Buyumlar bilan bajariladigan mashqlar tasnifining biomexanik asoslari
Garchi badiiy gimnastikada buyumlar turli shaklga, fakturaga, o'lchamga ega bo'lib, har bid o'ziga xos yondashuvni harakatlanayotgan bo'ladi, shu boisdan ushbu harakatlarni alohida guruhga ajratish biomexanika nuqtai nazaridan ma'qul emas.
Shunday qilib, buyumlar bilan bajariladigan mashqlarning biomexanik qonuniyatlariga tayangan holda, quyidagicha tasniflash maqsadga muvofiqdir:
l.Saqlab turish va balans.
2. Aylanma harakatlar.
3.Figurali harakatlar.
4.Uloqtirma harakatlar.
5.Dumalama harakatlar.
Ayni paytda, buyumlar bilan bajariladigan «mayda ishlar» manipulyatsiyalar deb ataladi.
Buyumlar bilan harakatlar xuddi tana harakatlari kabi, odatda, beshta bosqichga ajratiladi:
Boshlang'ich holat (boshlang'ich bosqich).
Tayyorgarlik harakatlari (tayyorgarlik bosqi.chi).
Asosiy harakatlar (boshlang'ich bosqich).
Amalga oshirish bosqichi.
Yakunlovchi bosqich.
Buyumlarni uloqtirish va ilib olish bundan mustasno bo'lib, ular fazalarning ikki karra ko'paytirilgan sonidan iborat qo'sh harakat sifatida baholash mumkin.
Buyumlarni ushlab turish va balans
Buyumlarning turlicha shakllari ularni ushlab turishining har xil usullarini taqozo etadi.
Arqon odatda, ikki uchidagi tugunchalardan ushlanadi: tuguncha kaftning o'rtasida joylashadi, barmoqlar musht bo'lib tugilib, tugunchani siqib oladi, arqon bosh va ko'rsatkich barmoqlar o'rtasidan yotadi. Musht ichidagi arqon bemalol harakatlana olishi uchun uni haddan ziyod siqib ushlamaslik kerak.
Buyumlar bilan bajariladigan mashqlar tasnifi
Tana yoki
qo'l
atrofida
aylantirish-
lar
|
QoM(lar)
|
Kaftda, kaft bilan, bilak, qo'l bo'ylab
|
|
gavda
|
Bo'yin, yelka aylanasi, bel butun gavda aylanasi
|
|
Oyoq(lar)
|
Oyoq kaftlari, to'piq, butun oyoq
|
Figurali harakatlar
|
Doiralar»sak kizliklar»
|
Turli sathlarda kichik, o'rta va katta
|
|
Spirallar Ilonchalar tegirmonlar
|
Vertikal, gorizontal va aylana; turli sathlarda
|
Buyum
ustidan
sakrashlar
|
1-3 marta aylanishlar
bilan, halqaga
(kesishma),tig'izushlab
|
Oldinga. Orqaga va yon tarafga; gavdaning turli holatlarida
|
|
Harakatlanay otgan buyum ustidan
|
Sirpanay otgan, buralayotgan,
aylanayotgan, urilib qaytgan xamda
polda va pol ustida shakl chizayotgan
|
Buyumga
kirish elementlari
|
Kiyish bilan
|
Oldinga, orqaga,ichkariga, tashqariga hamla bilan
|
|
tashlab
|
Gorizontal hamda oldinga, orqaga va yon tarafga aylanib
|
|
qadam tashlab sakrab
|
Maxsus tayyorlangan va mustaqil
harakatlanayotgan buyumga
(sirpanayotgan, buralayotgan va sh.k)
|
Buyumlar-ni taxlash
|
Buyum uchlarini al mash lab
ushlash bilan
|
Gavda oldida. Orqada, yonboshda, bosh usti va orqasida
|
|
Tana a'zolarini tekkizib bukib
|
Qo'l(lar)ni, oyoq(Iar)ni, gavdani
|
Bundan tashqari, arqonni quyidagicha ushlash mumkin:
bir qo'lda yoki ikki qo'llab o'rtasidan;
2-4ga buklab, bir va ikki qo'lda
Gardish (obruch) odatda , bir qo'llab ikki xil usulda ushlanadi:
qattiq ushlash - obruch xuddi arqon kabi musht ichida siqiladi;
erkin ushlash - obruch kaftning ichki qirrasida, bosh va ko'rsatkich barmoqlar o'rtasida joylashadi.
Obruch tekis buyum bo'lgani uchun uning holati va harakatlari tekislik nuqtai nazaridan baholanadi:
yuza;
yonbosh;
gorizontal;
qiya.
Ayrim holatlarda obruch ikki qo'llab, osti va ustidan mahkam ushlab ko'tarilishi mumkin.
To'p odatda, biroz yozilgan barmoqlar bilan kaftda tutib turiladi, to'pning kaftga asosiy tayanchi barmoqlarning boshla-nadigan joyiga to'g'ri keladi, kaftning o'zi to'pga tegmaydi, barmoqlarning bo'rtma yumshoq joylari to'pga salgina tegadi, uni nazorat qiladi, biroq yopishib olmaydi. To'pni bilakka, tirsak qismiga yoki gavdaga bosish ta'qiqlanadi. To'p shar shaklidagi, nisbatan ancha og'ir buyum (400 gramm), kaft uchun ham anchayin katta diametrga ega (18-20), shu boisdan uni qo'l va tananing oddiy harakatlari yordamida ushlab urishning o'ziyoq texnik jihatdan yetarli darajada murakkab vazifa va hodisa bo'lib, mutaxassislar buni balans deb atashadi.
To'p balansi, o'z mohiyatiga ko'ra, to'pni panjaga nisbatan barqaror holatda saqlashdir. Fizika qonunlariga ko'ra, agar to'p og'irligi markazining proektsiyasi panja tashqarisiga chiqmasa, muvozanat saqlanib qoladi, shu boisdan, qo'llar va gavda harakatlari vaqtida panjani shunday tutish kerak-ki, u doimo to'p ostidabo'lsin.
Dostları ilə paylaş: |