Amaliy ishi 1 ki 18-21 guruh 1-Amaliy ish: Mavzu: Kompyuterlarni tashkiliy qismlari, asosiy ko`rsatkichlari va xususiyatlari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#136718
1   2   3   4   5   6
1-Amaliy ish Mavzu Kompyuterlarni HABIBULLO

O’tkazuvchanlik qobiliyati tashqi qurilmalar yoki boshqa kompyuterlar bilan axborotlar almashtirishda ma’lumotlarni kiritish va chiqarish kichik tizimlarining xarakteristikalariga kiradi. O’tkazuvchanlik qobiliyati vaqt birligida uzatiladigan mukammal miqdordagi axborotlar birligi bit bilan o’lchanadi.
Ishlash ishonchliligi quyidagi ko’rsatgichlar orqali baholanadi:
− berilgan vaqt mobaynida buzilishsiz ishlash ehtimolligi; − birinchi buzilishgacha ishlash vaqti;
− ish xususiyatini qayta tiklanishining o’rtacha vaqti.
Texnik parametlari bilan bir qatorda zamonaviy kompyuterlar ularning sifatiga va narxiga ta’sir etadigan funksional imkoniyatlar nuqtai nazaridan baholanadi:
− axborotlarni kiritish/chiqarish, almashtirish va saqlash tashqi qurilmalarining nomenklaturasi va xarakteristikalari (printerlar, skanerlar);
− barcha turlardagi xotirada saqlovchi qurilmalarning (OXQ, DXQ, diskli xotira) nomenklaturasi, sig’imi va tezkor ishlashi;
− tashqi qurilmalar bilan uyg’unlashtirish (moslashtirish) bog’lamalarning turlari va o’tkazish xususiyati;
− ma’lumotlarga ishlov berish ish tartibi (bir dasturli, ko’p dasturli, ko’p foydalanuvchili);
− foydaniladigan operasion tizimning xarakteristikalari;
− foydalanuvchi amaliy dasturlarning to’liqligi;
− boshqa turdagi kompyuterlar bilan dasturiy moslanuvchanligi; − tarmoq yoki hisoblash tizimi tarkibida ishlash imkoniyati.
Hozirgi vaqtda kompyuterni ishlatishning asosiy maqsadlari axborot xizmat ko’rsatish va boshqarish, ya’ni axborot-hisoblash masalalarini yechish hisoblanadi. Shuning uchun yuqori ish unumdorligini zamonaviy kompyuterlar ma’lumotlarga ishlov berish masalalarini birgalikda yechish uchun tashkil etilgan bir yoki bir necha kompyuterlar, ularning dasturiy ta’minoti va tashqi qurilmalari birligidan iborat bo’lgan hisoblash tizim sanaladi (Multi Processor Systems – ko’p prosessorli tizimlar).
Hisoblash tizimlari foydalanuvchi yechadigan masalaning xarakteriga bog’liq ravishda majmualashtirilishi (komplektlashtirilishi) mumkin.
Bir jinsli hisoblash tizimlari bir turdagi kompyuterlar yoki prosessorlar asosida quriladi, standart dasturiy vositalar to’plamini, namunaviy uyg’unlashtirish protokollarini ishlatadi, sodda arxitekturaga ega.
Bir jinsli bo’lmagan hisoblash tizimlari turli texnik va funksional xarakteristikalari, turli ko’rinishlardagi arxitektura o’z tarkibiga har xil turlardagi kompyuterni yoki prosessorlarni oladi.
Markazlashtirilgan boshqarishli hisoblash tizimlari hududiy yo’naltirilgan bo’lib, ularning komponentlari bir – birlaridan bevosita yaqinda joylashadi. Markazlashtirilmagan hisoblash tizimlari hududiy taqsimlangan bo’lib, ularning komponentlari sezilarli masofalarda joylashadi va hisoblash tarmoqlarini tashkil etadi.
Hisoblash quvvati nuqtai nazaridan zamonaviy kompyuterlarni 4 ta toifaga bo’lish mumkin:
− OXQ hajmi o’nlab va yuzlab Mbayt bo’lgan, 32-64 bit razryadli 100-1000 MGs takt chastotali shaxsiy kompyuterlar;
− 10-100 MIPS ish unumdorligiga, bir necha prosesorlarga, 128-2048 Mbayt
OXQ hajmga, 32-128 bit razradlilikka ega bo’lgan boshqarish va nazorat qilish tizimlardagi mini-kompyuterlar;
− 100 MIPS dan yuqori ish unumdorligiga, 10 Gbaytgacha OHQ hajmga, 64-128 bit razryadga, ko’p foydalanuvchili ishlov berish ish tartibiga ega bo’lgan katta EHM lar (mainframe);
− 100 GFLOPS ish unumdorligiga, ko’plab prosessorlarga, 10 Gbaytgacha OXQ hajmga va 64-128 bit razryadga ega bo’lgan super kompyuterlar.
Kompyuterlarning umumlashtirilgan arxitekturasi prosessor, xotira, tashqi qurilmalar komponentlardan tarkib topgan klassik variantdagi strukturadan iborat.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin