Shaxsiy kompyuterni yig'ishni boshlashdan oldin, kompyuterni qanday maqsadda undan foydalanishni aniqlab olishingiz kerek. Misolida namoyish etiladigan barcha qurilmalar bir kishining shaxsiy xohishidir va ma'lum brendlar va ishlab chiqaruvchilarning reklamasiga hech qanday aloqasi yo'q. Biz yig`moqchi bo`lgan kompyuterimizga quydagi qurilmalarni tanlab oldik, 4 GB DDR3 RAM modullari, GeForce GTX 580 video kartasi, qattiq disk 1TB sig‘im va havo oqimi uchun qo‘shimcha korpusdagi Kuller, DVD-RW optik disk, o‘rta o‘lcham ATX korpusi va 700 vatt quvvatga ega quvvat manbai.
Protsessorni o'rnatish. Yig'ishning birinchi bosqichida biz protsessor va RAMni anakartga o'rnatamiz, shuningdek CPU sovutish tizimini o'rnatamiz.
Intel va AMD protsessorlari o'rtasidagi asosiy dizayn farqlaridan biri shundaki, birinchisida kontakt protsessorlari anakartdagi ulagichga ulanish uchun ishlatiladi, ikkinchisida esa kontakt pinlari.
1.4-rasm. Tizimli plataga protsessorni o`rnatish jarayoni.
Kulerni o`rnatish protsessorni ustiga kuler (ventilyator)ni mahkamlab joylashtirish kerak. Protsessor soketini atrofidagi 4 ta teshiklarga e’tibor bering. Kulerda ham 4ta “oyoq” borligini ko‘rasiz. Kulerni protsessorni ustiga shunday joylashtiringki, uning oyoqlari ona platadagi shu teshikchalarga kirsin. Keyin ularni ketma-ket sekin bosib chiqiladi. Har bir oyoqchani bosib kirgazilganda ovoz eshitasiz. Kulerni yaxshilab joylashganligiga, e’tibor bering. Uni bir ikki qimirlatib ko‘ring. Kuler protsessorni ustida mahkam turishi va ularni orasida hech qanday “zazor” bo‘lmasligi kerak. Endi esa kulerdan chiqqan simni ona platadagi CPU-FAN dab nomlangan “raz’em”ga ulanadi.
1.5-rasm. Tizimli plataga kulerni joylashtirsh.
T ezkor xotirani ona plataga tezkor xotira (RAM)ni joylashtiramiz. Tezkor xotirani ham faqat yonlaridan extiyotkorlik bilan ushlash lozim. Ona platada xotira uchun 2,3,4 yoki undan ham ko‘p “gnezdo” bo‘lishi mumkin. Xotirani eng birinchi “gnezdo” (protsessorga eng yaqini) ga ulaymiz. Avval xotira joylashadigan gnezdodagi ikki oq rangli ushlagichlarni orqa tomonga itarib ochamiz. Xotirani ona
plataga kiradigan past tarafiga e’tibor u bir nechta bo‘limlarga bo‘linganligini ko‘rasiz. Ona platadagi xotira “gnezdo”si ham bo‘limlarga bo‘lingan. Demakki, xotirani noto‘g‘ri kirgazib bo‘lmaydi. Xotirani ikki tarafidan “gnezdo”ga o‘rta kuchda kirgazilsa yon tomondagi ikkita oq ushlagichlar xotirani ustidan “ushlab” olgan holatga keladi.
Korpusni orqa tomonidan unga “blok pitaniya”ni shuruplar yordamida mahkamlaymiz.
Korpusga qattiq diskni joylashtiramiz va shuruplar bilan korpusga maxkamlaymiz
Korpusning oldingi paneliga tegishli bo‘lgan mayda simchalarni, ona platadagi o‘z maxsus “razyom”lariga ulaymiz. Korpus va ona plata ishlab chiqaruvchi korxonalar ko‘p hollarda bir xil standartlarni ishlatishadi. Shuning uchun har bir simni uchidagi va uning ona platadagi o‘z “razyom”idagi yozuvlari to‘g‘ri keladi.
S hu yerda “markirovka”ni eng ko‘p tarqalgan turini misol keltiramiz: