Амаliy mashg’ulot №1: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati, хavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə6/11
tarix25.01.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#122549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ecm6QzHbQhdbE1KWzbl6lOy8TcdKsrKifKR47LOO

Ishlab chiqarish muhiti bu mehnat faoliyati jarayonida insonga ta`sir qiluvchi omillar yig’indisidir.
Tabiiy muhitdagi xavfsizlik – bu ekologiyaning sohalaridan biridir.
Ekologiya organizmni atrof muhit bilan o`zaro ta`siri qonuniyatlarini o`rganadi.

Xavf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar etkazadigan ko`ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o`z ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi.
Hayot faoliyatiga to`g’ri kelmaydigan elementlar tizimi, ximiyaviy hamda biologic faol moddalar yashirin xavfga egadir.
Xavflar taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to`g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o`rganishda katta ahamiyatga ega.
Taksonomiya yangi fan bo`lib, hali to`la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil etadi:

  • kelib chiqishi bo`yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo`ladi;

  • rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bo`linadi;

-salbiy oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha impul’siy (beixtiyor harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo`ladi;
-xavflar tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha (lokalizatsiya) – litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo`ladi;
-kelib chiqadigan oqibatlariga ko`ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar ko`rinishida bo`ladi;

  • keltiradigan zarari bo`yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bo`linadi;

-namoyon bo`lishi bo`yicha maishiy, sport, yo`l-transport, ishlab chiqarish va harbiy bo`ladi;
-olamga ta`siri bo`yicha o`ta ta`sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, arok, sigaret) bo`ladi. Sust ta`sir deganda odamning o`zi sababchi bo`ladigan xavf tushuniladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin