Amaliy mashg`ulot №8Talaba tomonidan to`ldiriladi
Tashqi xotira qurilmalarning ishini tadqiq etish. NAZARIY QISM. Ma’lumotlarni qattiq diskka faqat yozishgina emas, balki o`qish xam mumkin bo`lishi uchun qanday ma’lumot qayerga yozilganligini aniq bilish lozim. Barcha ma’lumotlarning manzili bo`lishi lozim. Kutubxonada har bir kitobning o`z zali, stellaji, tokchasi va o`zining invertor nomeri bor - bu go`yoki uning manzilidir. Qattik diskka yoziladigan barcha ma’lumotlar ham o`z manziliga ega bo`lishi lozim, aks xolda ularni topib bo`lmaydi. Agar ma’lumotlar baytlari yozilgan har bir manzilni alohida xotirlab qolinadigan bo`lsa, u holda bu manzillarni saqlash, ma’lumotlarni saqlab qolishga qaraganda ham qiyinrok bo`ladi. Biz endi axborot baytlarda emas, balki fayllarda saqlanishini bilamiz. Agar bizga biror axborot zarur bo`lsa, Kompyuter diskdan kerakli faylni topadi, keyin esa undan ma’lumotlarni baytma - bayt tezkor xotiradan o`qiydi va shu tarzda faylning oxirigacha davom etadi. Diskda xar bir faylning o`z manzili bo`lishi uchun diskni yo`lkalarga, yo`lkalarni esa o`z navbatida sektorlarga ajratiladi. Har bir sektorning o`lchami standart bo`lib, 512 baytga teng. Shu sababli HDDlarda ko`pincha yo`lkalarga qaraganda, ko`proq tsilindrlar haqida gapiriladi. TSilindr deyilganda turli sirtlarga tegishli bo`lgan va aylanish o`qidan bir xil uzoklikda joylashgan barcha yo`lkalar to`plami tushuniladi. Shunday kilib, vinchesterning umumiy xajmi ushbu formula bo`yicha xisoblanadi: Umumiy xajm (bayt) = kallaklar soni * tsilindrlar * sektorlar * 512(bayt). Diskni yo`lka va sektorlarga bo`lish diskni formatlash deyiladi. Uni xizmatchi dasturlar bajaradi. Diskni formatlash go`yoki daftarlarga chiziklar chizish kabidir. Daftarlardagi kabi, diskni xam fakat bir marta formatlash lozim. Qattiq diskning tuzilishi. IBM firmasida yaratilgan eng birinchi magnit jamlovchida disklar va kallaklar (kallaklar) o`rnatiluvchi konstruktsiyasi bilan birgalikda alohida yopiq korpusga joylashtirilgan (u ma’lumotlar moduli deb atalar edi) va ishlatish uchun yuritgich qurilmaga o`rnatilar edi. Ma’lumotlar moduli yuritgichga o`rnatilganda ma’lumotlar moduliga tozalangan havoni uzatish tizimi avtomatik ravishda ishga tushar edi. Massalari kichik bo`lgani sababli, kallaklar disk sirtiga bor yo`g`i 0.1 N kuch bilan bosilar, disk aylanganida esa kallak va sirt orasida qalinligi 0.5 mkm atrofida bo`lgan havo bo`shlig`i (zaxar) hosil bo`lar edi. 1 - rasm. Qopqog`i olingan hozirgi zamon vinchesteri. Xozirgi zamon qurilmalarida ma’lumotlar moduli va yuritgich (yuritma) yaxlit ishlangan bo`lib, tozalangan havoni uzatish tizimi ishlatilmaydi. Har bir hozirgi zamon jamlovchisi bitta o`qqa o`rnatilgan magnit disklar paketiga ega. Dastlabki qurilmalarda 3600 ayl/min aylanish tezligi qo`llanilar edi, biroq o`qish/yozish tezligiga bo`lgan talablarning ortishi bilan ko`pchilik qurilmalarda disklar blokining aylanish chastotasi 7200 ayl/min gacha oshirilgan. Disklar, sirtiga yuqori sifatli ferromagnetik surilgan alyuminiy, shisha yoki keramika plastinalardan iborat. Magnit qoplama tarkibi juda murakkabdir - u, odatda, changlash yoki vakuumli yotqizish yo`li bilan amalga oshiriladi. Dastlabki disklarda temir oksidi qoplamalaridan foydalanilgan edi, hozirgi vaqtda esa magnitli qoplama materiallari sifatida temir va uning oksidlari xam, boshqa magnitli metallarning plyonkalari (pardalari) xam ishlatilmoqda. Metall plyonkali qoplamalar yuqori zichlik bilan yozishni va disk sirtining mustahkam bo`lishini ta’minlaydi. Qoplamaning mustahkam bo`lishi zarbga duchor bo`lish ehtimolligi yuqori bo`lgan ko`chma Kompyuterlarda disklarni ishlatishda muhimdir. Ishlov berilgan disklarni bir paketga jamlanadi (bir paketda odatda 2 tadan 12 tagacha disk bo`ladi ) va yuritgichiga o`rnatilgan o`qqa mahkamlanadi. Xar bir disk ikkita ishchi sirtga ega, biroq ba’zi qurilmalarda paketdagi chetki disklarning tashqi sirtlaridan konstruktsiya mulohazalariga asosan foydalanilmaydi. 2 – rasm. Qattiq diskning asosiy elementlari. Magnit kallaklar. O`qish-yozish kallaklari diskli jamlovchining eng muxim elementlari jumlasiga kiradi. Vinchester kallaklarining ish tamoyili oddiy magnitofon kallaklarining ish tamoyiliga o`xshash, biroq ularga magnitofon kallaklariga qaraganda ancha qattik talablar qo`yiladi. Diskli jamlagichlarning kallaklari o`zlarining o`lchamlari kichikligi bilan ajralib turadi. Kallak disk sirtidan doimo biror masofada ( 0.13mkm atrofida) turadi, bu masofa diskning tez aylanishida havo oqimi hosil bo`lishi hisobiga ta’minlanadi ( kallak “o`chadi”). Kallak sirti va disk orasidagi bo`shliqning kamayishi o`qishda signalni kuchaytiradi va yozuv tokini kamaytirish imkonini beradi, biroq qurilmaning tebranishlar va zarblarga turg`unligini juda pasaytiradi. Shunga qaramasdan, disk va kallak orasidagi bo`shliqlarni kamaytirish bo`yicha ishlar vinchester ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalar tomonidan davom ettirilmoqda va istiqbolga yaqin besh yillar ichida 0.05 mkmga yetkazilishi bashorat qilinmokda. Kallak bilan disk sirti orasida bo`shliqning mavjudligi Kompyuter o`chirilganda disk sirti va kallak mexanik tutashganda ularning zararlanishining oldini olish uchun kallaklarni parkovka qilinishini ( ularni ishchi sirti doirasidan tashqariga ko`chirishni) talab etadi. Eski qurilmalarda kallaklarni parkovkalash uchun maxsus dasturlardan foydalanish lozim edi ( ularni Kompyuterni uzishdan oldin ishga tushirilar edi), zamonaviy vinchesterlar tok ta’minoti uzilganda kallaklarni disklarning ishchi sohasidan tashqariga avtomatik ko`chiradi. Kallaklar yuritmasi. Magnitli kallaklar yuritmasi qurilmasi vinchesterning eng muxim qismlaridan biridir. Qurilmaning ish tezligi foydalanilayotgan yuritmaning tipiga bevosita bog`likdir - yuritma vinchesterning ushbu eng muxim parametrini - kallaklarning ma’lum vaziyatda turish vaqtini ta’minlaydi. Kallaklarni ko`chirish uchun odatda qadamli yuqori aniqlikda pozitsiyalanishini ta’minlovchi qadamli dvigatellar ishlatiladi. Yuritmalarning ikkita turli varianti: chiziqli va burilishli yuritmalar mavjud. Burilishli yuritmalarda kallaklar aylana yoyi bo`ylab odatdagi elektroproigrivateldagi kabi ko`chadi, chiziqli yuritma kallaklarning disk radiusi bo`yicha ko`chishini ( biror vaqt oldin rusum bo`yicha tangensial tonalli proigrevatel kabi) ta’minlaydi. Chizikli yuritmaning afzalligi shundaki, magnitli kallakning bo`shlig`i doimo yo`lkaga perpendikulyar va yo`lkalar orasidagi masofa doimiy bo`lib saqlanadi, burilishli yuritmalar inertsiyalilik kamroq bo`lishini va uning oqibatida tezroq pozittsiyalanishini ta’min etadi. Bundan tashqari, burilmali yuritmalar aniq muvozanatlashishi sababli zarblar va tebranishlarga nisbatan ko`proq turg`undir. Kallaklarning tez pozittsiyalanishini ta’minlash uchun zamonaviy disk qurilmalarida servoyuritmalarning xizmatchi axborotni disklarning ajratilgan sirtlariga yoki ishchi sirtlariga yozadigan turli variantlari qo`llaniladi. Vinchesterning o`rnatma nazoratchisi ( boshkarish platasi). Xar bir diskda disklar bloki va yuritmasidan tashqari bosma plata o`rnatilgan bo`lib ( u odatda tagiga maxkamlanadi), u kallaklar va disklar yuritmalarini boshkarish, shuningdek, yozish-o`qish signallarini ko`chaytirishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, bu platada kallaklarni boshqarish buyruqlarini deshifratori, stabillashtirish (turg`un qilish) sxyemalari va boshqalar o`rnatilgan. Vinchesterlar o`lchamlari. Xozirga zamon disk qurilmalari eni (disklar diametri) bo`yicha to`rt tipli o`lchamda va balandligi bo`yicha uch tipli o`lchamda ishlab chiqarilmokda. Disklar diametri ko`pchilik hollarda 1.8, 2.5, 3.5 yoki 5.25 dyuymga teng, balandligi 3.25 dyuym (eng baland qurilma), 1.63 dyuym (yarim balandlikdagi qurilma), yoki 1 dyuymdan kichik (pastprofilli qurilma). Vinchester interfeyslari. Zamonaviy vinchesterlar ikki variantdagi interfeysda - SCSI yoki IDE da ishlab chikarilmokda. Shunga mos ravishda kompmyuterga ulash uchun ikki turdagi nazoratchilar: SCSI yoki IDE ishlatiladi. IDE nazoratchi ( xizmat kiluvchi plata) kompyuterning ( 486 dan boshlab PCI sloti bilan) ona platasiga o`rnatilgan bo`ladi, SCSI nazoratchiini esa tegishli vinchester bilan barcha sotib olinishi va ona platasida bo`sh slotga o`rnatilishi lozim. SCSI. SCSI ning IDE dan asosiy ustunligi, uning moslashuvchanligi va ish unumdorligidadir. Moslashuvchanlik ko`p sondagi qurilmalarning ( 7, 15 va xatto undan ortik) ulanish, kabelning uzunrok bo`lishi bilan ta`minlanadi. Ish unumdorligi - bu yo`kori tezlikda uzatish va bir necha tranzaksiyalarni bir vaktda ishlab chikarish mumkinligidir. SCSI standartining rasmiy tasdiklangan ikkita talkini mavjud bo`lib, ular bu standartning ko`p sonli turli turlarini o`z ichiga oladi: SCSI -1 ( ANSI tomonidan 1966 yilda tasdiklangan) va SCSI -2 ( 1994 yil), shuningdek, SCSI -3, bu tur orkali esa ko`pincha turli kengaytmalar va keyingi modifikatsiyalari tushuniladi. Shinaning chastotasi SCSI -1 standartida 5MGts bo`lishi ko`zda tutilgan edi. SCSI -2 standartida u 10 MGts gacha orttirildi, keyin 20 MGtsga etkazildi, keyinchalik esa 40 MGts bo`ldi. Bundan tashkari, interfeys modifikatsiyalari shinaning razryadligi bilan xam fark kiladi, u odatdagi shina ( xarroы) uchun 8 bitni, Ыide SCSI uchun 16 bitli va xatto Very SCSI uchun 32 bitni tashkil etadi. Shuni xam ko`shimcha aytib o`tamizki, shinaning razryadligiga bog’lik bo`lgan qurilmalar soni 7 tadan 15 tagacha bo`ladi. IDE ning asosiy afzalligi - xarakteristikalari yetarlicha yuqori bo`lgani xolda SCSI bilan solishtirganda narxining unchalik baland emasligidir. IDE uchun, SCSI interfeysi kabi, uzatish tezligining doimo o`sib borayotganligi xosdir: 6.3, 16.7, 33.3, 66.6 Mb/s bo`lib, endilikda xatto 100Mb/s ga etdi. Buning ustiga IDE interfeysi rivojlanib borayotganligi sababli SCSI ga borgan sari o`xshab ketmokda - qo`llaydigan qurilmalar soni kengaymoqda (kattik disklardan tashkari bu CD - ROM, CD - R, DVD - ROM yuritmalari, magnitooptika, stremirlardir), uzatishda ma’lumotlarni parallel ajratish va ma’lumotlarning yaxlitligini (butunligini) nazorat qilish elementlari kiritilmokda. IDEning asosiy kamchiligi ulanadigan qurilmalar sonining kamligidir (4 tadan oshmaydi). Сигнальные и силовые разъемы SATA (Serial ATA) Yüklə 256,54 Kb. Dostları ilə paylaş: |