Amaliy kaspiy mashqlar



Yüklə 122,5 Kb.
səhifə1/7
tarix18.11.2023
ölçüsü122,5 Kb.
#133151
  1   2   3   4   5   6   7
AMALIY KASPIY MASHQLAR


AMALIY KASPIY MASHQLAR

Reja:




  1. Buyumlar bilan bajariladigan mashqlarning umumiy tavsifiva paydo bo'lish tarixi

  2. Buyumlar bilan bajariladigan mashqlar tasnifining biomexanik asoslari

  3. Buyumlarni ushlab turish va balans

  4. Buyutnlarni aylanma harakatlantirish

Buyumlar bilan bajariladigan mashqlarning umumiy tavsifiva paydo bo'lish tarixi

Buyumlar bilan bajariladigan mashqlar badiiy gimnastika bo'yicha musobaqa dasturining asosiy mazmunini tashkil etadi. Oliy toifali gimnastikachilarning musobaqa kombinatsiyalari musobaqa uyg'unligida har xil buyumlar bilan bajariladigan harakatlarning turli tuman gavda harakatlari bilan birikmasidan iborat


Badiiy gimnastikada foydalanadigan buyumlar uz shakli, fakturasi va o'lchamlari bilan ajralib turadi.
Badiiy gimnastika sport programmasida buyumlar 5 ta (arqon, halqa, to'p, cho'qmor, lenta) hamda bittasi buyumsiz mashqlar bilan bajariladi.
Arqon gimnastikachi uchun qulay uzunlikdagi, ko'ndalang kesim diametri 0.5-1.0 sm bo'lgan, uchlarida tugunlari bor yoki yo'q kanop (yoki boshqa) arqon bo'lib, rangi ixtiyoriy, lekin ko'rinadigan bo'lishi kerak.
Gardish (obruch) aylana shakldagi, ichki diametri 80-90 sm, qalinligi kamida 300 gramm, yelimdan (plastmassadan) yasalgan buyum. Ilgari dyuralyuminiy va yog'ochdan yasalgan obruchlar ham ishlatilgan. Rangi ixtiyoriy rangda bo'ladi.
To'p - rezina shar, diametri 18-20 sm., vazni kamida 400 gramm. Rangi ixtiyoriy rangda.
Tasma (lenta) - uzunligi 50 - 60 sm., diametri lsm.li tayoqcha, harakatlantiruvchi qotirma - karabincha hamda 6 metr uzunlikdagi mato tasmasi +1 metr astar va eni 50-60 sm. og'irligi (tayoqchasiz) kamida 35 grammli konstruktsiya. Rangi ixtiyoriy rangda.
Cho'qmor (bulavalar) bochkasimon ko'rinishga ega, bo'g'zi ingichkalashib boruvchi va boshchalari sharsimon ikkita buyum. Boshchasining diametri 3 sm. gacha cho'qmorning uzunligi 40-50 sm., har bir bulavaning og'irligi kamida 150 gramm. Rangi ixtiyoriy rangda.
Badiiy gimnastika bilan shug'ullanuvchi o'rta va kichik yoshdagilar uchun nafakat buyumlardan foydalanishga ruxsat bcriladi, balki proportsional kichraytirilgan hajmdagi buyumlarni ishlatish ham tavsiya etiladi.
Badiiy gimnastikada ishiatiladigan buyumlar turli xil manbalardan tanlab olingan.
Arqon va to'p bilan bajariladigan mashqlar bolalarning o'yin-laridan ko'chirilgan. Ular 1930 yillarda tan olinib, 1965 yildan beri majburiy buyumlar sirasiga kiritilgan.
Ayrim mutaxassislar 20-yillardayoq bolalar bilan ishlashda obruchli mashqlardan foydalangan.
Xalqaro musobaqalarga 1967 yilda dastlab yog'och gardish (obruchlar) kirib kelgan, lekin keyinroq ularni yelim gardishlar siqib chiqargan.
Tasma 1927 yilda Reynxold Glierning «Lolaqizg'aldoq» baleti tufayli aks buyumi sifatida ishlatila boshladi. Tasma bilan raqs tushish g'oyasi uning birinchi ijrojisi Asaf Messererga tegishli. U bunday raqsni bolaligida ko'chmanchi xitoy ko'zboy-lag'ichlari ijrosida ko'rgan edi. Tasma halqaro musobaqalar dasturiga 1971 yilda kiritilgan.
Cho'qmor (bulavalar) bilan bajariladigan mashqlar dastawal 19-asrning o'rtalarida Chexiyaning Sokol gimnastikasida qo'l-lanilgan, keyinchalik XX-asr o'rtalarida sport gimnastikasida ishlatilgan. Xalqaro dasturga cho'qmorlar 1973 yilda kiritilgan



Yüklə 122,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin