Amaliy mashg'ulot yuzasidan savollar


Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə140/168
tarix25.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#134631
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   168
9 Amaliy mashg\'ulot yuzasidan savollar-fayllar.org

Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
  1. Turistlik xizmat bozorini rejalashtirishning xususiyati nimadan iborat?


  2. Turistlik xizmat bozorini rivojlantirishning iqtisodiy ko‘rsatkich-larini bashorat qilish nimalarda namoyon bo‘ladi?


  3. Turistlik xizmat bozori kon’yunkturasini tahlil qilish nimani nazarda tutadi?


  4. Turistlik xizmat bozorini segmentatsiyalash qanday amalga oshiriladi?


  5. Turistlik mahsulotga talab segmentatsiyasi nimalardan iborat?


  6. Turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar nimalardan iborat?


  7. Turistlik mahsulotlar va xizmatlar bozorining bir qismi sifatida taklif va talabga tavsif bering.





19. TURISTLIK TASHKILOTLARDA MARKETING STRATEGIYASINI ANIQLASH
Reja:
    1. Marketing strategiyasi rejasining bosqichlari.


    2. Vaziyat tahlili, korxona maqsadini rejalashtirish.


    3. Muqobil strategiyalarni tanlab olish.


    4. Strategiyalarni baholash va nazorat qilish.


    5. Marketing dasturini ishlab chiqish.





19.1. Marketing strategiyasi rejasining bosqichlari
Marketing strategiyasini shakllantirishda korxonanning asosiy vazifasi shundan iboratki, noaniqlik va tavakkallik darajasini kamaytirish, hamda tanlab olingan ustuvor taraqqiyot yo‘nalishlarida resurslar konsentratsiyasini ta’minlashdan iborat. Bu maqsadga erishish esa faqatgina puxta o‘ylangan keng qamrovli rejalashtirishdagina amalga oshishi mumkin.
Strategik marketingni rejalashtirish – mavjud imkoniyatlar va marketing sohasidagi imkoniyatlar o‘rtasidagi strategik muvofiqlikni qo‘llab-quvvatlash asosida firmaning maqsadlariga erishishga imkon beruvchi o‘ziga xos strategiyalarni ishlab chiqish jarayonidir.
Strategik marketingni rejalashtirishda qo‘yidagi ketma-ketlik bosqichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
  • Vaziyat tahlili;


  • Korxona maqsadlarini rejalashtirish;


  • Muqobil strategiyalarini ishlab chiqish;


  • Strategiyalarni tanlash va baholash;


  • Marketing dasturini ishlab chiqish.






Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin