Amaliy mashg’ulot №1 mavzu: tuproq tuzilishini aniqlash ishdan maqsad


Tomorqani ko’chat ekishga tayyorlash



Yüklə 149,13 Kb.
səhifə21/26
tarix02.12.2023
ölçüsü149,13 Kb.
#137238
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Mavzu tuproq tuzilishini aniqlash-fayllar.org

Tomorqani ko’chat ekishga tayyorlash. Meva daraxtlarining yaxshi o’sishi, rivoj topishi va mo’l hosil berishi ko’pincha erlarni to’g’ri tanlashga bog’liq. Tanlangan erni ko’chat ekish uchun maqbul tanlangan meva turlari va navlarini ekish kerak.
Tomorqa birinchi navbatda yirik tosh, ortiqcha qurilish chiqindilaridan obdon tozalanadi, er yaxshilab tekislanadi, suvning bir tomonga qarab oqishi ta’minlanadigan darajada qisman qiyaroq qilinadi. Erlar tekislanib bo’linganidan keyin, meva ko’chatlari ildiz sistemasining chuqur tarvaqaylab o’sishi hisobga olinib, tuproq 40-60 santimetr chuqurlikda yuishatiladi. Mana shu er qavatlari ko’chat ekishdan oldin organik va mineral o’g’itlar bilan boyitiladi.
Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, O’zbekistonda har xil darajada sho’rlangan va er osti suv sayozroq joylashgan erlar anchagina. Bunday erlarda birinchi navbatda qanday ishlarni amalga oshirish kerak?
Ma’lumki, ildiz joylashadigan va undan past bo’lgan tuproq qatlamlarida ham bir kilogramm quriq tuproqda sho’rlanish darajasi 0,02 foizdan oshmasligi kerak. Aks holda o’simlikka zararli bo’lgan tuzlar miqdori er qatlamlarida ko’paya borib, kelgusida daraxt ildizlariga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Natijada daraxt shoxlari kuchli zararlanadi, shox-shabbasining ustki quriy boshlaydi, kelajakda ishdan chiqadi. Er tekislanib, yuishatilgandan keyin er qatlamlaridagi zararli tuzlarni yo’qotish uchun tuproq pollar olinib yuviladi. Tuproq bir necha marta sifatli yuvilganidan keyin er qatlamlaridagi oziq moddalar ham yuvilib, erning pastki qavtlariga va tomorqadan tashqariga chiqib ketadi. Buning o’rnini to’ldirish maqsadida er qatlamlariga o’g’itlar er yuvilganidan keyin albatta solinadi. O’rta Osiyo hududida er sho’rini yuvish davri oktyabr-noyabr oylari hisoblanadi. Bu vaqt er osti suvining eng pastki qavatlarga tushishi munosabati bilan zararli tuzlarni yo’qotishning eng yaxshi muddati hisoblanadi. Kuzda er sho’ri yuvilsa, kelgusi yili ko’chat ekish uchun ertaroq etiladi.
O’rta Osiyo jumhuriyatlarning tuproqlarida xlor va sulfat tuzlari ko’proq uchraydi. Tuprog’i yaxshi unumdor bo’lgan, er osti suvlari erga yaqin joylashgan pastqam tomorqalarda daraxtlar birinchi yili yaxshi ko’karadi. Nam va oziq moddalarning ko’pligi daraxt novdalarining kuchli o’sishini ta’minlaydi. Ammo kuzgi fiziologik chiniqish jarayonlarini yaxshi o’tmasligi natijasida, kuzgi va qishki qattiq sovuqlarda sovuqqa chidamli meva turlari va navlarini ekish erlarda sovuqqa chidamsiz olma navlari hisoblangan Renet Simirenko, Graym oltini, gilos, o’rik, shaftoli va bodom ko’chatlarini ekish tavsiya etilmaydi.
Farg’ona vohasi va shunga o’xshash viloyatlarda ko’proq toshloqi erlar uchraydi. Bunday tosh-shag’al qatlamli bo’lgan erlardan bog’ barpo etish anchagina qiyinchilklar tug’diradi. Avvalo toshlarni bir necha yil davomida terish lozim, erning unumdorligini oshirish uchun ko’plab organik o’g’itlar solinadi, tuproq zarrachalari va oziq moddalarini to’plash maqsadida loyqa suvlar bilan sug’oriladi.
Ko’p yillik tajribalar va kuzatishlar natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, olmazorlar barpo qilish uchun shag’al qatlamlari 60-80 santimetrdan past bo’lagan erlar maqbul hisoblanadi, danakli va subtropik o’simliklar uchun qattiq qatlami 25-50 santimetr bo’lgan erlar tanlanadi.
Er yaxshi yuvilmay ekilganda ko’chatlar birinchi yili yaxshi ko’karishi va o’sishi mumkin.Lekin sho’r er osti suvi tepaga ko’tarilishi bilan, o’sib tushayotgan ildizlar sho’r suv bilan tutashadi. Buning natijasida ular kuchli zaharlanadi va yaxshi o’sgan meva ko’chatlari tezda quriydi. Zaharlangan daraxtlarning barglarida qoramtir dog’lar ko’plab paydo bo’la boshlaydi va kelgusida daraxtlar yaxshi rivojlanmay o’sishdan qoladi. Ayniqsa danakli mevalar ichida barvaqt hosilga kiradigan shaftoli daraxtlari 12-14 yil umr ko’rib hosil berish o’rniga 5-6 yil ichida o’z umrini tugatishi mumkin.
Respublikamizda tog’oldi va tog’ qiyaliklarida 100 ming gektarga yaqin mevazor bog’lar barpo etish mumkin bo’lgan maydonlar bor. Keyingi yillarda ko’plab bog’lar barpo qilinib, anchagina tajribalar orttiriladi. Ma’lumki, bu erlarda nam ko’proq kuz, qish va bahor fasllarida havodan tushadi. Shunga ko’ra, tomorqa bog’larini kuzda tashkil qilish uchun aprel vam may oylaridan tayyorgarlik ko’riladi. Ushbu zonalarda meva ko’chatlarini ekishning eng yaxshi muddati kuz fasli hisoblanadi. Bahorda ham ko’chat eksa bo’ladi. Qish issiq kelgan yili (er tayyor bo’lsa) qishda ham tog’li erlarda ekish mumkin.

Yüklə 149,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin