Amaliy mashg‘ulot - 1
Mavzu:
Algoritmlarni loyihalash. Algoritm korrekt va samaradorligini baholash.
Kvadrat tenglama ildizlarini aniqlash algoritmi. Uchburchak yuzasi uchun Geron
formulasi.
Ishdan
maqsad.
Algoritmlarni loyihalash.
Algoritm korrekt va
samaradorligini baholash. Kvadrat tenglama ildizlarini aniqlash algoritmi.
Uchburchak yuzasi uchun Geron formulasi.
Qo‘yilgan masala.
Algoritmlarni loyihalash faniga kirish. Kvadrat tenglama
ildizlarini aniqlash algoritmi. Uchburchak yuzasini Geron formulasi
Ish tartibi:
•
Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;
•
Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;
•
Natijalarni tekshirish;
•
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
Nazariy qism
Algoritmning quyidagi 5 ta xossasi bor
1.
Diskretlilik
– ya’ni aniqlanayotgan jarayonni qadamba-qadam ko‘rinishi.
2.
Ommaviylik
– algoritm o‘xshash masalalar turkumini yechishi kerak.
3.
Tushunarlilik
– algoritmda beriladigan ko‘rsatmalar
foydalanuvchiga
tushunarli bo‘lib, uning talablariga javob berishi kerak.
4.
Aniqlilik
– algoritmda ma’lum tartibda amallarni bajarish
nazarda tutilishi
kerak va bajaruvchiga joriy qadam tugatilishi
bilan qaysi qadam keyingi
bo‘lib bajarilishi aniq ko‘rsatilishi kerak.
5.
Natijaviylik
. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng albatta natija
berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa
ham baribir natijaga olib
kelishi kerak. Chekli qadamdan so‘ng qo‘yilgan
masala yechimga ega
emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi.