Buyurtmachi «O‘zbekturizm» MK ga sertifikatlashni o‘tkazish uchun ariza beradi. Sertifikatlash bo‘yicha tashkilot uni qabul qiladi va qayd qiladi;
«O‘zbekturizm» MK dastlabki tahlil o‘tkazish maqsadda mazkur hujjatni (korxona to‘g‘risida ma’lumotlar – korxona nomi, ustav fondi, rahbarni malakaviy darajasini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi) faqatgina bir qismini to‘ldirish taklifi bilan buyurtmachiga anketa-savolnomalarni jo‘natadi (u ariza bilan bir vaqtning o‘zida ham taqdim etilishi mumkin). To‘ldirilgan anketani olgandan so‘ng «O‘zbekturizm» MK ariza bo‘yicha, sertifikatlash sxemasini tanlash bo‘yicha qaror qabul qiladi, xizmatlarni tekshirish natijalari jarayonini aniqlaydi, buyurtmachi va «O‘zbekturizm» MK o‘rtasida sertifikatlash bo‘yicha ishlarni bajarishga shartnomani tayyorlaydi. Agar salbiy qaror qabul qilinsa bu holatda uning sabablarini buyurtmachiga yozma ravishda xabar qilinadi. Ariza bo‘yicha qaror qabul qilish muddati ariza qabul qilingan kundan boshlab – 1 oy;
Turistlik xizmatlarni sertifikatlash bo‘yicha ishlarga haq to‘lash va imzolangan shartnomani buyurtmachidan olgandan so‘ng «O‘zbekturizm» MK sertifikatsiya nazoratini o‘tkazish bo‘yicha komissiyani tuzadi (komissiya kompaniya xodimlaridan va shtatdan tashqari mutaxassislardan tashkil qilinadi) va ishlarni amalga oshirishga kirishadi;
Komissiya sertifikatlash nazoratini buyurtmachi anketa-savolnomani ikkinchi qismini to‘ldirish taklifi bilan boshlaydi (asosan, korxonani faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan) hamda qator tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni suraydi. Turagentlikni sertifikatlashda idora (ofis, ish tartibi, aloqa vositalari va h.k.) litsenziya, turoperatorlar bilan shartnoma, ishchi xodimlar malaka-tajribasini h.k. tekshiradi;
Sertifikatsiya tekshiruvi tugagandan so‘ng barcha materiallar asosida buyurtmachini sertifikatlashni o‘tkazish akti tuziladi;
Aktni olgandan so‘ng «O‘zbekturizm» MK barcha materiallar ekspertizasini o‘tkazadi (aktni, ekspert xulosalarini, anketa natijalarini va h.k. ni) hamda imzolangandan so‘ng 10 kun muddat ichida qaror qabul qiladi: