Zindondan chiqarib olsang, Kayqubod, 
Olib beray Toychixonning qizini.
Ushlatayin xina qo‘ygan qo‘lidan,
Qo‘lingni o‘tkaray sog‘u so‘lidan,
Qulluq de, joyingdan turgin, Kayqubod, 
Ingrantirib quchtiraman belidan.


131
O‘zim senga kuyov boshi bo‘laman, 
Nima desang, aytganingni qilaman, 
Zindondan chiqarib olsang, Kayqubod,
Oy Tovkani senga xotin qilaman.
Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagan, 
Ko‘p yilgacha uzoq yasha, o‘lmagan, 
Olib beray senga Tovka oyimni,
Bu gapimni, qaynim, hazil bilmagin.
Shunda Kayqubodning yuragi ishib ketdi. Alpomish yez­
nasiga qarab: – Assalomu alaykum, yezna,– dedi. Alpomish 
aytdi: – Qaynim, nimang bor? Kayqubod aytdi: – Bor boricha, 
qirq qo‘yim bor, bosh otiga beraman degan bir olagina to­
yim bor, ikki qorin, bir jumur moyim bor, xotin olaman degan 
o‘yim bor, uch nimcha sarg‘ichgina, mehmonlarga damlab 
beradigan yaxshi choyim bor. Alpomish aytdi: – Balli senga, 
Tovkani olib beraman. Qirq qo‘yni ham tapsha, ola toyni 
ham, moyni ham, choyni ham tashla. Senga olib beraman. 
Unda Kayqubod: – Qulluq,– dedi. Suyunganidan vaqgi xush 
bo‘lib, shoulog‘i, deb ikki qo‘y tashladi, vaqgi xushligiga ikki 
qo‘y tashladi. Quymoq uyning qo‘yi, deb yana ikki qo‘y tash­
ladi. Shunda Kayqubod vaqti xush bo‘lib, dimog‘i choq bo‘lib, 
quvonganidan yuragi yorilguday bo‘lib, bir so‘z deb ketayo­
tibdi qo‘yni haydab:
Kayqubod xotinli bo‘ldi, Xudoyim, 
To‘shlari cho‘llarda bo‘ldi muloyim. 
Hay­huy yallasi, kirib ketar kallasi, 
Kayqubod xotinli bo‘ldi, olloyim, 
Tovba desam, to‘kilgaydi gunoyim.
Endi oldim Toychixonning qizini, 
Yarqillatib yulduzdayin ko‘zini. 
Endi oldim Oy Tovkaning o‘zini, 


132
Kashal elning yallasi, 
Qachon kirar kallasi.
Badanlaring juda yaxshi qilayim, 
Shu Tovkaga qachon qo‘shar Xudoyim.
Nasiya emas, naq bo‘ldi, 
Dimoqqinam choq bo‘ldi.
Shuytib, shu ko‘rgulikda oradan qirq kun o‘tdi. Qo‘ylarni 
zindonga har kuni tashlab, qo‘y sop bo‘ldi. Endi bosh ot–ola 
toyga navbat yetdi. Choyni, moyni, ola toyni bu kun birdan 
tashlab ketdi. Lekin Tovkaga yeta olmadi. “Alpomish Tovkani 
olib beraman, deb qo‘ylarimni, moy bilan ola toylarimni yeb, 
Tovkani olib bera olmay, meni aldab ketdi”, – deb zindonning 
ichiga qarab, Alpomishga bir so‘z dedi:
Tirikligim bo‘ldi o‘zimga gumon, 
Yurak­bovurim bo‘ldi to‘la qon,
Qalindan qutulsam aslo kelmaydi, 
Bu gaplarni Tovka qursin bilmaydi.
Buralib oldimga Tovka kelmaydi.
Bu gaplarni xaloyiq aslo bilmaydi, 
Ko‘rpa­to‘shak qalin qilib solmaydi,
Qadasidan qutulganman men o‘zim, 
Tovka kelib nega xotin bo‘lmaydi.
May ichganday yuragimni moyirding, 
Men sho‘rlini jona joydan toyirding, 
Qallig‘imni qo‘ynimga sol, zinag‘ar, 
Ham qo‘yimdan, ola toydan ayirding.
Ana Alpomishbek Kayqubodga qarab, bir so‘z dedi:
Ushbu damni, Kayqubod, dam dema,
Har polvondan Alpomishni kam dema, 


133
Sabr qilsang, uzum pishar g‘o‘radan, 
Uning uchun Kayqubodjon, g‘am yema.
Oy deydi, oy kabi anda vaqtiga, 
Qoyim bo‘ldim taraflarning baxtiga.
Salomat zindondan chiqsam, Kayqubod, 
Mindiraman Toychixonning taxtiga, 
Uning uchun xo‘rsinmagin, Kayqubod.
Tog‘larning boshini chalgan tuman­a, 
Ayroliq savdosi besh kun gumon­a,
Zindondan yeznangni chiqarsang, 
Adolatli podsho qilay Kashalga. 
Zamon­zamon Kayqubodning zamoni, 
Xudo dargohida bo‘lgin omon­a.
Anda Kayqubod aytdi:
– Sen tunov kun Tovkani olib beraman, deb hamma qo‘y­
mollarimni yeding. Endi meni podsho qilaman, deb alday­
sanmi? Alpomish: – O‘ldiraman, – deb do‘q urdi. Kayqubod 
arazlab ketaman desa, qirq qo‘y ketgan, ola toy ketgan, oshiq­
lik, ishqibozlik suyakka yetgan. Alpomishga beray desa, endi 
qo‘yi yo‘q, tashlay desa, toyi yo‘q. Alpomishga ovqat uchun 
har kuni o‘g‘rilik bilan uni­buni olib kelib berdi. Axir buning 
bilan ham bo‘lmadi. Endi birovning o‘n besh botmon arpasi­
ni o‘roqqa oldi. Shuni kunda kunduzi o‘radi, oqshomi tashib 
kelib zindonga tiqadi. Oradan o‘n besh kun o‘tdi. Arpaning 
hammasini yeb qo‘yibdi. Endi gapni o‘roqchi saqlagan Jonali 
kuyukdan eshiting.
Jonali arpani o‘roqchi o‘rib qo‘ygandir, deb otga minib, ar­
qonni ostiga solib, chaqqon bo‘lib, arpani tashimoqqa bordi. 
Kayqubod endi bildi, ishi uyat bo‘ldi. Dehqon bobosi keldi: – 
Hormang, Kayqubodbek,– dedi. Kayqubodbek xo‘jayin deh­
qonga qarab, bir so‘z dedi:


134
O‘n kun bilan uch­uch kunda kelmading, 
Buguniga kelibsan, egalik qilmading, 
Yarim kecha quyun turdi ko‘p nobob, 
Uyqu shirin, asli shuni bilmading.
Eshit deyman o‘zimdan doddi, 
Kosa davron er yigitga navbatdi, 
Ikki bog‘ni ushlab qoldim ikki qo‘lman, 
Bog‘ingni shu quyun uchirib ketdi.
Borlab gapir, e, xo‘jayin, gapingdi, 
Ob qo‘yarman, achchig‘lansam, tobingdi, 
Ilgaridan ko‘ribmiding zinag‘ar, 
Qaytayin, quyundan olgin bog‘ingdi.
Tomosha aylang Kayqubodning ishiga, 
Xo‘jayin chiqdi qirning boshiga, 
Xirmon joyda hech bir arpa yo‘q ekan,
Chopib keldi Kayqubodning qoshiga.
Bog‘ qani deb qamchi urdi boshiga,
Tomosha aylang bero‘y kalning ishiga. 
Achchiq qamchi gulday badanga botdi, 
Kayqubodning endi keldi g‘ayrati. 
Xez qilib yoqadan olib Kayqubod,
Xingqillatib suv oqishga yiqitdi.
Tomosha qil bero‘y kalning ishiga, 
Irg‘ib mindi xo‘jayinning to‘shiga,
Bir bog‘ingga bir mushtdan deb noinsof, 
Musht do‘ndirdi xo‘jayinning boshiga.
Gohi­gohi jiq­jiqdan ingradi, 
Bo‘zartirib xo‘jayinning ko‘zini,
Barakalla, Kayqubod himmatiga, 
Haqlabdi xo‘jayin bergan tuzini.


135
Ana endi: – Meni sen qozi kalonga olib borasan. Meni 
qozi kalon o‘n sakkiz oylik qiladi. Men seni o‘ldirib so‘yaman, 
qamchi bilan qulog‘ingga in solaman, – deb qo‘liga pakisini 
chiqarib oldi. Unda xo‘jayin aytdi: – E, Kayqubod, men vollo­
hu billoh kechdim. Arpaning qo‘rini sendan olmayman. Kay­
qubod qo‘yib yubordi. Xo‘jayin qutulib uyiga ketdi. Ana endi 
arpani o‘r, bug‘doyni ko‘r. Kayqubod necha bir deh qonlarga 
bug‘doyingni o‘raman, dedi. Hech bir dehqon bug‘doyini 
bermadi. Kayqubod muttahamga chiqib qoldi. Bir kunlari 
arpa­bug‘doy o‘tdi. Jo‘xori oqtumshuq bo‘ldi, yeznasi ayt­
di: – Endi jo‘xori olib kelib tashla. Unga qop yo‘q, – dedi. 
– Xurjinnida o‘g‘irlab ol, – dedi. Kayqubod aytdi: – Men 
o‘g‘rilikning hisobini bilmayman. Alpomish: – Hazrat Jan­
toq, hazrat, desang hech kim ko‘rmaydi, – dedi. Shunda Kay­
qubod oqshom Hazrat Jantoq, ketga tegmasin kaltak”, – deb 
ketib borayotibdi. U qishloq qa bordi, kuchuk quvib yi qitdi, 
bu qishloqqa bordi, pishak quvib yiqitdi. Hazrati Jantoq, de­
gan bilan ham bo‘lmadi. Shu piri ham qo‘llamadi. Shunda bir 
qishloqning oldiga borib, pisinib, bir tomning ustiga chiqdi. 
Hamma yer qop­qora. Bir yer oppoq bo‘lib turib edi. Shu 
oppoq kul yoki tuproq, deb tashladi. U yer suv to‘lib turgan 
xandaq, oq ko‘ringan suv ekan. Shu tomlarga loy olib, juda 
chuqur bo‘lgan xandak ekan. Shu xandakka yo‘q bo‘lib kirib 
ketdi. Shilta suvni yutdi. Zor­zor yig‘lab, Kayqubod kal piri­
dan ko‘ngli qolib, bir so‘z aytdi:
Yeznam deb ayrildim qirqta qo‘yimdan, 
Armon bilan ayrildim ola toyimdan,
O‘lar bo‘ldim bu xandaqda mo‘ngkayib, 
Jantoq pirim, kelib tortgin qo‘limdan.
Xabar oling, Jantoq pirim, holimdan, 
Attang­a ayrildim Tovka gulimdan,
Qopday topib o‘ldim endi xandaqda, 
Jantoq pirim, kelib tortgin qo‘limdan.


136
Bu dunyoning orzu­havasin ko‘rmadim,
Buralib egniga qo‘lim solmadim.
Oy Tovkaman bir dam suhbat qilmadim,
Bu xandaqda ishib o‘ldim, olloyim.
G‘ayrat qilib necha tog‘dan o‘tmadim, 
O‘liklarni bog‘ bug‘doyday chotmadim, 
Yorimni olib Qo‘ng‘irot elga kelmadim, 
Dunyoda sitamda o‘ldim, olloyim.
Kayqubod o‘ldim deb ko‘zin yoshladi, 
Tovka yorim dedi, vaqtin xushladi. 
Jon hiylasin qilayin deb Kayqubod,
Imtilib turib bir kesakdan ushladi.
Xushtorlik Kayqubod bag‘rini yirtdi, 
Yig‘lamay naylayin qismatlar qatti, 
Ivib turgan kesak Kayqubodni 
Siljib tushib ko‘krakdan bosdi­ketdi.
Kayqubod suvni gumpillatdi, 
Hay darig‘, deb bir sho‘radan ushladi,
Bir eshikka ko‘zi tushib Kayqubod, 
Asta­asta shu eshikka borib yetdi.
Ana endi Kayqubod kal: “Bunday xor bo‘lib yurganimdan 
otilib o‘lganim yaxshi. Bugun bir bosqilik qilay. Shu uyga kirib 
qop bilan xurjinni olay”,– deb ko‘ringan eshikka borib yetdi, 
shu uyga kirib bordi. Kirsa, uyning ichida bir qari qalmoq 
bor ekan. Qanori bilan qo‘sh xaltasini zo‘rlik qilib tortdi­da, 
oldi. Olib ketdi. Daladan yarim xalta jo‘xori bosh sindirib olib, 
zindonga olib borib, zindonga tashlayotib yeznasiga: – Ketay 
desam, qo‘y bilan toylarimga ichim achiydi. Ketmay desam, 
mendan xorlik o‘tdi. Bugun o‘g‘rilik qilaman, deb bir xandaqqa 
tushib ketdim, o‘layozdim. Jantoq piring meni qo‘llamadi. Sen 


137
shu yerda yotmaganingda, men bu pillalarga qolmas edim. 
Sening o‘lmaganing mening sho‘rim ekan, – deb ko‘p gaplarni 
aytdi. Alpomish to‘rtta chanqovuz qilib qo‘ygan ekan. Kayqu­
bodga otib yubordi. Kayqubod chanqovuzni olib ketdi. Ovloq 
to‘ba degan sayil joyya bor edi. Shunga borib Kayqubod kal 
chanqovuz ketdi, deb to‘rtta chanqovuzni qirq tangaga sotdi. 
Bu ishdan Kayqubod kalning dimog‘i choq bo‘ldi. Zindonning 
boshiga bordi. Nonni yeznasiga berdi. Har kuni shuytib, shu 
qishi bilan Kayqubod kaya chanqovuz sotib, non olib kelib, 
polvon Alpomishga bera berdi. Ana endi qish o‘tdi, ko‘klam 
bo‘ldi. Gullar ochildi, ostiga sochildi. Kayqubodsa bitga chan­
qovuz qoldi. Alpomish: – Toychixon yurtida qizlarning oralab 
o‘ynab­kuladigan bir Gulshanbog‘ degan chorbog‘i bor. Endi 
shu chanqovuzni shu chorboqqa olib borib, Tovka oyimga 
ko‘rsatib, bildir, – dedi. Kayqubod bu yerdan jo‘nab, Gulshan­
ning bog‘iga ketdi. Endigi gapni Tovka oyim – Toychixonning 
qizidan eshiting. 
Tovka oyim kaniz qizlariga qarab, bir so‘z aytayotibdi:
Uyqum qurg‘ur ochilmaydi,
Ikkala zulfim taqib qo‘ying,
Kovushginam chang bo‘lmasin,
Patakchamni qoqib qo‘ying,
Gavhar toshli lotibamni 
Burinimga taqib qo‘ying,
Yuzginam qizil ko‘rinsin, 
Lola bilan yoqib qo‘ying, 
Qimmat baho sadafimni,
Bo‘yinimga taqib qo‘ying.
Oyna olib yuzga qaranglar, 
Qora zulfimni taranglar, 
Boqqa borib, qirqin qizlar,
Tomoshani ko‘ringlar. 


138
Ro‘molni nozli o‘ranglar, 
Yuringlar boqqa boramiz­ay,
Boqqa borib qirqin qizlar, 
Tomoshani ko‘ringlar.
Boqqa borib gul teramiz, 
Hovuzlarga cho‘milishib,
Salqinlashib kelamiz.
Qora zulfimni taranglar, 
Boqqa borib, qirqin qizlar,
Tomoshani ko‘ringlar.
Qoshi­ko‘zi yoyday bo‘lib, 
Cho‘pon tortgan nayday bo‘lib,
To‘qli sotgan boyday bo‘lib,
Yuringlar boqqa boramiz­a, 
Boqqa borib, qirg‘in qizlar,
Tomoshani ko‘ringlar.
Oyim jo‘nadi arsillab, 
Toboni yerga dursillab, 
Og‘zida mashoti saqich, 
Chaynaganda qarsillab.
Tishi oppoq durday bo‘lib,
Badanlari qorday bo‘lib, 
Jannatdagi hurday bo‘lib, 
Yangi ochilgan gulday bo‘lib,
Noz bilan qizlar jo‘nadi.
Cho‘pon tortgan nayday bo‘lib, 
Ikki qoshi yoyday bo‘lib, 
Hurillab oyim jo‘nadi, 
Noz bilan oyim jo‘nadi.


139
Sirg‘asini jovdiratib, 
Po‘pagini sildanglatib, 
Qo‘sh anorni dirillatib, 
Qo‘ymuchini bulkillatib,
Sollanib qizlar jo‘nadi.
Badanlarin qimillatib, 
Badaniga ifor sasib, 
Ko‘rganlarning ko‘kayin kesib, 
So‘lqillab qizlar jo‘nadi, 
Bo‘lqillab oyim jo‘nadi.
Oyim jo‘nadi oy nozik, 
Bilagida dur bilakuzuk, 
Charchab qoldi o‘rta yo‘lda, 
Bo‘lib qoldi endi qiziq, 
Qizlar qoldi yig‘ilishib.
Qizi qurg‘ur xompoz ekan, 
Tez yursam o‘pkam kuyadi, 
Munchog‘imni yechib qo‘ying, 
Bog‘i bo‘ynimni qiyadi.
Chorboqqa qachon yetadi.
Po‘pagimni ko‘taringlar, 
Tekkan yerin qabartadi.
G‘amxona ko‘ngil jo‘shadi, 
Tez yursam o‘pkam pishadi, 
Ishtonimni yelpitinglar, 
Terlab ketdi, yopishadi.
Kayqubod keladi Tovka qastiga,
Quloq soling gapimning payvastiga.
Voy, ichim kuyib ketdi, deb
Borib chiqdi marmar supa ustiga.


140
Qizlarning hammasin terlari qotti, 
Ishton­ko‘ylagini har yerga otdi. 
Shappalashib qo‘ymuchga, oyimlar?
Quvonishib bari hovuzga otdi.
Chanqovuzni chala­chala Kayqubod, 
Shuning ustiga Kayqubod borib yetdi.
Kayqubodning Xudo aytganin qildi,
Qirq bir ko‘ylak, qirq bir ishton, ham ro‘molin 
Bir ko‘ylakka solib orqalab oldi, 
Kayqubodning ko‘ngli o‘silib ketdi.
Kayqubod Tovkaoyga qarab, bir so‘z dedi:
Yuraman sening qasdingga, 
yelganman otni ustinga. 
Kayqubodga bering kapsan,
Keldim men choshning ustiga.
Jovtillab yoridi ko‘zlari, 
Uchar ko‘llarning g‘ozlari,
Biz keldik choshning ustiga, 
Kayqubodga bering kapsani, 
Men keldim choshning ustiga.
Toychi qalmoqning qizlari, 
Bo‘lgaysan dunyoda omon, 
Oshiqlik dardi ko‘p yomon, 
Keldim men choshning ustiga. 
Kayqubodga bering kapsan.
Kiyimlarini Kayquboddan olib, kiyishib, piyolaga may 
quyishib, kanizlarini yig‘ishib, bari supaga chiqib o‘tirishib, 
Kayqubodga:­ Changqovuzingni bunda olib kel,– dedi. Unda 
Kayqubod: – Men bermayman,– dedi. Tovka oyim: – Qizlar, 
ushlanglar sharmanda kalni, bunda olib kelinglar,– dedi. Kay­


141
qubod qochdi, qizlar quvdi. Kayqubod burib ketdi, qizlarni 
yiqitib ketdi, qizlarning ketlariga tepib ketdi. Tag‘i qizlar bir­
dan quvib, ushlab oldi. Supaning ustiga sudrab keldi Qo‘lidan 
chanqovuzni Tovka oyim tortib oldi. Tovka oyim tiklab qa­
rasa, chanqovuz qo‘ining bol belidan bo‘lgan. Bir chekkasiga 
qarasa. Tovka oyimning surati, bir chekkasiga qarasa, Alpo­
mishning surati. O‘qib ko‘rsa, yomonning xati emas, bir yax­
shining xati. Tovka oyim tiklab qarasa, hamma yeri xat ekan. 
Evdi Tovka oyim “o‘qib ko‘rayin”, – deb qaradi: o‘zbeklarning 
o‘zining zoti. Xudoning birligi, do‘zax­jannati. “Lo ilallohu 
ilalolloh, Muhammadun rasululloh”– degan xati bor. Tovka 
o‘qib ko‘rib, behush bo‘lib yiqildi. Xudodan davlat, pirdan 
karomat. Anbar ena Tovkaning oldiga keldi. Ruhonati Bibi 
Fotima ham keldi. “Ey, kanizagim, farzandim”,– deb Tovka­
ning boshini ko‘tarib: “Bizning g‘ayib dinimizga kirsang, jo­
ying shul”,– deb sakkiz behishtning ko‘shk­ayvonlarini, hur­
g‘ilmonlarini ko‘rsatdi. “Toychi qalmoq otangning mazhabiga 
bo‘ysunsang, joying shui”, – deb yetti do‘zaxni ko‘rsatdi. “Lo 
illoho ilolloh, Muhammadun rasululyaoh”, – deb Tovkaga ka­
limani o‘rgatdi. –Alpomish polvonga qiyomatli cho‘ri qildik. 
Umring uzun bo‘lsin, davlatlaring fuzun bo‘lsin, tadbirli, tili 
ruz­von, dushmanlarning ichida Alpomish polvonimning 
yuzi sarg‘aymasin, nomardga muhtoj bo‘lmasin. Omin, ollohu 
akbar, deb fotihani betiga tortdi. Ana endi Tovka ko‘zini ochib 
qarasa, oldida hech kishi yo‘q.
Kayqubod kalga: – Bu chanqovuzni kim qildi, – dedi. Kay­
qubod: – Olloh­billoh, o‘zim qildim, – dedi. – Bandi qi linglar, 
sharmandani uringlar, qo‘lini boylanglar, – dedi. Kayqubod­
ning qo‘lini boyladi, bandi qilib oldi, jazo buyurdi. Qiz larga: – 
Sochbog‘laringning uchiga chorak toshdan bog‘lab uring­
lar, – dedi. – E, Kayqubod, sen o‘z joningta rahm qilgin, qilgan 
odamni ayt, – dedi. – Alhamdulilloh, o‘zim qildim, – dedi. – 
O‘zing qarich yoshingdan beri qo‘y boqib yurasan. Sen xatni 
o‘qiganing yo‘q, sen xatni qaerdan chiqarib olding, – dedi. 
Kayqubod aytdi: – Ko‘nglim juyruk, ko‘nglim bilan qildim. 
Shunda Tovka oyim qizlarga amir qildi. – Qirq besh tosh 


142
uringlar,– dedi. Kattaning amri vojib bo‘ldi. Qizlar Kayqubod­
ni urayotibdi, urgan yeri ko‘kmak bo‘lib qolayotibdi. Shunda 
Kayqubod hazil qilib, Tovkaga qarab, bir so‘z aytayotibdi:
Oshiq bo‘lsang, hazar etma o‘limdan,
Bog‘bon bo‘lib teray bog‘da gulingdan,
Oshiqning tayog‘i moyday yoqadi, 
Ur­ha, ur­ha, xina qo‘ygan qo‘lingdan.
Olib ketarman seni Qalmoq elingdan, 
Inshoollo, qucharman xipcha belingdan, 
Sollanib so‘rarman sening tilingdan, 
Oshiqning tayog‘i moyday yoqadi,
Ur­ha, ur­ha, uzuk taqqan qo‘lingdan.
Jonim aylansin bosgan izingdan,
Men aylanay qomatingman o‘zingdan,
Oshiqning tayog‘i menga mo‘miyo, 
Ur­ha, ur­ha, yaltillagan ko‘zingdan.
Tovka oyim qizlarga aytdi: – Yomon jonning qadrinni 
nima bilsin? It­izzatni, eshak tarbiyatni bilmas. Kattaning 
qullig‘ini qilgan yigitning martabasi ziyod bo‘lar dunyoda. 
Ikki botmon tuz olib kelinglar, tuzni xumga solinglar. Iliq 
suv ni qildirdi, xumga tuzni solib, tayoq bilan qo‘zg‘ab, tuzni 
eritdi. Yigirma kundadan olov qildirdi. O‘t qildirib, Kayqu­
bodni qiyalar bosib oldi. Tanglayiga bir cho‘kani tirab qo‘ydi. 
Og‘zi go‘rday bo‘lib ochilib qoldi. Erib turgan tuzni qizlar 
Kayqubodning og‘ziga qo‘yaberdi. Kayqubodning badani 
dayrabotning qo‘rig‘iday bo‘lib, sho‘rlab qoldi. Qorni sol­
day bo‘ldi, bo‘yni qilday bo‘ldi. – Endi orqasini o‘tga toblab 
uring lar, – dedi. Shunda Kayqubod Tovka oyimga qarab, la­
bini burib, qoshini qoqdi. Tovka oyim Kayqubodni dalaga 
oldi. – Tojikning hazil o‘yini bir pol g‘o‘zani poymol qiladi. 
Bu chanqovuzni kim qildi? – dedi. Kayqubod: – Alpomish 
polvon qildi, – dedi. Tovka oyim aytdi: – O‘rtada bemaza 
gaplarni aytding. Joningga jabring bormi? Kayqubod ayt­
di: – Bir o‘yin bo‘lsin, deb edim­da. – Esa, endi yurgin, Al­


143
pomishga borib, kiyim, ovqat tashlab kelaylik, – dedi. Qay­
qubod bildi, guruchi suv ko‘tardi: – Voy­voy, belili, – dedi. 
Kayqubodning esi ketdi, yiqi lib qoldi, turmadi. Tovka oyim 
kanizlariga javob berib yubordi. – Tur, – deb bir ko‘za suvni 
Kayqubodning ustidan quyib yubordi. Tag‘i bir balo qilarmi, 
deb qo‘rqqanidan irg‘ib turdi. Tovka aytdi: – Boramiz, 
yur, Alpomishni ko‘rsat. Kayqubod: – yelkangga minsam, 
ro‘molingning burovini uzangi qilsam, tobonimni emcha­
gingning ustiga tashlasam, manglayingdan qo‘lim bilan qa­
raqlabgina ushlasam,– dedi. Tovka oyimning kuni yomonga 
qoldi. – Xayr, kel esa, min, – dedi. Kayqubod kal aytganini 
qilib, Tovka oyimning yelkasiga minib oldi. Yo‘lga tushib, 
cho‘lga qarab keta berdi... Shunda Kayqubod quturib, Tovka 
oyimga qarab, bir so‘z dedi:
Ushlab edim Gulshan bog‘dan amallab, 
Otib urib tashlab ketma jamonlab, 
Chuv­ha, chuv­ha, Toychixonning baytali.
Savurda ochilar bog‘ning lolasi, 
Ot chopsa changiydi dashtning dalasi, 
Firib bilan minib oldim yelkangga, 
Chuv­ha, chuv­ha, Toychixonning bolasi.
Qoshing qora, Ummon daryo kunduzi,
Ko‘zlaring surmali, tongning yulduzi, Kayqubodni o‘rtar 
yorining nozi, Chuv­ha, chuv­ha, qalmoq elning azizi.
Kayqubodning o‘ylagani o‘y bo‘ldi, Boshvoqqa bergan ola 
toy bo‘ldi, Chuv­ha, chuv­ha, Toychixonning azizi, yelkada 
kerikkan boy bo‘ldi.
Shunda Kayqubodning sabili Tovkaning yelkasini qabart­
di. Tovka oyim Kayqubodga qarab, bir so‘z dedi. Kayqubod 
javob berib, bir so‘z dedi.
Tovkaning so‘zi:


144
Analman Mansurga qurgan dormidi,
Yo bilmayman manglayginang sho‘rmidi, 
Bir narsang bo‘ynima toshday botadi, 
Kissangda, Kayqubod, nimang bor edi?
Kayqubod javobi:
Mullalardan adab olgan ilimim, 
Kayqubodman, mening ko‘pdir bilimim, 
Tortay desam qo‘lda darmon bo‘lmasa, 
Kissamda bor edi suyak chilimim.
Yo‘lda tush, desa, tushmaydi. Tovka oyim goh pastroqqa 
olib, goh balandga ko‘tarib, shuyta­shuyta ikkovi zindon­
ning boshiga bordi. Zindonning boshiga borib turdi. – Tush, 
– dedi. Tushmadi. Tovka oyim boshidan uch aylantirib yerga 
urdi, boshiga to‘rt­besh urdi. Og‘zidan ichgan tuzlari chiqib 
ketdi. Moyaklariga saksovul bilan urdi. Zindonning boshiga 
borib qarab turdi. Zindonning ichiga shu’la tushdi. Alpo­
mish polvon zindonning oldiga bir odam keldi, deb bildi. 
Yuqoriga qarab, quloq solib turdi. Qarasa, zindonning ichiga 
nozanin qarab turibdi. Bir parizod, ko‘zlari qambar yulduz­
day yilt-yilt etib, sirg‘asi nari-beri borishib, zulflari oyday 
betlariga tarmashib, ganasi u yoq, bu yoqqa tirqirashib, lo­
tibalari labiga tushib, munchoqlari ketibdi kindikdan oshib. 
Yuzlari Shahrisabzning anoriday pishib, tishlari oppoq dur­
day, badanlari to‘qsonda yoqqan qorday, hamma yeri birday, 
kalima qaytarib musulmon bo‘lsa, jannatdagi misoli hurday, 
uning bosgan yeri minnatdor, bosmagan yeri meni bossa 
ekan, deb o‘pkador, yuzlari monandi o‘n besh kunlik oyday, 
qoshi kerilgan sari yoyday. Zindonning boshlari simobday 
erib ketibdi. Shunda Alpo mish polvon hadiksib, entikib, bir 
so‘z aytayotibdi:
Bilmanam mo‘minmusan, yo Shirin, Farhodmusan, 
Yo Layli­Majnunmusan, yo menga mehnatmusan. 


145
Bilmanam ulfatmusan, lablaring qandu asal, 
Tishginang dur donasi, mohitobonmusan.
Barq uradur oy yuzing, hay-hay maxfiy,
Yo huru g‘ilmonmusan, jannatmusan, rizvonmusan.
Sochginang sunbulmusan, ko‘zginang mastonmusan, 
Yo to‘ti, maynamusan, yo qumri jayronmusan. 
Yo juhud, tarsomusan, yo Tohir Zuhromusan, 
O‘t solib zindon ichiga sho‘x beparvomusan.
So‘ylagin, eshitay sening tilingni,
Sen bandasan, olloh bilar holingni,
Bayon bergin mazhabingni, diningni, 
Gapirgin, jonim, kimning qizisan?
Unda Tovka oyim joyidan turib, gardanini xam qilib, dasti 
alif­lom qilib, alhamdulilloh, murodimga yetdim, deb bir so‘z 
aytayotibdi:
Boqqa kirdim lola guldan tergani, 
Ilojim yetmaydi jonni bergani. 
Sening gaping mening dardimga darmon, 
Assalomu alaykum o‘zbakning xoni.
Bu shahri azimdi aylanishdi ko‘cha,
Oshiqning zavqidir qorong‘i kecha,
Ko‘chalarda sarson bo‘lgan bir necha, 
Alhamdulilloh, ko‘rdim oyday yuzingni, 
Har gaping dardima darmon, bekbachcha.
Qalmoq elning ovozador noziman, 
Chin deganning bilsang jodu ko‘ziman,
Otimni so‘rsang deydi oy Tovka.
Qalmoq elda Toychixonning qiziman.


146
Yaxshilik ko‘r, yomonlikni ko‘rmagin, 
Uzoq yasha, polvonbacha, o‘lmagin, 
Alhamdulilloh, bo‘lgan o‘zim musulmon, 
Har na deganimni hazil bilmagin. 
Har gaping dardimga darmon, bekbachcha, 
Aslo, to‘ram, mendan gumon qilmagin.
Unda Alpomish polvon: “Buni men sinab ko‘ray, menga 
do‘sgmi­dushmanmi”, – deb bir so‘z dedi:
Toychixondan kelgan dushman bo‘lmagin, 
Yo‘q savdolar bu boshimga solmagin, 
Xudoni oraga soldim, qaddingdan, 
Taraflardan kelgan jonsiz bo‘lmagin.
Quloq sol, oy Tovka, aytgan so‘zima, 
Yig‘laganda yosh yog‘ilar yuzima.
Do‘stmisan, dushmanimsan, seni bilmadim,
Mazhabingni bayon qilgin o‘zima.
Unda Tovka oyim Alpomishning so‘ziga javob berib, bir 
so‘z dedi:
Sabil bo‘lsin endi qalmoqning eli, 
Saharlar sayraydi bog‘ning bulbuli,
Loiloho, bo‘lgan o‘zim musulmon, 
G‘oyibingda bo‘lib edim musulmon,
Bu gapimni yolg‘on bilma, bek o‘g‘li.
Men ham bo‘ldim onhazratning ummati, 
Men ham bo‘lgan bir Xudoning jo‘marti, 
O‘lganingcha xizmatkorman, bekbachcha.
Boqqa kirib olmalarni otgani, 
O‘lganimcha men amringni tutgani,
Sizning bilan Qo‘ng‘irot elga kettani, 
O‘lganimcha posboningman, bekbachcha.


147
Haq hamroh qilgayda bul iymonimdi, 
Sabil qildim Kashalda makonimdi, 
Haq hurmati bag‘ishladim tanamdi, 
Xizmatinga loyiq ko‘rgin, bekbachcha.
Ana endi shunda Alpomish polvon Tovka oyimning so‘zini 
eshitib, Tovkaga qarab, bir so‘z dedi:
O‘z elimda Barchindayin yorim bor, 
Men bandiman, yuragimda cherim bor, 
Bir kunlari yana pushmon qilmasang, 
O‘z elimda Barchindayin yorim bor.
Jonim bandi sening shahlo ko‘zingga,
Hali hozirga dushmanim izingga. 
Avval aytib, so‘ng pushaymon qilmagin, 
Ixtiyor, Tovkajon, endi o‘zingga.
Ko‘ngil bilan rostin menga so‘ylagin,
Otang davlatida gulday jaynagin, 
So‘ng g‘ayirdan janjalni qilmagin, 
Shu palla, Tovkajon, ketin o‘ylagin.
So‘nggi pushaymondan hasrat ortadi odamga, – dedi. 
Unda Tovka oyim ko‘ngli to‘lguday bir so‘z aytayotibdi:
Barchin opam aytganini qilarman, 
Bul kallamni etagiga solarman,
O‘zim to‘qol, Barchin opam, boybicha,
O‘la o‘lguncha men posboni bo‘larman,
Shu gapimni tayin biling, polvonim.
Xudoning ishini endi netarman, 
Har joyga sizning bilan ketarman. 
Bir Xudoyim omonatin olganda, 
Iymonimni hamro qilsa olloyim.


148
Jannatga sizing bilan birga o‘tarman, 
Qiyomatlik jo‘rangdirman, bekbacha.
Bu so‘zlarni Tovka oyim aytdi. – Meni xizmatingga loyiq 
ko‘rsang bo‘ladi, – deb Alpomish bilan va’dalashib uyiga qay­
tib ketdi, qalmoqning eliga yetdi. Unda Tovka oyim Regis­
tondan besh yuz erkakni mardikor qilib olib ketdi, Gulshan 
boqqa yetdi. Mardikorlarga ayol kiyim berdi, qo‘liga bel, 
ketmon, cho‘kish berib, shu Gulshanning bog‘idan zindon­
ga qarab laxm­kovak kovlata berdi. Lekin Alpomishning 
zindoni qand novvotlardan tokchalari to‘lib ketdi. Qand 
tokcha­tokcha, to‘n, sarpo bo‘qcha­bo‘qcha bo‘lib, Alpom­
ishning kamligi qolmadi. Ana endi mardikorlardan eshiting. 
Kovlab­kovlab laxm zindonga yetdi. Alpomish bilan laxmga
picha qoldi.
Ana endi gapni Pattigul maston kampirdan eshiting. 
Bul aytdi: “Nimaga Tovka oyim o‘rdasi bilan Gulshan boqqa 
ko‘p qatnaydigan bo‘lib qoldi, nima gap bo‘lib qoldi. Men bir 
xabar olay”. Shunda maston kampir Gulshan boqqa bordi. Bir 
to‘shanchi to‘shab qo‘ygan yerga o‘tirmoqchi bo‘ldi. O‘tiray, 
deb ustiga chiqdi, kampir tushib ketdi. Kampirning chap 
qobirg‘asi sinib ketdi. Shunda kampir dumalab, hinkillab zin­
donning oldiga tushib ketdi. Unda kampir hiyla qilib o‘zini 
yuqoriga oldi. Alpomish uzalib ushlayin desa, laxmga sig‘may, 
yetolmay qoldi. Unda kampir dod­dod, deb Toychixonning 
oldiga bordi, dod­faryod, deb bir so‘z dedi:
Xabaring bormi, shohim, o‘zingdan,
Armon bilan ayrilibsan qizingdan, 
Qiz xalqini yoshligidan erga ber, 
Xabaring bormi Tovka qizingdan.
Tovka jalab Gulshan boqqa boribdi, 
Gulshanning bog‘idan gullar teribdi, 
Laxm qazdirib choh ichiga kiribdi,
Alpomishga qattiq ko‘ngil beribdi, 


149
Menday enang o‘z ko‘ziman ko‘ribdi, 
O‘z bolang o‘zingga dushman bo‘libdi.
Xudoyo, yashamay o‘lsin Tovkajon 
Oqizar ko‘zingdan qonli yoshingni. 
Shu pilla Tovkajon ketdi, o‘ylagin, 
So‘nggi pushmondan hasrat ortadi odamga.
Itlarga tortirar sening go‘shingni. 
Alpomishni chiqarib olib zindondan
Tovka qizing kesib olar boshingni, 
Meni desang oy Tovkani o‘ldirgin.
Har banda olgani bilan qarisin, 
Daryo toshsa, kema­qayiq yurisin, 
Yomon farzandning davlatga nuqsoni bor,
Dodu voy, Tovka jalab qurisin,
Hargiz o‘ldirgin Tovkadayin bolangai.
Alqissa, Toychixon podsho kampirdan bu so‘zlarni eshitib, 
g‘azabi o‘tday tutashib, shomurti shopday, og‘zi katta qopday 
bo‘lib, ko‘zlari goh qizil, goh yashil toblanib, achchig‘i juda 
ham kelib, barcha katta­kichik amaldorlarini yig‘ib, vaziru 
umarolari, katta polvon, gardankashlarga qarab, bir so‘z dedi:
Aravani otga taqib kelinglar, 
Hammalaring taraddudda bo‘linglar, 
Qorli tog‘dan tosh olib, beklarim, 
Zindonning boshidan borib solinglar.
Alpomishning bilmaganin bildiring, 
Chekib xanjar qora bag‘rin tildiring. 
Toshni ortib hammalaring kelinglar,
Olib borib zindon ichra solinglar, 
Agar birga bo‘lsa Tovka bilan Alpomish, 
O‘ldirmayin Tovkani tirik olib kelinglar.


150
Har kim o‘z joni uchun qayg‘irdi, 
Otga berdi arpa bilan iyirdi, 
Achchiqlanib endi Qalmoqning shohi. 
Qorli toqqa bir ming aravani buyurdi.
Anjom­asbobini ortib ustiga, 
G‘ayrat bilan Qorli toqqa buyurdi.
Taloto‘p bo‘lib qoldi qalmoqning yurti, 
Yig‘lamay naylayin qismatlar qatti, 
Bu gaplarni Tovka oyim eshitdi, 
Tovka dod deb yig‘layberdi mo‘ngg‘ayib.
Bularni bunda qo‘yib, endi so‘zni Kayqubod kaldan eshi­
ting. Kayqubod kal Toychixonning buyrug‘ini eshitib, bu ham 
Qorli toqqa borib, bir tumshuqda pisinib yotdi. Ana endi, 
qal moqlarning ota­bobosidan qolgan ko‘hna kamari bor edi. 
Qorli tog‘da, ayri kamarda ikki ajdarho bor, deb eshitar edi. 
Borligi ham bor edi, goh­goh suruv­suruv mollarni ajdarho 
ishqirib domiga tortar edi. Ana endi, qalmoqlar tog‘ning usti­
ga borib, tog‘ning toshiga dori qo‘ydi. Shaqirlab tosh pitgan 
pastga yumalab tushib ketdi. Tushgan toshlarni aravakashlar 
orta berdi. Ortib shunda barisi jo‘nadi. Kayqubod kal buni 
ko‘rib, o‘tday tutashib ketdi. Shunda aravakash qalmoqlarga 
qarab, Kayqubod kal bir so‘z dedi:
Analman Mansurga qurgan dor ekan,
Yo bilmayman manglaylarim sho‘r ekan, 
O‘z ko‘zimman ko‘rib keldim, qalmoqlar,
Egri jarda ikki ajdahor bor ekan. 
Qoch, hoy keldi, hoy­hoy, keldi dedi.
Bandasining siri haqqa ayondi, 
O‘lim kelgan och buyrini tayandi,
Joningning hiylasin qilgin, qalmoqlar,
Ikki ajdahor uyqusidan o‘yondi, 
Keldi­yo keldi, qoch deyman, qoch­qoch dedi.


151
Bulbul uchar gulbutani moralab, 
Bog‘bon terar toza gulni saralab,
Bir ishqirib damga torta beradi,
Uyday­uyday toshlar ketdi dumalab. 
Joningning hiylasin qilgin, jo‘yqonsiz, 
Tez qoch, tez qoch dedi.
Eshit deyman Kayqubodning tilini, 
Changitib yurar edi tog‘ning belini, 
Vayron qilar bo‘ldi qalmoq elini. 
Keldilar, o‘ldinglar, dedi.
Qalmoqlar buni eshitib, Turimtoy to‘shiga, Polopon 
boshiga qocha berdi. Bular ham qocha bersin, Kayquboddan 
eshiting, Kayqubod buni o‘xshatdim, deb Alpomishning ol­
diga borib: – To‘kib keldim toshini, qilib keldim ishini, – deb 
bo‘lgan so‘zlarni aytdi. Shuytib Kayqubod kalni vaqti xushlik­
da qo‘yib, Tovka oyimdan eshiting.
Tovka oyim Alpomishning oldiga keldi. Alpomish Tov­
ka oyimga aytdi: – Ish qilib, Boychiborni bo‘shatib, mening 
oldim ga olib kel. Meni Boychibor olib chiqmasa, hech kim 
olib chiqa olmaydi. Tovka buni eshitib ketdi. Qalmoqlarning 
ishi shul ekan, har kim har qanday yursa, ish tutmas ekan. 
Tovka oyim o‘zi bir yerda tura olmay, otasiga gunohkornamo­
day bo‘lib qoldi. Uytib­buytib otasining tablaxonasiga yetdi. 
Qalmoqlarning siyislari podshoning qizi tablaxonaga keldi, 
deb qo‘rqib, yuragi yorilib qoldi. Lekin podsho bilan qizining 
o‘rtasidagi yomonlikni bilmaydi, eshitgani yo‘q edi. Shunda 
Tovka oyim tablaxonaning oldida, supaning ustida o‘tirib, 
qo‘lidagi chanqovuzni bir tortdi. Qalmoqlarga tovushi juda 
yoqib, hamma qalmoqlar mast bo‘lib, hushlari ketib, yiqi­
lib qoldi. Shunda Tovka oyim Boychiborning oldiga bordi, 
Xudoning birligini aytdi. – Ey, jonivor, oldin seni qutultirib, 
Alpomishga olib boraman, seni xalos qilaman, – deb Tovka 
oyim Boychibor ga qarab, bir so‘z dedi:


152
Olti oylik yo‘ldi Qo‘ng‘irotni yurti, 
Ado bo‘lmas tor siynamning hasrati, 
Xudoga qul bo‘ldim kalimalar aytib,
Men ham bo‘ldim onhazratning ummati.
Iloho, ketgayda yurakning cheri, 
Sening egang o‘zbaklarning tojdori.
Men bo‘laman Alpomishning navkari,
Kel, yuganga shoh to‘ramning, Chibori.
Quloq sol, Boychibor, aytgan sazoga,
Sig‘indik yolborib Imom Rizoga,
Erta bilan egang minar g‘azoga, 
Bekning oti, kel yuganga, jonivor.
Misli Sirdaryoday bo‘lib tosharmiz,
Ikkovimiz ustingga mingasharmiz, 
Musulmon qip Toychixonning shahriya, 
Hurday bo‘lib katta yo‘lga tusharmiz.
Quloq solgin Tovkajonning tiliga,
Rahm aylagin sayisingning holiga, 
Qirib­jo‘yib qalmoq elni, jonivor,
Inshoolloh, borgaymiz Qo‘ng‘irot shahriga.
Men bo‘laman Alpomishbekning yori, 
Tong otgan so‘ng qiyomatning bozori, 
Polvonbacha minar sening belingga,
Buzilar Qalmoqiston shahari, 
Kel, yuganga, shoh to‘ramning tulpori.
Alpomishning qo‘l ro‘molin tishladi,
O‘qiranib Boychibor ot kishnadi, 
Manglayini tavof qildi oy Tovka,
Tovkaning egniga boshin tashladi, 
Tovka oyim oyoqdagi kishanni 
Burab­burab shunday sug‘irib tashladi.


153
Kalima aytib Tovka oyim tiliga, 
G‘ovg‘a tushdi Toychixonning eliga, 
O‘xshatib abzallab Boychiborni
Xalos qilib Boychiborning boshini,
Yakka mixga jonivorni bog‘ladi.
Ikki odamga olib kerak anjomdan,
Minib olib Boychiborning beliga, 
yetakladi otasining tulporin, 
Xufton chog‘i minib chiqdi ko‘chaga.
Chindovul, qorovul, katta mirshabni
Tovka oyim qalam qilib tashladi. 
Barakalla, oy Tovkaning himmati, 
Endi bosdi o‘zbeklarning davlati. 
Xudoning birligin bilib oy Tovka,
Bekbachchaning Boychiborin ob ketdi.
Obkeldim deb Alpomishga so‘yladi,
Nechani yer bilan yakson ayladi.
To‘shidan arqonni boylab yubordi, 
Bir uchini choh ichiga tayladi.
Ana endi Kayqubod: “Xotinning zo‘ri qursin, volloh­billoh, 
zo‘r xotin Tovka oyimni olmayman”, – deb qasam ichdi. Lekin 
hali ham Tovka oyim bilan taraf bo‘lib yurdi. Endi gapni Al­
pomishdan eshiting.
Alpomishbek polvon tavakkali ali ul olloh, olloh, deb ar­
qonni beliga bog‘ladi. Shunda Tovka oyim Alpomishbekning 
arqonni beliga bog‘laganini bilib, Xudoy taologa munojot 
qilib, bizlarni sharmanda qilma, deb Boychiborga qarab, bir 
so‘z dedi:
Sabil bo‘ldi endi Qalmoqda joyim, 
Naqshli hovli, gullar kesgan saroyim. 


154
Polvonbacha g‘arib bo‘lib o‘lmasin, 
Boychiborga quvvat bergin, Xudoyim.
Bo‘yinsundim Xudoning taqdiriga, 
Savdo solib qalmoqlarning shahriga,
Quvvat bergin to‘ramning Chiboriga, 
To‘ramni salomat qilgin, olloyim.
Men mindirsam uni tulpor otiga, 
O‘zim qoldim ayroliqning o‘tiga, 
Eson­omon olsang qalmoqdan ginai kekni,
Salomat Qo‘ng‘irotga ketsak, olloyim, 
Boychiborga tilni bergin, yo Karim.
Timkil­timkil tillaringdan aylanay, 
Shol ipakday yollaringdan aylanay, 
Zambar tushgan bellaringdan aylanay.
Tovka oyim Boychiborga so‘z aytdi, 
yerni tishlab, jonvor buklanib otdi,
Har junidan munchoq­munchoq ter ketdi,
Qo‘ltig‘idan chiqdi Boychiborning qanoti, 
Tizzalab, yerlarni tishlab Boychibor, 
Egam deb jonivor xunoba yutdi.
Boychibor vaqtlarini xushladi, 
Tovkajon Chiborni kish­kishladi, 
Cho‘gulli to‘libdi katga to‘zonga, 
Tong qorasi, tong qorasi bo‘lganda, 
Egasin zindondan sug‘irib tashladi. 
O‘qranib kelib jonivor Boychibor 
Egasin ustiga bo‘ynin tashladi.
Yakkalik botirning ko‘zin o‘yadi. 
Yomonga so‘z aytmang, yurtga yoyadi, 
Tovka oyim kirib o‘ng qo‘ltig‘idan, 


155
Taqsir deydi, polvonini suyadi.
Ot chopilar balandlining pastiga, 
Tovka oyim qalmoqlarning qasdiga.
Suyab borib Alpomishday polvonni 
Olib chiqdi marmar supa ustiga.
Ana endi Xudoi taolo Tovka oyimning va barcha o‘zbek 
elatining oh­zorini eshitib, Alpomish polvonni zindondan 
sog‘­salomat chiqardi. Shunda Tovka oyim Gulshandagi 
chorbog‘iga Alpomish polvonni olib borib, shoh supaning 
ustiga to‘shak ustiga to‘shak to‘shab o‘tqizdi. Oldiga dastur­
xon yoydi. Qand ustiga novvot, asal ustiga sharbat, Tovka oyim 
pishirtib qo‘yayotibdi ne’mat ustiga ne’mat. Yuz alvon ovqat­
lardan tortdi. Lekin Kayqubod kal shuncha ovqatdan bir luq­
ma og‘ziga solmadi. Achchig‘i yomon o‘zbak odam biror narsa 
yemadi. Nimagaki, polvonga ko‘p xizmati bor. Xizmat qilgani 
uchun minnati bor ko‘nglida. Kayqubod aytadiki, “Men ko‘p 
xizmat qiddim, ko‘nglimdan chiqarsa chiqaradi, chiqarmasa 
Alpomishni o‘ldiraman. Buni chiqarib olgan men. Shuncha 
xizmatlarim shunda tursin, xandaqda yotganim ham shunda 
tursin. Haligi dehqondan yegan tayog‘im ham bo‘ladi”. Shuytib 
yemay o‘tirdi. Shunda Alpomish Kayqubodga aytdi: – Nimaga 
ovqat yemaysan? Kayqubod aytdi: – Tovkaning pishirgan 
ovqatini yemayman. Shunda Alpomish Tovka oyimga qat­
tiq tiklab qo‘ydi. “Bul orada bir gap bor o‘xshaydi”. Tovkadan 
so‘radi. Tovka oyim aytdi: – O‘zidan so‘rang. “Changqovuzni 
kim qildi”, dedim. “O‘zim qildim”, dedi. “Shum bola ayt”, de­
dim. Aytmadi. Undan keyin changqovuzni qilganni topib ola­
man, deb qizlarga “Uringlar”, deb qirq besh tosh buyurdim, 
urdi. Unda Kayqubod: – Sen kopur. Men hazil qildim. “Ur­ha, 
ur­ha, ma’shuqaning tayog‘i oshiqqa moyday yoqadi” de­
dim, – dedi. Unda Tovka: – Ikki botmon tuzni namokob qilib 
og‘ziga quydim. Badanlari sho‘rlab, dayrabotning qo‘rig‘iday 
oppoq bo‘lib ketdi, – dedi. Kayqubod aytdi: – Tovkaga qarab 
lablarimni tishladim. Mendan gap so‘radi, sizni qildi deb ayt­


156
dim. Shunda Tovka aytdi: – Meni Alpomishning oldiga olib 
bor, dedim. Ko‘tarib borsang, birga boraman, – dedi. Baloga 
qolib ko‘tarib, zindonning boshiga keddim. Tush, dedim, tush­
madi. Ko‘tarib yerga tashladim. Achchig‘im keldi­da, besh­olti 
mushtladim. Lekin boshqa besh­olti ishlari bor, uni aytmadim. 
Mana o‘rtamizdagi so‘z shu. Kayqubod kal uyalib, tobora yerga 
qarab, yerni chuqalab qoldi. Shunda bir to‘pning o‘qi Toychi­
xonning shahridan kelib, Gulshanbog‘ining ustidan varvarlab 
o‘tdi. Kayqubod kal shunday ichini tortib, tappa tushib yotdi. 
Shunda Alpomish: – “O‘t qo‘zg‘asang, o‘char, qo‘shninga kavla­
sang ko‘char”, “Ittifoq bitar, noittifoq yitar“. Endi boshqa so‘zni 
qo‘yinglar, ikkoving yarashinglar, – deb ikkovini yarashtirdi. 
Bular yarashib tursin. Endi so‘zni qalmoq­lardan eshiting.
Qalmoqlar hamma yerni bosib, pilta to‘qayday sasib, 
nayza qamishday irg‘alib kelayotibdi. Tug‘ bayroqqa, bayroq 
tug‘ga suyanib kelayotibdi. yerlarning hammasini qalmoq 
lashkari bosib olibdi. Qalmoqlar o‘qni otayotibdi. Devorlar­
ning har rang zanburning uyasiday qilib, o‘yib ketayotibdi. 
Alpomish Kayqubodga qarab, Kayqubod Alpomishga qarab, 
savol­javob qilib, bir so‘z deyishib turibdi:
Alpomishning so‘zi:
Eson­omon ketsang Boysin yurtingga,
Barakalla, Kayqubod, himoyatingga, 
Bir joningni yaratganga topshirdim, 
Vaqtli Kayqubod, mingin otingga.
Kayqubod so‘zi:
Qiron solsak Toychixonning eliga,
Quloq solgin Kayqubodning tiliga,
Anjom­asbobingni choqlab, yeznajon, 
Vaqtli min Boychiborning beliga.


157
Alpomishning so‘zi:
Ot chidarmi achchiq qamchi zahriga, 
Yo‘liqmagin dushmanlarning qahriga,
Vaqtli bedovni minib, chirog‘im,
Qiron solsak, Toychixonning shahriga.
Kayqubod so‘zi:
Oqizayik dushmanlarning yoshini, 
Tomosha qil Kayqubodning ishini,
Avval Xudo, duyum pirlar yor bo‘lsa,
Kesib olsak Toychi qalmoq boshini.
Alpomish so‘zi:
Eshit deyman Alpomishning so‘zini, 
Bugun bossak dushmanlarning izini,
Bir Xudoyim zafar bersa, Kayqubod, 
O‘yib olsak dushmanlarning ko‘zini.
Arosat maydonida otni jelayik, 
Cho‘q savdoni g‘animlarga solayik, 
Masjid­madrasa qilib Kashalda,
Inshoolloh, dinni joriy qilayik.
Shayton kelib changal urar iymonga, 
Azroil chang solar tandagi jonga, 
Yuz qaytarma mana kelgan dushmanga. 
Yo Ali,– deb kirgin bugun maydonga.
Quloq solgin so‘zning yolg‘on­rostiga,
Otimni choparman dushman qasdiga, 
Bu jonlarni olloyimga topshirib, 
Ot qo‘yayik Toychixonning ustiga.


158
Kayqubod Xudodan madad istab, niyat qilib, bir so‘z dedi:
Suv tubida deydi odam obini, 
Shoir bilar yolg‘on gapning bobini, 
Otingdan aylanay Xudo taolo, 
O‘zing ushla xanjarimning sobini.
Abrashim bo‘lmaymi bedovning yoli, 
Yig‘lov bilan na kechar odamning holi, 
Din­islomdan mard kallam aylansin, 
Mening qo‘lim emas, Alining qo‘li.
Qalmoqning elida yo‘qdir hech hamdam,
Ichimda ko‘p bo‘ldi netay to‘la g‘am.
Dinning chirog‘i siz Mahdumi A’zam,
Pirlar, ushlang xanjarimning sobini.
Ana endi Alpomish polvon bir so‘z deyapti:
Ikki dunyoda mardi maydonim, yo Ali, 
Bu kun g‘azo bo‘ldi, tojdorim, yo Ali.
Olti yoshda er otangan
Yigirmada sher otangan, 
Rasululloh nom ko‘targan, 
Tig‘ burronim, yo Ali.
Ko‘kcholi g‘amlar bosganda, 
Dushmanlar yo‘lim to‘sganda, 
Qilich siltab bosh kesganda, 
Mardi maydonim, yo Ali.
Pirim deb yod etdi Hazrati Dovuddi,
Yig‘lamay naylayin, qismatlar qatti, 
Kayqubodman Alpomish polvon 
Minib oldi ola bedov otdi.


159
Boshiga choroyna qo‘yib polvonlar,
Kiyib oldi po‘lat bilan sovutdi.
Ko‘zidan to‘kib nurdi, 
Yod aylab komil pirdi, 
Kayqubodman Alpomish
Qistab maydonga kirdi.
Otning boshi burildi,
Ajab majlis qurildi,
Girdini olib qalmoqlar, 
Do‘staman bo‘lib qirildi.
Bedovlar og‘zin ochdi, 
Qo‘ltiqdan parqin sochdi, 
Endi ko‘ring Alpomish
Dushmanga aralashdi.
Siltaganda qilichi 
Kesadi sonsiz boshdi, 
Bek Alpomish Xudo, deb
Endi g‘azoga tushdi.
Qamchi urdi otiga, 
Qarg‘aday ko‘kka uchdi.
Olovday bo‘b Alpomish 
Quruq qamishga tushdi.
Dushmanlar o‘ldik deyishdi,
Yarador qoldiq deyishdi,
Til bilmagan qalmoqlar,
Guldayin so‘ldik deyishdi.
Qilich kelar alab­yalab, 
G‘arib ko‘ngil istar talab,
Oltin kosa gulgun sharob, 
Ichildi maydon ichida.


160
Oq bosh tug‘lar so‘lqillab 
Tikildi maydon ichida. 
Nayza tegib kirovkalar, 
So‘kildi maydon ichida, 
Ajallisi shu maydonda, 
Yiqildi maydon ichida.
Yuragida ko‘pdir cherlar, 
Maydonda ingranib erlar, 
Zafar berib komil pirlar, 
Kel­ha deb maydon ichida.
Bopallashib satta botir, 
Ko‘p qalmoqlar biqib yotir. 
Zang miltiq patir­putir
Otildi maydon ichida.
Bedovda ipak ayillar, 
Dushmanlar bo‘lib qoyillar.
Sakkiz qarich jazoyillar, 
Bijillab maydon ichida.
Shoirlari urib loflar,
Sob bo‘lmaydi aytsa gaplar. 
O‘n olti gaz katta to‘plar,
Guldirlab maydon ichida.
Uzangilar chirqillashib, 
Bedov otlar pirqillashib, 
O‘lik­o‘likka ayqashib,
Kallalar sholg‘omday tushib, 
O‘liklar qanorday ishib,
Osmonlardan g‘ajir tushib, 
G‘ajir pitgan g‘angqillashib,
Tortishib maydon ichida.


161
Kalma aytgan qulning joyi behishdi,
Har kim do‘sti uchun tortar koyishdi,
Barakalla, Kayqubodman Alpomish, 
Besh kecha, besh kunduz tinmay urishdi.
Mavj urib daryoday toshdi, 
Qalmoqlar o‘ldik deyishdi, 
Endi tug‘ga yetishdi. 
O‘ldim dedi Toychixon. 
Tarssa turasob qochdi. 
Alpomishbek Toychixonga yetishdi.
Zo‘rligini bildirdi, 
Oq nayzaga ildirdi, 
Toychixonni o‘ldirdi.
Qizil gul so‘ldi deyishdi, 
Paymona to‘ldi deyishdi. 
Qalmoq pitgan lovullab, 
Podshomiz o‘ldi deyishdi.
Kayqubodga so‘zladi, 
Dushmanning bag‘rini tuzladi.
G‘ayrat qilib Hakim bilan Kayqubod,
Bandi qilgan iymonsizni izladi.
Ana endi Alpomish bilan Kayqubod izlab, yurib­yurib bir 
vaqti kampirning uyiga bordi. Kampir narvon ustida urush 
bo‘lgan yerga qarab o‘tirib edi. Qarasa, Alpomish kelayotibdi. 
Kampir qo‘rqib, narvondan durs etib tushib ketdi. Shunda kam­
pir Alpomishga qarab, yalinib­yolborib, bir so‘z deb turibdi:
Eshit, Alpomish o‘g‘lim, tilimdi,
Toychixon o‘ldirgan mening ulimdi, 
Kuchuk qopib yulib oldi belimdi, 
Ko‘rgani keldingmi holimdi,
Ming martaba shukur aylay Xudoga.


162
O‘liklarni bog‘ bug‘doyday chotarsan,
Inshoolloh, murodingga yetarsan,
Meni olib O‘zbekiston ketarsan, 
O‘lguncha xizmatkoringman, farzandim.
Kayqubodning ko‘ngillari jo‘sh urdi, 
Ulug‘ deydi, avliyoga bosh urdi. 
Ot ustidan osilib,
Ikki oyog‘in juftlab olib Kayqubod 
Shunday qilib oyog‘ini oshirdi.
Jo‘ralikka bek Alpomish yaradi, 
Dastorini mahkam qilib o‘radi. 
Ikki qo‘lin bir qib ushlab Alpomish, 
Qayishga shunda burab Alpomish, 
Boyko‘bani chingkillatib tiradi.
Yomon o‘lar, yaxshi qolar, yoronlar. 
Ko‘rmaysanmi bul ig‘vogar kampir holini. 
Ikkovi chopishib ketib boradi. 
Tomosha aylang yomon odam holini,
So‘ldirdi bir baxti toza gulini,
Silkib­silkib torta berdi Boychibor, 
Yulib oldi qo‘li bilan belini.
Yomonning jazosi, gapning mazasi,
Ko‘rgulikni tomosha qiling, yoronlar.
Shum kampirning bilmaganin bildirdi.
Dushmanlikdan kim yetibdi maqsadga, 
Shul kampirni rasvo qilib o‘ldirdi.
Xitoy bilan ul Bolqon, 
Qunduz bilan ul Qo‘qon, 
O‘likka to‘lib ketdi, 
Chorsi bilan Registon.


163
Oy edi, oy kabi endi baxtiga, 
Koyish ko‘rdi o‘ynoqilik vaqtiga,
Olti kecha, olti kunduz o‘tgan so‘ng,
Kayqubod mindi Toychixon taxtiga.
Tog‘larning boshini chalgan tuman­a,
Ko‘chada sasigan dushmanning qoni,
Ko‘chalarda jarchi ketib boradi, 
Zamon­zamon, Kayqubodning zamoni.
Mulla o‘qir alif bilan zabardi,
Shoir odam gapga chevardi,
O‘n to‘rt ming odam kelib edi Qo‘ng‘irotdan,
Xoldorbekka endi odam yubordi.
O‘zbeklarga Xudo berdi davlatdi, 
O‘n to‘rt ming uy O‘zbekiston eshitdi,
Qo‘y­qo‘ziday zor yig‘lashib Xoldorbek, 
Alpomish polvon oldiga chopishib ketdi.
Yovda qaynar mard yigitning miyasi,
Hech mo‘minning chiqmagaydi chiyasi,
Kayqubodman bek Alpomish qarasa,
Yov keldimi deydi tiklab qaradi. 
Kelayotgan Xoldor mahram tog‘asi.
Yoqasi ho‘l bekbachaning yoshiga, 
Chiborni chopgandi qalmoq dashiga, 
Quloch yozib, o‘pkasini bosolmay, 
Bo‘zlab chiqdi Xoldorbekning qoshiga.
Gala o‘zbek qo‘y­qo‘ziday bo‘zlashdi, 
Mavj urib misli daryoday toshdi, 
Momirashib, jomirashib polvonlar,
Xoldorbekman sog‘­salomat ko‘rishdi.


164
Ana endi shunda Alpomish Kayqubod bilan maslahat­
lashib, qalmoq yurtini xontalovi qilmoqqa o‘zbeklarga bu­
yurdi. O‘zbeklar uch kecha­kunduz qalmoqlarning elini, xa­
zinada borini talab, dunyoga botib qoldi. Ko‘rganlari rohatga 
qaytdi. Shunda yuz tuya, yuzta biya so‘yib, qirq kecha­kun­
duz osh qilib Xudoyi qildirib, Boysariga xatmi qur’on o‘qitib 
yubordi. Yaxshi odamga iyarsang, otu to‘nni shaylatur, yomon 
bilan agar birga yursang, sening zeyningni qaynatur. Juvoz­
bonga iyarsang, tinmay juvoz haydatur. Yaxshi bilan yursang, 
yetarsan murodga, yomon bilan yursang, qolarsan uyatga.
Unda Alpomish polvon karnay, surnay, nog‘ora chaldirib, 
qamoqdagi gunohkorlarni ozod qilib yubordi. Amaldorlarga 
bir­bir amal ziyod berdi. Dushmanni o‘ldirdi, do‘stni ozod 
qilib suyuntirdi. Bitta­yarim yashinib­jujinib qolgan dush­
manlar bo‘lsa, kuyuntirib yubordi. Shunda qalmoq yurtini 
qirq kecha­kunduzlik to‘y, deb jarchi qo‘ydi, zamon­zamon 
Kayqubodniki, deb jarchi qichqirtdi. Kayqubodni podsho 
ko‘tarib, o‘zbeklarning o‘n to‘rt ming uylisi ham xizmatkor 
bo‘ldi. Boshlariga jig‘a sanchib, ota­bobosidan qolgan rasm­
ni qildi. Lekin Xoldorxon Alpomish bilan turdi. Amaldor 
bo‘lmay, qirq kun to‘y o‘tgan so‘ng Tovka oyimni Alpomish 
polvon nikoh qilib oldi. Tovkaning singlisini Kayqubodga 
berdi. Yana buning ustiga Kashaldan o‘n xotin, qirg‘izdan o‘n 
xotin, sha hanshoh qalmoqning yurtidan o‘n xo­tin, quyqoli 
qalmoqning yurtidan o‘n xotin olib berdi. Buni olib bermoq­
da bir ma’ni bor: Alpomish aytdiki, men Qo‘ng‘irot elga ket­
sam, bulardan bo‘lgan farzand jiyan bo‘ladi. To‘rt uruqqa ham 
yezna bo‘ladi. To‘rt urug‘ Kayqubodga birday bo‘lsin. Men 
ziyod, men kammanmi, deb bir­biriga podsho bilan yaqinlik 
bo‘lmay, hammasi birday ko‘rinsin, – dedi.
Ana endi Alpomish polvon ko‘ngli tinib, dimog‘i choq 
bo‘lib, dushmandan o‘chini olib, bir necha kundan so‘ng 
Qo‘ng‘irot eliga qaytmoqchi bo‘ldi. Shunda Kayqubod sha­
harlarni, ko‘chalarni parrajlarga topshirib, meshkoblarga 
supurtirib, shaharni oynabandlik qilib, o‘raga qo‘ygan sham­
larni yoqib tashladi. Zaqcha ko‘z, qo‘l tumshug‘i uzun fil, qa­


165
torda nori bilan, xazinada zari bilan, shirin sozi bilan, satta 
jodu ko‘zi bilan, satga mahram beklari bilan, shon­shavkati 
bilan, saltanatli taxti bilan Tovka oyimni uzatib, har na ke rakli 
anjom­aslahalar bilan, el yig‘ilib kelib, ollohu akbar, olg‘ay, 
ol dirmagaysan, – deb fotihani betiga tortdi. Tovkaga xosaki 
kaniz uchun mingta suluv qiz oldi. Alpomish o‘z elidan mingta 
o‘ziga xos mahram oldi. Begonadan bir odam ham olmadi. O‘n 
ming sarboz askar oddi. O‘n ming tuyaga anjom­asbob ortdi. 
Besh ming fillarga to‘p-to‘pxona, miltiq, dori, qo‘rg‘oshin, og‘ir 
narsalar ortdi. Filbonlar fil haydab ketdi. Tuyachilar tuyani 
yetakladi. Ota­bobodan qolgan kasb: Alpomish barcha jirov, 
sozanda, naylarni chaldirib, turli­tuman o‘yinlarni qilib keta 
berdi. Kayqubod har uch toshga bir bozor, har bir toshga to‘rt 
qorovul qo‘yib, yo‘llarni tozalatib qo‘ygan edi. Shu yerlarga 
tushib qo‘nib keta berdi. Shu orada olti oy o‘tdi. Lekin olti oy 
bir kuncha bo‘lmay ketdi. Odam xafa bo‘lsa, bir kun bir yildan 
yomon. Vaqti xush bo‘lsa, bir yil bir tuncha emas. Ana endi olti 
oy o‘tdi. Sifo daryodan ham o‘tdi. Ola toqqa – Qung‘irotning 
tog‘iga chiqdi. Shunda Alpomish och tuyg‘unday bo‘lib, har 
tarafga qaray berdi. Shunday qarasa, Qo‘ng‘irot eli, otayi 
g‘amguzori, enayi rahbari, Qaldirg‘och jigari, Barchinoy yori, 
yor­jo‘ra, qarindoshlari, yurtini ko‘rib, o‘pkasini bosolmay, un 
tortib, oh tortib, davrada tovushi buzilib yig‘lay berdi. Shunda 
Tovka oyim qarasa, Alpomish yig‘layotibdi. Tovka oyim Al­
pomishning ko‘nglini ovlab, so‘rab, bir so‘z deb turibdi:
Dushmanlardan olib kelding lotingni, 
Erkalatib menday parizodingni, 
Sog‘­salomat kelganingda yig‘laysan, 
Menga aytgan yuragingda dardingni.
So‘lqillatib Tovkaoyimday yoringni, 
Toychixondan olding nomus­oringni,
Eson­omon kelganingda yig‘laysan, 
Menga aytgan yuragingda cheringni.


166
Qalliqqinang toblab qo‘ygan joyini,
Og‘darilib uchar cho‘lning lochini, 
Obro‘y topib kelib dushman elidan, 
Menga aytgin yig‘laganing vajini.
Sabab nima, gapni gapga ulaysiz, 
Ko‘zda yoshni barmoq bilan silaysiz, 
Eson­omon o‘zbek elga kelganda, 
Shoh to‘ram, nimaga bo‘zlab jilaysiz.
Shunda Tovka oyim har tarafdan jilvalar qildi. Alpomish 
bo‘yini ko‘tarmadi. Ikki ko‘zi eldan boshqa yoqqa qaramadi. 
Oradan yetti yil o‘tgan, yurak­bag‘ri so‘tilib ketgan. Shunda 
Tovka oyimga qarab, bir so‘z dedi:
Tog‘da ochilar jovg‘oshinning tarmog‘i,
Xina qo‘ygan suluv qizning barmog‘i,
Och ko‘zingni, tiklab qara, qaddingdan,
Qoraygandir qayin otangning chorbog‘i.
Oldirmaydi choltosh yerning tulkisi, 
Ado bo‘lmas yaxshi yorning kulkisi. 
Och ko‘zingni, tomosha qil, qallig‘im, 
Yoyilib yotgan qayin otangning yilqisi.
G‘azo deb minib edim Boychibor otga,
Otam bilan enam qoldi hasratga, 
Sabil bo‘lgan taxtim, baxtim ko‘rindi, 
Kelib qolibmiz Boysin­Qo‘ng‘irot elatga.
Chopilganda otning dumi o‘rildi, 
Yolg‘onchi dunyoga ko‘ngil berildi,
Och ko‘zingni, tomosha ayla, oy Tovka, 
Madrasa, peshtoqlarim ko‘rindi.


167
Ot chopilar balandlikning pastiga, 
Mard yigit yuradi dushman qasdiga,
Men yig‘lamay, kim yig‘lasin, qaddingdan,
Otam bilan enam tushdi esimga.
So‘ray bersang ko‘ngillarim cher edi, 
Qatorga tirkagan lo‘kcha nor edi, 
Qalmoq elga men yigit bo‘b ketganda,
Barchin yorim, yolg‘iz ukam bor edi.
Bog‘ ichida anjir bilan qaroli, 
O‘lmasak, elatda davron surali, 
O‘zing qolgin Ola tog‘ning belida, 
Men sendan ilgari elga borali.
Alpomish polvon Tovka oyimga qarab bunday deyapti: – 
Men ham elimga borsam, otamning podsholik davlati turgan 
bo‘lsa, necha bir qizu juvon, kaniz, jo‘ralari bilan oldingga 
peshvoz chiqib, o‘z izzating bilan, rasm­taommul bilan to‘ylar 
qilib, tushirib olsak, yaxshi bo‘lar edi. Lekin Tovka oyim ning 
biror fasl Alpomishdan ayrilmoqqa ko‘zi qiymay yotibdi. 
Shunda Alpomishga qarab, bir so‘z dedi:
Oydan ko‘rkam, kundan suluv yuzim bor, 
Davlatingda karashmam bor, nozim bor, 
Bu so‘zimni farosat qil, bekbachcha,
Taqsir, mening sizga aytar arzim bor.
Mavj urib misli bir daryoday toshsam,
Yomon gap eshitib aqilim shoshsam, 
Kelin bo‘lib qayin yurtima tushsam, 
Bir bemaza oysanamman urishsam.
Tovka xo‘rjinni sotgan demaymi,
Bog‘ oralab olma otgan demaymi, 
Esli odamga ikki nomus ­ bir o‘lim, 
Nokas Tovka qulman yotgan demaymi?


168
Saltanatman borsam yurtima, 
Shoh to‘ram, quloq sol mening dodima,
Men ayolman, qisqa oyoqli mushtipar, 
Birovman deb aytsa, lanqa qolar betima.
Chimildiqda sizga qildim nozimni, 
Eshiting polvonim aytgan so‘zimni, 
Men ayolman, qisqa oyoqli mushtipar, 
Zinhor, olib keting mening o‘zimni.
Shunda Alpomish polvon: – E, qaddingdan, har gapni 
ko‘nglingga ola berar ekansan,– deb bir so‘z dedi:
Bandasiga manzil ekan mana joy, 
Tortib keldik qulo cho‘ldan ohu voy.
O‘zim o‘lmay, kim bosadi izimni,
Uning uchun g‘am yemagin Tovkaoy.
Qoshing qora, daryolarning qunduzi,
Ko‘zlaring surmali, osmon yulduzi,
O‘zim o‘lmay, kim bosadi izimni, 
Xafa bo‘lma, Toychixon qalmoqning qizi.
Shoh to‘rang dushmandan lotin oladi,
Qay yerda g‘animni o‘tga soladi,
Ko‘kayingga hech gaplarni keltirma, 
Ko‘nglimiz to‘g‘ri bo‘lsa, bo‘ladi.
Endi Tovka oyim shuytib bildiki, qancha so‘z aytgan bilan 
bo‘lmaydi. Alpomish polvon Tovkaning bergan so‘zini olmay­
di. Unda Tovka oyim Alpomish polvonga qarab, bir so‘z dedi:
G‘anim tushar bedavlatning iziga, 
Yigit banda yorning shahlo ko‘ziga, 
Men borguncha nasihat qip ko‘ndiring, 
Nasihat qing Boysarining qiziga. 
Barchinoyning rangi gulday so‘lmasin,


169
Ko‘p ichida yana janjal qilmasin, 
Anov nimang, deyib shovqin solmasin, 
Ikkimizni sharmanda qib qo‘ymasin.
Ochilar bog‘larda gul bilan g‘uncha, 
Xizmatimda turar mening bir necha, 
Men borguncha nasihat qiling opamga,
O‘zim to‘qol, Barchin opam boybicha.
Nima desa, aytganida bo‘larman, 
Bul kallamni etagiga solarman, 
Zinhor ko‘niktiring opamni, 
Men amrini jonim bilan qilarman.
Ana endi Tovka oyim Alpomish polvonga javob berib, 
jo‘natib yubordi. O‘zi qirqin qizi bilan, kanizlari, xizmatkor­
lari bilan shu yerda turib qoldi. Bular qola bersin, endigi gap­
ni Alpomishdan eshiting.
Shu kuni Alpomish kechasi bilan yo‘l tortdi, yo‘l tortsa ham 
mo‘l tortdi. Boychibor ostida, qalqon­sovut egaida borayo­
tib edi, shunda bir baytal to‘qson ming yilqidan ayrilib, Boy­
chiborning enasi bolasining kelganini bilib, uzoqdan ko‘rib 
tanib, isini olib, emchagi urfi sutga to‘lib, Boychiborning oldiga 
yaqinlab keldi. Boychibor ham enasini tanib, gurkirab kishna­
di. Ikkovi bir­birovining boshiga bo‘ynin tashlashib, iskalashib 
qoldi. Boychiborning enasi Tarlon baytal bolasini yalayotibdi. 
Boychibor enasini emayotibdi. Unda Alpomish polvon oti Boy­
chibordan tushib, oti Boychiborga qarab, bir so‘z dedi:
Yetti yil ketdim otamni kuydirib, 
Xushvaqt bo‘lib, ko‘lga dobil tuydirib, 
Aysintirib ema bergin, Chiborim,
Men ham senday emarmanmi iydirib?
Mullalarga yaxshi sarpoy kiydirib, 
Elatimdan o‘zbak urug‘ni jiydirib,
Aysintirib ema bergin, Boychibor, 
Men ham senday emarmanmi iydirib?


170
Olis yo‘ldan otga poyga qo‘ydirib, 
Oltin piyolaga sharob quydirib,
Momiratib ema bergin enangni,
Men ham senday emarmanmi iydirib? 
Enam sho‘rning qora sochin yoydirib,
Vo bolam, deb gulday betin so‘ldirib, 
Aysintirib ema bergin, Boychibor,
Men ham senday emarmanmi iydirib?
Kuyganidan gapni gapga ulaydi,
Hayvonlarning manglayidan silaydi. 
G‘oyibona ota­enasin sog‘inib, 
Voy attang, deb polvon bacha jilaydi.
Ot chopilar baland tog‘ning pastiga, 
Hech kim yo‘liqmasin dushman qasdiga, 
Ota­enasin Bobir ko‘lda sog‘inib,
Qaldirg‘och ukasi tushib esiga.
Ikki hayvon bir­birini qo‘ymaydi,
Iskalashib mehiriga to‘ymaydi, 
Jonivor, deb mindi otning beliga, 
Tarlon baytal bolasidan qolmaydi.
Unda Alpomish polvon hayvonlarga qarab: – Sen Toychi­
xon podshoning tablasida yotding. Men zindonda yotdim. 
Ikkovimiz ham birday bandi bo‘ddik. Sening martabang ba­
land ekan, sen enangni iskalab mehriga to‘yding, men enamni 
ko‘rganim yo‘q, – deb Boychiborning enasiga qarab, bir so‘z 
dedi:
O‘zingni, jonivor, cho‘lda yelmagin,
Sen iyarib Boysin elga bormagin.
Qaytaril, galaga ketgin, jonivor.


171
Sen iyarib borsang, hamma biladi,
Ota­enam vo, bolam, deb keladi, 
Yuragi yorilib ular o‘ladi, 
yetimlik xanjari bag‘rim tiladi,
Qaytaril, galaga qo‘shil, jonivor.
Bir Xudoyim judolikni olmasin, 
O‘limning xanjari bag‘rim tilmasin,
Hech bir jondor kelganimni bilmasin, 
Qo‘rqqandan quvongan yomon, jonivor.
Yolg‘iz singlim, voy, akam, deb keladi, 
Buralib eynima qo‘lin soladi,
Yuragi yorilib singlim o‘ladi. 
Manglayidan tavof qiladi,
Tarlon biya galaga qaytdi.
Unda Alpomish polvon biyani galaga qaytarib, yo‘lda bir 
so‘z aytib kelayotibdi:
Xudoy qilsin mo‘minlarga adolat,
Chekib keldim qulo cho‘lda riyozat,
Ola tog‘da qoldi Tovka parizod, 
O‘lmay keldim bunda sog‘u salomat.
Eson keldim, bizning cho‘llar, omonsan,
Sarg‘ayibdi xon otamning yuzlari, 
Tomoshaga keldi Qo‘ng‘irot qizlari,
Soldiranishib yurgan, cho‘llar, omonsan.
Tovusday taralib, beli buralib, 
Kechagisin sayildan qaytdi tingsalib,
Yorining oldida yotdi buralib, 
Sayil qilgan bizning cho‘llar, omonsan.


172
Qizu juvon qizg‘aldoqsay jaynadi,
Ustingizda bo‘tasoldi o‘ynadi,
Bir­biriga chuchchi tillar so‘yladi, 
So‘lqillashib yurgan cho‘llar, omonsan.
Bir vaqtlarda obod qildim tog‘ingni, 
Boybachalar qandchoy qildi suvingni, 
Suvi tiniq cho‘llar, keldim, omonsan.
Ko‘zimdan yoshimni to‘kdim, 
Ko‘klamda otimni boqdim, 
Suvi tiniq cho‘llar, keldim, omonsan.
Ne savdo ko‘tarmas bandaning boshi, 
Kaj bo‘b ketdi shum falakning gardishi,
Borayotsa qulo cho‘lda bekbacha
Qaytar­qaytar, dedi ko‘pning odam tovushi.
Shunday Alpomish polvon qarasa, oq chotir, ko‘k chotir, 
har xil chotirlar tikilib yotir. Shunda aytdi: “Otam hali ham 
podsho ekan. Ilgarigi zamonlarday sayil buyuribdi. Otamng 
ustidan chiqdim. Shunday chotirni oralab borayotsa, ko‘zlari 
ola­bula, soqollari cho‘chqa cholga o‘xshaydi, burunlari 
jo‘nag‘or tumshuqqa o‘xshaydi, quloqlari jalpoq, siyog‘i yo­
mon, qilig‘i sovuq odamlarga o‘xshaydi. Shunda bularning 
yuqorisiga qarasa, bir chotir, chotirning ichida ikkita odam 
qarab yotir. Ikkovi sap­satta, sattadan o‘tib ketgan kap­katta 
odam. Oyog‘ida ko‘k sovri etik, boshida laylakning uyasiday 
qilib dastor o‘rab qo‘yibdi. Ichkariga qarasa, bir odam, bir 
yog‘ida qand, bir yog‘ida novvot, bir yog‘ida choy, qandolat, 
bir yog‘ida non, bir tarafda qatlama. Ostida qat­qat ko‘rpacha 
solibdi. U yog‘iga, bu yog‘iga bolishlar qo‘yilgan. Bir yog‘ida 
bo‘za, bir yog‘ida qimiz suzilgan. Alpomish uzangiga oyoqni ti­
rab, murtini burab, u yoq, bu yog‘iga qarab, tiklab bir so‘z dedi:
Ul yog‘i Ola tog‘ning cho‘llari, 
Undan pasti Bobir degan ko‘llari, 


173
Bo‘ztepada qimiz ichgan juyqonsiz, 
Yoyilib yotgan yilqi kimning mollari?
Oldirmaydi adir tog‘ning tulkisi, 
Ado bo‘lmas yaxshi yorning kulkisi, 
Bo‘ztepada qimiz ichgan savdoyi, 
Yoyilib yotgan yilqi kimning yilqisi?
Qimiz ichib cho‘lda suhbat aylagan, 
Jiydasiga semiz toyni boylagan, 
Qarg‘alini sonsiz yilqi joylagan,
Sonsiz yilqi, beklar, kimning yilqisi?
Davlat ketmay, yuzdan ketmas xotirlar,
Qirga chopar doim gala botirlar.
Bo‘ztepada qimiz ichgan gachchalar, 
Yoyilib yotgan yilqi kimning yilqisi.
Shunda chalqayib yotgan sarkardasi aytdi: – Buning
og‘zining tishini qoqib olinglar. Shunda haligining bit­
tasi polvonga tayog‘ini olib keldi. Polvonga qarab, bir so‘z
dedi:
Yoshligida saltanat qib yurmagan, 
Bu dunyoning huzurini ko‘rmagan,
Sen qanday bebosh elning yo‘lchisi,
Ovozador Ultontozni bilmagan.
Yovda qaynar mard yigitning miyasi, 
Har mo‘minning chiqmagayda chiyasi, 
Ovozador shunday bekni bilmagan, 
Ultontozbek molning, elning egasi.
Jasovda pand berar otning mayibi, 
Qo‘llagay yigitni piri­g‘oyibi, 
Ovozador Ultontozni bilmagan, 
Ultontozbek molning, elning soyibi.


174
Unda Alpomish polvon har ko‘zi kosaday bo‘lib, har tuk­
lari choponlarini teshib o‘tib, bir so‘z dedi:
O‘ylasam omonat bandaning joni,
Hamro bo‘lgay o‘lgan qulning iymoni,
Boybo‘rining tuzi tutsin ko‘zingni, 
Boybo‘ri bolasi mulla Hakim qani?
Yakkaligi uning asar qildimi,
Arkon­davlati sabil bo‘ldimi, 
Boybo‘rining yolg‘iz o‘g‘li o‘ldimi,
Zarxarid qo‘liga moli qoldimi?
Shunda haligidan boshqa biri: – Endi o‘ylasam, janjal­
ning tanakori ekansan,– deb Alpomish polvonga qarab, bir 
so‘z aytayotibdi:
Xudoning ishini endi netayin,
Ayriliq vahmidan qonlar yutayin, 
Sakkiz yillik gapni senga aytayin, 
Ishingga ehtiyot bo‘lgin, yo‘lovchi.
Boysari, Boybo‘ribek bo‘ldi quda, 
Xudoyim ularni qildi sharmanda. 
Bir­biridan bo‘ldi ikkovi judo, 
O‘zingga ehtiyot bo‘lgin, yo‘lovchi.
Boysariman Boybo‘ribek urishdi, 
Boysari qalmoqning eliga qochdi, 
Bir kunlari bek Alpomish er yetdi,
Yorini izladi, qalmoqqa ketdi.
Zo‘rlik qilib Toychixonning shahriga, 
Yorini uzatib Qo‘ng‘irotga qaytdi.
Olti oyda Ola tog‘iga yetdi, 
Boysarini Toychi qalmoq bandi qib,
Registonga olib borib toshga tutdi.


175
Orqasidan bo‘zlab kelib xabarchi, 
Bek Alpomish qalmoq shahriga ketdi. 
Voh, to‘ram, deb Barchin Qo‘ng‘irotga yetdi.
Ketganidan shu haromi kelmasin,
Ultontozbek bu dunyoda o‘lmasin.
Shunda Alpomish polvon: “Bunga o‘zimni bildiray, agar 
tanib, qulingman, desa, amaldor qilib ketay. Tanimasa, besh­
ta­o‘ntasini chopib ketay”, – deb haligiga qarab, bir so‘z dedi:
Ochilgan bog‘larning toza guliman, 
Onhazratga ummat, haqning quliman, 
Mirzam degan, gunohingni o‘tayin, 
Kashal ketgan Boybo‘rining uliman.
G‘ofil qolib karvonimni ko‘chiray,
Dushmanlarga ajal sharbat ichiray,
Kashal ketgan Alpomishning o‘ziman, 
Mirzam degin, gunohingni kechiray.
Haligi qullar aytdi: – Bizlardan bir narsa umidvor bo‘lib 
kelding­da. Bizlarni juda aylantirding. Lekin g‘ozdan Alpo­
mishning xabari keldi. Shu xatni o‘qib, Qorajon do‘sti borib 
keldi. O‘n bir oyda Qorajon qalmoqning elidan Qo‘ng‘irot 
eliga yetdi. Qorajon sening o‘lganingai elga kelib aytdi. 
Sen endi kalta soliq solaman, bir narsasini olaman, deb 
kelgansan­da. Alpomishning o‘lganini bilamiz. Hech kimga 
bir pul soliq bermaymiz, – dedi. Shunda birovi: – Otangaing 
go‘riga..., – deb tayoqni otdi. Alpomish har ko‘zi o‘tday yonib, 
g‘ilofdan xanjarni tortdi. Beshta­o‘ntasini chopib tashladi. 
Haligi qullar ning bittasi: – Assalomu alaykum, podshoyim. 
Tanib qo‘ydim sizni, o‘ldirmang bizni. Men hamishagi xona­
zod qulingizdan tururman,– dedi. Bu gap Alpomish pol­
vonga juda yoqib ketdi. Haligining oti Misirali ekan. – Sizni 
qullarga zakotchi qildim,– deb yorliq berdi qog‘ozdan. Bu 


176
yilqibonlarga borib: – Alpo mish keldi, meni zakotchi qildi, 
– dedi. Shunday degandan Ultontozning qarindoshlari: – 
O‘lgan Alpomishni keldi deysan, – deb urib, chopib o‘ldirdi. 
Alpomish bilmay Qo‘ng‘irotga o‘tib ketib edi. Bu bechora Al­
pomish uchun anchayinga o‘lib qoldi. 
Endi Alpomishdan eshiting. Shunday borayotir. Qorli de­
gan ko‘lga yetdi. Qarasa, Qultoy chol otasining ustidan chiqdi. 
Oyoqlarini choriq qisgan, ko‘zlarini yiring bosgan, cho‘pday 
qotgan, somonday sarg‘ayib ketgan. Shunda Qultoy chol otasi 
qiblaga qarab: “Yo, yolg‘iz farzandimni yetkir elimga. Alpo­
mish polvon bolamni bir ko‘rib o‘lsam, armonim yo‘q”, – deb 
o‘tiribdi. Alpomish bek chol otasiga ko‘ngli jo‘sh urib, bir so‘z 
aytdi:
Qo‘yni boqqan sarkarda, 
Echki boqqan daxmarda, 
Boshida soyayi parda, 
Qo‘y kimniki, kimniki?
Yuraklaring bo‘bdi qon, 
Qo‘llagay Shohimardon, 
Qo‘yni boqqan sarkarda, 
Qo‘y kimniki, bobojon?
Tog‘larning boshida shunqor uyasi, 
Chiqib qopti necha odamning chiyasi.
Qulo cho‘lda qo‘y boqqan, otajon, 
Kim bo‘ladi bu mollarning egasi?
Shunda Qultoy chol bechora ko‘zida yoshi, qayg‘uda 
boshi, xo‘rlik bilan yig‘lab, bir so‘z aytibdi:
Qo‘y erniki, erniki, 
Manglaylari sho‘rniki, 
Bolasidan ayrilgan, 
Boybo‘riday erniki.


177
Qanotidan qayrilgan, 
Janamaydon tayrilgan,
Alpomishdan ayrilgan,
Kuntugalday oyniki.
Uchgan cho‘lda g‘ozniki, 
Qishli, bahor, yozniki, 
Akasidan ayrilgan, 
Qaldirg‘ochday qizniki.
Bog‘da ochilgan gulniki,
So‘ylay bersam tilniki,
Ola tog‘da, vo to‘ram, deb ayrilgan, 
Barchinoyday tulniki.
Hali hozirga moli qursin besoyib,
Ultontozday qulniki.
Er bolasi er yetar,
Etagidan mo‘l yetar,
Er yetgan so‘ng Boybo‘ridan cher ketar,
Hammasidan, bolam, Xudoy saqlasin,
Oxir gashtda Yodigorday erniki.
Shunda Alpomishbek bobosiga qarab, barakalla, dedi. Bo­
bosidan dimog‘i choq bo‘lib, bobosiga qarab, bir so‘z dedi. 
Qultoy chol ham javob berib, bir so‘z dedi. Ikkovi savol­javob 
qilib, bir so‘z dedi:
Savoli Alpomish:
Alhamdulilloh, men eshitdim tilingni,
Terarsan bog‘lardan toza gulingni,
Yolg‘iz bolang kelib qolsa elingga, 
Tanirsanmi bek Alpomish ulingni?


178
Qultoy so‘zi:
Aldamagin, yo‘lchi jonim, o‘zimni,
Yig‘lay­yig‘lay yoshlar qirqqan ko‘zimni. 
Bul mening o‘rtangan jonim kuydirma 
Kelganda ham tanimayman qo‘zimni.
Alpomish so‘zi:
Analman Mansurga qurgan dormidi,
Tirik ayrilgan bir ko‘rgani zormidi, 
Bek Alpomish kelib qolsa qoshingga,
Alpomishda hech nishona bormidi?
Qultoy so‘zi:
Ado bo‘lmas tor siynamning hasrati, 
Qartayganda Xudo berdi mehnatdi,
Hazrati Aliga o‘xshar sinbati, 
Yusuf payg‘ambarga o‘xshar kelbati.
Alpomish so‘zi:
Bolasi o‘lganning bag‘ri to‘la qon, 
Barchaga mehribon qudratli mavlon,
Undan boshqa nishonasi bormidi,
Belgisini ayta bering, otajon?
Qultoy so‘zi:
Komil pirga bor bolamning doxili,
Cho‘rtan ziyodadir uning aqili, 
Yag‘rinida bor panja dog‘ili,
Bir ko‘rganda odam aqlin olguday, 
Tepasida bordir ikki kokili.


179
Alpomish:
Bobosining endi vaqtin xushlatdi, 
Boshidan dastorni olib bekbacha,
Shundaymi, deb kokilini ushlatdi.
Qo‘yni boqqan Bobir ko‘lning dashiga,
Cho‘l titradi boboning nolishiga,
Voy, bolam, deb o‘pkasini bosolmay, 
Bolam, deydi, o‘g‘lin oldi to‘shiga.
Chuldiratib tanglayining tilini, 
Har bandaning olloh bilar holini, 
Voy bolam, deb quchoqlab ob Qultoy chol,
Iskalab suyadi polvon ulini.
Har kim do‘sti uchun tortar koyishdi,
Bundan bu yoq yo‘li ovushdi. 
Bobir ko‘lda endi borib bekbacha, 
Qultoy cholman qulo cho‘lda topishdi.
Shunda polvonbacha:– Sizki shuytib qolibsiz, boshqalar 
qaytib qoldi, – deb bir so‘z dedi:
Tog‘larning boshini chalgan tumanmi,
Bir nechaga endi oxirat zamonmi, 
Tilingizdan aylanayin, Qultoy chol, 
Davlat boshi Boybo‘ribek omonmi? 
Bulutli kun bo‘zlog‘imdi suyangan,
Kechalari chuchi uyqudan o‘yangan, 
Tong qorasi tol beshikni tayangan,
Mehribonim Kuntugaloy omonmi?
G‘arib bo‘lmay keldi mening mozorim,
Xudoyo, ketgayda yurakdan cherim, 
Omonmi Qaldirg‘ochday jigarim,
Salomat yuribmi Barchinday yorim,
Ichda qolgan Yodigorbek omonmi?


180
Kokilimni tol­tol qilib tarayman, 
Ko‘rgan tushni yaxshilikka jo‘rayman,
Aytay desam, oti esimdan chiqqan, 
Yoppa­yovlik qarindoshni so‘rayman.
Ana endi Alpomishdan Qultoy chol bu so‘zni eshitib, Al­
pomishga qarab, javob berib, bir so‘z dedi:
Ostingdagi Boychiborning suyi bor,
Yig‘ilgan elatning kunda biyi bor, 
Sendan qolgan Barchindayin yoringga, 
Ultontozning qirq kun degan to‘yi bor.
Otang Boybo‘ri beliga arqon buvadi,
Qo‘liga katta o‘roq oladi, 
Qovg‘alidan to‘yga cho‘pchak teradi, 
Oz obkelding, deb Ultontoz uradi, 
Zarxarid quliga xizmat qiladi, 
Borganda ko‘rarsan esonligini.
Yomonga gap aytsang yurtga yoyadi,
Kambag‘allik mardning ko‘zin o‘yadi. 
Oq suvda enang ham kalla yuvadi,
Borganda ko‘rarsan tomoshasini.
Akam deb ko‘zdan yoshini to‘kadi,
Dushman qursin, qaddi­bo‘yin bukadi, 
Qaldirg‘och cho‘llarda tuya boqadi, 
Cho‘llarda ko‘rarsan borib holini.
Yig‘layman qudratli haqqa zoru zor,
Hech kim bo‘lmasin dushmanga xoru zor.
Sen bor bo‘lsang yig‘lab nonni yemaydi. 
Ovqat uchun sarka boqar Yodgorjon.
Ana endi shunda Qultoydan bu so‘zni eshitib, kuyib ketib, 
achchig‘i kelib, bir so‘z dedi:


181
Quloq solgin menday ulning ohiga, 
Voyim sob elning katta biyiga, 
Kiyim­kechaklarni kiyib, otajon, 
Borib kelgin Barchinoyning to‘yiga.
Barchinoy nokasga nikoh bo‘lmasin,
Ajal yetib necha odamlar o‘lmasin. 
Sichqon tushgan oshday bo‘lib qolmasin, 
Barchinoyni Ultontoz qul olmasin, 
Hech bir odam kelganimni bilmasin.
Qultoy cholning bilmaganini bildirdi,
Xushvaqt qilib miyig‘idan kuldirdi, 
O‘zining to‘nlarin berib Qultoyga, 
Boychiborga otasini mindirdi.
Kengash kelar elning katta biyiga, 
Nodonlarni aslo qo‘ymang rayiga, 
Otni minib bobo Qultoy xushvaqt bo‘b, 
Borib qoldi Barchinoyning to‘yiga.
Ana endi Qultoy chol Qo‘ng‘irotga yetdi. Ultontozbek 
shunday katta to‘y qilib yotgan ekan. Ko‘pkarisi ham juda 
katta ekan. Ko‘pkari sayilidan ko‘pkaritozlarga bir solim­
dan bir to‘n, bir kalla qand, bir yugan berayotgan ekan. Buni 
ko‘rib, Qultoy cholning g‘ayrati keldi. “O‘ligimning egasi kel­
di, shu bugun ko‘pkarining ichida yiqilib o‘lmas ham, dush­
manlar bilan bir talashay”, – dedi. Shuytib, Qultoy chol otning 
ayil­pushtanlarini mahkam tortib, minib olib, to‘daga qarab 
jo‘nay berdi. Shunda tomosha qilib o‘tirgan odamdan bit­
tasi: “Shunday betovfiq cholga shunday ot nechuk. Mening 
shunday otim bo‘lsa, solimning barini olar edim. Voy­voy, 
notanti Xudoy. Hay, attang, otim bo‘lmasa, devolni chopib 
olayinmi, uh­voh, kuyib ketdim”, – deb o‘tiribdi. Qultoy chol 
bu gapni eshitdi. Qultoycholga bu gap botdi. Shunda oldiga 
borib, tos to‘basini olib, qamchi bilan soldi. Besh­olti yerdan 


182
boshi o‘yilab qoldi. Shunda piyoda­yayovlar: – Ushla­chi, 
ushla cholni, – dedi. Qultoy ko‘pkariga qarab qutulib ketdi. 
Haligining bir qarindoshi aytdi: – Senga bu kun ham ko‘p. 
Choponlarini kuydirib, yarasiga bosdi. Tayoq yegan chopon­
dan ham ayrildi. – Bemaza gapirsang, sening haqing shu. 
Bundan ham battar bo‘lgin, – dedi. Qultoy shu kuni to‘daga 
borib, yulduzday bo‘lib, solimining barini olaberdi. Ultontoz 
podshoh buni ko‘rib: – Bu ot qay yerdan. Shu otni bunda 
yetaklab olib kelinglar, – dedi. Shunda Qultoyni yetaklab Ul­
tontozning oldiga olib bordi. Shunda Ultontoz aytdi: – Oting­
ni menga sot. Seniki qayerdan? Qultoy aytdi: – Meniki Tulki­
boy soydan. – Oting xonazodmi, yo o‘g‘irlab oldingmi, – dedi. 
Unda Qultoy aytdi: – Nima desang de. Ultontoz podsho ayt­
di: – Aks gapirganingning ma’nisi nima? Qultoy: – Mendan 
yilda zakot olasan, boj olasan, menday odamni o‘g‘ri deysan. 
Shuytib aks gapiraman, – dedi. Ultontoz aytdi: – Oting nima? 
– Otim Jo‘nag‘or tumshuq. Lekin otimni senga hali bersam, 
odamlar podsho bir odamning otini tortib olib qolibdi dey­
di. To‘y sob bo‘lgandan keyin senga beraman. Bunday otdan 
qirqta xonazod otim bor, – dedi. Podsho amr qildi. Mirzalar: 
“Jo‘nag‘ar tumshuqning oti Tulki soydan”, – deb xatga yozib 
oldi. – Yigirma­o‘ttiz xonazodi bor. Bunday bo‘lsa, bobomni 
qo‘yinglar, – dedi. Qultoy shu vaqtda yana to‘daga soldi. Bi­
ron kiyim olmay yotgan odam bilan tortishib yiqitdi. Lekin u 
odam arqon bilan uloqning u yog‘idan, bu yog‘idan mahkam 
qilib otga chatib olib edi, haligini Qultoy ot­poti bilan sud rab 
ketdi. Qarindoshlari: – To‘xta, to‘xta, chol, – deb kela berdi. 
Qultoy chol haligini ulog‘i bilan, o‘nguri bilan yulib olib o‘tib 
ketdi. Bir uyning oldiga olib borib tashlab ketdi. – Bundan 
ilgarigi solim olgan uloqlarimning hammasini yayov lar 
oldi. Bor, bunisini sen ol, – deb uyga tashlab o‘tib ketdi. Ul 
uy Barchinoyning uyi edi. Bu uloqni ko‘rib Barchinoyning 
chillasi ham esidan chiqib ketdi. Shunday Barchinoy qarasa, 
Alpomishning oti, otni o‘zi sayislik qilgan edi, tanidi. Shuy­
tib Barchinoy otni tanib, bobo Qultoyga bir so‘z deyotibdi:


183
Dobil qirqqan egaringning qoshini,
Pushtan qirqqan mingan oting to‘shini, 
Bobojon, so‘rayman manzil­joyingni,
Menga bayon bergin o‘sgan elingni.
Shuni mingan shunqorbachcha o‘ldimi, 
O‘limning xanjari bag‘rin tildimi,
Asbi jallob buni sotib oldimi,
Qo‘l ovushib, bobo, sizga keldimi?
Otajon, so‘rayman manzil­uyingni,
Menga bayon bergin asl joyingni. 
Men g‘aribman, asta­asta tosh otdim, 
Oh tortaman, bandi­bo‘g‘nim bo‘shatdim, 
Qishlog‘ingdan menga bergin bir xabar,
Mingan oting Boychiborga o‘xshatdim.
Yig‘layman bandi­bo‘g‘im bo‘shadi,
Sochim yoydim, suyakkinam shovshadi, 
Bobojon, qishlog‘ingni so‘rayman, 
Mingan oting Boychiborga o‘xshadi.
Shunda Boychibor Barchinoyni tanib kishnamoqchi bo‘l­
di. Qultoy chol dam­dam, deb Barchinoyga qarab, bir so‘z 
dedi:
Yuragimda qayg‘u bilan voyim bor, 
Kichi Boysin ­ Qo‘ng‘irot degan joyim bor, 
Ot otga, odam odamga o‘xshar,
Shunday toydan o‘n yettita toyim bor.
Tanisang oldimga chopib kelag‘oy, 
Bo‘yniga qo‘lingni kelib solag‘oy, 
Bizing bilan yurgin shariatga, 
Isbot qilib otginangni olag‘oy.


184
Shukur, ega bo‘lding Boysinday yurtga, 
Menday bobong qoldi qayg‘u hasratga,
Shunday toydan o‘n yettita toyim bor,
Tanisang yurag‘oy, kel shariatga.
Barchinning so‘zi:
Barchinoy bechora yig‘lab qon yutdi,
Yig‘lamay naylayin qismatlar qatti.
Toleim qursin, deb bebaxt oy Barchin, 
Yodgorning oldiga oh tortib yetdi.
G‘am sarg‘aytdi, Yodigorjon, yuzingni, 
Tavof qildim sening bosgan izingni,
Uyingga bir odam sarka tashladi, 
Yodigor, uyqudan ochgin ko‘zingdi.
Egam rahm qilgay ko‘zning yoshiga, 
Davlat turmas takabburning boshiga,
Chavandozning borib otin so‘ragin, 
Men ayolman, borolmadim qoshiga.
Eshitdi oy Barchinning ohini, 
Nokaslar yig‘ibdi elning biyini,
Men ayolman, borolmayman oldiga,
Borib so‘ra chavandozning joyini.
Yodgor so‘zi:
Davlat bersa, ena, salla o‘ray deb, 
Ko‘rgan tushni yaxshilikka jo‘ray deb, 
Kuygan jonim kuydirmagan, enajon,
Chavandozning borib joyin so‘ray deb.
Yodgor uyqudan turib: “Men borib so‘rab kelay”, – deb 
ko‘pkariga qarab, bobosining orqasidan ketdi. Shunda ko‘pka­
ridagi qullar ko‘rib, “bu yerda nima qilib yuribsan”, – debdi. 
Yodgor yig‘lab­yig‘lab qochib, enasining oldiga ketdi. Qultoy 
uloqni Barchinoyning uyiga tashlab, bu kun oqshom o‘lan 


185
bo‘larini odamlardan so‘rab bilib, ko‘pkarining oda bo‘lishiga 
qaramay, “Bu kun o‘lan, ertan oqshom nikoh bo‘ladi ekan”, – 
deb aytib ketdi. Alpomish polvonning oldiga yetdi.
Shunda bir kampir bor edi. Oti Oydona ekan, kelinining oti 
Oyzarbob. Bir kasir moyni yuz ellik marta sho‘rva qilib ichar 
edi. Uch kasiri bir qadoq bo‘ladi. Shoirning yurtida rasm: uch 
kasirni bir qadoq deydi ekan. Shoir Muhammadqulning yur­
tida bu so‘z mashhur urf­rasm, ota­bobosidan qolgan so‘z­
taomil ekan.
Ana endi boyagi Oydona kampirning besh echkisi bor 
edi. Qultoyning qo‘rasiga qo‘shib edi. Ana shu yerda Alpom­
ishga: – Bir kun o‘lan aytilar ekan, ertan nikoh qilar ekan, – 
deb aytdi. “Endi Alpomishga bir ziyofat qilib beraman”, – deb 
Oydona kampirning bir bosh bo‘rta echkisini so‘ydi. Go‘shtiga 
to‘ydi. Alpomish qo‘yning qornini boshiga kiydi. Haligi ech­
kining terisini ham boshiga kiydi. Terini qirib qosh chiqardi. 
Teridan yirtib ko‘zining joyini ochib oldi, kiprik qildi, murt 
qildi, soqol qildi. Bo‘yinlarini qaychilab yubordi. Hamma 
turishi cholga o‘xshadi. Kebanak kiydi, choriq kiydi. Ko‘lbarni 
eynidan tashlab oldi, chilvirni belidan boyladi. Cho‘pon tayoq­
ni qo‘liga odsi. Ana endi Qultoy ham Qultoy, Alpomish ham 
Qultoy bo‘ldi. Alpomish polvon o‘z ko‘zi bilan ko‘rmoqchi 
bo‘lib: “Yomon dushmanni o‘ldiraman, yaxshi do‘st bo‘lgan 
odamlar ning vaqtini xush qilaman, zamonasozlik qilganlarni 
ham amal berib, vaqtini xush qilaman. O‘z ko‘zim bilan borib 
ko‘rayin, kim yaxshi, kim yomon bilayin”, – deb Qultoy chol 
bobosi bilan omonlashib, Qultoy bo‘lgan Alpomish ketdi.
Ana endi Boybo‘ribekning bir oq moyasi bor edi. Alpo­
mishni enasi tuqqan kuni shul oq moya ham bir qora bo‘ta 
tug‘ib edi. Alpomish tug‘ilganda enasining sutiga to‘ymay, 
shu oq moyaning sutini ichib edi. Tuyaning sutini emganidan 
Alpomish atanib edi. Shu oq moyaning bo‘tasi Qora nor Al­
pomish zindon bo‘lgandan beri “Alpomish o‘ldi”, – deb tuya­
lar ichida cho‘kib yotar edi, o‘tlamas edi. Qachon Boybo‘ri o‘t 
bersa, suv bersa yeb­ichmas edi, cho‘kib yotar edi, o‘rnidan 
turmas edi. Alpomishning singlisi Qaldirg‘ochga Ultontoz tuya 


186
boqtirib qo‘ygan edi. Haligi ikki tuya Alpomishning kelganini 
bilib, Alpomishning oldiga chiqmoqchi bo‘lib, o‘rnidan turib, 
ena­bola bo‘zlab jo‘nay berdi. Shunda Qaldirg‘och oyim tu yani 
qaytara olmay, cho‘lda zor­zor yig‘lab, bir so‘z aytayotibdi:
Hala deyman, Qora nor,
Osmon bilan barobar,
Alpomishdan ber xabar, 
Hala­ey, hala­ey.
Tobonimdan yer o‘tdi,
Manglayimdan sho‘r ketdi, 
Alpomishning qadiri 
Kuniga menga o‘tdi, 
Hala­ey, hala­ey.
Ana tog‘da oyuli, 
Choldevorda boyuli, 
Men akamning dastidan,
Hamisha sochim yoyili, 
Hala­yoy, hala­yoy, 
Harrov­yey, harrov­yey. 
Eldan bo‘ldik begona, 
Bo‘ldik dardli bedavo,
Akajonim o‘ldi­da, 
Elim bo‘ldi sog‘ona,
Hala­yoy, hala­yoy,
Harrov­yoy ­ harro­yey.
Manglayimdan kun o‘tdi, 
Tobonimdan yer o‘tdi, 
Chirog‘imning qadiri, 
Kuniga menga o‘tdi.
Hala dedim, qobindim, 
Akajonim sog‘indim,
Qirmizi jelaklar kiydim.


187
Men akamning dastidan,
Gulday edim, so‘lidim. 
Gulday yuzimni so‘ydim, 
Hala deyman, hala­yey­yoy.
Siyqa tog‘ning qoyasi,
Chiqdi mardning chiyasi,
Urdi molning kiyasi 
Besohibning tuyasi 
O‘zi qurg‘ur bormaydi 
Qachon kelar egasi 
Hala deyman, hala­yey.
Yapiroqni yemagin, 
Yo‘lovchini, jonivor, 
Mening akam demagin.
Senga ega, menga aka qaydadir, 
Hala­yey, hala­yey, harrov­yey.
Qaldirg‘ochning ketib ko‘zidan yoshi, 
Ne savdo ko‘tarmas bandaning boshi, 
Bobo Qultoy kelayotsa yo‘llarda, 
Bo‘zlab chiqdi oq tuyaning tovushi.
Kim yaxshi, kim yomon – olloh biladi,
Juyrikka tumol, men­menga balodi(r) 
Alpomish shundayin tiklab qarasa, 
Tuyalar to‘zilib­bo‘zilib keladi.
Odamday jondorlar ko‘zin yoshladi, 
Qora yerni qartillatib tishladi,
yetti marta Alpomishdan aylanib, 
Egniga oq moya boshin tashladi.
Xudoyo, bandani qilmasin qalloj,
Bir mardni nomardga qilmasin muhtoj,
Shundayin Alpomish tiklab qarasa,


188
Ko‘hnagunchi kiyimi bor ustida,
Voy akam, deb sochin yoygan Qaldirg‘och.
Uka bo‘lar bu dunyoning havasi, 
Sira yo‘qdir bu gaplarning davosi, 
Shundayin Alpomish tiklab qarasa, 
Tuya boqqan baxmal kiygan ukasi.
Alpomish oq moyaning manglayidan qilibdi ziyoratdi,
Oq moya jonivor maqsadga yetdi. 
Lovullab boshidan chiroqlar yonib, 
Galaga oq moya qo‘shilib ketdi. 
Alpomishning yurak­bag‘ri so‘tilib, 
Qaldirg‘ochga endi bu so‘zni aytdi:
Qaddingdan, qilgaysan g‘aybga dalolat, 
Chekib keldim mana cho‘lda riyozat,
G‘am yema, bek akang kelar Kashaldan, 
Akangni ko‘rarsan sog‘u salomat.
Voy akam, deb egniga qo‘l solarsan, 
Bu gaplarni ko‘rmaganday bo‘larsan, 
Qadimgiday davronlarni ko‘rib, 
Akangni, inshoolloh, bo‘tam, ko‘rarsan.
Yurib keldim o‘zim Bobir ko‘llardan,
Merganlar bong urar oydin ko‘lidan.
G‘am yema, chirog‘ing kelar salomat, 
Akajonginangni ko‘rarsan eson­salomat, 
Qo‘ng‘irot elga seni qilar boybicha.
Quvontirib Qaldirg‘ochni bekbachcha, 
Oldidan Qo‘ng‘irot eliga ketdi. 
To‘qson olti uyning ustidan yetdi.
Ana endi bir kun qizlar borar edi, bir kun kelinchaklar, 
bir kun kampirlar, bular navbat bilan Ultontozning to‘yiga 
borar edi. Bu kun kampirlarning navbati edi. Hamma chol­
ma­chog‘a, guli qog‘oz ko‘ylaklardan kiyinib, tishiga tishqoli 


189
qo‘yib, yaxshi moyli qatlamalardan qilib, to‘qson olti kampir 
Qorasoydan oshdi. Qultoy cho‘pon ham tikka shu uyning usti­
dan tushdi. Ikki yuz kuchuk haf-haflab cho‘ponga keldi. Haligi 
bog‘onag‘i Oydona kampir – echkili boyning kelini Oyzarbob 
bildi, ha, tur, ha, tur deb ayirib oldi. Bobo Qultoyni uyiga olib 
borib, Qultoyga qarab, bir so‘z deyapti:
Oyzarbobman, balxi ro‘mol o‘rayman, 
Yarashiqqa qora zulfim tarayman. 
Qora cho‘ldan kelgan bo‘lsang, cho‘ponjon, 
Davlat boshi bo‘rtak echkini so‘rayman.
Menday oyim davri­davron suribman,
Qoshim kerib, qora sochim o‘ribman.
Ko‘k echkim, sariq echkim, tim qoram, qashqa echkim,
Bo‘rilardan sog‘­salomat yuribma?
Shunda cho‘pon bildiki, so‘ygan echki shuniki ekan. 
Ko‘nglida shunikidan olgan ekan, deb bilib, Zarboboyga javob 
berib, bir so‘z dedi:
Bo‘rtak echking zakoti bo‘lgandi, 
Ikkovi, uchovi oltov tuqqandi. 
Ikkovi taka qochib yurganda, 
Bobo Qultoy chocholaga keladi. 
Bu yiliga echking ellik bo‘ladi,
So‘nggi yilga yuz bo‘lar, 
Undan o‘tsa ming bo‘lar, 
Uch yildan kay ding bo‘lar, 
Dingdan o‘tsa g‘ing bo‘lar, 
Chocholardan ber xabar.
– Assalomu alaykum, bobojon. Uyga olib borib, po‘stakni 
tashlab, vaqtini xushlab, sizga mijmontay qilib beraman. 
Ovsinlarnikidan elak bilan un olib kelaman. Ikkita qotirma 


190
qilaman. Ustiga besh changal moy solaman. Qo‘lim bilan 
changallab jojmij qilib beraman, – dedi. Shuytib hamsoya – 
qo‘shnisinikiga o‘tga bordi, elakka bordi. Echkining mingga­
cha hisobini oldi. Ding bilan g‘ingning hisobiga bormay qoldi. 
Shunda ko‘p xayol bo‘ldi. Endi Qultoy nima bor ekan, deb uyi­
ni qaradi. Ikki qorin moyni yetti­sakkiz simirdi, qatiqparni 
ichdi. Uyida har narsa bo‘lsa, yeb tindi, yana nimasi bor ekan, 
deb qarab turdi. Kampirning uyidagi bir yillik rizqining ham­
masini yedi. Bobo Qultoy jo‘nab ketdi. Endi Zarbob ham qayt­
di. Oyzarbob uyiga kelib qarasa, uyini chovchovub talagan­
day qilib ketibdi. Unda Zarbob Qultoyning orqasidan chopib 
borib, Qultoyga qarab, bir so‘z aytayotibdi:
Qultoy bobo, eshit mening ohimni,
Chocholo deb kelib ko‘ribsiz joyimni,
Boyim qursin meni bosib uradi, 
Obkeb bering qurtim bilan moyimni.
Qultoy so‘zi:
Chocholo deb bobong cho‘ldan kelgandi,
Moyginangni cho‘pon jojmij qilgandi, 
O‘n to‘rt nonni olib sandig‘ingdan, 
Hammasini bir qoringa solgandi.
Oyzarbobni boboy Qultoy bo‘zlatdi, 
To‘qson olti kampir ketidan yetdi.
Shunda bobo Qultoy hazillashib, bir kampirni... qo‘li 
bilan bir turtdi. Shunda kampir: – Tobog‘imni ko‘tar, – deb 
tarmasha ketdi. Kampirlar to‘qson olti toboqni ham Qultoy­
ning orqasiga soldi. Shunda Qultoy ming tobon bosmay, qon 
chiqarmay, kampirlarning birovining kovushining chakagi­
ni yirtdi. Shunda kampirlar Qultoyni oldiga soldi. – Mening 
suzov yo‘rg‘am bor, – deb yo‘rg‘alab oddiga o‘tdi, Qultoy ke­
tib qoldi. Shunda kampirlar: – Toboqni Oqsuvning yoqasiga 


191
qo‘yib ket, – dedi. Qultoy Oqsuvning yoqasiga yetdi. Sanab 
moyli­moylisidan to‘qson olti qatlama yedi. Qolgan qatla­
mani Oqsuvga otdi. Baliqlar ham tatalab yeb ketdi. Qultoy 
kampirlarning tobog‘iga bir xiliga tappi soldi, bir xiliga cho­
pi soddi, gohisinikiga qiy soldi. Toboqni shu yerga qo‘yib, 
Oqsuvdan o‘tib ketdi. Shunda kampirlar tobog‘ining oldiga 
yetdi. Kampirlar Qultoyni o‘lmasin, deb duo qilib qoldi. Bi­
rovi Oqsuvning bir tor yeridan ko‘tarib irg‘ib o‘tdi. Bir tappi 
tobog‘idan suvga shilp etib tushib ketdi. Kampir: – Keli­
nimning yomonligini bildinglarmi,– dedi. Shunda kampir­
lar: – Xafa bo‘lma, bizlar qatlamamizdan bitta­bitta beramiz, 
bu yoqqa kel, o‘t, – dedi. Haligi dasturxonni ochdi­da: – Voy 
bo‘y, meniki ham tappi ekan, – dedi. Birovi ko‘rib: – Meniki 
qiy ekan, – dedi. Endi toboqlarning barisini bir yerga uydi. 
Shunda kampirlar: – Ollohim, Qultoy o‘lsin. Buzov mang­
lay, tulki tanglay, it quyruq,– deb qarg‘ab, o‘zlari maslahat 
qilib aytdi: – Endi Qultoyni bizlar qoziga tortamiz, un bilan 
moyning tovonini olamiz, qozini ushlab o‘n sakkiz oy jazm 
qildiramiz, jo‘nay beramiz, – deb orqasidan bular ham to‘yga 
jo‘nay berdi.
Shunda Qultoy qarasa, yigirma otli bir bolani chatib ke­
layotibdi, qamchini boshiga chotayotibdi, otlarning ostidan 
bacha o‘tayotibdi. Haligi bola kelib, qo‘rqqanidan bobo Qul­
toyning qo‘yniga kirib ketdi. Shunda beklarga qarab, Qultoy 
bobo bir so‘z dedi:
Haqning dargohi keng deb yig‘layman, 
Devlarini bandga oldi Sulaymon, 
Atrofimda turgan satta juyqonsiz,
Gunohkorning gunohini tilayman.
Eshit deyman menday cholning ohini,
Yig‘ibsan Qo‘ng‘irotning satta biyini, 
Sandiragan bobong tushdi o‘rtaga,
Tilayman men bachaning gunoyini.


192
Hammalaring Boysin elni joylagin, 
Bir­biringga turfa­turfa so‘ylagin.
Gunohkorning gunohini tilayman, 
Soqolimning oqini, beklar, siylagin.
Yurib keldim mana tog‘dan piyoda, 
Ne ko‘rib kechirib foniy dunyoda,
Bir mo‘ysafid Qultoy cholni siylagin, 
Davlating bundan ham bo‘lsin ziyoda.
Haligilardan biri – Ultontozning mahrami Eramiq degan 
ekan. Qultoyga aytdi:
– Sen bevabechorani qo‘llaydigan bo‘lib keldingmi? Me­
ning gunohkorimni qo‘yningdan chiqarib ber. Qultoyning 
achchig‘i kelib, qo‘lini musht qilib, mushti bilan bir turtib
yubordi, ketidan buyragi chiqib ketdi. Yana Berdiboy de­
gan aytdi: – Tengsiz Qultoy bilan kim teng bo‘ladi. Sarkani 
so‘ying. Shuytib, sarkani so‘yib, olib ketdi.
Ana endi otaning isi bolaga jannatdan nishona, Qultoy 
qo‘ynini ochib qaradi. Qarasa, bolasi otasining bo‘ynidan 
qo‘lini o‘tkazib, juda misr bo‘lib, terlabgina uxlab qolibdi. Qul­
toy bolani uyg‘otib, bolani bilmoq uchun bir so‘z aytayotibdi:
Qarab tursam chinochoqdan jingking yo‘q,
O‘zbek elda o‘ynab­kular tenging yo‘q,
Tengidan kam bo‘lgan kimning o‘g‘lisan?
Qovming yo‘q, Qo‘ng‘irotda qarindoshing yo‘q, 
Doding aytar hech ichki sirdoshing yo‘q,
Ajal yetib o‘lib ketsang, yosh bacha, 
Voy og‘am, deb sevda emchakdoshing yo‘q, 
Tengidan kam bo‘lgan kimning o‘g‘lisan?
Qanday odam yuragida dardisan, 
Gapir, chirog‘im, sen kimning mehnatisan, 
Ich achiring, g‘amguzoring yo‘qmidi, 
Rostin aytgin, sen kimning farzandi, 
Tengidan kam bo‘lgan kimning o‘g‘lisan?


193
Birovga o‘xshatdim men sinbatingni, 
Menga aytgin yuragingda dardingni,
Bayon bergan avlodu ajdodingni,
Xazon urgan, qo‘zim, kimning o‘g‘lisan, 
Tengidan kam bo‘lgan kimning o‘g‘lisan?
Qultoy aytdi: – Ey bolam, kimning o‘g‘lisan? Qarindo­
shing, qavm­jo‘rang Qo‘ng‘irotda yo‘qmi? Shunda bola Qultoy 
cholga qarab, bir so‘z dedi:
Boshqa bo‘lar, bobo, sening so‘zlaring, 
Birovga o‘xshaydi sening yuzlaring,
Xo‘b bilar eding avlodu ajdodim, 
Ko‘r bo‘ldimi, bobo, sening ko‘zlaring.
Men yolg‘izman, topolmayman davomdi,
Ko‘nglimda qayg‘u bilan hovrimdi,
Hyech musulmon meningdayin bo‘lmasin, 
Davlat qaytgan Boybo‘ri der bobomdi.
Arvoh urgan Boybo‘rining uliman.
Kuntugal boybicha deydi momomni, 
Qaldirg‘och deydilar mening ammamni, 
Xazon urgan chamanning bulbuliman.
Hay attang, gulman, so‘lgan ekanman, 
Ichkinam voyimga to‘lgan ekanman,
Ko‘rganim yo‘q men otamning betini,
Olti oylik gumona qolgan ekanman.
Baxti qora Barchinoyning o‘g‘liman.
Hay, attang­a, suyaklarim shovshadi, 
Esga tushib bandi­bo‘g‘nim bo‘shadi, 
Xo‘b bilasan, xo‘b taniysan, Qultoy bobo o‘zimni, 
Otamni mulla Hakim polvon deyishadi.


194
Tomosha aylang bir Xudoning ishiga,
Yoqasi ho‘l yig‘laganda yoshiga.
Vo, bolam, deb bulutdayin emsinib, 
Yodgorni quchoqlab oldi to‘shiga.
Xo‘rsinibdi aytolmaydi so‘zini,
G‘am sarg‘aytdi bekbachaning yuzini, 
Iskalab suyadi qoboqlaridan, 
Ziyorat qib Yodgorbekday qo‘zini.
Cho‘rtta qo‘ydim shoirlikning o‘zini,
Chuldiratib dahanida tilini, 
Har bandaning olloh bilar holini, 
Quchoqlab ob yuzlaridan iskaydi, 
Quchoqlab ob Yodgorbek qo‘zini.
Davlat bermay, yaxshi sarpoy kiymaydi,
Shunqor olmay, ko‘lga dabil to‘ymaydi. 
Quchoqlab ob Yodgorbek o‘g‘lini, 
Iskalaydi, mehiriga to‘ymaydi.
Qurg‘ur dunyo Yodgorni bo‘zlatdi, 
Yig‘lamay naylayin, qismatlar qatti,
Yodgorni qo‘yib shunda bekbacha, 
Ultontoz podshohning to‘yiga ketdi.
Shuytib bolani qo‘yib Qultoy chol,
Barchinning ustidan yetdi. 
Davlat qo‘nsa bir pashshaning boshiga, 
Semurg‘ kelib ta’zim qilar qoshiga, 
Xudoning karomati shunday ekandir, 
Nasiba tortib kelib o‘zbek eliga.
Ultontozbekning ukasi Hamzabek kimxob, adras, boshqa 
har xil to‘nlarni bir otning ustiga tashlab, to‘yga ketayotibdi. 
To‘nlarni ko‘pkarining solimiga olib borib berayotibdi. Shu 
yerda bir xotin yuribdi: yuvingan, tarangan, juda yaxshi ki­
yimlarga o‘rangan, shon­shavkatida. Ana shuytib, bir yerda 


195
Qultoy: “Shularni kim ekan, sinayin”, – deb o‘tirdi. Alpomish­
ning Zirak degan kanizi shu ekan. Alpomish bu Zirakni yaxshi 
tanir edi, bildi. Lekin bu Zirak ham Alpomishning izidan tanir 
edi. Alpomishni tanidi. Eri Hamzabekka qarab, bir so‘z dedi:
Quloq solgin so‘zning yolg‘on­rostiga, 
Otini chopadi dushman qasdiga,
Meni desang endi to‘yni qo‘yag‘oy, 
Qon quyarmon keldi to‘yning ustiga.
Oqizar akangaing ko‘zdan yoshini, 
Kuchukka tortdilar uning go‘shini,
Meni desang hargiz to‘yga bormagin, 
Kesib olar Ultontozning boshini.
Yangi ko‘rdim akajonim izini,
Men eshitsam chirog‘imning so‘zini,
O‘yib olar Ultontozning ko‘zini, 
Shukur kepti Qo‘ng‘irot elning egasi.
Quloq solgin so‘zning yolg‘on­rostiga,
Zehn qo‘ygin so‘zimning payvastiga,
Meni desang, hargiz to‘yga bormagin, 
Qon to‘kilar to‘yxonaning ustiga.
Buni eshitib, Hamzabek xotini Zirakka qarab, qamchisini 
to‘lg‘ab, achchig‘i kelib, urib­so‘kib, qattiq so‘zlab: – Men seni 
ko‘ngling o‘ssin, deb hech kim taqmagan sirg‘alarni olib ber­
ganman. Seni ko‘karib, ko‘barib qolmasin, deb kunda o‘n besh 
turli ko‘ylak kiygizaman. Men Alpomishni o‘ldi, deb yurib 
edim. Shaharni yaxshi tozalatib obod qilsak, sen o‘lib ket­
gan Alpomishni hali ham esingdan chiqarganing yo‘q. Endi 
sening ustingga bir xotin olaman, unga xizmatkor qilaman, 
poda boqtiraman. Kechqurun kelib, ikki qamchini suvga so­
lib, o‘lganingcha uraman, – deb qaytib ketdi. Shunda dod deb, 
xo‘rligi kelib, zamon­dunyodan oh urib, bir so‘z dedi:


196
Jazzam qursin, qattiq ekan toleim, 
Tovba desam, to‘kilgaymi gunohim, 
Alpomish akamni yetkar, Xudoyim, 
Omonating, yo‘qsa, olgin, olloyim.
Ko‘makka akamning balki ko‘ziman, 
So‘ylamakka tanglayida so‘ziman, 
Bek Alpomish Qo‘ng‘irot eliga kelsa, 
Iymon bergan, omonating olag‘ay, 
Omonating olag‘oygin, Xudoyim.
G‘am sarg‘aytdi bekbachaning yuzini, 
Merganlar otadi ko‘lning gozini, 
yetti yildan beri haqlab singlisi, 
Polvonni haqlabdi bergan tuzini.
Ana endi Qultoyning ko‘ngli buning bilan to‘ldi. Kun ham 
peshindan o‘tdi. Ko‘pkariga yig‘ilib turgan tomoshabinlar­
ning ichiga oralab ketdi. Shunday qarasa, Ultontoz podsho 
tomosha qilib turibdi. Tuzginda qip­qizil tilloga botgan ik­
kita shotir mahrambacha qo‘ltig‘idan suyab yotir. Qizil yuz­
li, abjir – chaqqon bir besoqol qo‘liga kosa olib, choy suzib 
berib o‘tiribdi. Qultoy shuning oldidan o‘tib ketdi. Ultontoz 
aytdi:­ Beri kel, Qultoy tentak. Qultoy bordi­da, aytdi: – Ming 
itga bir juvoldiz bo‘lmaydi. Qirq tozi bir ko‘ppak kuchukcha 
bo‘lmaydi. Ultontoz aytdi: – Ota­enang go‘riga... nimaga ke­
layotibsan, cho‘ponga majlis harom. Bo‘rining ko‘p pallasida 
nimaga qo‘yingni tashlab kelding? Qultoy aytdi: – Sening ga­
ping ham durust. Lekin qo‘yda kishim bor, to‘yda ishim bor. 
Unda Ultontoz: – Nima ishing bor, ayt, – dedi. Qultoy: – Men bir 
nosuvorkash kampirni topib to‘yda o‘lan aytishaman, – dedi. 
Ultontoz: – O‘laning bormi? – dedi. Unda Qultoy: – To‘qson 
to‘qliga to‘qson cho‘ponni adrda qumaloq o‘ynab oldim, – 
dedi. Shunda Qultoyga aytdi: – Bir oshdan yema, go‘shtdan 
yema, oshning kuyuk­suyuk suyaklaridan yeb, qorningni 
o‘lanning vaqtigacha to‘yg‘azib ol.


197
Ana endi qirq o‘choq qazilgan, ikkam qirq kundan beri olov 
yoqilgan, do‘zahday qizib qolgan, o‘choqning boshiga borib, 
oldidagi odamlarga: – Bir o‘chog‘ning ixtiyorini menga bering­
lar. Podshoning xizmatini qilib, bir to‘nini kiyib ketayin,– dedi. 
Shunda xizmatkorlardan biri qo‘lidagi kasovini cho‘q qilib, Al­
pomishning betiga bosib oldi: – Bizlar ikkam qirq kundan beri 
bu qozonga xizmat qilib, o‘t yoqib yotibmiz. Sen darrov o‘tin ke­
sasanmi, – dedi. Shunda Qultoy qo‘lidan ushlab to‘baday bo‘lib 
yotgan kulga otib yubordi, o‘lib qoldi. Boshqa o‘choqdagilar 
ham qochib, o‘choqning ichidan chiqib ketdi. Qo‘rqib qoldi, 
bari terakning bargiday titrab qoldi. Boybo‘ribek bir orqa o‘tin 
olib kelib qoldi. Polvonbacha otasini ko‘rib, a’zobadani imranib 
yiqildi. Shunda Boybo‘ri aytdi: – Bergan tuzimdan rozi bo‘ldim, 
Qultoy, sendan. Shuncha kundan beri bir odam Boybo‘ri, sen 
demab edi. Sen meni ko‘rib yig‘lab yiqilding. Shunda Boybo‘ri 
dardi qo‘zg‘alib, bir so‘z dedi:
Xudoyim qarg‘agan qulning o‘ziman, 
Sarg‘aygan, qaytayin, oyday yuziman, 
Och ko‘zingni, ko‘tar aziz boshingni,
Bergan tuzlarimga endi roziman.
Boybo‘ribek yurak­bag‘ri kuyadi,
Bo‘ta o‘lsa bo‘zlab qolgan moyadi, 
Bu sirlarni hech kimsa bilmasin deb, 
Qultoy cholning kelib boshin suyadi.
Yosh o‘lganning ko‘nglida armoni bor, 
Mo‘min qulning tanda iymoni bor, 
Shunday kelib Qultoy cholni suyasa, 
Xudoy bergan bolasining isi bor.
Ota deb oldiga o‘g‘li kelganday, 
Buralib egniga qo‘lin solganday, 
Alpomish farzandi esiga tushib,
Kashal ketgan yolg‘iz o‘g‘li kelganday.
G‘am sarg‘aytdi bekbachaning yuzini, 
Xo‘rsinibdi aytolmaydi so‘zini.


198
Ana shunda Ultontozbek: “Nima taloto‘p bo‘lib qoldi”,– 
deb bu taloto‘pni eshitib qoldi, buning ustiga Ultontozbek 
kelib qoldi. Boybo‘riga qarab: – Sen doim mening xushvaqt 
chiligimga yig‘laysan. Bor, qozonning bo‘shlariga suv olib 
kelib sol,– dedi. Boybo‘ri keta berdi. Buni Qultoy bilib, otasi­
ning orqasidan ko‘zani olib, bu ham suvga chiqib keta berdi. 
Oqsuvga suvga borsa, enasi bir kalla yuvib o‘tiribdi. Kuntugal 
ham o‘g‘lining isini olib, Qultoyga qarab, bir so‘z dedi:
Yuragimda g‘am bilan dog‘ bormi, 
Davron surar burungiday vaqt bormi,
Burunimga gulday isi keladi, 
Orolarga senda eski bog‘ bormi.
Hoy attang­a, rangim gulday so‘ladi, 
Bilmayman ahvolim qanday bo‘ladi, 
Qultoy, senda oralarga bog‘ bormi, 
Burunima bir yaxshi is keladi.
Buni Qultoy chol eshitib, Kuntugal boybichaga bir so‘z dedi:
Bir gap aytsam sening ko‘ngling to‘lami,
Mard yigit dushmanga savdo solami, 
Sen bolam de, men bolam, deb yig‘layin, 
Xazon urgan gulda islar bo‘lami?
Ana shuytib Boybo‘ri bilan Qultoy ko‘zani suvga to‘ldirib 
olib borib, qozonga solib, qozonlarni to‘ldirdi. Ana endi osh 
pishib, odamlarni to‘y yemoqqa aytdi. Hamma odam to‘planib 
to‘yga yetdi. Tovoqlarni palovga chosh qilib, odamlarga tortdi. 
Shunda gala yosh, otli, otsiz bolalar to‘yga to‘p bo‘libdi. Otlin­
ing qo‘lida ilik bor, qobirg‘a bor yetimlarning qo‘lida hech bir 
narsa yo‘q. Shunda Yodgor ham yetim bolalarga qo‘shilib qo­
libdi. Bunga Qultoy chiday olmay, qozon boshidagi bakovul­
larga qarab, bir so‘z deyotibdi:


199
Haqning dargohi kengdir, jilayman,
yetimlarning manglayini silayman,
O‘lib ketgan Alpomishning o‘g‘liga,
Yodgorbekka bir ilikni tilayman.
Eshitinglar Qultoy cholning so‘zini, 
Har kim ko‘ngli, mard biladi o‘zini,
Yodgorbekka bir ilikni tilayman, 
Haqlanglar bobosin bergan tuzini.
Sarg‘aydi­yey Qultoyning rangi­ro‘yi, 
Yig‘ilib Qo‘ng‘irotning sop katta biyi,
Yodgorbekka bir ilikni tilayman, 
Esingda yo‘qmi Boybo‘rining sarpoyi.
Menga qarab, ayo, beklar so‘ylagin, 
Boybo‘ribek, Alpomishni o‘ylagin, 
Yodigorga bir ilikni tilayman,
Alpomishning urug‘ini siylagin.
Shunda bakovullar: – Go‘sht qolgan yo‘q, – dedi. Lekin 
ellik qop go‘sht turib edi. Shunda Qultoy chol bakovullarga 
qarab dab qildi. Bitga bakovulning qorniga bir tizzalab bos­
di, tars qo‘vdi. Boshqalari: – Uyatey, uyal, – dedi. Qultoy bir 
ilikni o‘cha­muchayi bilan silkib sug‘rib oldi. Shunda Ulton­
toz: –... kechadan beri janjal qilib, rejaga ilinib qolding, – deb 
qamchisini olib dab qildi. Shunda Qultoy cholning o‘qirasi 
qo‘zib, Ultontozga qarab, achchig‘i kelib: – Ey, Ultontoz, seni 
avval ilgari kichkina qul der edi, meni katta qul der edi, – 
deb bir so‘z dedi:
Bedovlar chopilar qulo dalaga, 
Kecha­kunduz boshni soldik baloga, 
Enang Bodom cho‘ri, nakas qulsan­da,
Enang tuvmabmi eshakxonaga.


200
Kattakon har kimsaman janjal qilami, 
Bir ilikman go‘shting sop bo‘b qolami.
Bedovga yarashgan mayin yol dedi, 
Ko‘ngil suysa yorning labi bol dedi, 
Podsholikni kim qo‘yibdi, zanig‘ar, 
Ishonmasang sarchashmani borib ko‘r, 
O‘zginangni bir baytallik qul, dedi.
Shunda yana Qultoy aytayotibdi: – Ey, Ultontoz, sening 
enangni Bodom cho‘ri degich edi. Boybo‘rining enasiga lal­
mi qovun quritib qo‘yganlarini bilaman. Enangning tilchigi­
ni tarbuzning tuxumi deb olashaqshaq cho‘qib, yulib olib 
ketganlarini bilaman. Shunda eshak xonada tug‘ib, uch kun 
qolib eding. Uch kundan keyin boshqa ayollar savob, deb ba­
daningni yuvib olib kelganlarini bilaman. Seni kichik qul de­
guvchi edi. Lekin meni shunda ham Boybo‘ri zakotchi qilib 
qo‘ygan edi. Shunda mening sendan martabam katta edi. 
Men bir iligingni olib qochibman. Shunga sen ham qo‘lingga 
qamchi olib kelayotibsan. Ha, mening bir pishakcha qadrim 
yo‘qmi? – dedi. Shunda Ultontoz: – Hoy, Qultoy, mening par­
damni yirtding, – dedi. Qultoy: – Kunni qo‘l bilan yashirib 
bo‘ladimi, tokay seni siypalayman,– dedi. Nochor nima qila­
rini bilmay, Qultoyga bas kelarini bilmay, Ultontozga qayt­
di. Shunda Qultoy qo‘lidagi ilikni Yodgorbekka berib, Qul­
toy Yodgorga qarab, Yodgor Qultoy bobosiga qarab, bir so‘z 
dedi:
Yodgor so‘zi:
Marddi gap chiqadi sening tilingdan, 
Nimaga kelib qolding qulo cho‘lingdan,
Ultontozbek meni bevaqt o‘ldirar, 
Bu ilikni ololmayman qo‘lingdan.
Qultoy so‘zi:


201
Ot chopilar yana dala­dashingga,
Yoqalaring ho‘l bo‘p qopdi ko‘zdan oqqan yoshingga,
O‘laman deb ko‘nglingni cho‘chirma.
G‘am yema, g‘amxo‘ring kelgan qoshingga.
Yodgor so‘zi:
Voqyeanavislari aytar, 
Ultontoz bu gaplarni eshitar, 
Ultontozbek olganimni eshitar, 
Chiqarib o‘zimni dorga tortar, 
Kasofating o‘zimga tegib ketar, 
Bu ilikni olmayman, Qultoy chol.
Qultoy so‘zi:
Ushbu damni, chiroqqiman, dam dema, 
Qultoy choldi Alpomishdan kam dema,
G‘am yema, g‘amxo‘ring kelgan qoshingga, 
O‘laman deb, Yodigorjon, g‘am yema.
Shunda Yodgorbek ilikni olib, qo‘yniga mahkam qilib, 
Barchinoyning oldiga ketdi. Barchinoyga borib ko‘rsatdi. 
Barchinoy qarasa, Yodgorga qirq kunning badaliga bir jinjik 
tekkan yo‘q edi. Bugun qarasa, bir katta ilikni kemirib kelayo­
tibdi. Ancha go‘sht qo‘ynida bor. Shunda Barchinoy Yodgor­
bekka qarab, bir so‘z dedi:
O‘n to‘rtda Barchinoy tul bo‘lib qoldi,
Xudoning taqdiri bizga shul bo‘ldi. 
Shu bugun qo‘lingga bir ilik tegib qopti, 
To‘yxonada padar rahmat kim bo‘ldi?
Yo bilmayman duom mustajo bo‘ldimi, 
Bir otangning mo‘min soyasi keldimi,


202
Urug‘ini siylab olib berdimi, 
To‘yxonada ota rahmat kim bo‘ldi?
G‘am sarg‘aytgan Barchinoyning yuzini,
Qarz bo‘b o‘tkardi qishi­yozini,
Kim haqladi Boybo‘rining tuzini,
To‘y ichida ota rahmat kim bo‘ldi?
Qanday odam rahm ayladi holingga, 
Serkani qaytarding qulo cho‘lingga,
Qanday odam ilik berdi qo‘lingga, 
Otang sho‘rga rahm aylagan kim bo‘ldi?
Shunda Yodgorbek Barchinoy enasiga qarab, bir so‘z dedi:
Yodgorning to‘kilgan ko‘zidan yoshi,
Qiyomatcha mard yigitning savashi,
Elima bek otam kelgan o‘xshaydi,
Bu ilik, enajon, davlatning boshi.
Esga tushsa, bandi­bo‘g‘inim bo‘shaydi, 
Yig‘lamagil, yurakkinam shovshaydi.
Hech odamni manzur­nozir qilmaydi, 
Sinbatlari xon otamga o‘xshaydi. 
Bu ilik, enajon, davlatning boshi.
Hay attang­a, bandi­bo‘g‘inim bo‘shatdim, 
Sen yig‘lasang, suyagimni shovshatdim. 
Shuningman ikki ko‘rdim o‘zini, 
G‘ayratini bek otamga o‘xshatdim.
Shunda bu so‘zni Yodgorbekdan eshitib, Yodgorbekka qa­
rab, Barchin bir so‘z dedi:
Chirog‘im, bu dunyoyi befoydadi(r), 
Bu gaplarga yurak oshday qaynadi, 


203
Ko‘ngilingni cho‘rtta uzgan, sadag‘a,
Menga to‘ra, senga ota qaydadi(r).
Yig‘laganning yoqasi ho‘l yoshiga, 
Men qo‘nganman Ollohimning ishiga,
Hech bir odam o‘lganidan kelgan yo‘q,
O‘lgan kelmas, biz boramiz qoshiga.
Shunda Yodgorbek enasi Barchinoyga qarab, bir so‘z 
dedi:
Eshit deyman, ena, Yodgor tilini, 
Sayr etibsan Boysin – Qo‘ng‘irot elini,
Haqiqatli yori bo‘lsang otamga,
Tekizmagin noaslning qo‘lini.
Meni o‘ladi deb ko‘ngling buzmagin, 
Yig‘lay­yig‘lay yurak­bag‘ring ezmagin, 
Haqiqatli yori bo‘lsang otamga,
Sen otamning haq nikosin buzmagin.
Ultontozga tegsang, jonni sotarman,
Qo‘ng‘irot eldan men bosh olib ketarman. 
Ultontozga tekkaningga nomus qip, 
Kashal elga voy otam, deb ketarman.
Xon otamning mozorini toparman, 
Otam o‘lgan joyda men ham o‘larman, 
Bag‘ishlasang Ultontozga taningni,
Shu kuni oldingdan g‘oyib bo‘larman.
Men bir Yodgorman, yoziqli banda, 
Ayni maloyiklar mahshar kuninda,
Ultontozga bag‘ishlasang taningni, 
Qiyomatda bo‘p otamga sharmanda.


204
Shunda Yodgorbek enasiga aytdi: – Sen agar Ultontozga 
taningni bag‘ishlasang, men qiyomatda ham seni tashlab 
keta man. Ena, mening jonim uchun g‘am yemang, mening 
jonim otamning urug‘idan aylansin. Men o‘lsam mayli, sen 
men uchun o‘zingni g‘amga solma. Agar Ultontozga tegsang, 
men boshimni olib bu yurtdan ketaman.
Shunda enasi: – Bu ilikni kim berdi? – dedi. Yodgorbek 
aytdi: – Sirti Qultoyga o‘xshaydi, G‘ayrati Alpomish otamga 
o‘xshaydi. Qultoy bo‘lib kelgan, hech kimdan qo‘rqmaydi. Shu 
Qultoy bobom berdi. Men olmayman, dedim. G‘amxo‘ring 
kelgan, dedi. Men o‘lmay sen o‘lmaysan, dedi. Lekin otamni 
ko‘rmasam, sinbati, g‘ayrati otamga o‘xshaydi. Zinhor, zinhor 
Ultontozga tegma. Shunda Barchinoy Yodgorbekka qarab, bir 
so‘z dedi:
Oqadigan tiniq suvlar loylansin,
G‘azo kuni otga jabduq shaylansin, 
Bul mening o‘rtangan jonim kuydirding,
Bo‘yginangdan menday enang aylansin.
Yodgor so‘zi:
Oqizdim ko‘zimdan qonli yoshimni,
Qochirganman aql bilan hushimni, 
Bag‘ishlama Ultontozga taningni, 
Otamga dov tikdim qora boshimni.
Qo‘llagay yigitni qodir Olloyi, 
Tovba qilsa, to‘kiladi gunoyi, 
Ultontozning tegizmagin qo‘lini,
Qora kallam otam uchun Xudoyi.
E, enajon, rangam gulday so‘lgandi, 
yetimlik xanjari bag‘rim tilgandi. 
Bag‘ishlasang Ultontozga taningdi,
Menga ena bo‘lganliging yolg‘ondi.


205
Beklar oydin ko‘lga chuyar shunqordi, 
Urushda dushmanning qonin to‘kadi, 
Tarafing qo‘ynida yetsang, enajon,
Yodigorga enaliging bekordi(r).
Shunda ena­bola bir­birlari bilan shuytib ikkovlari 
so‘zlashib, Barchinoy otang o‘lgan, deb, Yodgor Ultontozga 
tegma, deb yig‘lashib o‘tirdilar. Ana endi bular bir­birlari bi­
lan so‘zlashmoqda tursin. To‘qson olti madrasa bor edi. Ul 
Shohimardon shohning qadam joyi edi. Hazrati Xizrning has­
sasidan bir chinor ko‘karib ketib edi. Shu yer ko‘p buzrukxo­
na, ko‘p ziyorat qiladigan joy edi.
Shuytib, Ultontoz podsho nishona boylab qo‘yibdi. Kim 
ursa, bir to‘n berayotibdi. Qultoy ham shu yig‘inga bordi. 
Qultoy: – Menga bir to‘n bering, men ham bir to‘n kiyib 
ketayin shu yig‘indan, – dedi. – Esa, yoying bo‘lsa, otasan, 
yo ying bo‘lmasa, enangaing yoyini otasanmi, – dedi. Ulton 
aytdi: – Qultoyga sari yoyni olib kelib beringlar. Qultoyga 
yoy bitganni olib kelib beribdi. Hammasini sindirib tash­
lay berdi. – Men Alpomish yoyini otaman, – dedi. Ulton­
toz: – Olib kelib ber,­ deb sop polvonlarni buyurib yubordi. 
Polvonlar bordi. Sari yoyning o‘qi sap­sariq edi. Olti yarim 
botmon sari yoyning o‘zi edi. Polvonlarning bari tortdi, 
tebrata olmadi. yerning ostiga yetti qarich cho‘kib ketgan 
ekan. Shunda Barchinoy kelib, “To‘ramdan qolgansan”, – deb 
ziyorat qilib o‘tirgan ekan. Polvonlar sudrab chiqa olmadi. 
Barchinoy aytdi: – Hadding bormi, buni sizlar ola olmaysiz­
lar. Buni hali ham Yodgorbek olib boradi. Shunda sari yoyga 
borgan polvonlar Ultontozga aytdi: – Qallig‘ingiz Barchinoy 
aytdiki, buni sizlar olib bora olmaysizlar. Buni Yodgor olib 
boradi, – dedi. Shunda: – Yodgorni topib kelinglar, – dedi. 
Yodgor: “Meni o‘ldiradi ekan”, – deb qochib yurdi. Uytib­
buytib Yodgorni topib oldi. Shunda Yodgorbek: “Meni Ul­
tontoz o‘ldiradi ekan”, – deb polvonlarning oldida haydovda 
yurib, yo‘lda yig‘lab, o‘z holiga qarab, Xudoga munojot qilib,
bir so‘z dedi:


206
Otingdan aylanay Hannonu Mannon, 
Arvoh urgan bo‘lar yer bilan yakson. 
Xudo qilgay biz bebaxtga dalolat,
Ummatim degan­da Rasul Muhammad.
Boybo‘rini arvoh urgan ekandir, 
Arvoh urgan vatan bo‘lar xarobot.
Nosharm ishni bobom qilgan ekandir, 
Bemahal o‘limni solgan ekandir, 
Er yetganda o‘g‘li o‘lgan ekandir, 
Davlati qo‘liga qolgan ekandir, 
Boybo‘rini arvoh urgan ekandir.
Voy, attang, qizil gullar so‘larmi, 
Enasi bolam deb betini yularmi,
Boybo‘rini arvoh urmasa edi, 
Shunday davlat dushmanlarga qolarmi?
Ig‘vogarlar boboma aytgan ekandi, 
Bobom sho‘rni gapga ishontirib, 
Nechovlarni dorga tortgan ekandi, 
Shularning qoni tutgan ekandi.
Qariganda xorlik ko‘rgan ekandi, 
Bemahal o‘limni solgan ekandi, 
Yoshliqda bolasi o‘lib bobomning,
Davlati besohib bo‘lgan ekandi.
Yoronlar, bu dunyo bir befoydadi(r),
Bu gaplarga yurak oshday qaynadi, 
Ultontozning xizmatkor sipoyisi,
Yodgorni tez yurgin, deb haydadi.
Yoqasi ho‘l Yodigorning yoshiga, 
Bacha ko‘ndi bir Xudoning ishiga, 
Yig‘latib­yig‘latib Yodgorni haydadi, 
Haydab bordi sari yoyning qoshiga.


207
Achchiq qamchi Yodgorbekka chotadi,
Qamchi qursin badanni ko‘kartadi,
Qamchining zahriga chiday olmayin,
Buklanib sari yoyni Yodgor tortadi, 
Bacha tizzasidan yerga botadi.
Ko‘p qaytardi Yodgorning rayini, 
Kimga aytar yetim sho‘rli o‘yini. 
Har buklanib siltay berdi Yodigor, 
Bulkillata olmaydi sari yoyin.
Enasi ko‘rdi­da, o‘rtandi gulday tanasi,
Yaxshi odamning sira bo‘lmas ginasi, 
Buni ko‘rib zoru zor yig‘ladi, 
Yodgorning Barchinoyday enasi.
– Sabil bo‘lar endi Qo‘ng‘irotning yurti,
Mening o‘zim Boysarining farzandi.
Ey, yaxshimdan qolgan o‘rinbosarim, 
O‘lar bo‘ldi shoh to‘ramning farzandi.
Yodgorga quvvat bergin, Olloyim.
Sarg‘aymasin menday sho‘rning siyog‘i.
Uyilmasin Yodgorning qobog‘i, 
Qurimasin mulla Hakimning tuyog‘i, 
Yodgorga quvvat bergin, Olloyim.
Yoqasi xo‘l Yodgorbekning yoshiga 
Ko‘p elati bor tegra­do‘shiga, 
Qarg‘a qo‘ndi qarchigayning to‘shiga 
Qarg‘adan omon qil, qodir Xudoyim.
Voy, to‘ram, deb depsinib yoshligida sadir, 
Makkani solgandi Ibrohim Xalil, 
To‘ramning ustodi cho‘lda Er Xizr, 
Yodgorga quvvat bergin, Olloyim.


208
Bul ham bo‘lsa bir Xudoning taqdiri, 
Xudoyo, ketgayda yurakning cheri, 
O‘lar bo‘ldi zulm bilan Yodgorbek, 
Qandayda qo‘llaysan to‘ramning piri, 
Yodgorga quvvat bergin, Olloyim.
Ne savdo ko‘tarmas bandaning boshi, 
Ot chopsa shobirlar tog‘larning toshi.
Barchin bebaxt shunday yig‘lab turganda, 
Shaydullo, deb bir buzrukning tovushi, 
Yodgorga quvvat bergil, Xudoyim.
Xudoni Barchinoy qo‘ymay tilidan, 
Bobo Qambar kelib Balxning elidan, 
Xabar oldi Yodgorbekning holidan.
Bobo Qambar yoyni silkib bir tortdi, 
Shuncha bo‘lar bir buzrukning xizmati, 
Sudrab olib otasining yoyini, 
Qultoyning oldiga sudirab yetdi.
Ana endi shunda Ultontoz podsho Qultoy cholga: – Bu­
run so‘ng ham shunday yoyni otibmiding, yo endi otasan­
mi, – dedi. Qultoy aytdi: – Men Alpomishga o‘zim o‘rgatib 
edim. O‘ttiz ikki laqab sipohigarlikni, juganbozlikni, 
ko‘shtinkorlikni, qalqon o‘ynamoqni o‘zim ta’lim bergan­
man. Men Alpomishning ustodi bo‘laman. Shunda Ultontoz 
aytdi: – Shuni ota olmasang, men seni dorga tortaman. Qul­
toy chol: – Xayr, – dedi. Shunda Qultoy chol sari yoyni bir 
qo‘li bilan osmonga ko‘tardi. Ultontoz qo‘rqqanidan otdan 
yerga tappa tashladi. Shunda Qultoy qarasa, osmonda ikki 
o‘rdak uchib kelayotgan ekan. Shuni ko‘rib, odamlarga qa­
rab, bir so‘z dedi:
Inshoolloh Qo‘ng‘irotni obod aylayin,
Omonatdir tanda jonim qiynayin, 


209
Atrofimda turgan kam yurak beklar, 
Shu o‘rdakning qaysisini boylayin.
Nomard beklar, men sizlarga so‘zlayin,
Dushmanning bag‘rini o‘tga tuzlayin,
Qibladan keladi ikkala o‘rdak, 
Xohla, beklar, qaysisini ko‘zlayin.
Qibladan keladi ikkala o‘rdak,
Ko‘zlari quralay, tishlari durdak. 
Parillab keladi ikkovi birdak. 
Xohla, beklar, qaysisini otayin?
Shunda haligilar: – O‘ng yog‘idagini ot, – dedi. Qultoy 
mana deb otdi. O‘rdak o‘q bilan yo‘q bo‘lib, yoyning o‘qi kelib 
bir toshga tushdi. Pish etib o‘t chiqib ketdi. Qo‘ng‘irotni o‘t 
tutdi, olov olganday bo‘ldi. Pirlar karomat qildi.
Ana endi gapni Ultontozning enasi Bodom cho‘ridan eshi­
ting. Bodom cho‘ri kechki o‘langa bormoq uchun qirq bir ot­
ning hammasining egar­abzallarini tilladan yasab, qirq qizni 
ham juda urfmonand qilib yasab oldi. Hammasi birday bo‘lib 
yasanib oldi. Bodom buvi qirq qizlari bilan yaxshi yo‘rg‘a ot­
larga minib olib, qirqin qizlarni ergashtirib, qizlar ham o‘z di­
moq choqligimizni qilayin, deb haligi odamlarni yig‘ilib turgan 
yerga kelsa, podsho, gado, tomoshabinlar gaplashib turibdi. 
Odamlar aytdi: – Yodgor sari yoyni sudrab keldi. Bu... mundoq 
ekan, undoq ekan, qo‘shtordan o‘tgan cho‘ntoq ekan, Qultoy 
sari yoyni otdi. Shunda Qultoy Yodgorga qarab aytdi: – Bolam 
odam bo‘lib qolgan ekan. Oldida yo‘l boshlaydigan odami yo‘q 
ekan­da. Ana endi Bodom buvi elatiga qarab, bir so‘z dedi:
Ostida qulun­taylayi, 
Yaxshi podshoning joylayi, 
Elatimning boylayi,
Qizlayingni yuboya bey.
Yoppa­yovlik o‘lan to‘yga. 


210
Baychin bilan o‘ynab­kulay,
Baychinoyning labidan so‘yay, 
Qizlayingni yuboymasang, 
Oltmish ola tayvuz, 
O‘n botmon aypa jayg‘iyay, 
Yoppa­yovlik podsho o‘laniga.
Dayyoda yuzgandiq qayiq, 
Baychinoy Ultontozga loyiq, 
O‘langa qo‘shib aytdim 
Jam bo‘lib tuygan xaloyiq, 
Qizlay, kelinchaklay, 
Yoppa­yovlik o‘lan to‘yga.
Ana endi buni eshitib odamlar har yerda to‘p­to‘p bo‘lib 
maslahat qilib aytadilarki: “Podshosi qursin, arzimizni ting­
lamasa. Boshqa podshoning yurtiga borsak, kun ko‘ra olma­
sak. Bu yerda oltmish ola tarvuz topib bera olmasak, bizlar 
nochor, fuqaroi ojiz kishi bo‘lsak, amri podsho vojib, qanday 
qilamiz. Bu jabrdan ko‘ra, qizlarimizni yuboramiz­da, – deb 
hammalari turib ketdi. Ana endi Ultontozbek Barchinoy bi­
lan qalliq o‘ynayman, deb bir o‘tov yopgan. Yana bir ko‘k 
baxmaldan o‘lan aytmoqqa ham bir o‘tov yopgan edi. Shun­
da Ultontoz: – Endigi gap shu kecha Boysindan Xoldorbek­
ning xotinini olib kelinglar, – deb Qo‘ng‘irotdagi sop katta 
beklarga buyurdi. Katta beklar, barcha katta­kichiklar bari 
yig‘ilib Xoldorbekning xotiniga bordi. Borgan odamlar, kat­
ta­kichiklar Xoldorbekning xotiniga: – Yur, – dedi. Xoldor­
bekning xotini Ziraxol aytdi: – Boybo‘rini bir shaharga bek 
qilsin, Yodgorni bekbacha qilsin. Qaddirg‘ochni bir degan 
odamga bersin, shunda boraman, bo‘lmasa, bormayman. 
Kattakonlar aytdi: – Qildiramiz. Ziraxol boybicha o‘z fuqaro­
sining kattalariga bir tiklab qaradi. Shunda fuqarolari:­ Siz 
bilasiz. Sizning betingizga qarab bizlar to‘yga bormay yurib­
miz. Siz borsangiz, bizlar boramiz: – dedi. Ichkariga kirib 
o‘g‘li Muhammadbek bilan maslahat qildi. – Otang qalmoq­
ning elida o‘ldi. Lekin men endi zaharli qilich shopni ichim­


211
dan boylayman. Mening aytganimni qilib tobimga kelmasa, 
Ultontozni chopib tashlayman, – dedi. Xoldorbekning o‘g‘li 
Muhammadbek aytdi: – Esa, mening boshimga jig‘a sanch, 
meni sardor shakli qil. Shunda enasi o‘g‘li Muhammadbekni 
sardor shakli qilib, boshiga jig‘a tortib, elatiga ma’lum qildi. 
Hammasi yoppa­yovlik to‘yga yura berdi. Borib o‘lan aytadi­
gan yerga yetdi. Borsa, qiz­kelinchaklar hammasi yig‘ilibdi. 
Oqshom bo‘libdi. Qaldirg‘och oyimning boshiga bir chiroq, 
ikki qo‘liga ikki chiroq yoqib, chiroqpoya qilib qo‘yibdi. Buni 
ko‘rib Qultoychol qarindoshlariga, turgan hamma odamlar­
ga qarab, bir so‘z dedi:
Ochilgan bog‘larning gulu g‘unchasi, 
Yuragimda g‘am ko‘p, dardman anchasi, 
Qul ham bo‘lsam, mening hayfim keladi,
O‘lsang bo‘ymi, irg‘oqlining bekbachasi.
Qamchi bosmay bedov otlar zarillamas, 
Mosha bosmay, miltiq o‘qi zirlamas.
Qul ham bo‘lmas, nomusginam keladi, 
Yaxshi odam suyagini xo‘rlamas.
Ko‘rganimda rangi gulday so‘ladi, 
Kim yaxshi, kim yomon, Olloh biladi. 
O‘lsang bo‘ymi, Qo‘ng‘irot elning beklari,
Qul ham bo‘lsam, nomusginam keladi.
Kengash chiqar elning katta biyidan, 
Chopilsa dolbedov qaytmas go‘yidan,
Voy, akam, deb qora sochini yoyib, 
Voy, akam, deb ingranib turdi joyidan.
Bu gaplarning aslo yo‘qdir xatosi,
Beklarning belida zarrin po‘tasi, 
Vo, bolam, deb yig‘lay berdi ingranib, 
Yig‘lay berdi bekbachaning otasi.


212
Olov tushib o‘rtanmaymi tanasi, 
Sut bilan siporish qilgan siynasi, 
Voy, bolam, deb qora sochini yoyib,
Yig‘lay berdi Kuntugalday enasi.
Ochilar bog‘larning gulu g‘unchasi,
Buzildi birday ellarning bekbachasi,
G‘azoda bedovning dumi so‘zildi,
Mo‘minlarning yurak­bag‘ri ezildi. 
Ayni xufton chog‘i bo‘lganda, 
Ultontozning qiziq to‘yi buzildi.
Ana shunda odamlarning Ultontozdan ko‘ngli qolib, qil­
gan ishlariga qarab, Qo‘ng‘irot elning kattalari araz urdi. 
Shunda Ultontozning bakovullari araz urgan katta ovul oqso­
qol­beklariga pora berib, qaytarib olib keldi. Shunda Ulton­
tozning enasi Bodom buvi uyning ichiga kirib: – Endi shuytib 
o‘tiyasizmi, o‘langa yig‘ilinglay, – dedi. Ana shunda erkaklar 
uyning dalasidan turdi. Qizlar, kelinlar uyning ichidan turdi. 
O‘lan boshlanmoqchi bo‘ldi. Shunda Qultoy avval o‘lan ayt­
moqchi bo‘lib, orqasidan Bodom buvi – ikkovi bir­biriga 
savol­javob berib, avval Qultoy, so‘ngra Bodom buvi o‘lan 
ayti shib, bir so‘z deyishib turgan yeri:
Qultoy so‘zi:
Qultoy qo‘yin yoyadi uzukunga, yor­yor, 
Tutsang chalma yarashar yangi to‘nga, yor­yor.
Qarriganda qadrdon qayiningman, yor­yor, 
Besh­olti og‘iz o‘lan aytay, Bodom yenga, yor­yor.
Bodom so‘zi:
O‘n qo‘limda uzuk bo‘lsin, yoy­yoy, 
Banot uyning tuyniki uzuk bo‘lsin, yoy­yoy, 


213
Qiziq­qiziq aytinglay, enam qizlay, yoy­yoy, 
Ultontozning to‘ylayi qiziq bo‘lsin, yoy­yoy.
Qultoy so‘zi:
Suv bayladim tegirmon novasiga, yor­yor, 
Bugun keldim o‘g‘lingning havasiga, yor­yor. 
Tong otguncha o‘lanni aytib bersak, yor­yor,
Hech nima berarmikan Qultoy bovasiga, yor­yor.
Bodom so‘zi:
Ultontozning oldida yangasi boy, yoy­yoy, 
Yangasi ketgan so‘ng o‘pkasi boy, yoy­yoy,
Qiziq­qiziq aytinglay, kelinchaklay, yoy­yoy, 
Yo‘molga tugib beyay tangasi boy, yoy­yoy.
Qultoy so‘zi:
Bog‘ oralab gullarni termagan, yor­yor,
Ultontozbek davronni surmagan, yor­yor, 
O‘lan aytgan qizlarga tanga bersa, yor­yor,
Qultoy cholga bir uloq berarmikan, yor­yor.
Bodom so‘zi:
Bog‘ oyalab gullayni bolam teyay, yoy­yoy,
Baychin minan davyonni o‘g‘lim suyay, yoy­yoy, 
Qiziq­qiziq aytsanglay kelinchaklay, yoy­yoy,
Ultontoz ola paycha jelak beyay, yoy­yoy.
Qultoy so‘zi:
Savdogar qo‘yin yoyar qalin joyga, yor­yor, 
Qush ag‘darilib qo‘nar qalin tolga, yor­yor,


214
Jelak bermay tag‘in Ultontozing, yor­yor, 
Bildiramay yo‘liqdi tekin molga, yor­yor.
Shu vaqtgacha Qultoyni pisand qilmay, qiz­kelinchaklarga 
qarab, Bodom buvi o‘lan aytayotib edi. Qultoyning bu so‘zini 
eshitib, endi Qultoyga qarab bir so‘z dedi:
Bodom so‘zi:
Ayt degandan aytaman atagima, yoy­yoy, 
O‘lan bilan solaman yetagima, yoy­yoy,
Qaynim­qaynim deganga ketma o‘zingdan, 
tentak Qultoy, yoy­yoy, 
Tenglamayman kovushim patagiga, yoy­yoy.
Qultoy so‘zi:
Ayt degandan aytasan atagingga, yor­yor, 
O‘lan bilan solasan yetagingga, yor­yor,
Tenglamasang, tenglama patagingga, yor­yor, 
Ko‘r xo‘rozni qamab qo‘ysa katagingga, yor­yor.
Bodom so‘zi:
Saltanat qib bozoyda juyibbiding, yoy­yoy, 
Saltanat qib sayildi qo‘yibbiding, yoy­yoy.
yeniki deb taltayasan go‘ppi Qultoy, yoy­yoy, 
Ultontozning moyiga erippiding, yoy­yoy.
Qultoy so‘zi:
Baland tog‘ni yurmakka qiyasi bor, yor­yor,
Bu moldan ayrilganning chiyasi bor, yor­yor,
Meniki deb quvonma eshak cho‘ri, yor­yor, 
Ertan kelar mollarning egasi bor, yor­yor.


215
Bodom so‘zi:
Yo‘llayingni Qultoy qul to‘sdiyaymi, yoy­yoy, 
Ko‘zlayingdi ambiylab o‘ydiyaymi, yoy­yoy,
Bu gapingni Ultontoz podshoga aytib, yoy­yoy, 
Eyta bilan tilla doyga osdiyaymi, yoy­yoy.
Qultoy so‘zi:
Bilib edim shu gapni aytaringdi, yor­yor, 
Aytmay turib yuragim moytarildi, yor­yor,
Arqon tugil tushoving qo‘lginangda, yor­yor, 
Endi kuzab aytmasang kalga baytalingdi, yor­yor.
Bodom so‘zi:
O‘lanni aytsang, ana maydon, mana maydon, yoy­yoy,
Jub jumayoq suv oqay tayanch saydon, yoy­yoy, 
Elimizda yo‘q edi senday tentak, yoy­yoy, 
Ko‘ppak itday vovolab qaydan kelding, yoy­yoy.
Qultoy so‘zi:
Hay­hay, yenga, hay, yenga andiringdan, yor­yor, 
Uzun kasov chiqmaydi tandiringdan, yor­yor, 
Shunqordayin yigitni kuchuk deysan, yor­yor, 
Kuchuk bo‘lib tortaymi chandiringdan, yor­yor.
Bodom so‘zi:
Qultoy qul qaydan keldi buydan keldi, yoy­yoy, 
Qayqi tayoq qo‘lida qo‘ydan keldi, yoy­yoy,
Elimizda yo‘q edi senday o‘lib qolgiy, yoy­yoy, 
Ko‘k qayg‘aday qag‘illab qaydan kelding, yoy­yoy.


216
Qultoy so‘zi:
Yangi kelibsan ravishingga, yor­yor, 
Yigirsang jipak to‘lar ovrishingga, yor­yor,
Qarchig‘ayday yigitni qarg‘a deysan, yor­yor, 
Qarg‘a uya qo‘ymaymi kovushingga, yor­yor.
Bodom so‘zi:
Hay­hay Qultoy, hay Qultoy andiyama, yoy­yoy, 
Og‘zingga kelganini sandiyama, yoy­yoy, 
Bilabilsang podshohning enasiman, yoy­yoy,
Tub changalning tubiga shisha qildim, yoy­yoy, 
Borib ichsang, suvsiningdi qondiyami, yoy­yoy.
Qultoy so‘zi:
Cho‘lda tulki bo‘riman, ildiraman, yor­yor,
So‘ylasam, so‘z ma’nisin keltiraman, yor­yor, 
Siygan joyingga singir tiqib, yor­yor, 
Chichqan joyingga jumron tiqib, yor­yor, 
Chiq tommasday kirib qib o‘ldiraman, yor­yor.
Shunda Bodom buvining achchig‘i keldi. – Keta bey, – 
deb urishdi. Ultontoz aytdi: – Sen ham o‘lanni o‘rganib ol, 
esing yo‘q. Bu Qultoy to‘qson cho‘ponning o‘lanini yutib 
olgan, to‘qson qo‘tondan kekirdagiga urib tortib olgan, 
to‘qson to‘qliga sotib olgan. Sening nima zarurlik yering bor 
edi. Omborda g‘allang, zinbirda tillang bor edi, sotib olsang, 
bo‘lmaydimi? Shunda enasi Bodombuvi o‘g‘li Ultontozni 
urish di. – Ilgayidan Qultoyning o‘ldiymading, aljimay o‘l, jol­
chimay o‘l, – dedi. Shu vaqtda Qultoy chol aytdi: – Men endi 
Barchinoy bilan o‘lan aytishaman. Unda Bodom buvi aytdi: 
– Meni­ku shaymanda qilib eding, kelinimni ham shayman­
da qilasami? Qultoyning Barchinoy bilan o‘lan aytishaman, 
deganini Ultontoz eshitib, o‘tirgan odamlarga amr qilib bu­


217
yurdi. Shunda odamlari borib, Barchinoyni shu o‘lan joyiga 
qo‘ymasdan olib keldi.
Ana endi Barchinoyning shu yerda kelganini ko‘rib, Qul­
toy chol ham shu o‘tovning yonboshiga keldi. O‘tovning 
o‘rtasidan Barchinoyning o‘tirgan yeriga borib o‘tirib, Barchi­
noyga aytdi:­ Sen o‘n to‘rtingda eringdan ayrilib tul bo‘lib 
qolding. Men ilgari zakotchi edim. Zakotchilik ilmimdan meni 
Ultontoz tushirib, cho‘lda qo‘y boqtirib qo‘ydi. Endi shuytib 
ikkovimiz bu to‘yda bir o‘lan aytishayik. Alhamdulilloh, Mul­
la Hakim to‘rang kelar. G‘am yemagin, bu xafaliklar esing­
dan chiqib ketar. Bu xafalikni ko‘rmaganday bo‘lib ketarsan. 
Shunda Qultoy bilan Barchinoy bir­biroviga qarab, savol­ja­
vob qilib, o‘lan aytgani:
Qultoyning o‘lani:
Ming qulinchoq o‘ynaydi jili bilan, yor­yor,
Har kim o‘ynab­kuladi tengi bilan yor­yor,
Yaxshi odamni topolmadim bu majlisda, yor­yor, 
Besh­olti og‘iz o‘lan ayt meni bilan, yor­yor.
Barchinoyning o‘lani:
Bog‘bon bo‘lib gullarni terar kelin, yor­yor, 
Oyna olib oq yuzin ko‘rar kelin, yor­yor,
Juning terib jo‘n o‘lan aytsang, bobo, yor­yor,
Bir gapingga ming javob berar kelin, yor­yor.
Qultoy o‘lani:
Boybo‘ri ko‘ngan yeri o‘tli bo‘lsin, yor­yor, 
Kuntugal soqqan sigir sutli bo‘lsin, yor­yor,
Besh­olti og‘iz gapim bor, so‘rayman, ko‘zginangdan,
yor­yor, 
Tekkan yoring Ultontoz qutli bo‘lsin, yor­yor.


218
Barchinoyning o‘lani:
O‘lanni sen­da aytsang, men­da aytaman, yor­yor, 
Men o‘lanim bo‘lmasa, neni aytaman, yor­yor, 
Xonimni ko‘rib qolgan qadrdonim, yor­yor, 
To‘yim qo‘shiqqa aylansin deb aytaman, yor­yor.
Qultoy o‘lani:
Boqqa kirib gullarni tortdimikan, yor­yor, 
Kuyov yigit qallig‘in ko‘rdimikan, yor­yor,
Yangasiga ko‘ylak, ro‘mol olib berib, yor­yor, 
Kuyov yigit qalliqqa kirdimikan, yor­yor.
Barchinoy o‘lani:
To‘y bersa Yodgorning jiri bo‘lsin, yor­yor,
yetti yoshlar bolamning qadri bo‘lsin, yor­yor,
Qo‘y bersa, bobojon, muhlati bor, yor­yor,
Kelmoqlikka nokasning haddi bo‘lsin, yor­yor.
Qultoy o‘lani:
Bu gapingga, Barchinoy, ko‘nglim to‘ldi, yor­yor, 
Qirq ming uyli Qo‘ng‘irot el to‘yga keldi, yor­yor,
Meni ko‘rib yakka o‘lan aytasan, yor­yor, 
Qirq kun to‘y berib Ultontozbek, yor­yor, 
Ultontozning olmayin nesi qoldi, yor­yor.
Barchinoy o‘lani:
Uy deb aytmang, bobojon, ordir bizga, yor­yor, 
Yuragimda g‘am bilan cherdir, bobo, yor­yor,
Tong otguncha o‘n ikki, o‘n bir soat, yor­yor, 
Xudoyning xohlagani bordir, bobo, yor­yor.


219
Qultoy so‘zi:
Bu to‘ylarga, qaddingdan, keb yurganman, yor­yor, 
To‘ylarda sening g‘aming yeb yurganman, yor­yor, 
Tengi uchun Ultontozbek gapirib, yor­yor, 
Rost ko‘nglim, Barchin seni deb yurganman, yor­yor.
Barchin o‘lani:
Uy deb aytsang, bobojon, uning o‘chsin, yor­yor,
O‘tkir qaychi tilingning uchin kessin, yor­yor,
Bizlardan qarg‘ish olgan o‘ngmay o‘lar, yor­yor,
Qoraog‘ochni quchoqlab umring o‘tsin, yor­yor.
Qultoy o‘lani:
Men Qultoyman, Qultoyni tanimaysan, yor­yor,
Sirtimdan, ha, senimi, deb tanimaysan, yor­yor,
Birni ayib, birni jo‘n­bo‘p aytishdik, yor­yor, 
Peshanangga men tushsam nolimaysan, yor­yor.
Barchin o‘lani:
Cho‘llarda bitilgan jing‘ilmikan, yor­yor, 
Jilbiragan o‘tlarni qo‘y yermikan: yor­yor, 
Hazil­mazoh qilmangiz, jon bobojon, yor­yor,
Qaynag‘a keliniga shuy dermikan, yor­yor.
Qultoy o‘lani:
Biz ketganga quluntoy ot bo‘libdi, yor­yor,
Otsiz yigit to‘ylarda mot bo‘libdi, yor­yor, 
To‘yxonada o‘lanni ko‘p aytishdik, yor­yor, 
Hur sifatli Barchinoy ham mot bo‘libdi, yor­yor.


220
Barchinoy so‘zi:
Biz ketganga quluntoy ot bo‘libdi, yor­yor, 
Yo‘lingizga ikki ko‘zim to‘rt bo‘libdi, yor­yor, 
Mot bo‘lmayin ne qilsin, o‘lsin Barchin, yor­yor,
Yuragimda ot boshiday dard bo‘libdi, yor­yor.
Qultoy o‘lani:
Boybo‘ri qo‘ngan yeri o‘y bo‘libdi, yor­yor, 
Qora­qora qo‘zilar qo‘y bo‘libdi, yor­yor,
Xo‘b aytishding o‘lanni to‘yxonada, yor­yor, 
La’l munchoqli Barchinoy to‘y bo‘libdi, yor­yor.
Barchinoy o‘lani:
Oh deganda ko‘zimni yoshatma­chi, yor­yor, 
O‘lan aytib suyakni shovshatma­chi, yor­yor, 
yetti yil tirik ayrilgan shoh to‘ramga, yor­yor, 
Tovushingni alpimga o‘xshatma­chi, yor­yor.
Qultoy so‘zi:
To‘ylarda o‘lan aytib horma, Barchin, yor­yor, 
Yuragingda g‘am bilan chermi, Barchin, yor­yor,
Rost gapimni aytay o‘zginangga, yor­yor, 
Bekbachangdan umiding bormi, Barchin, yor­yor.
Barchinoy o‘lani:
O‘n bir bo‘lgan besh tuymam to‘zmam, bobo, yor­yor, 
Yig‘lay­yig‘lay ko‘nglimni buzmam, bobo, yor­yor,
Qora boshim qora go‘rga kirmaguncha, yor­yor, 
Bekbachadan umidim uzmam, bobo, yor­yor.


221
Qultoy o‘lani:
Sop nokaslar bedovni saylab yeldi, yor­yor, 
Seni ko‘rib ichginam g‘amga to‘ldi, yor­yor,
Tegmakliging Ultontozga nedan bo‘ldi, yor­yor, 
O‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot el to‘yga keldi, yor­yor.
Barchinoy o‘lani:
O‘lan aytib xalqimdan uyalmadim, yor­yor, 
O‘zim tengli qizlardan jiyolmadim, yor­yor,
Yuragimni qo‘zg‘ama, bobojonim, yor­yor, 
Yodigorni o‘limga qiyolmadim, yor­yor.
Qultoy o‘lani:
Bu gapingga Barchinoy, ko‘nglim to‘ldi, yor­yor,
Qishning kuni tog‘larni tuman choldi, yor­yor,
Meni ko‘rib, Barchinoy, yolg‘on aytding, yor­yor,
yetim sho‘rli Yodgorbek qayda qoldi, yor­yor.
Barchinoy o‘lani:
Oftob tegib bog‘da gul so‘ladikan, yor­yor,
O‘lmasa ketgan odam keladikan, yor­yor,
Shu vaqtgachayin boqdim Yodgorbekni, yor­yor, 
Berolmay ota minnat qilar ekan, yor­yor.
Qultoy o‘lani:
Maydon kuni minganim pirog‘imni, yor­yor, 
Piroq ot yaqin qilar yirog‘ingni, yor­yor,
Tizzamdan yer botganga shunday deyman, yor­yor,
Nega yerga qo‘yayin chirog‘imni, yor­yor.


222
Barchinoy o‘lani:
Cho‘llarda olti kiyik ang bo‘libdi, yor­yor, 
Og‘nashganda junlari chang bo‘libdi, yor­yor,
Men yetti yil boqqanman kabob bo‘lib, yor­yor,
Ota derga Yodgorbek tang bo‘libdi, yor­yor.
Qultoy o‘lani:
O‘lan aytsam qaddingdan, qoyimimdi, yor­yor, 
Ziyod qildim yuragimda voyimimdi, yor­yor,
Ko‘zim ko‘rdi, bag‘rima men bosmayman, yor­yor,
Nega yerga qo‘yayin Yodgorjonimdi, yor­yor.
Barchinoy o‘lani:
Qora zulfim gardanimga tushmaymi, yor-yor, 
Ikki ko‘ngil bir bo‘lsa suyushmaymi, yor­yor,
Ichta qolar yo‘qotishdi pikir, yor­yor, 
Telpagini qo‘lga olib tegishmaymi, yor­yor.
Qultoy o‘lani:
O‘n to‘rtida Barchinoy tul bo‘lgandi, yor­yor,
Yig‘lay­yig‘lay yuragi sil bo‘lgandi, yor­yor,
Tong otguncha o‘lanni aytishayik, yor­yor, 
Qariganda Qultoy bobong kal bo‘lgandi, yor­yor.
Barchinoy o‘lani:
Dardli qullar dardini boshlamasmi, yor­yor,
Kuygan odam ko‘zini yoshlamasmi, yor­yor, 
Tevarakda o‘tirgan tomoshabin, yor­yor, 
Qultoy cholning telpagin ob tashlamasmi, yor­yor.


223
Ana endi Qultoy chol: – Men o‘langa yengdirdim, – deb 
qo‘ynidan Yodgorbekni chiqarib yubordi. Shunda Yodgor­
bek ayrilgisi kelmay, Qultoy cholga tarmasha ketdi. Shunda 
o‘langa yig‘ilib o‘tirgan katta – kichiklar: – Endi Qultoyning 
boshidan telpagini olib tashlaymiz. Yo Qultoyga chiqsin, yo 
Alpomishga chiqsin. Agar Alpomish bo‘lsa, bilamiz, Qultoy 
bo‘lsa, urib o‘ldiramiz, – deb bular shu maslahatda tursin. 
Qultoy chol o‘lanni aytib bo‘lib ketmoqchi bo‘ldi. Shunda 
Barchinoy Qultoyga qarab, jummoq o‘lan aytib yubordi.
Barchinoyning jummoq o‘lani:
Uy ichida yop­yoriq, 
U nimadir, bekbacha, 
O‘ng qo‘limda o‘n tuyma, 
U nimadir, bekbacha,
Qator­qatorga tirkaganing, 
U nimadir, bekbacha. 
Gullarning rangi so‘lgan, 
Qiyomat kuni bo‘lganda, 
Mo‘minga xizmat qilgan, 
Jummoq quydim, kalimtoz,
Shuni toping, bekbacha.
Qultoy cholning jummoqni topgani:
Uy ichida yorig‘ing, 
Davlatingdir, ko‘zingdan,
O‘n qo‘lingda o‘n tuymang, 
Xudo bersa farzanddir.
Guldayin rangi so‘lgan, 
Yomon yo‘lga ketganda 
Yaxshi yo‘llarga solar, 
Ko‘p nasihatni qilar, 
Og‘a­enangdir, Barchinoy. 


224
Eshitgin bizdan so‘zni, 
Kun qiyomat bo‘lganda,
Bandaga xizmat qilgan, 
Ro‘za bilan namozdir.
Boychiborni choptimmi, 
Banot uyni yoptimmi, 
Jummog‘ingni toptimmi, 
Shukur qilgin, Barchinoy.
Ana endi Barchinoy bildi, Alpomish ekan. Shunda Barchi­
noy Yodgorni ilay­jilay qo‘lga oldi. Lekin tong otdi, erta bilan 
bo‘ldi. Qultoy chol o‘lanni aytib bo‘lib, yo‘lga qarab jo‘nab ket­
di. Yo‘lda borayotsa, otasi, enasi, Qaldirg‘och singlisi, Xoldor­
bekning xotini Ziraxol boybicha, Qorajon do‘sti – hammasi 
bir yerga yig‘ilishib o‘tiribdi. Shunda Boybo‘ribek haligilarga 
qarab: – Men bugun bir tush ko‘rdim. Tushimni sizlarga ay­
tayin,– deb tushini aytayotibdi. Shunda tush ko‘rganini aytib, 
Boybo‘ribek bir so‘z dedi:
Og‘ayinlar, bugun uxlab tush ko‘rdim, 
Men tushimda xo‘b ajoyib ish ko‘rdim.
Kashalning elidan bir shunqor uchdi,
Qultoyning oldiga parvoz qip tushdi.
Ultontozga kabob changallar soldi, 
O‘tirgan hovlisi tep­tekis bo‘ldi,
Qo‘ng‘irotning shahari yop­yorug‘ bo‘ldi, 
Tos tepamga ikki juft chiroq yondi.
Hamma odam atrofimga keldilar,
Men o‘zimni bir balandga oldilar, 
Hamma odam qulli bo‘lsin dedilar, 
Atrofimni olib turgan kim bo‘ldi?
Davlat bersa yaxshi ro‘mol o‘ragin, 
Qora zulfing gardaningga taragin, 


225
Xobnoma kitobni ob kel, Qaldirg‘och, 
Bu tushimning ta’birini jo‘ragin.
Shunda Qaldirg‘och borib kitobni olib kelib, otasi Boybo‘­
rining tushini jo‘rab yotibdi:
O‘ylasam omonat bavdaning joni,
Hamroh bo‘lgay mo‘min qulning iymoni,
Gohi tush rahmoni, gohi shaytoni, 
Tushman folning bo‘lmas ekan bayoni.
Davlat bersa balxi ro‘mol o‘rayin,
O‘lmasam elimda davron surayin, 
Aytganimga quloq soling, otajon,
Tushingizning ta’birini jo‘rayin.
Shukur, obod bo‘bti Qo‘ng‘irot elingiz,
Sayraydi bog‘larda bulbulingiz.
Bir shunqor davra olib uchsa Kashaldan, 
Avval kelib Qultoy bilan ko‘rishibdi, 
Alhamdulloh, kelibdi yolg‘iz ulingaz.
Oqizibdi Ultontozning yoshini, 
Itlarga tortirib uning go‘shini, 
Kesib obdi Ultontozning boshini, 
Ming martaba shukur etay Xudoga, 
Akajonim, kepti Qo‘ng‘irot elima.
Oy edi, oy kabi, ota, baxtingga,
Koyish ko‘rding o‘ynab­kular vaqgingga, 
Otajon, minibsan toju taxtingga, 
Davlatinang qulli bo‘lsin, otajon. 
Boybo‘ribek yig‘lab xunobo yutdi,
Yaxshi gapni Qaldirg‘ochdan eshitdi, 
Behush bo‘lib Boybo‘ri o‘zidan ketdi.


226
Yomonga sir aytmang, elga yoyadi, 
Qorajon qalmoq joyidan turib, 
Boybo‘rini voy, otam, deb suyadi.
Shunda buni ko‘rib Qultoy bo‘lib yurgan Alpomish ham 
behush bo‘lib o‘zidan ketdi. Har qancha bo‘lsa, Alpomish 
Qorajondan ko‘ngli to‘lib ketdi. Asta ko‘zini ochib, Qultoy 
chol bo‘lgan Alpomish Qultoy chol bobosi qolgan Bobir ko‘lga 
yetdi. Borib ko‘rsa, Qultoy chol sakson echkini solim qilib, 
uyib olibdi. O‘zidan­o‘zi bir o‘zi Boychiborni egarlab minib 
olib, vaqti xush bo‘lganidan oqshomi bilan ko‘pkarini chopa 
beribdi. Ko‘p chopib, ko‘ylakdan yoqa qolibdi, ishtondan lipa 
qolibdi. Shunda Qultoyning oldiga Alpomish polvon borib, 
hormang ota, dedi. Bobo Qultoy uyalib qoldi. “Avvalroqdan 
bilmabman, bilganimda buytib sharmanda bo‘lmas edim, – 
deb kiyim kiyay, deb qarasa, kiyim yo‘q, yap­yalang‘och bo‘lib 
turdi. Shunda Qultoy otasiga Alpomish sipohsolar sardorlik 
amal berdi. – Ey, ota, sen Qo‘ng‘irot elga suyunchiga bor, – 
dedi. Shunda Qultoy chol bir tayoqning uchiga ko‘ylakning 
bir yirtilib qolganidan bog‘lab, yalov qilib, Qo‘ng‘irotga pi­
yoda jo‘nab ketdi. To‘g‘ri to‘yxonaning ustiga yetdi. Suyunchi 
beringlar, deb Qo‘ng‘irot eliga, odamlarga, katta­kichiklarga 
qarab, asl Qultoy bir so‘z dedi:
Tar ochilgan guling keldi, 
Qafasda bulbuling keldi,
Sening jonu diling keldi, 
Boybo‘ri, bergin suyunchi,
O‘ldi degan uling keldi.
Dardingning davosi keldi,
Ko‘nglingning havosi keldi, 
Boybo‘ri, bergin suyunchi, 
O‘ligingning egasi keldi.


227
Sarg‘ayganda yuzing keldi, 
Yuz karashma nozing keldi,
Boybo‘ri, bergin suyunchi, 
Alpomishday qo‘zing keldi.
Gulgun ko‘ylaging kiygin­chi, 
Qora zulfinga tuygin-chi, 
Mulla Hakimday o‘g‘ling keldi, 
Kuntugal, bergin suyunchi.
Bedovingga to‘g‘ang keldi, 
Dardginangga davong keldi, 
Qaldirg‘och, bergan suyunchi, 
Bek Alpomish og‘ang keldi.
Sening nomus­oring keldi,
Savdo xaridoring keldi, 
Barchinoy, bergin suyunchi, 
O‘ynab­kular yoring keldi.
Belda zarrin po‘tang keldi, 
Sop qullarga motam keldi,
Yodgorbek, bergin suyunchi, 
Davlat boshi otang keldi.
Bir balandda pasing keldi,
Ko‘ngilda havasing keldi,
Qorajon, bergin suyunchi, 
O‘ldi degan do‘sing keldi.
Ultontoz, bergin suyunchi, 
Bek Alpomish mirzang keldi.
Keldi­yo, o‘lding­a, oh,
Alpomish keldi, qullar qocha ber.
Qocha ber, qocha ber, dedi.


228
Bek Alpomish tizginini ushladi,
Hay, attang, deb xumor ko‘zni yoshladi,
Chopib chiqdi to‘g‘ri soyning ustiga, 
To‘yxonani ko‘rib jonivor Boychibor. 
Uch marta o‘qranib Chibor kishnadi.
Ko‘kka yetdi odamlarning dovushi, 
Ne savdo ko‘tarmas bandaning boshi, 
Shundayin mulla Hakim tiklab qarasa, 
Voy, bolam, deb ota­enasining tovushi.
Kuntugalning uvuz eti uv bo‘ldi,
To‘la badanlari balqib suv bo‘ldi, 
Qurib qolgan emchagiga sut keldi,
Bolam, deb bo‘yniga qo‘lini soldi, 
Boybo‘ri bolasin quchoqlab oldi.
Gapirolmay, aylanay, deb so‘zini, 
Quchoqlab ob bek Alpomish ko‘zini, 
Har iskaydi otasiman enasi,
Iskalashib yuziga qo‘ydi yuzini.
Kalima aytgan qulning joyi behishtdi,
Har kim o‘z do‘sti uchun tortar koyishdi, 
Yig‘ilishib kelib yoppa xaloyiq,
Alpomishman quchoqlashib ko‘rishdi.
Quloq solmay fuqaroning tiliga,
Ham Qaldirg‘och singlisiman so‘rashib,
Bek Alpomish irg‘ib mindi Chiborining beliga.
Xanjarni bekbachcha yalong‘ochladi, 
O‘layin, deb nokaslar ko‘zin yoshladi, 
Oralab Chorsu Registoniga, 
Sop nokasning barin chopib tashladi.
Xitoy bilan ul Bolqon,


229
Qunduz bilan ul Qo‘qon, 
O‘likka to‘lib qoldi, 
Chorsu bilan Registon.
Oy edi, oy kecha anda baxtiga,
yetti yil koyish tortgan vaqtiga,
O‘lmagan qul yetadikan maqsadga, 
Ernazar Muhammad Isa qalam ob,
O‘n kecha, o‘n kunduz xat bitib, 
Boybo‘riga yaxshi sarpoy kiygizib,
Podsho qildi Qo‘ng‘irot elning taxtiga.
Tog‘larning boshini chalgan tuman­a, 
Bu ishlar, yoronlar, haqning farmoni,
Ko‘chalarga jarchi ketib boradi,
Zamon­zamon Boybo‘rining zamoni.
Mulla o‘qir alif bilan zabardi, 
Muhammadqul aytsa so‘zga chebardi,
Qultoy bilan Qorajon Qalmoqni 
Ola toqqa Tovkajonga yubordi.
Har kim o‘z joni uchun qilar xayrdi, 
Uyqu kelsa qush bo‘ynini qayirdi. 
Besh ming qiz, besh ming kelinchak, 
Oy Tovkaga peshvoz qilib yubordi.
Yodgorning bilmaganin bildirdi, 
Xushvaqt qilib miyig‘ida kuldirdi, 
Boychiborni egarlatib mindirib, 
Ultontozga Yodgorni buyurdi.
Yodgor minibdi Boychibor otdi, 
Mahram, shog‘ovulman yo‘llarga ketdi, 
Borasolib Ultontozday podshoni,


230
Kimga davlat qo‘nsa shunday zo‘r bo‘ldi, 
Ultontozni bandi qilib obqaytdi.
Boybo‘riga to‘g‘ri qildi, 
Guldiratib guppa boylab otdi,
Go‘shtlari har yoqqa titilib ketdi. 
Qilgan topar ekan bundayni,
Har yerda yaxshilikni qo‘ymangiz,
Boybo‘ri bechora maqsadga yetdi.
Har kim o‘z bilganicha yomon, nokaslarni tezak ter­
ganday qilib, bir xilini o‘ldirib, bir xilini bandi qilib yotib­
di. Shunda kayvoni kampirlar ham Ultontozning enasi Bo­
dom soqovni bandi qilib, Boybo‘ribekning oldiga olib keldi. 
Shunda Boybo‘ribek kampirlarga mo‘yinchinoq berdi. So­
chini yulib ol, deb amr etdi. Kampirlar mo‘yinchinoq bilan 
Bodom buvining sochini bittalab yulib oldi. Kallasi yaltirab 
qoldi. O‘zining qilig‘iga yarasha bo‘ldi. Endigi gapni Tovka 
oyimdan eshiting.
Tovka oyim kecha qolgan yerida saltanat qilib, Xudo­
ning taqdiriga tan berib o‘tirib edi. Alpomish polvon Qora­
jon bilan Qultoyga Tovkani olib kelinglar deganini eshitib, 
Qo‘ng‘irot elining barcha beklari yig‘ilib, Tovka oyimning 
oldiga peshvoz chiqdi. Hammasi ketib borayotibdi. Bobir 
ko‘lda bir Cho‘tboy degan yilqichi bor edi. Bular nimaga 
bunday qilib yuribdi, deb bir yaydoq baytalni minib olib, 
Tovka oyimning turgan joyiga qarab chopib borib, Tovka 
oyimga vahmchin bo‘lib turgan Xoldorbek va barcha xa­
loyiqqa qarab, og‘zi angrayib, burni shangrayib, bir so‘z 
dedi:
Gulgin ko‘ylakni kiygin­chi, 
Qora zulfingni tuygin-chi, 
El yorilib odam chiqdi,
Tovkajon, bergin suyunchi.


231
Po‘lkan shoir qo‘lda sozi,
Uchar ko‘lning turna­g‘ozi, 
yer yorilib qizlar chiqdi, 
Musulmon bo‘lib bunda kelgan, 
Xudoning birligin bilgan, 
Suyunchi ber, shohning qizi,
Qalmoq shahrining azizi.
Oldingizga kelayotir, 
Martabangiz baland ekan, 
Oldingizga peshvoz chiqdi, 
Boysaribekning qizi,
Tovkajon, bergin suyunchi.
Yurakda qayg‘u voyimlar,
Sap badani muloyimlar, 
Tomoshaga kelayapti, 
So‘lqillashib sop oyimlar.
Sochbovi tobonga tusha, 
Zulfi betiga yarasha,
Chiqdi Qo‘ng‘irotning jononi, 
Sizni qiladi tomosha.
Cho‘tboy bu gaplarni aytdi, 
Obod Qo‘ng‘irot elning yurti,
Tovkadayin yorim bor, deb, 
Alpomishbek borib aytdi.
Dushmanlarin boshin kesib,
Qorajonman Qultoy cholni, 
Oldinga peshvoz jo‘natdi, 
Tovkajon, bergin suyunchi.
Kim yaxshi, kim yomon, olloh biladi, 
Davlatli qul yugruk siylab jiladi.


232
Shunday Tovkaoy tiklab qarasa,
Qizu juvon, satta yugruk choponlar, 
Qizg‘aldoq ochilganday bo‘lib keladi.
Mavj urib misli bir daryoday toshdi,
Bodom qoboq, la’l munchoqli oyimlar,
Tovka oyimning oldiga yetishdi, 
Odob bilan Oy Tovkaman ko‘rishdi.
O‘ylay bersam omonatdir tanda jon,
Obod bo‘ldi Qo‘ng‘irot elida makon,
Barchinoyim Tovka oyimman qo‘rishib,
Ofarinlar aytib turdi Qorajon.
Ado bo‘lmas tor siynaning hasrati, 
Yig‘lamay, naylayin, qismatlar qatti, 
Qaldirg‘och Tovka oyimga bo‘lib jilovdor, 
Qo‘ng‘irot elga saltanatman ob qaytdi.
Nog‘ora, karnayni, surnayni tortib,
Yurgan yo‘lni bulkillatib odamlar, 
Barakalla, himmatingga, oy Tovka, 
Hamma ko‘rgan qarindoshi qolmadi, 
Ham ammasi, ham hammasi qolmadi,
Ham opasi, ham yoppasi qolmadi, 
O‘zbekiston elidan beklar yig‘ilib, 
Katta­kichik amaldorlar yig‘ilib, 
Oy Tovkani Qo‘ng‘irot elga ob ketdi.
Kengash kelar elning katta biyiga,
Davalati bor yigit kelar go‘yiga, 
O‘tdan aylantirib Tovka oyimni, 
Hurday bo‘lib, siylashib suluvni, 
Olib kirdi oy Tovkani uyiga.


233
Ana endi shunda Boybo‘ribek maqsadga yetdi. O‘lgan 
o‘g‘li keldi. Qo‘ng‘irot elining katta­kichiklari yer yorilgan­
day bo‘lib yig‘ilishib, Boybo‘ribekning oldiga qulli bo‘lsinga 
keldi. Hammalari: – Ey, podshohim, yurting qulli bo‘lsin, 
o‘ldi degan o‘g‘ling qulli bo‘lsin, Tovka oyim bilan Barchinoy 
kelinlaring qulli bo‘lsin, – deb muborakbodliklar qildilar. 
Shunda Boybo‘ribek podsho bo‘lib, oltmish yerdan o‘choqni 
o‘yib, kunda ming semiz molni so‘yib, tuyadan, biyadan, 
ho‘kiz, qo‘chqordan, yana necha ming semiz qo‘ylardan 
so‘ydirdi. Har kecha fuqarolariga to‘ylar berib, shoirlar soz 
sozlab, eshitganlar bo‘taday bo‘zlab, har bir majlisda bo‘lib, 
tong otgancha hangamalar qilib, ko‘p zavq­safolar qilib, 
yura berdilar. Shunda Xoldor mahram, Qorajon, Qultoy bo­
bosi, Yodgor farzandi fuqarolarga dimoqchoqlik ko‘rsatib, 
uch yillik boj­xiroj o‘tdi, deb jarchini qichqirtib, fuqaroni 
xursand qilib, Boybo‘ri fuqarolarning duosini olib, qamovda 
yotgan bandilarni qamovdan ozod qilib, amaldorlarga bir­
bir daraja amal ziyod beribdi. Yaxshi yetar murodga, yomon 
qolar uyatga, siringni hargiz aytmagin yotga, zoti qursin bir 
kun qo‘yar uyatga. Oltmish kun to‘y o‘tdi. Ana endi Alpo mish 
polvon xotinlarini boshqavatdan nikoh qilib, o‘z taxtiga 
minibdi. Boybo‘ri kunda namoz o‘qib, Alpomishni, o‘ziga qa­
ragan qarindoshlarini duo qilib: – Men qaridim, endi o‘zing 
podshoh bo‘l,– deb taxtga Alpomish o‘g‘lini mindirib, mu­
rod­maqsadiga yetdi. Ollohu akbar.
Qolgan so‘zni Alpomishning o‘g‘li “Yodgorbek” dostoni­
dan eshitarsizlar. 
“Alpomish” dostoni sob bo‘ldi. Shuytib, Alpomish pol­
von aysh­ishrat qilib, davri­davron surib, ota­onasi, o‘g‘li 
Yodgor bilan va ham tul bo‘lgan yori Barchinoy bilan, olib 
kelgan Tovka oyim bilan vaqtixushlikda umr o‘tkardi, muro­
diga yetdi.
Bu doston – “Alpomish” 22 aprel oyidan boshlanib, 1926 
yili to‘rtinchi may oyinda tamom bo‘ldi. Buni ko‘rguvchi 
o‘rtoqlarga ma’lum bo‘lsinkim, “Alpomish” dostoni tamom!


234
bo‘ldi. Alpomish polvonning o‘g‘li Yodgorbekning ham shun­
day qissasi bordir.
Bu so‘zni dostonlar ichidan ayirib olib, aytib berguvchi 
Muhammadqul Jomrod o‘g‘li, laqabi Po‘lkan shoir. Jirovning 
ijtimoiy ahvoli: Samarqand viloyat, Kattaqo‘rg‘on tumani­
dan, Yonbosh kentdan, Qatag‘on fuqarosi, o‘zi kambag‘al, 
zahmatkashdir. Ushbu kishining tilidan eshitib yozildi, deb 
Ernazar o‘g‘li.
Mulla kishi shoirlarning otasi,
Muhammad Isa hukumatning xizmatiga yaradi, 
Shoir bormi dedi, har kimdan so‘radi.
Qatordagi lo‘kcha bilan nor edi,
Ovloq cho‘lda gurkiragan sher edi. 
Jolg‘ash bilan Muhammadqul bor edi. 
Muhammad Isa bu gaplarni eshitibdi, 
Ko‘p yaxshi hukumatning xizmati.
Kengash keldi shoirlarning eliga, 
To‘dalashdi taklif qilgan joyiga, 
Jolg‘ash baxshi sallasini o‘radi,
Hukumatning xizmatiga yaradi.
Hukumatga avliyolar yor, dedi,
Qatorga tirkalgan lukcha­nor, dedi. 
Otamning shogirdi Muhammad akam 
Qatag‘onda Po‘lkan shoir bor, dedi.
Minib oldi Jolg‘ash bir yaxshi otdi,
Muhammad Isa darrov baxshini jo‘natdi,
Qurbon bo‘lsang Jolg‘ash baxshi bo‘yiga, 
Ko‘p gap keldi shoirlarning o‘yiga,
Jolg‘ash baxshi salom berib, aka, deb. 
Borib tushdi Muhammadqul uyiga.


235
Bog‘larda tebrangan olma, nor edi, 
Yaxshi odamga kattalari yor edi, 
Katta xizmat Samarqandda bor, dedi, 
Bizning bilan birgalashib yur, dedi.
O‘n besh kun bo‘ldi shoir muhlati, 
Aka qo‘rqma, kattalarning xizmati, 
Bola­chaqasidan fotiha olib, 
Kelib qildi hukumatning xizmati(n).
Shoir aytar shoirlikning so‘ziman, 
Chiqishmoqchi hukumatning o‘ziman,
Qo‘lidan kelgan so‘zini jiyishib, 
Aytib berdi Alpomishni og‘ziman.
Shoirlikman doim umri kechar­a, 
Haq ishiga bandasiga ne chora,
Aytib berdi Alpomishni og‘ziman, 
Yaxshi xizmat qildi Po‘lkan bechora.
Alpomish dostonini tamom qiladi,
So‘ziga rahbarlar xursand bo‘ladi, 
Javob bersa shoir javob oladi, 
Hukumatni doim duo qiladi.
Doston Muhammadqul Jonmurod o‘g‘lining (Po‘lkan 
shoirning) aytib turishi asosida Muhammadisa Ernazar o‘g‘li 
tomonidan 1926 yilda yozib olingan. Professor Hodi Zarifning 
guvohlik berishicha, dostonni yozib olish jarayoniga Ergash 
Jumanbulbul o‘g‘li ham ishtirok etgan hamda ba’zi parchalar­
ni aytgan. Shuning uchun ham bu nusxani “Po‘lkan shoir va 
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li varianti”, deb yuritish zarur. Dos­
ton qo‘lyozmasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining folklor 
arxivida 4­inventar raqami ostida saqlanadi. Uning hajmi 134 
sahifadan iborat. Qogoz bichimi: 36x22. Dostonning she’riy 
qismining o‘zi 5855 misrani tashkil etadi.


236
Bu o‘rinda yana bir izoh zarurga o‘xshaydi. Diqqat qilin­
sa, matnning ayrim o‘rinlarida band to‘la emas, ya’ni u to‘rt 
misra emas, uch yoki ikki satrdan iborat bo‘lib qolgan. Ammo 
qo‘lyozmada uchinchi yoki to‘rtinchi misra uchun bo‘sh joy 
qoldirilgan. Aftidan, shoir dostonni aytib yozdirayotganda 
ayrim satrlarni unutgan bo‘lishi mumkin. Keyinchalik eslab, 
uni yozish uchun bo‘sh joy qoldirilgan. Ammo nima sabab­
dandir bu ish bajarilmagan.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin