Alskom sug'urta kompaniyasi



Yüklə 0,58 Mb.
tarix03.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#138055
ALSKOM insurance company


ALSKOM SUG'URTA KOMPANIYASI

ALSKOM" Sug'urta Kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati (O'zR Moliya vazirligining SF №00211-sonli Litsenziyasi) O'zbekiston sug'urta bozorida 1996-yildan beri o'z faoliyatini yuritib kelmoqda hamda mamlakatimizda sug'urta munosabatlarining rivojlanishida o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, Kompaniya respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan yetakchi sug'urta tashkilotlari orasida mustahkam o'rin egallaydi.


Kompaniyaning hududiy tarmog'i viloyat markazlarida joylashgan 20 ta filial, shuningdek, tumanlardagi hamda uzoq qishloq joylardagi 148 ta bo'linmalar va sug'urta markazlarini o'z ichiga oladi. Kompaniya tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar ishonchliligi "SAIPRO" reyting agentligi tomonidan "uzA+ - juda yuqori moliyaviy ishonchlik darajasi" ishonchlik reytingi bilan tasdiqlangan.
Kompaniyaning statistik ma’lumotlariga batafsil to’xtalib o’tamiz: sug’urta mukofotlarining o’sish dinamikasi 2021-yilda 52.6 mlrd so’m (bu 2020-yilga nisbatan 7.5 mlrd ga ko’proq)ni tashkil etgan. Sohalar kesimida ko’radigan bo’lsak fuqarolarning turli xil mol-mulklarini sug’urtalash 10.5% ni, qurilish risklari sug’urtasi 60,7% ni, yuk sug’urtasi 1,4%ni, mol-mulk sug'urtasi 24%ni va electron texnika sug’urtasi 3.2%ni tashkil etgan. Ko’rinib turibdiki kompaniya qilgan sug’urtalarning kata qismi qurilish sohasiga oid. Shaxsiy sug’urta mukofotlari hajmi esa 2021-yilda 8.4trln so’mni tashkil etgan. Bank sug’urtasi mukofotlari hajmiga keladigan bo’lsak ushbu yilda 27mlrd so’m (2018-yilga nisbatan deyarli yarim barobar qisqargan)ni tashkil etgan. Kompaniya to’lagan sug’urta qoplamalarining hajmi 2021-yilda 11.3mlrd (2020-yilda 14.4 mlrd)ni tashkil etgan.
Investitsiya hajmining o’sish dinamikasi (mlrd so’m)
Kompaniya sug’urtadan tashqari investitsiya qilish bilan ham shug’ullanadi va yuqoridagi grafikda ko’rishimiz mumkin kompaniya investitsiya hajmini yildan yilga oshirib bormoqda.

Sug’urta va investitsion faoliyatdan tushgan daromadlar hajmi (mlrd so’m)


Kompaniya sof foydasi dinamikasi
Yuqoridagi grafikda kompaniya sof daromadlari ko’rsatilgan va yildan yilga kompaniya foydasi oshib bormoqda. 2020-yilga to’xtaladigan bo’lsak epidemiya tufayli kompaniya yuqori darajali sof foyda ololmagan ahamiyatlisi zarar ham ko’rmagan. 2021-yilda esa kompaniya investitsiya sohasini ham rivojlantirib o’z faoliyati davomidagi eng kata sof foydaga ega bo’lganini ko’rishimiz mumkin.

BIA-73 talabasi


Jahongir Usmonov
Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin