O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Unversiteti Urganch filiali
Tizimlar va signallarni qayta ishlash fani bo’yicha
Amaliy ish - 2 Bajardi : 963-19 guruh talabasi Rustamov Ixtiyor (F.I.O) Tekshirdi : Saparbaev Rahmon (F.I.O)
Urganch-2022
Mavzu: Davriy bo’lmagan Signallarning Spektrlarni Tadqiq etish
Ishdan maqsad: Davriy bo’lmagan signallarning asosiy parametrlarini, amplitude va faza spektrlariga tasirini tajribada tadqiq etish.
Signal kuchaytirgich : 1 В/дел
Signal yoyilmasi : 0.1 мс/дел.
Amplituda modulyatsiyali signallarni detektorlash Ishda nochiziqli zanjirlarda amplitudasi modulaytsiya qilingan tebranishlarni detektrlash jarayonini o’rganish va detektorlarni tadqiq qilishning amaliy ko’nikmalarini hosil qilish maqsad qilib olingan.
2 .1. Rasm. Diodli detektor prinsipial sxemasi
Laboratoriya vazifasi
AM signallar diodli detektorni ish sifatiga yuklama parametrlarining ta’sirini tadqiq qilish.
AM signallar diodli detektori detektorlash tavsifini tahlil etish.
Uslubiy ko’rsatmalar
AM signallar diodli detektorining ish sifatiga yuklama parametrlarining ta’sirini tadqiq qilish. Ossillografni sozlash uchun signal kuchaytirish yordamida 1- va 2-kanallarda 1-katak 1B signal yoyilishining 0,125 ms bir katak bo’lishini ta’minlang.
AM signallar generatori chiqishidagi signal amplitudasini U= 1V va chastotasini = 14 000 Gs, modulyatsiya koeffitsiyentini M=1 qilib o’rnating.
Yuklama kondensator sig’imini o’zgartirib AM signal o’rovchisi va detektor chiqishidagi signallarning bir-biriga mosligiga erishing. Kondensator sig’imi Sn=3 nF; Sn=30 nF; Sn=300 nF va Sn=0 qiymatlarida chiqish sugnali ossillogrammlarini chizib oling.
AM signallar generatori chiqishidagi signal amplitudasini 0 dan 3B gacha, 0,2 B oralig'ida o’zgartiring va milliampermetr ko’rsatgan mos qiymatlarni 2.1 jadvalga yozib boring.
Xulos: Biz amaliyot davomida amplituda modulyatsiya signallarni
detektrlashni va amplituda modulyatsiya signallar diodli detektorni ish sifatiga yuklama parametrlarining ta’siri shuningdek amplituda modulyatsiya signallar diodli detektori detektorlash tavsifini ko’rib chiqdik.Ularni amalda qo’lladik.