Hosilga kirgan mevali daraxtlarni butash. O’zbekistonda meva daraxtlari uyg’onmagan davrda (barg to’kib bo’lgach, o’suv davri boshlanguncha) kesiladi, sovuq 10-12 darajadan oshganda daraxt shox-shabbalarini kesish to’xtatiladi. Sovuqqa uncha chidamli bo’lmagan mevali daraxtlarning tur va navlarini (gilos, o’rik, shaftoli, olmaning navi) bahorga yaqin – fevralning ikkinchi yarmida va mart oyida kesgan ma’qul.
Meva daraxtlarining shox-shabbalari o’tkir va toza asboblar (qaychi, arracha va hakazolar) bilan kesiladi. Olib tashlanadigan shox va novdalarni chala kesish yaramaydi. Aks holda shu joyda kavak hosil bo’ladi. Yo’g’on shoxni kesayotganda dastlab uni ostki tomonidan, keyin esa ustki tomonidan arralash kerak. Ana shunda daraxt po’stlog’i zararlanmaydi. Kesilgan diametri 3 santimetrdan katta bo’lgan daraxt shoxlariga bog’ zamaskasi yoki bo’yoq surtib qo’yiladi. Kesilgan shoxlarning hammasi tomorqa bog’idan olib chiqiladi. Qora rak kasalligi tushgan bog’larda kasal daraxtlar kesib bo’lingach, asbob-anjomlar bir minut davomida 5 prosentli formalin eritmasi solib qo’yish yo’li bilan dezinfeksiya qilinadi. Meva daraxtlari yoshi, tur va xususiyatlari hisobga olingan holda kesiladi. Hosilga kirishning dastlabki davrida (6 yashardan 15 yashargacha bo’lgan) olma daraxtlarining shox-shabbasi siyraklashtiriladi.Bunda bir-biriga halaqit beradigan shox-shabbani soyalaydigan barcha novdalar olib tashlanadi. Novda hosil qilish xususiyati sust bo’lgan va asosan xolqali hamda ko’p yilgi halqali shoxchalarda meva tugadigan navlarning hamma shoxlaridagi bir yillik novdalarni qisqartirish dvom ettiriladi. Kuchli shoxlaydigan navlarning (60 santimetrdan ortiq) novdalarigina qisqartiriladi. Novdalar normal o’sganda (40-45 santimetr) qisqartirilmaydi. Biroq, novdalarning o’sishi 15-20 santimetrgacha kamaysa, ularning uzunligi 35-40 santimetr bo’lishini ta’minlash uchun novdalar yana qisqartiriladi. O’sayotgan yon novdalar egish yoki qisqartirish yo’li bilan hosil shoxlariga aylantiriladi.
Hosilga kirgan daraxtlarning normal o’sishini ta’minlash maqsadida daraxt shoxlari vaqti-vaqti bilan chekanka qilinadi. Bu davrda yon shoxlarining chetga qarab o’sishini cheklash maqsadida ular kesib turiladi. Shuningdek osilib qolgan, erga tegib turgan kasal, qurigan va singan shoxlar olib tashlanadi.
Asosiy shoxlarning uchida o’sish ancha susayganda ular yonga qarab yaxshi shoxlashi uchun besh-etti yillik shoxlarigacha qisqartiriladi. Kalta shoxcha va hosil shoxchalarning holati hisobga olingan holda uchdan bir qismga yoki qoq yarmiga qisqartiriladi.
Kam hosil beradigan yilda ozroq kesish yo’li bilan ilgari hosil bo’lgan gul kurtaklarni saqlab qolish lozim va aksincha, kelasi yil mo’l hosil etishtirish uchun kuzda ko’proq kesish yoki bahorda shoxlarni siyraklashtirish yo’li bilan gulkurtaklar sonini kamaytirish kerak.
Nok ham olmaga o’xshab kesiladi. Nokni kesishda novdalarning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Kam shoxlaydigan ammo kuchli o’sgan bir yillik novdalari va asosiy shoxlarida juda ko’p halqali shoxchalari bo’lgan navlarning novdalari ularnin uzunligiga qarab teng yarmiga yoki uchdan bir qismiga qisqartiriladi. Kuchli shoxlaydigan va asosan chiviq novdalarida hosil tugadigan va aksincha hosil tugmaydigan navlarning asosan shox-shabbasi siyraklashtiriladi. Agar hosilning ko’pligi yoki boshqa biror sababga ko’ra o’sishi keyin sekinlashsa, o’tgan yillarda kuchli o’sgan (ikki-uch yillik) shoxlar qisqartiriladi.
Behi daraxtiga ham olma singarisiyraklashtirilgan yarus sistemasida shakl beriladi. Asosiy shoxlarga shakl berilda ularning o’zaro bog’liqligiga qat’iy amal qilib, asosiy shoxlarning o’tkir burchak bo’yicha o’sishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Bunda raqobat (bir-biriga xalaqit beradgan) asosiy shoxlar, asosiy shoxlarni shakllantirish uchun zarur bo’lmagan shox-shabbalar, ichiga qarab va o’tkir burchak hosil qilib o’sayotgan novdalar olib tashlanadi. Asosiy shoxlardagi qolgan novdalar olib tashlanmasdan mayda hosil shoxchalariga aylantiriladi. Buning uchun dastlabki uch yilning o’zidayoq (uch-to’rt kurtakka) qisqartiriladi, ya’ni daraxtlar hosilga kirishga tayyorlanadi. Ammo to’rtinchi yildan boshlab, ya’ni daraxtlar hosilga kirganda, o’sayotgan shoxlardagi novdalar biologik xususiyatlari hisobga olingan holda turli darajada qirqiladi. Behining hamma navlari barg qo’ltiqlarida hosil tugadi- kuchli o’sgan novdalardagi ba’zan barg qo’ltiqlaridagi kurtaklar hosil kurtaklariga aylanadi. Shu munosabat bilan o’sayotgan shoxlardagi novdalar kalta qilib kesilsa, novda meva kurtaklarining mavjud qismi olib tashlanadi. Shuning uchun ham to’rtinchi yildan boshlab o’sayotgan shoxlardagi bir qism novdalar qisqartirilmaydi, hosilning haddan tashqari ko’p bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun novdalarning bir qismi yana uch – to’rt kurtakka qisqartiriladi. Bunda jud ko’p qisqartirilgan novdalarda kelgusi yil hosilini ta’minlaydigan meva kurtakli yangi shoxchalar o’sib chiqadi, qisqartirilmagan shox-shabbaning bo’sh-ochiq erida o’sayotgan shoxchalar kesilmaydi. Negakim, ular keyinchalik meva beradi. O’sish sekinlashganda (shox uchidagi 25-30 santimetrdan kalta bo’lganda) daraxtni yoshartirish uchun har uch to’rt yilda ikki-uch yillik, keyinchalik esa besh-olti yillik shoxlari kesiladi. O’rik daraxti yosh paytida kuchli o’sishi bilan ajralib turadi. Daraxtlar olti-etti yoshga kirguncha baquvvat novdalar hosil qiladi, chunkiular bu davrda juda kam shoxlaydi. Yosh novdalar yaxshi hosil bo’lishi uchun baquvvat novdalar uzunligining uchdan bir qismiga yoki teng yarmiga qisqartiriladi. Shu maqsadda bu yoshda novdalarni yozda (may va iyun’ oyida) chilpigan ma’qul. Keyinchalik daraxtni kesish ortiqcha navbatdagi tartib shoxlarini olib tashlash va novdalarni me’yorida qisqartirishdan iborat bo’ladi.
Toshloq qatlam yuza joylashgan erlarda o’rik daraxti 12 yoshdayoq ikki-to’rt yillik shoxlari, 17-20 yoshda esa besh olti yillik shoxlari kesilib yashartiriladi. Bunda qalin tortib ketgan asosiy va o’sadigan shoxlari olib tashlanadi, 30-35 yoshda esa etti-sakkiz yillik shoxlar kesilib, daraxt yashartirilishi mumkin.
Ancha kuchli erlarda daraxtlar sakkiz-o’n yil kechroq yashartiriladi. O’sib ketgan yosh novdalar kelasi yil bahorda siyraklashtiriladi, bunda shox-shabbani shakllantirish uchun zarur bo’lgan novdalar qoldiriladi.
Olxo’rining ko’pchilik navlarida hosil organlari kalta hosil shoxchalaridan iborat kalta hosil shoxchalaridan iborat. Ular ikki yillik va ko’p yillik shoxlarga joylashgan bo’ladi. Olxo’rining ba’zi navlarida bir yillik novdalarda ham hosil bo’ladi. Pastki shoxlar yalong’ochlanib qolmasligi uchun yosh daraxtlarning shox-shabbasiga shakl berishda shoxlarni siyraklashtirish va novdalarni qisqartirish qo’laniladi. Boshqa mevali daraxt navlari singari olxo’ri daraxtlarning ham balandga qarab o’sishi cheklanadi. Bunda mrakaziy shox kesilib, asosiy yon shoxga aylantiriladi. Daraxt hosilga kirgan davrda shox-shabbaning ichki tomoniga yorug’lik yaxshi tushishi uchungina shoxlar kesib turiladi. Hamta hollarda ham dastavval kasal, qurigan va bir-biriga tegib turgan shoxlar olib tashlanadi. Gilos kuchli o’sishi va kam shoxlashi bilan ajralib turadi. Gilos shox-shabbasiga shakl berishda daraxtlarning yuqoriga qarab o’sishi va asosiy shoxlarning yonga qarab shoxlashi cheklanadi. Agar gilosning uchidagi novdalar zaiflashgan bo’lsa, ikki-uch yillik shoxlargacha qisqartiriladi. Daraxtlar qariyotgan davrda ularning shox-shabbasi kuchli tarzda yashartiriladi. Boshqa turdagi daraxtlara qaraganda olcha daraxtini kesishga kamroq e’tibor beriladi. Bunda haddan tashqari qalinlashib ketgan shox – shabbasini siyraklash yoki singan, qurigan shoxlarni kesish bilangina cheklanadi.
Daraxt qariy boshlab, novdalarning o’sishi 10 santimetrgacha kamayganda va hosildorlik pasayib ketganda daraxtning holati hisobga olingan holda shoxlar uch-besh yillik qismigacha ba’zan esa bundan ham ko’proq kesib yashartiriladi. Piramida shaklida shox-shabbaga ega bo’lgan navlar ko’proq, egilib o’sgan shox-shabbaga ega navlar kamroq kesiladi.
Shaftolining shox-shabbasiga vazasimon shakl beriladi. Bunda ko’chat ekilgan yili uch-beshta shox qoldirilib, markaziy novda qirqib tashlanadi. Kuchli o’sadigan shaftoli navlarining shox-shabbasiga o’zgargan lider sistemasida to’rt-olti shox qoldirib shakl beriladi. Birinchi shox 35-40 santimetr balandlikda, qolganlari esa bir-biridan 15-20 santimetr oraliqda shakllantiriladi. Daraxt to’rt yoshga kirganda markaziy shox olib tashlanadi. Shaftoli yoshligida tez o’sishi, yaxshi shoxlashi va barvaqt hosil kirishi bilan ajralib turadi. Bir yillik novdalarida hosil tugadi. Agar shaftoli kesib turilmasa, shox-shabbasi juda tez qalinlashadi, ichki qismidagi shoxlar yalang’ochlanadi, meva asosan shox-shabbaning chetki navlarida tugiladi. Asosiy shoxlarning uchidagi novdalarning uzunligi 50-60 santimetrga etganda va bundan ortiq bo’lganda ular uchdan bir qismga qoq yarmiga qisqartiriladi. Ancha kalta novdalarning to’rtdan bir qismi olib tashlanadi.
Daraxt hosilga kirgan davrda shox-shabbasi yaxshilb siyraklashtiriladi: jarohatlangan, qurigan va shox-shabbani soyalaydigan shoxlar hamda sust o’sadigan novdalar olib tashlanadi. Bu vaqtda kuchli o’sadigan novdalar qisqartirilib, yon tomonga qarab shoxlatiladi. Asosiy shoxchalardagi zaif va shox-shabbani qalinlashtiradigan hosil shoxchalari tagidan kesib tashlanadi. Ancha baquvvat hosil shoxchalari bir-biridan 10-15 santimetr oraliqda qoldirladi. Novdalarning uzayib ketishi va osilib qolishiga yo’l qo’ymaslik uchun ular – bir-birini almashtirilishini mo’ljallab kesiladi, ya’ni hosil berib bo’lgan novdalar pastroq joylashgani va zarur darajada meva kurtaklari bo’lgan novdalarga taqab , hosil shoxlari esa uch-besh ko’zcha qoldirib kesiladi.
Qarish davrida va sovuq urib ketganda daraxtlarning shox-shabbasini yashartirish usuli qo’llanilada. Yosh novdalar va kurtaklarni sovuq urganda shoxlar ikki-uch yillik qismigacha qisqartiriladi, daraxtlar sovuqdan juda qattiq zararlanganda esa eski shoxlari ko’plab olib tashlanib, sog’lom qismigacha yashartiriladi.
Shox – shabbalariga yassisimon shakl berish ham muhim ahamiyatga ega. Bu tipda shakl berish asosan pakana payvandtaglarda o’stirilgan yarim pakana va rosmana pakana bo’lib o’suvchi olma, nok va boshqa meva tur navlarda qo’llaniladi. Daraxtlar usutnlarga tortilgan bir necha yarusli simlarga oralig’i 60 santimetr qilib egib, tortib, tarab boylab o’stiriladi. Lekin shuni ham aytib o’tish kerakki, kuchli payvandtaglarda o’stirilgan va daraxtlariga ham yassisimon shakl berib o’stirish mumkin. O’zbekiston sharoitida bunday shakl berib o’stirish keyingi yillarda tomorqalarda qo’llanila boshlandi. Daraxtlarga to’g’ri shakl berish uchun birinchi yoki ikkinchi yili albatta qator oralariga 3-3,5 metr kunlikdagi temir-beton ustunlar 15-20 metr masofalar o’rnatiladi va ularga 4- 5 qavatli simlar tortilib, novda va shoxlar ikki tomonga bir tekisda tarab boylanadi. Bir mavsum ichida bir tomonga qaratb egilgan novda va shoxlar tanasi qotib ko’pdan boshqa tomonga ayrilmaydi. Bunday shakl berib o’stirishni Italiya palmettasi deyiladi. Ustunlarga tortilgan simning yo’g’onligi 2, 2,5 millimetr bo’lishi kerak.
Asosiy shoxlar egilib, qatorning yassi tomoniga qaratib daraxt tanasiga 45-70 daraja burchak hosil qilgan holda bog’lab qo’yiladi. Daraxt qancha tez o’ssa, shoxlarning egilish burchagi shunchalik ortadi. Daraxt tanasi va asosiy shoxlardagi yon novdalarning hammasi qator oralari tomonga egilib, bundan oldin egilgan pastki novdalarning biriga bog’lanadi va o’suvchi hosil shoxlariga aylantiriladi.
Yassi shox-shabbaga shakl berishning dastlabki yilidayoq palmettaning iolji boricha shox bilan barvaqt gullashiga erishish muhim ahamiyatga ega. Bog’ barpo etilgach, dastlabki 4-5 yil mobaynida daraxtlar kuchli o’sayotgan ularning shox-shabbalariga yiliga ikki marta – qish va yozda shakl beriladi. Keyinchalik novdalar faqat bir marta – qishda egiladi va boylanadi. Qator yo’nalishga qarab o’sgan asosiy shoxlar birinchi yarusga 20-25 santimetrgacha, ikkinchi yarusda12-15 santimetrgacha tanlab qisqartiriladi. Markaziy – lider tana yuqori qavatdan 30-40 santimetr qoldirib qisqartiriladi. O’bekiston sharoitida yosh meva daraxtlari yoz davomida ikki marta jadal o’sadi: birinchi marta – apreldan iyulgacha, ikkinchi marta – avgust va sentyabrda. Yuksak agrotexnika tadbirlari qo’llanilganda palmettada shox-shabba va novdalarning ikkinchi marta, o’sishi birinchi marta o’sishidan deyarli tafovut qilmaydi. Shu munosabat bilan yosh bog’larda yassi shox-shabbadagi novdalarni ikki marta – iyulda (novdalarning uzunligi 40-50 santimetrga etganda) va qish davomida (o’sish davrining ikkinchi davrida o’sgan novdalarni egish lozim.
Ko’chat ekilgach, birinchi yili iyulda har qaysi asosiy shoxda rivojlangan novdalardan ikkitasi: asosiy shoxning uchidagi o’chadigan novdalar tanlanadi. Qolgan novdalar, shu jumladan o’sayotgan novdalar ham tilib simga bog’lanadi. Shu yo’l bilan asosiy shoxlarning o’sishi kuchaytirishga erishiladi.
Kuchli shoxlaydigan navlarning uzayadigan novdasi va ikkinchi tartib shoxlarini vujudga keltirish uchun tanlangan novdalar erkin o’stirish uchun qoldiriladi. Sust shoxlaydigan navlarda, agar bu novdalarning uzunligi 45-50 santimetrga etsa, shoxlash uchun uchdan bir qismi qisqartiriladi.
Katta yarus shoxga ega bo’lgan ko’chatlarning markaziy shoxi ikkinchi yarus shoxlarini vujudga keltirish uchun zarur bo’lgan uzunlikka etsa, u qavatlar o’rtasida belgilangan oraliqdagi balandlikda qisqartiriladi.
Markaziy tananing uzunligi ikkinchi qavat shoxlarini vujudga keltirish uchun etarli bo’lsa yoki birinchi qavatdagi shoxlar yaxshi rivojlanmagan bo’lsa, ikkinchi qavat shoxlarini vujudga keltirish kelasi yilning bahoriga qoldiriladi. Agar yon novdalar o’sishida markaziy tanadan o’tib ketsa, ularni birmuncha chetga qarab yo’naltirish kerak. O’sishdagi tafovut qanchalik ko’p bo’lsa ular chetga shunchalik ortiqroq yo’naltiriladi. Ko’chatlar ekilgach, keyingi yili qishda ikkinchi qavat shoxlarini vujudga keltirish uchun zarur bo’lmagan hamma novdalar egiladi va bog’lab qo’yiladi. Agar pastki shoxlarning uzunligi 100 santimetrga etmagan bo’lsa-yu, markaziy tana kuchli o’ssa ularni egish ikkinchi yilning yoziga qoldiriladi. Agar asosiy shoxlar yozda qisqartirilgan bo’lsa, uzayadigan novdalar tanlab olinadi, shox-shabba qalin bo’lmaganda esa ikkin tartib shoxlar ham bir yo’la tanlanadi.
Keyingi yillarda asosiy shoxlarning navbatdagi qavatlari hosil qilinadi. Yuqorgi qavatlarda birinchi yarusda bajarilgan ishlar amalga oshiriladi. Daraxt shox va novdalarning kesish hamda egish qish va yoz oylarida shu zaylda amalga oshiriladi.
Daraxt tanasini parvarishlash. Meva daraxti tanasini doim toza, jarohatlanmagan oftob ta’sirida shikastlanmagan holda saqlash kerak. Chunki tana daraxt er ostki va ustki qismlarini biriktirib turadi, daraxtning uzoq umr o’rishi va hosil berishi tananing o’z vaqtida parvarish qilinishiga bog’liq. Hosildor mevali daraxtlar tanasi xazonrezgidan keyin qurigan va ortiqcha bachki novdalardan tozalanadi. Bunda tana qobig’ini zararlamaslik kerak.
May va iyun’ oylarida daraxt atrofida o’sib chiqqan bachki novdalarni mayda to’nkachalar qoldirmay ildizga taqab kesib tashlanadi. Daraxt tanasida kichik kovak paydo bo’lganda, daraxt tanasi tozalanib bo’lingandan keyin daraxtdan yasalgan probirkalar bilan tig’iz qilib berkitiladi va ortiqcha qism o’tkir mayda tishli qo’l arrasi bilan asta-sekin qirqib tashlanadi va ustidan alifda suyultirilgan okra yoki surik suyuqligi bir tekisda surkaladi. Kattaroq kovaklarning ichi tozalanadi, 1%li formalin, 3 %li temir kuporasi yoki 5%li mis kuporasi bilan ishlanadi va 6 qism qum, 1 qism ohak omuxtasiga shag’al aralashtirib, kovak zich qilib to’ldiriladi.
Hosilga kirgan meva shoxlarining tagiga tirgovuch deyiladi. Hosil ko’p bo’lgan yillari daraxt shoxlari erga egiladi va ko’pincha shamol ta’sirida sinib ketadi. Natijada mevalar ochilib qolib, oftob qoraytiradi. Bog’larda tirgovuch sifatida simdan foydalanish mumkin. Buning uchun daraxtning shox-shabbasi sim bilan aylantirilib olinadigan metall halqaga tortib bog’lanadi. Bundan bir tup daraxtga 2,5-3 klogramm sim ketadi. Tirgovuch daraxtlarga iloji boricha ertaroq, ya’ni meva tugunchalari paydo bo’lganidan keyin qo’yilgani ma’qul. Kechroq qo’yilganda daraxtning shoxlari ko’tarilganda mevalari ochilib qoladi, ularni oftob uradi va mevaning ko’pi to’kilib ketadi.
G’osilga kirgan daraxtlarga soyabon shaklida tirgovuch o’rnatish tavsiya etiladi. Shunday qilganda tirgovuchlar kam sarf bo’ladi va daraxt qator oralari hamda tagini ishlash osonlashadi. Daraxtlarning 10-12 kilogramm meva qilgan har bir shoxiga bittadan uzun tirgovuch o’rnatiladi. Tirgovuch yaxshi o’rnashishi uchun erga bir metrli qoziq qoqib tirgovuch unga bog’lib qo’yiladi.
Mevalarni yig’ib-terib olish muddati meva daraxti turlari va navlarining xususiyatlariga, mahsulotga qo’yiladigan talabga va undan qanday maqsadda foydalanilishiga qarab belgilanadi. Uzoq joylarga jo’natiladigan yozgi va kuzgi navlar o’ta pishib etilmasdan terib olinadi. Qurtish, qayta ishlash va yangi uzilgan holda iste’mol qilishga mo’ljallangan davrda, ya’ni mevaning ta’mi, rangi shu navga xos bo’lgan vaqtda yig’ishtiriladi. Uzoq joylarda jo’natishga mo’ljallangan olma va nokning yozgi navlari to’liq pishishidan 5-7 kun oldin: kuzgi navlar 10-15 kun qishki navlar esa ob-havoga qarab 5-10 sentyabrdan oldin terib olinadi. Uzoq erga jo’natiladigan o’rik va shaftoli rang ola boshlaganida va ularnin kattaligi ma’lum darajaga etganida teriladi. Joyida iste’mol qilinadigan olcha va gilos to’liq pishganidan 5-6 kun oldin uziladi. Quritiladigan mevalar to’liq pishganidan keyin terib olinadi. 8-10 kilogramm meva sig’adigan uzun savatlar hosilni terish uchun qulaydir. Bu savatlar ichiga qop yoki o’t solish kerak. Daraxt uchlaridagi mevalarni terish uchun maxsus meva tergichlardan foydalaniladi. Mevalar tagiga qog’oz, qipiq yoki mayin o’t solingan savat yoki yashchiklarda tashiladi.
Yosh daraxtlarni payvandlash. Ma’lumki, hamma mevali daraxt ko’chatlari asosan kurtak payvand qilish yo’li bilan ko’paytiriladi. Xo’sh tomorqa bog’larda yovvoyi, payvadlanmagan yoki payvand tagidan chiqqan yovvoyi novdalar hisobiga tiklangan daraxtlarni madaniylashtirish uchun nima qilish kerak? Ilmiy tajriba va kuzatishlar natijasida shu narsalar aniqlandiki, daraxt qanchaki yosh bo’lsa, ular shunchalik payvadni yaxshi oladi. Urug’li mevalarga qilingan iskana payvandlar danakli mevalarga nisbatan yaxshi tutadi.
Olma daraxtlari 15-20 yoshgacha payvandni yaxshi qabul qiladi, bundan keyingi yillarda esa payvand tutish nisbati ancha kamayadi. 1-2 yoshdagi yovvoyi meva daraxtlarni madaniylashtirish uchun durust natija beradi. Bir tup yosh daraxtga bir necha dona ko’zni kurtak payvand qilish mumkin. Kurtak payvand qilinadigan novdalarning yo’g’onligi 8-10 millimetrdan kam bo’lmasligi, po’stlog’i yaxshi ko’chishi kerak. Buning uchun oldindan puxta tayyorgarlik ko’riladi. Bir yillik novdalar yosh daraxtlarning chetrog’ida joylashgan bo’lishligiga erishish kerak. Chunki daraxtning o’rta qismidan o’sib chiqqan novdalarga payvand qilinsa, ulardan o’sib chiqqan madaniy novdalar haddan tashqari ona daraxt shox-shabbasini qalinlashtirib yuboradi. Buning natijasida ularga to’g’ri shakl berish qiyinlashadi. Shunga yo’l qo’ymaslik uchun, daraxt shox-shabbasining chetki tomonidan joylashgan so’rxil bir yillik novdalarning asosiy shoxiga 3-5 santimetrga joylashgan qismiga kurtak payvand qilinadi. Kurtak payvand qilishdan oldin shoxchalardagi ortiqcha novdalar tok qaychisi yordamida cho’girtkalar qoldirmay olib tashlanadi, daraxt po’stlog’i ko’chishini osonlashtirish maqsadida 3-4 kun oldin sug’oriladi. O’tkir bog’ pichog’i yoki payvand pichog’i yordamida bir yillik novda tanasida “T” shaklida kesik paydo qilinib, so’ngra ketma-ket bir yillik so’rxil novdalardan kurtak kesilib payvand qilinadi. Kurtak payvand “T” harfiga o’xshash kesikka qo’yilgandan keyin peshma-pesh polietilen lentasi yordamida boylanadi. Bunda kurtaklarning boylanadigan plyonka tagida qolib ketishidan saqlash kerak.12-14 kun o’tgach payvand qilingan kurtaklar tutgan-tutmaganligi ko’zdan kechirib chiqiladi. Odatda yaxshi tutgan kurtaklar ko’m-ko’k rangda bo’rtinqirab turadi, barg bandi qo’l tegizilishi bilan erga tushib ketadi. Tutib qolgan kurtaklarning bog’log’ichi bo’shatiladi, ammo butunlay olmasdan bo’shatibgina qoldirish ham mumkin.
Shuni qayd qilib o’tish kerakki, havaskor bog’bonlarning xohishiga ko’ra bir daraxtga bir necha nav daraxtlardan qalamcha tayyorlab kurtak payvand qilish mumkin. Masalan tomorqada madaniylashtirilgan Rozmarin va Toshkent brovinkasi o’sayotgan bo’lsa, ularning shoxlaridagi bir yillik novdalarga avgust oyida Renet Simirenko, Red delishes, Nafis, Kandal sinap payvand qilish mumkin. Maslan kechpishar qishki Rozmarin daraxt novdalariga iyul oyid pishadigan yoki avgust yoki sentyabr oylarida pishadigan olma navlarini payvand qilish mumkin.
Bir daraxtda bir necha yong’oq navlari bo’lishiga erishilganda, yong’oq navlarining gullashi yaxshi navlarning gullashi yaxshi va hosil ko’p bo’ladi. Daraxtdagi payvand qilingan navlarning bir davrda yoppasiga gullashiga erishish kerak. Yong’oq daraxtida ota gullari ertaroq yoki ona guli kechroq gullashi natijasida gullar yaxshi changlanmaydi, natijada yosh g’o’ralar to’kilib ketadi. Albatta daraxtlarda gullar g’o’raga aylanishida ona va ota gullari bir davrda etilib gullaydigan meva daraxtlari tanlab ekilish kerak. Daraxtlar 8-10 yoshga kirib qolgan bo’lsa shox-shabbalari albatta yo’g’onalashadi, ularni kurtak payvand qilish qiyinlashadi. Shuning uchun bunday daraxtlarni mart-aprel oylarida kurtaklar bo’rtishidan bir necha kun oldin iskana payvand qilish tavsiya etiladi. Iskana payvand qadimda qo’llanilib kelinadi.
Iskana payvand qilishda ham olma va olcha daraxtlari ustida tajribalar o’tkazilib, ko’p yillik tajriba to’plangan. Masalan, Toshkent viloyatining Bo’stonliq tog’ qiyaliklarida olma, bodom, tog’olcha, o’rik kabi yovvoyi daraxtlarni iskana payvand qilish texnologiyasi har tomonlama ishlab chiqilgan va bir muncha yangiliklari kiritilgan.
Shu tufayli ham payvand qilingan olma qalamchalari 90-95 foizgacha ko’karadi. Boshqa mevalarda ham bunday ko’rsatkichlarni ko’rish mumkin. Mart oyida iskana payvand amalga oshirish ko’p zonalarda odat bo’lib qolgan. Payvand qilinadigan meva daraxtlarining yoshi 8-10 ga kirgan bo’lsa, payvand 6-8-10 santimetr yo’g’onlikka ega bo’lgan ona shoxlarga payvand qilinadi. Bunda ona shoxlar markaziy qismida 30-40 santimetr qoldirib uchki qismi kesiladi va shoxchalar olib tashlanadi. Payvand qilishdan bir hafta oldin daraxtlar ortiqcha shox va novdalardan xoli qilinadi va sug’oriladi. Payvand qilish uchun engil 3-4 metrli narvon, tok qaychisi, qo’l arra, bog’i moyi, boylash materiallari, bir yillik novdalar bo’lishi kerak. Bir yillik novdalar hosilga kirgan 8-10 yasharli daraxtlardan kuzda olinib maxsus chuqurlarda saqlanadi.
Iskana payvand qilishda yoriq pichoq va yog’och bolg’a yordamida payvand qilinadigan ona shoxlar yorilib, ikki tomoniga ikkitadan 2-3 ko’zli novda qo’yilar edi. Payvandtag daraxtning shoxidagi yoriqqa kirgiziladigan qalamchaning qismini ikki tomonidan qiya qilib olib tashlanadi va yoriqqa 2-2,5 santimetr uzunlikdagi qalamcha kirgiziladi. Bunda qalamchadagi kurtak payvandtakka tig’iz taqalib turishi ta’minlanadi.
Daraxt ona shoxida yoriq paydo qilishda maxsus pichoq qirqilgan shox qismiga qo’yiladi va yog’och bolg’a bilan asta-sekin qalamcha qo’yiladigan yoriq paydo qilinadi. Ochilgan yoriq qayta bekilib qolmasligb uchun yoriqchaning o’rtasiga yog’ochdan yasalgan vaqtinchalik pona kirgizib qo’yiladi. Daraxt shoxlaridagi yoriqlarga novdalar o’rnatilganidan keyin, payvand novdalarning zich joylashib qolishini ta’minlash uchun yog’och pona shoxning o’rta qismidan sekin-asta tortib olinadi. Mana shu davrda shoxlarga qo’yilgan novdalarning tik va to’g’ri joylashishini nazorat qilishga to’g’ri keladi. Daraxtdagi ona shoxlarning yo’g’onligi 6-8-10 santimetrga ega bo’lsa, ikkitadan 3-4 kurtakli payvand novda yo’g’onligi 12 santimetrdan oshganlariga 4 ta novda payvand qilish ham mumkin. 4 novda qo’yish uchun oldin bir tomonga qaratib, ketidan ikkinchi bir tomonga qaratib yorma pichoq yordamida yoriq paydo qilinib. tayyorlab qo’yilgan 2 dona 3-4 ko’zli bir yillik novda iskana payvand qilinadi. Ketidan polietilen yoki chipta bilan payvandtagning novdalar o’rnatilgan qismi 3-4 marta tarang qilib o’rab boylanadi.
Iskana payvand jumhuriyatimiz xo’jaliklarida va tomorqa bog’larida 1960 yillargacha keng amalga oshirib kelindi. Hozirgi paytda ham ayrim bog’bonlar tomonidan qo’llanilib kelinmoqda. I960 yillardan boshlab esa takomillashtirilgan maykop metodi keng qo’llanila boshlandi. Bu metodning afzallik tomonlari nimadan iborat? Meva daraxtlarining shoxlarini iskana -payvand qilishga tayyorlash qanday qilinsa, maykop metodida payvand qilish ham shu tartibda bo’ladi. Faqat maykop metodida payvand qilish anchagina ixchamlashtirilgan.
Maykop metodi bo’yicha payvand qilishda yoriqchalar yorilmay, payvand qilinadigan shoxlarning ustki qismidan 3-4 santimetr qobig’i o’tkir bog’ pichog’i bilan tilinadi. Shox qobig’i ikki tomonga qisman kerib ochilib xuddi shu choq qobig’i orasiga bir tomoni qiya qilib kesilgan 3-4 kurtakli payvand qalamcha kirgiziladi. Bunda qalamchaning pastki qismida joylashgan kurtak novdaning tashqi tomonida qolishligi lozim. 2,5-3 santimetr , qobig’ining orasiga kiritilgan payvand novdalarning mustahkam o’rnashib qolishi uchun 1,5-2 santimetr uzunlnkdagi mayda mixlar payvand qalamchasining kurtagi tagiga ehtiyotlik bilan qoqib qo’yiladi. Bu qalamchaga bittadan, bitta shoxning ikki tomoniga ikkita qalamcha o’rnatilsa, ikkita mayda mix sarflanadi. Ketidan yoriqlar bog’ moyi bilan shamol, chang-chung va nam tushmaydigan qilib zich berkitiladi. Payvandlash o’tkazib bo’linganidan keyin (payvand novdalari bir tomonga qarab qiyshayib ketmasligi uchun), har bir shoxning maykopcha payvand qilingan qismida nam etarli bo’lishligi uchun qalin qog’ozlardan 20-25 santimetr uzunlikda stakanchalar yasalib, har bir shoxning ustki qismiga asta-sekin zich kiygiziladi. Qog’oz stakanning bir qismi payvand-tag shoxni, ikkinchi qismi payvand novdalarni yaxshi ushlab turishi uchun o’rnatilgan bo’lib, uning ichiga nam qipiq solib qo’yiladi. Qipiq vaqti-vaqti bilan namlanib turiladi. Yog’ingarchilik etarli bo’lsa, suv purkashning hojati ham qolmaydi. Stakanga solingan daraxt qopig’i toza bo’lishi, qalinligi taxminan 12-15 santimetrni tashkil qilishi lozim.
Payvand qilingan novdalar tutib ketib; ularning yaxshi o’sishi uchun payvand qilingan shoxlarning ustki qismiga 40-50 santimetr uzunlikdagi ikkita 3-4 santimetr yo’g’onlikdagi yog’och tayoqchalar boylanadi. Bitta shoxga ikkitadan yog’och tayoq sarflanadi. Bu yog’och tayoqchalar payvand qalamchalarni qushlar qo’ngandf bir tomonga qarab qiyshayib ketishidan saqlaydi. Payvand qalamchalar obdon tutib ketgandan keyingi davrida qog’ozdan yasalgan stakan va shoxlarga bog’langan tirgovich yog’ochlar olib tashlanadi. Keyinchalik novdalardan o’sib chiqqan novda va shoxchalarga yaxshi shakl beriladi. So’ng esa shira. kasallygiga qarshi kurashib turishga to’g’ri keladi. Payvand qilingai novdalar kelgusi yildan hosilga kirib, 3-4 yildan keyin mo’l hosil bera boshlaydi. Keyingi parvarish boshqa daraxtlarga beriladigan parvarishdan farq qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |