Амаliy mashg’ulot №1: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati, хavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə7/11
tarix25.01.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#122549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ecm6QzHbQhdbE1KWzbl6lOy8TcdKsrKifKR47LOO

Xavflar ro’yxati bu aniq bir tartiblar bo`yicha qo`yilgan nomlar, atamalardir (o`zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug’lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va boshqalar). Har bir tekshiriladigan ob`ektda o`tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob`ekt (tsex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ruyxati tuziladi.
Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga qaratilgan tadbirlar uchun etarli darajada kerak bo`lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir.
Sabab va oqibatlar. Yаshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan sharoit-sabab deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi (epidemiya), atrofmuhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Xavf, sabab, oqibat uchligi - bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning xatosi (sabab)- zaharlanish (kungilsiz oqibatlar).
Mutloqa xavfsiz bo`lgan ish (faoliyat) bo`lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bo`lmasin, unda yashirin xavf bo`ladi. Bu aksioma hayot faoliyati xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.

Favqulodda holat (FH) – bu qisqa muddatda sodir bo`ladigan, insonlarga, tabiiy muhitga va moddiy boyliklarga katta darajadagi zarar etkazadigan voqealardir. Hayot faoliyat xavfsizligi nuqtai nazaridan favqulodda holatlarni keng ma`noda, ya`ni xavfning amalda sodir bo`lishi va insonlar sog’ligi hamda hayotiga tahdid solishi deb tushunish mumkin.FH larga katta avariyalar, katastrofalar va baxtsiz hodisalarni misol qilib keltirish mumkin.


Avariyaga – texnik sistemada sodir bo`lib insonlar halok bo`lmagan, texnik vositalarni tiklash mumkin yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo`lmagan voqealarni misol qilib keltirish mumkin.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin