Amaliy mashg’ulot №1 mavzu: tuproq tuzilishini aniqlash ishdan maqsad



Yüklə 149,13 Kb.
səhifə7/26
tarix02.12.2023
ölçüsü149,13 Kb.
#137238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Mavzu tuproq tuzilishini aniqlash-fayllar.org

Ishni bajarish tartibi:1. Urug’ning tozaligi va 1000 donasining og’rligini aniqlash.Urug’ sifat belgilarini aniqlash uchun urug’lik materiallaridan o’simlik turuga qarab ma’lum miqdorda na’munalar olinadi. Bug’doy, arpa, makkajuhori sholi, no’xat, chigit, kungaboqar urug’laridan 1000 g dan tarig’, loviya zig’ir urug’laridan 500 gdan va beda urug’idan 250 g dan olinadi.Urug’ namunalari 10 qop bo’lsa, har bir qopdan bittadan, ko’proq bo’lsa namunalar oralatib olinadi. Olingan namunalarning hammasi bir-biriga qo’shiladi, yoyib tekislanadi va 4 ta qismga ajratiladi, ularni 2 ta qarama- qarshi tomondagilarni qo’shib 2 ta namuna hosil qilinadi. Namunaning birinchi qismidan uning tozaligini va 1000 dona urug’ og’irligini 2-qismidan unuvchanligi va unib chiqish energiyasini aniqlashda foydalaniladi
Tozaligini aniqlash: Birinchi na’munani tekis stolga yoying, yaxshilab aralashtiring, tekislang va to’rtga bo’ling Ikki qarama-qarshi tomondagilarni ajrating va bir-biriga qo’shib shu ishni yana takrorlang. Urug’ tozaligini aniqlash uchun tanlamasdan yirik urug’lilardan (bug’doy, arpa, sholi) 50g va mayda urug’lilardan (beda) 5 g oling va ularni alohida-alohida torting.
Bunda zararlanmagan toza urug’larni bir tomonga, zararlangan va boshqa har xil aralashmali urug’larni ikkinchi tomonga ajratib alohida-alohida torting.Olingan ma’lumotlarga qarab urug’ning tozaligini foizda aniqlang.
Masalan: Tozalanmagan urug’ning og’irligi 50 g
Tozalangan urug’ning og’irligi 49 g
Har xil aralashmali 1 g
Deb faraz qilsak, urug’ning tozalik foizi

1000 dona urug’ning og’irligini aniqlash uchun tozalangan urug’dan tanlamasdan 500 tadan ikkita na’muna oling va ularni alohida torting. Ikkita 500 tadan urug’dan og’irligi qo`shimcha 1000 dona urug`ning og`irligi kelib chiqadi.


2) Urug’ning o’nuvchanligi va unib chiqish energiyasini aniqlash. Urug’ning o’nuvchanligi o’nish uchun qulay sharoitda aniqlanadi. Urug’ning o’nuvchanligini aniqlash uchun tozalangan urug’dan tanlamasdan 100 donadan to’rtta namuna olinadi va ularni alohida – alohida undirib ko’riladi. Buning uchun tagi tekis chinni yoki shisha idishdan tagiga toza qum yoki filtr qog’ozni joylashtirib uni ho’llang. Qumning qalinligi 2-3 sm dan oshmasin, qumning ustuni tekislang, urug’ni qator qilib terib chiqib (har qatorda 10 tadan bo’lsa, sanash uchun qulay bo’ladi) va salgina bosib uni qumga kirgizing. Agar urug’ filtr qog’ozida undiriladigan bo’lsa, idishning tagiga bir qavat filtr qog’ozi yoying, ustuni oyna bilan berkiting,qanday urug’ ekanligini yozib qo’ying va vaqti-vaqti bilan qumni yoki filtr qog’ozini namlab turing, harorat 20-250 atrofida bo’lishi kerak. O’nuvchanligi 2 marta aniqlanadi. O’nish energiyasini bilish uchun 3-4 kundan so`ng o’ngan urug’lar sanab chiqiladi va o’rtasidagi asosiy o’simta urug’ uzunligiga tenglashadi. O’nmaganlari chiriy boshlaydi yoki ularda ildizchalar hosil bo’lmaydi.
Agar 3-4 kundan so’ng 100 urug’dan 65 tasi o’ngan bo’lsa o’nish energiyasi 65% bo’ladi. Urug’ning umumiy o’nuvchanligi 7-10 kundan so’ng to’rtala idishdagi o’ngan urug’soning o’rtachasi bilan belgilanadi.
Masalan: Birinchi idishdagi urug’ning o’nuvchanligi 98%
I. Ikkinchisidaginiki 97%
Uchinchi idishgagi 96%
To’rtinchi idishdagi urug’ning unuvchanligi 97% demak, urug’ning umumiy (o’rtacha) o’nuvchanligi 97%
3) Urug’ning xo’jalik jihatidan yaroqligini aniqlash.
Urug’ning ekish normasini aniqlashda odatda, unib chiqish qobiliyati 100% hisobidan olinadi. Urug’ning haqiqiy normasini aniqlashda, uning xo’jalik jihatdan yaroqliligi bo’yicha hisoblash lozim.Buning uchun urug’ning tozaligini unuvchanlik foiziga ko’paytirib 100 ga taqsimlanadi.
Masalan: Bug’doy urug’ning tozaligi 98%,o’nuvchanligi 97% deb faraz qilsak, xo’jalik jihatidan yaroqliligi

Bu shuni ko’rsatadiki 100 kg urug’ning 95 % unib chiqadi.


Kuzgi bug’doyning (lalimikor erlarda) ekish me’yori gektariga 60-125 kg bo’lsa haqiqiy ekish miqdori quyidagicha hisoblanadi

Demak,bir gektar erga 60-125 kg emas 63,5-131,6 kg urug’ ekiladi.
Vazifa:Fermer xo’jaligining 50 gektar g’alla ekiladigan maydoni bo’lib,bir gektarga 180-220 kg bug’doy urug’i ekish kerak bo’lsa,unda jami maydonga qancha urug’ ekish lozim?

Yüklə 149,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin